O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Sudlanganlikning olib tashlanishi



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Sudlanganlikning olib tashlanishi
Sudlanganlik JKning 79-moddasiga asosan, ozodlikdan mahrum qilish 
jazosini o’tab bo’lgan shaxsga ma’muriy yoki intizomiy jazo qo’llanilmagan 
bo’lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoa 
yoki jazo tayinlangan shaxsning o’zi ushbu muddatlarning kamida yarmi 
o’tganidan keyin bergan iltimosnomasi asosida olib tashlanishi mumkin.
Sudlanganlikning olib tashlanishi masalasini ko’rib chiqish jazoni o’tab 
chiqqan shaxs yashaydigan hududdagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sud 
tomonidan amalga oshiriladi. Sudlanganlikni olib tashlash to’g’risidagi masalani 
ko’rib chiqish jarayonida shaxs himoyachi olish huquqiga ega. Sudlanganlikni olib 
tashlash rad etilgan taqdirda, mazkur iltimosnomani sud ajrimi chiqarilgan kundan 
boshlab kamida bir yil o’tgandan keyin kiritish mumkin.
Sudlanganlikning olib tashlanishida jinoyatning qasd yoki ehtiyotsizlikdan 
sodir etilganligi uchun jinoiy jazo tayinlanganligi masalasi ko’rib chiqilmaydi.
Sudlanganlik holati davomida shaxsga nisbatan ma’muriy yoki intizomiy 
shakldagi jazoning qo’llanilishi fakti unga qo’llanilgan jazo maqsadiga to’la 
erishilmaganligini 
ifodalashga 
xizmat 
qiladi. 
Mazkur 
jazolarning 
qo’llanilmaganligi shaxsning tuzalish yo’liga o’tganligini asoslaydi.
Jinoyat kodeksining 178-184, 185-185
2
, 189-192-moddalarida belgilangan 
jinoyatlarni sodir etganlik uchun davlatga juda ko’p zarar yetkazilmaganda, 
sudlanganlar yuqorida ko’rsatilgan muddatlarning 1/4 qismi o’talgandan keyin 
sudlanganlik olib tashlanishiga yo’l qo’yiladi. Bunda juda ko’p miqdordagi zarar 
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq miqdordagi zarar 
yetkazilishi holatini o’zida aks ettiradi.
Ushbu jinoyatlar iqtisodiyot asoslariga qarshi va xo’jalik faoliyati sohasidagi 
jinoyatlardan iborat. Bunda chet el valyutasi, soxta tadbirkorlik, bankrotlik; 


173 
bojxona, raqobat va tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash; qimmatbaho va 
rangli metallarga oid tartib-qoidalarni buzish; savdo yoki xizmat ko’rsatish 
qoidalarini buzish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanish, raqobatchini 
obro’sizlantirish kabi jinoyatlar ko’zda tutiladi.
15 yil va undan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosini 
o’taganlar va o’ta xavfli retsidivistlar jazoni o’tab bo’lgach,15 yil davomida yangi 
jinoyat sodir etmasa, sudlanganliklari sud tomonidan olib tashlanishiga yo’l 
qo’yiladi. 15 yil va undan ortiq muddat davomida umrini ozodlikdan mahrum etish 
jazosini ijro etish muassasalarida o’tkazgan mahkumlar va o’ta xavfli retsidivistlar 
yana kamida o’n besh yil davomida sudlanganlik holatida bo’lsa, uning umrining 
yarmi o’tib ketgan bo’ladi. Keyingi 15 yil mobaynida jinoyat sodir etmagan bo’lsa, 
hayotning o’zi ularni ma’lum bir qolipga tushirib qo’yganligiga, o’z qilmishlaridan 
afsuslanishiga, qilmishidan pushaymonligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu 
bois sud tomonidan bunday shaxslarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlash 
masalasi ko’rilishiga yo’l qo’yiladi. 
Sudlanganlikning olib tashlanishi JKning 13-moddasi II qismida nazarda 
tutilgan asoslar mavjud bo’lganda ham qo’llanilishi 79-moddaning III qismida 
bayon etilgan. Mazkur asoslar qilmishning jinoiyligini bekor qiluvchi, jazoni 
yengillashtiruvchi yoki shaxs ahvolini boshqacha shaklda yaxshilovchi qonunning 
orqaga qaytish kuchiga egaligini ifodalaydi. Sudlanganlikni olib tashlash bunday 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish