151
qonuni bilan ta’qiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni hamda uni sodir etgan shaxsni
xavflilik darajasini yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Jinoiy qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo’qolishi ko’pincha
sharoit o’zgarganligi tufayli ham yuz beradi. Mazkur holat jinoyat sodir etishda
aybdor bo’lgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun yetarli bo’ladi.
Jinoyat kodeksining 65-moddasida jinoiy ish tergov yoki sud jarayonida
ko’rilayotganda sharoit o’zgarishi sababli sodir etilgan qilmish yoki shaxs o’z
xavfliligini yo’qotsa javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo’yilgan. Ushbu
modda javobgarlikdan ozod qilinishida qilmishning
va shaxsning xavflilik
xususiyatlarini yo’qotishi asos bo’lib xizmat qilishini o’zida ifodalaydi.
Qilmish va shaxsning sharoit o’zgarishi tufayli xavflilik xususiyatini
yo’qotishini tahlil qiladigan bo’lsak, bularning har ikkisi muayyan voqeliklarga
bog’liq bo’lishini ko’ramiz.
Qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo’qotishiga mintaqa,
mamlakat, muayyan hududda yuz beradigan
ijtimoiy,
iqtisodiy yoki siyosiy
o’zgarishlar sababchi bo’ladi. Agar bunday o’zgarishlar qilmish sodir etilgandan
boshlab sud hukmi chiqqunga qadar yuz bersa va ular qilmishning xavflilik
xususiyatini yo’qotsa shaxsni jazolashga hojat qolmaydi. Masalan, bir fuqaro
Qozog’iston Respublikasidan O’zbekiston Respublikasiga
vizasiz asosda kirsa,
JKning 223-moddasini buzgan hisoblanadi. Tergov yoki sud jarayoni o’tayotgan
paytda har ikki davlat fuqarolarning harakati uchun vizasiz rejimni joriy qilish
haqidagi shartnomani imzolasa, qilmish o’z xavfliligini yo’qotadi. Binobarin
Qozog’iston fuqarosini jazolashga o’rin qolmaydi. Bu kabi holatni 197
1
-modda
misolida ham ko’rish mumkin.
Jumladan, ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin
sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olinishiga yer egasi, yerdan
foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan zaruriy chora ko’rilmaganligi jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Agar bunday yerlarni ularga mulk qilib berish
haqidagi Prezident Farmoni chiqarilsa va yerlar kishilarga
tomorqa mulki qilib
berilsa, qilmish o’z xavfliligini yo’qotadi. Bu kabi misollarni 198, 202, 203-
moddalar misolida ham ko’rishimiz mumkin.
152
Qilmishning o’z xavfliligini yo’qotishi aynan shu qilmishni o’zida ifoda
etuvchi moddaning Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlanishiga olib kelmaydi. Faqat
ma’lum bir ijtimoiy munosabatlardagina o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi,
xolos.
SHaxsning o’z ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi mamlakat yoki muayyan
hududdagi ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy munosabatlardagi katta o’zgarishlarga
bog’liq emas. Chunki bunda alohida olingan shaxsning o’ziga bog’liq jarayonlar
yuz beradi hamda shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga olib keladi.
SHaroit o’zgarganligi sababli shaxsning o’z ijtimoiy xavfliligining
yo’qotganligi jinoyat sodir etish paytidagi va undan keyingi hayoti va faoliyatiga
bog’liq bo’ladi. Jinoyat sodir etgan shaxsning o’z lavozimidan bo’shab ketishi,
o’qishga kirishi, oilaviy hayotining izga tushishi, og’ir
kasallikka chalinishi kabi
holatlar sharoit o’zgarishini anglatadi.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo’qotganligiga namunali xulqi, jinoyat
tufayli yetkazilgan zararni o’z ixtiyori bilan bartaraf etishi,
yashash tarzining
o’zgarishi kabi omillar vositasida ham ishonch hosil qilish mumkin. Mansabga
sovuqqonlik bilan qarash (207-modda), hokimiyat harakatsizligi (208-modda) kabi
jinoyatlar misolida buning isbotini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: