Topshiriq
Xususiy firma egasi o’z jiyaniga shartnoma tuzish huquqini beruvchi
ishonchnomani berdi. Jiyani bankdan katta miqdorda pulni firma nomiga kredit
sifatida olib, qimorda yutqazib qo’ydi. Bank kredit foizini to’lashni so’raganda
firma egasi bundan xabar topdi. Pulni yutib olgan qimorbozlarni militsiyaga
berdi. Qimorbozlar pulni halol yutib olganliklarini, kredit uchun javobgar
emasliklarini aytishdi. Jiyani Rossiyaga qochib ketdi. Firma egasi buncha pulni
to’lash uchun firmaning mablag’i yetmasligini aytdi.
–
Bankning zarari qanday qoplanadi?
174
qonun kuchga kirguncha jinoyat qilgan, jazoni o’tayotgan, o’tab bo’lgan va
sudlanganlik holatidagi shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Yuqoridagilardan tashqari, Oliy Majlis Senati tomonidan chiqarilgan
amnistiya akti hamda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qabul
qilingan avf etish to’g’risidagi hujjat jinoiy jazolarni yengillashtirishi yoki ozod
qilinishi bilan birga sudlanganlikning olib tashlanishiga ham olib kelishi mumkin.
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlanishi
muddatlarini hisoblash
Jinoyat kodeksining 80-moddasida sudlanganlikning tugallanishi yoki olib
tashlanishi muddatlarini hisoblash asoslari o’rnatilgan. Mazkur masala O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015 yil 18 sentyabrdagi “Sudlanganlik holati
tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo’llash bo’yicha sud amaliyoti
to’g’risida”gi 13-sonli Qarorida yanada batafsil sharhlanadi.
Sudlanganlik holatining keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarini inobatga
olgan holda, sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib
tashlanishi muddatlarini to’g’ri hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yangi
sodir qilingan jinoyatni kvalifikatsiyalash hamda unga jazo tayinlashda to’g’ri
yondashuvga yordam beradi.
Umumiy tartibda sudlanganlikning tugallanish yoki olib tashlash muddatlari
asosiy va qo’shimcha jazolar o’tab bo’lingach yoki jazo ijro etilgan kundan
boshlab hisoblanishi zarur.
Jazolarda muddatlarni hisoblashda katta muammolar bo’lmaydi. Xususan,
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm
qilinganlar qancha muddatga hukm qilinishidan qat’iy nazar, bir yillik
sudlanganlik muddati belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosining boshqalardan farqli jihatlari bo’lib, bu
jazo muddatiga qarab to’rt, yetti yoki o’n yillik sudlanganlik muddatlari
belgilanishi bilan bog’liq bo’ladi. Shuningdek, o’ta xavfli retsidivistlar hamda o’ta
175
og’ir jinoyatlar uchun o’n besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosini o’taganlar uchun o’n besh yillik sudlanganlik muddati belgilangan.
Oddiy matematik tarzda qaraganda muammolar bo’lmasligi mumkin, lekin
sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o’talmay qolgan
qismi bilan bog’lanishi o’quvchilarni holatni tez anglab ololmasligini keltirib
chiqaradi. Bu narsa jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan yoki
jazo yengilrog’i bilan almashtirilganda sudlanganlik muddatini hisoblash chalkash
xulosalarni keltirib chiqarishiga olib keladi.
Jinoyat kodeksining 80-moddasi II qismida shaxs tayinlangan jazodan
muddatidan ilgari ozod qilingan yoki jazo yengilrog’i bilan almashtirilgan bo’lsa,
sudlanganlik avvalgi jazoning amalda o’tab bo’lgan qismidan hisoblanishi
o’rnatilgan. Bunda sud tomonidan tayinlangan jazo muddati emas, balki jazo
amalda o’tab bo’lingan muddat sudlanganlik holati uchun ta’sir qiladi.
Tasavvur qilaylik, uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar uchun, ya’ni besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlik uchun to’rt yil
sudlanganlik muddati o’rnatiladi. Og’ir jinoyatlar, ya’ni besh yildan o’n yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar uchun jazo o’tab bo’lingach,
yetti yil sudlanganlik muddati o’rnatiladi. Agar mahkum sakkiz yilga ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilinsa, shuncha yildan keyin ozodlikka chiqib, yetti
yillik sudlanganlik muddatini oladi. Sakkiz yilning yarmi, ya’ni jazoning to’rt
yilini o’tab bo’lib, mahkum jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod
qilingan bo’lsa, uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar uchun belgilangan to’rt yillik
sudlanganlik muddati qo’llaniladi. Sudlanganlik muddatining boshlanishi shartli
ozod qilingan kundan boshlanadi.
Sud tomonidan asosiy jazo bilan qo’shimcha jazo ham tayinlangan bo’lsa,
sudlanganlik muddatini hisoblash qo’shimcha jazo ham o’tab bo’lingandan keyin
boshlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilganda,
sudlanganlik muddati almashtirilgan yengilroq jazoning o’tab bo’lingan kunidan
boshlanadi.
176
Sudlanganlik muddatining o’tib ketganligi yoki olib tashlanishi uning barcha
huquqiy oqibatlarini tugatadi. Sudlanganlik muddati tugamasdan, shaxs tomonidan
yangi jinoyatning sodir etilishi muddat o’tishini to’xtatadi. Muddat yangi jinoyat
uchun tayinlangan jazoning tugashidan boshlab qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |