O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Jinoyatda ishtirokchilikning turlari



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jinoyatda ishtirokchilikning turlari
Jinoyat sodir etilishida ishtirok etayotganlar bajaradigan vazifasiga qarab bir 
necha turlarga ajratiladi. Jinoyat huquqi ishtirokchilikning quyidagi turlarini 
tasniflaydi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Har bir turga 
kiruvchi ishtirokchi jinoyat sodir etilishida o’z vazifasiga ega bo’ladi. Jinoyatni 
kvalifikatsiyalashda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining aniq 
o’rnini belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Quyida ishtirokchilik turlariga 
Jinoyat kodeksida berilgan ta’riflar berilgan. Ushbu ta’riflar jinoyatchilikda 
ishtirokchilikning turlarini farqlash imkonini beradi: 
18-rasm. Jinoyatda ishtirokchilik
Ishtirokchilarning turlarini ajratishda ularning bajaradigan vazifasi muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. Jinoyatning bajaruvchisi asosiy ishtirokchi hisoblanib, 
ijtimoiy xavfli qilmish yakka holda sodir etilganda ham bajaruvchining bir o’zi 
ishtirok etadi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning ajralmas qismi unda 
bajaruvchining mavjudligidir.
BAJARUVCHI
• Jinoyatni bevosita yoki qisman sodir etgan yoxud Jinoyat kodeksiga 
muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan shaxslardan yoki 
boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etgan shaxs 
TASHKILOTCHI
• Jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik 
qilgan shaxs
DALOLATCHI
• Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs
YORDAMCHI
• Jinoyat sodir etilishiga o’z maslahatlari, ko’rsatmalari bilan, vositalar berish 
yoki to’siqlarni yo’qotish bilan ko’maklashgan, shuningdek jinoyatchini, 
jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo’l bilan qo’lga 
kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va 
o’tkazish to’g’risida oldindan va’da bergan shaxs


116 
JKning 28-moddasida bajaruvchiga berilgan ta’rifda uning faoliyatidagi 
ikkita holat ko’zda tutiladi. Uning birinchisi, jinoyatni bajaruvchi tomonidan 
bevosita yoki qisman sodir etishi hisoblanib, u bajaruvchining jinoyatni sodir 
etishdagi faol harakatini o’zida ifodalaydi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etilganda 
bajaruvchi ba’zan bitta, ba’zan bir nechta bo’ladi. Ularning qancha hajmdagi ishni 
bajarishi avvaldan rejalashtirilgan bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Ikkinchi 
holat, jinoyat qonuniga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan 
shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etishini anglatadi. 
Javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan shaxslarga, asosan, qonun bilan 
belgilangan yoshga yetmaganlar hamda aqli norasolar kiradi. Jinoyatning 
bajaruvchisi ushbu toifadagi shaxslardan foydalangan holda, jinoyatni amalga 
oshirishda bevosita ishtirok etishi yoki etmasligidan qat’iy nazar, javobgarlikka 
tortiladi. Shuningdek, boshqa vositalardan foydalangan holda jinoyat sodir etilishi 
ham bajaruvchining xususiyatlaridan biridir. Boshqa vositalar jismoniy shaxs 
bo’lmagan jonzotlar, ashyolar, mexanizm kabi texnika vositalaridan iborat bo’lib, 
ularning jinoyat sodir etilishida bajaruvchi tomonidan boshqarilishi bajaruvchini 
javobgarligiga sababchi bo’ladi.
Jinoyatlar tayyorgarlik, suiqasd yoki tamom bo’lish bosqichlaridan iborat 
bo’lib, bajaruvchilarning barchasi ushbu bosqichlarda ishtirok etishi shart emas. 
Jinoiy harakatning muayyan bir qismida ishtirok etish ham ishtirokchilik uchun 
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Agar tayyorgarlik bosqichida jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytishlik bajaruvchilardan biri yoki bir nechtasi yuz bersa, 
ixtiyoriy qaytganlarga javobgarlikdan ozod qilish imkonini berilishini unutmaslik 
lozim. 
Jinoyatda ishtirokchilarning ichida yeng xavflisi sifatida tashkilotchi tilga 
olinadi. Kodeks bo’yicha jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishiga yoki uning sodir 
etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi hisoblanadi. Ishtirokchilikning bu turi 
qolganlarni reja tuzish, uni amalga oshirish, qulay usullardan foydalanish, izlarni 
yo’qotish, bir-birlarini pana qilish kabi yo’l-yo’riqlari bilan birlashtiradi. Jinoyat 
amalga oshirilishida o’zi bevosita qatnashishi yoki qatnashmasligi ham mumkin, 


117 
lekin uning qilmish sodir etilishida qatnashmaganligi javobgarlikdan ozod 
qilmaydi.
Tashkilotchi guruhga rahbarlikni amalga oshirar ekan, bajaruvchilarning 
jinoyat paytidagi faoliyatini ham kuzatgan holda boshqarib turishi mumkin. U 
jinoyatning tashabbuskori, guruhning rahbari va ishtirokchilikning yeng 
xavflisidir.
Jinoyat kodeksi 28-moddasining 4-qismida ishtirokchilikdagi shaxsni 
dalolatchi deb topishning huquqiy asoslari belgilangan. Unga ko’ra, jinoyat sodir 
etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. Dalolatchiga berilgan ushbu 
ta’rifda qiziqtirishning tartibi, shakli, darajasi haqida ma’lumot berilmagan. 
Dalolatchilikning tavsiya qilinadigan ro’yxatini shakllantirishning imkoni mavjud 
emas. Uning turli xil holatda, usulda, shakl va darajada bo’lishi ko’proq 
dalolatchining o’ziga xos sifatlaridan kelib chiqadi. Dalolatchi bajaruvchining 
imkoniyatlari, talab va ehtiyojlarini inobatga olib, aldov, qo’rqitish, va’da berish, 
iltimos qilish, jismoniy va ruhiy ta’sir ko’rsatish kabi usullardan foydalanishi 
mumkin. Bunda xizmat yoki moddiy qaramlik holatlaridan ham foydalanish 
imkoniyatlari mavjuddir.
Dalolatchi bajaruvchini jinoyat sodir etishga qiziqtirar ekan, o’z harakatining 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi va xavfli oqibat keltirib chiqarishiga ko’zi 
yetadi. Shu nuqtai nazardan uning xatti-harakati jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv 
tomonlarida belgilangan alomatlarga to’la mos keladi. Bu o’z navbatida 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish