166
6.
Yarashuv qo’llanilmaydigan holatlarni ayting.
7.
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish qanday bo’ladi?
8.
Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish huquqiy asoslarini
ayting.
9.
Jazodan ozod qilishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bering.
10.
Jazodan ozod qilishning huquqiy tomonlarini
11 BOB. SUDLANGANLIK HOLATI VA UNING HUQUQIY
OQIBATLARI
Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati
Jinoyat qonunchiligida sudlanganlik o’z huquqiy ahamiyatiga ega.
U sodir
etilgan jinoyat uchun sudlanuvchiga sud tomonidan jinoiy jazoning tayinlanishidan
namoyon bo’ladi. Sudlanganlik – sud tomonidan hukm tayinlanganidan keyin kelib
chiquvchi huquqiy holatdir. Hukm tayinlanishida qo’llanilgan jazo turi, muddati,
miqdori sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishiga ta’sir qiladi.
Jinoyat huquqiy munosabatlari u sodir etilgan paytdan boshlab, qonunda
belgilangan tartibda sudlanganlik olib tashlanguncha davom etadi. Qonunda
belgilangan tartibga ko’ra, sud tomonidan tayinlangan jazo qonuniy kuchga
kirgach, sudlanganlik vujudga keladi.
Sud tayinlagan hukm apellyatsiya shikoyati berish
yoki protest bildirish
muddati, ya’ni o’n sutka o’tishi bilan kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati yoki
protestning berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini to’xtatib turadi. Jinoiy ish
yuqori sud tomonidan ko’rib chiqib bekor qilinmasa, yuqori turuvchi sud ishni
ko’rgan kuni hukm qonuniy kuchga kiradi.
Hukm ikki yoki undan ortiq mahkumga nisbatan chiqarilgan bo’lsa hamda
ularning loaqal bittasi tomonidan apellyatsiya shikoyati berilsa yoki prokuror
tomonidan
protest keltirilsa, yuqori turuvchi sud tomonidan jinoiy ish ko’rib
chiqilguncha, ularning hammasiga nisbatan hukm kuchga kirmay turadi.
167
Yuqori turuvchi sud tomonidan hukmning bekor qilinishi yoki
sudlanuvchiga nisbatan oqlov hukmining chiqarilishi sudlanganlik holatini keltirib
chiqarmaydi. Agar hukm bir necha mahkumga nisbatan chiqarilib, ularning bittasi
yoki bir nechtasiga yuqori sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilsa, sudlanganlik
faqat ularning o’ziga nisbatan qo’llanilmaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs qilmishning jinoiyligini istisno
qiluvchi holatlar tufayli jazodan ozod qilinsa yoki javobgarlik va jazodan ozod
qilishning
boshqa asoslari, ya’ni jazoni ijro etish muddatlarining o’tib ketganligi,
shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo’qotishi, aybdorning o’z qilmishiga
amalda pushaymon bo’lganligi kabi asoslar qo’llanilsa ham shaxs sudlanmagan
deb topiladi.
Sudlanganlik holatining ahamiyati shundan iboratki, jinoyat sodir etgan
shaxs sud tomonidan tayinlangan jazoni o’tab
chiqqach, unda ayrim o’zgarishlar
bo’lishi inkor qilinmaydi. Aksariyat hollarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini
ijro etish muassasalarida jazoni o’tab chiqqan mahkumlar jamiyat uchun ayrim
salbiy jihatlarni o’zlashtirib qaytishadi. Koloniyalarda turli toifadagi jinoyatchilar
bilan birga bo’lish o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Bundan tashqari jazoni o’tab
bo’lgandan keyin ham ba’zi mahkumlarda alamzadalik juda uzoq vaqt saqlanib
qoladi. Bunday holatga tushishiga boshqalarni aybdor deb biladi va qasos hissi
ularni tez tark etmasligi mumkin. Natijada jazoni o’tab qaytgan mahkumning yana
jinoyat qilish vaziyatlari vujudga keladi. Sudlanganlik
bu kabi holatlarni
kamaytirish, mahkumning erkin hayotga to’la moslashib olishi uchun qulay omil
vazifasini bajaradi.
Jinoyatni sodir etgan shaxs sud tomonidan jazo olgandan so’ng, qasddan
yangi jinoyat sodir etishi uning tuzalish yo’liga kirishni xohlamayotganligini
anglatadi. Mazkur holatlarda unga nisbatan qattiqroq jinoiy-huquqiy ta’sir
choralarini qo’llash talab etiladi.
Sudlanganlik jazoni o’tab bo’lgan mahkumni qaytadan jinoyat yo’liga o’tib
qolishini oldini olish uchun nazorat qilishdan tashqari, jazo maqsadiga
168
erishilmagan bo’lsa, uning ustidan ma’muriy nazoratni
davom ettirish uchun
zarurdir.
Sudlanganlikni Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan hollarida hamda shaxs
yangidan
jinoyat
sodir
etganligida
huquqiy
ahamiyatini
ko’rsatadi.
Sudlanganlikning jazo tayinlashdagi ahamiyati sudning og’irroq jazo tayinlashida,
qilmishni retsidiv jinoyat, xavfli retsidiv jinoyat va o’ta xavfli retsidivist deb
topishda, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda, javobgarlikka tortish muddatlarini
hisoblashda va jazodan ozod etishda yaqqol ko’rinadi. Shu bilan birga, ozodlikdan
mahrum qilingan mahkumlarga jazoni ijro etish muassasasini
aniqlashga xizmat
qiladi. Shuningdek yarashuv, shartli hukm qilish, jazoni o’tashdan muddatidan
ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog’i bilan almashtirish, amnistiyaning
qo’llanilmasligi, jazolarning muddatlari
va turlarini belgilanishi, Jinoyat kodeksi
moddalarining boshqa qismlari bilan qilmishning kvalifikatsiyalanishi kabi
oqibatlarga olib keladi.
Tayinlangan jazo tufayli kelib chiqqan sudlanganlikning muddati o’tib
ketganligi, shuningdek sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan
sudlanganlikning kelib chiqqan barcha huquqiy oqibatlari bekor qilinadi.
Jinoyat qonunchiligida qonun o’zgarishi ayrim qilmishlar jinoyatlar
tarkibidan chiqarilishi mumkin. Jumladan, amaldagi JKning 170-moddasining
uchinchi qismi, 189-moddaning
birinchi va ikkinchi qismlari, 27-moddalarida
nazarda tutilgan qilmishlar jinoyatlar tarkibidan chiqarilgan. Mazkur moddalardagi
chiqarilgan qismlarda belgilangan qilmishni sodir etilganlik uchun o’rnatilgan
sudlanganlik ham ularni bekor qiluvchi qonun chiqishi bilan tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: