O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Tajovuz qiluvchi va jabrlanuvchi o’rtasidagi o’zaro kelishuv asosida 
javobgarlikdan ozod qilish keng tarqalgan turlardan biri bo’lib, ayblanayotgan 
shaxsning ahvolini yengillashtirishga xizmat qiladi. Yarashilganlikning ahamiyatli 


156 
tomoni shundaki, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs zararni qoplashi 
hamda jabrlanuvchining kechirishi tufayli qilmishidan pushaymon ekanligini 
amalda isbotlaydi.
Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish aybdor o’z 
qilmishiga 
chin 
ko’ngildan pushaymon bo’lganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish shaklidan farqlanishi bois ikkisi bir-biridan ajratiladi. 
Qilmishiga chin ko’ngildan pushaymonlik jinoyatning ijtimoiy xavfi katta 
bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat ekanligi, shaxsning jinoyatni 
birinchi marta sodir etganligi, aybini o’z bo’yniga olish to’g’risida arz qilganligi, 
jinoyatning ochilishiga faol yordam berganligi kabi belgilarga ega bo’ladi.
Yarashilganlik tufayli javobgarlikdan ozod qilish uchun zararni qoplash va 
jabrlanuvchining kechirishi asos bo’ladi. Tergov va sud organlari qoplanayotgan 
zarar miqdorini aniqlash, ko’p yoki kamligini hisoblash ishlarini amalga 
oshirmaydi. Bu qilmishni sodir etuvchi va jabrlanuvchi o’rtasidagi o’zaro kelishuv 
yo’li bilan hal etiladi. Tergov va sud organlari kelishuv amalga oshirilib qancha 
summa berilganligini emas, balki jabrlanuvchining kechirganligi va boshqa 
da’volari bor yoki yo’q ekanligini aniqlaydi. Agar jabrlanuvchi tomonidan 
aybdorga nisbatan e’tiroz bildirilib, uning jazolanishini talab qilsa, sud umumiy 
asoslarda sudlov faoliyatini davom ettiradi.
Jinoyat-protsessual qonunchiligida ayrim jinoyatlar uchun jabrlanuvchining 
arizasi jinoiy ish ochishga asos bo’lishi belgilangan. Jumladan, Jinoyat-protsessual 
kodeksining 325-moddasi jinoyat ishini jabrlanuvchining shikoyatiga ko’ra 
qo’zg’atilishi asoslarini belgilaydi. Moddaga ko’ra, Jinoyat kodeksining 105-
moddasi I qismi, 109-moddasi, 110-moddasi I qismi, 111-moddasi, 118-moddasi I 
qismi, 119-moddasi I qismi, 121-moddasi I qismi, 136-moddasi, 139-moddasi I va 
II qismlari, 140-moddasi I va II qismlari va 149-moddasida nazarda tutilgan 
jinoyatlar uchun jabrlanuvchi bergan ariza jinoyat ishi ochilishiga asos bo’ladi.
Jinoyat jabrlanuvchisining ariza bermaganligi yarashuv sudgacha hal 
bo’lishiga imkon berishi mumkin. Milliy xususiyatlarimiz bilan bog’liq 
andishalilik, kechirimlilik, jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarda qiz 


157 
bolaning sha’ni kabi jihatlar ariza berilishiga to’sqinlik qilishiga olib keladi. 
Shuningdek, jabrlanuvchining nochor ahvolda ekanligi, ayblanuvchiga qaram yoki 
boshqa sabablarga ko’ra o’z huquq va manfaatlarini himoya qila olmaganligi 
sababli ariza bera olmasligi mumkin. Bunday hollarda uning holatini inobatga olib, 
jabrlanuvchining shikoyatisiz ham prokuror jinoyat ishi qo’zg’atishi shartligi 
JPKning 325-moddasida belgilangan. 
Yarashilganlik bilan bog’liq holatlar uchun yozma shakldagi arizalar asos 
bo’ladi. Ariza jabrlanuvchi, shuningdek fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari 
tomonidan sud maslahatxonaga kirguncha istalgan bosqichda berilishi mumkin. 
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davrida berilgan yarashuv 
to’g’risidagi ariza ish yuritayotgan xodim tomonidan ko’rib chiqilishi shart.
Jinoyat-protsessual 
kodeksining 
583-moddasiga 
ko’ra, 
yarashuv 
to’g’risidagi arizada yetkazilgan ziyonning bartaraf etilganligi hamda 
yarashilganlik munosabati bilan jinoyat ishi bo’yicha ish yuritishni tugatish haqida 
iltimos aks etishi lozim. Arizaning berilishi javobgarlikka tortilishning to’la bekor 
qilinishini anglatmaydi. Chunki tergov qilinayotgan yoki ko’rilayotgan jinoyat ishi 
bir necha jabrlanuvchini qamrab olgan bo’lsa, jabrlanuvchilarning barchasi bilan 
yarashuvga erishilishi zarur. Aks holda yuritilayotgan jinoyat ishi davom ettiriladi.
Yarashuvning qonuniyligi va asosliligini aniqlash uchun surishtiruvchi, 
tergovchi va sud tomonidan quyidagi holatlarga e’tibor beriladi:

jinoyatning JKning 66
1
-moddasida belgilangan qilmishlardan biri 
ekanligi; 

shaxsning og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar bilan muqaddam 
sudlanmaganligi (sudlangan bo’lsa uning olib tashlanganligi yoki bekor 
qilinganligi); 

aybiga chin ko’ngildan iqrorligi; 

etkazilgan zararni o’z ixtiyori bilan qoplaganligi.
Yarashilganlik bilan bog’liq ishlarni ko’rib chiqishda jinoyat JKning 66
1
-
moddasida belgilanganligi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Agar jinoyat bu 
moddada aks etmagan bo’lsa, unga nisbatan yarashuv institutini qo’llab bo’lmaydi. 


158 
Masalan, hayotga qarshi, tinchlik va xavfsizlikka qarshi, O’zbekiston 
Respublikasiga qarshi, harbiy sohadagi va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka 
tortilgan aybdorlarga yarashuv institutini qo’llash mumkin bo’lmaydi. Boisi bu 
kabi jinoyatlar og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar toifasiga kirishi bilan birga, bundan 
nafaqat odamlar, balki davlat manfaatlari ham katta zarar ko’radi.
Jabrlanuvchilar fuqarolar va unga tenglashtirilgan shaxslar bo’lsagina 
yarashuvga yo’l qo’yiladi. Yetkazilgan zarar davlat tuzilmalari, umummilliy boylik 
hisoblanuvchi ob’ektlar, insoniyat hayoti va xavfsizligi bilan bog’liq bo’lsa, 
jinoyatning xususiyatlari og’irlashib ketadi.
Og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar salbiy oqibatlari bilan ijtimoiy munosabatlarga 
zarar yetkazadi. Shu bois yarashuvda bunga e’tibor qaratiladi. Agar bunday 
jinoyatlar avval sodir etilib, sudlanganlik olib tashlangan yoki bekor qilingan 
bo’lsa, yarashuv holatini qo’llanilishi uchun to’sqinlik qilmaydi. Shunisi ham 
borki, muqaddam sodir etilgan jinoyat uchun sudning hukmi chiqarilib qonuniy 
kuchga kirmagan bo’lsa ham shaxs sudlanmagan hisoblanadi. Bunday holatda 
yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish qo’llaniladi. Masalan, 
bir shaxs bosqinchilik jinoyatini sodir etib, sud tomonidan ushbu jinoyati uchun 
chiqarilgan hukm kuchga kirgunga qadar, JKning 277-moddasi I qismida 
ko’rsatilgan bezorilik jinoyatini sodir etsa hamda buning uchun yarashuvni amalga 
oshirsa, bezoriligi avvalgi jinoyat bilan qo’shilib jinoyatlar jamini tashkil etmaydi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish