O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Ishtirokchilik turlari haqida ma’lumot bering 
2.
Bajaruvchining ishtirokchilikdagi o’rni haqida gapiring 
3.
Yordamchining funktsiyalari nimalardan iborat? 
4.
Tashkilotchining ishtirokchilikdagi o’rni xususida tushuntiring 
5.
Oddiy ishtirokchilikning xususiyatlari nimalardan iborat? 
6.
Murakkab ishtirokchilikning oddiy ishtirokchilikdan farqi nimada? 
7.
Uyushgan guruhning xususiyatlarini tushuntiring 
8.
Jinoyatga daxldorlik tushunchasini ta’riflang 
9.
Jinoiy uyushmaning davlat va jamiyatga salbiy ta’siri nimalarda 
ko’rinadi? 
10.
Jinoiy uyushmadagi rahbarning o’rni nimada ko’rinadi? 
9 BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILUVCHI HOLATLAR
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar. Kam ahamiyatli 
qilmishlar 
Jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo’lgan ijtimoiy xavfli 
qilmishlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Bu jinoyat 
tarkibining alomatlari mavjud bo’lgan har qanday qilmish jinoyat deb topilishi 
asoslaridan kelib chiqadi. Bunday qilmishlar nazariy jihatdan jinoyatga 
o’xshasada, ular o’zining xususiyatlari, xavflilik darajasi, shaxsning sifatlari, 
jinoyat ob’ektiv tomonining motivi va maqsadi kabi omillari bilan ajralib turadi. 
Jinoyat sifatida ko’rinadigan ba’zi harakatlar jamiyat manfaatlari uchun katta xavf 
tug’dirmasligi yoki uning rivoji uchun xizmat qilish maqsadlarini ko’zlashi ham 
mumkin. Mazkur jihatlardan kelib chiqib jinoyat huquqiga qilmishning jinoiyligini 
istisno qiluvchi holatlar tushunchasi kiritilgan.


129 
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar o’zida jinoyat alomatlarini 
to’liq aks ettirsada, jamiyat uchun foydaliligi sababli jinoyat deb topilmaydi, 
buning uchun javobgarlik va jazo ham belgilanmaydi. Qilmishning jinoiyligini 
istisno qilinishining sababi shundaki, o’zida jinoyat belgilarini aks ettirgan 
harakatlarni jazolash jamiyatga ko’proq zarar keltiradi. Shu bilan birga, fuqarolar 
faolligining kamayishi va ularda loqaydlikning kuchayishiga olib keladi. Jinoyatlar 
miqdori ortib, salbiy oqibatlar soni ko’payib ketadi.
Fuqarolarning faolligini orttirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish 
uchun jinoyat alomatlariga ega qilmishlarning ayrimlari istisno qiluvchi holatlar 
deb topiladi.
Jinoyat kodeksida quyidagilar qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi 
holatlar deb belgilangan: kam ahamiyatli qilmishlar, zaruriy mudofaa, oxirgi 
zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish, 
buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli 
tavakkalchilik, jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish. Ushbu holatlarni 
sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish, ularga nisbatan davlat majburlov 
choralarini qo’llash hamda tegishli jazo tayinlash jinoyatchilikka qarshi kurashning 
ahamiyatini pasaytirib yuboradi. Xususan, kam ahamiyatli qilmishlar uchun jazo 
tayinlanishi jinoyatlar sonini orttiribgina qolmay, kishilarning sudlanganlik bilan 
bog’liq holatlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat shaxs, davlat va jamiyat manfaatlari 
hamda uchinchi shaxslarning huquq va erkinliklarini himoyalanishi uchun juda 
zarur hodisalardir. Bu ikki holat bilan davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilishi 
mumkin bo’lgan zararlarning oldi olinadi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish 
jamiyat manfaatlari yo’lida olib boriladigan foydali ish tufayli kelib chiquvchi 
holat hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs o’z ortidan tushgan 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ta’qibidan qochib qutulish uchun 
har qanday huquqbuzarlikka tayyor bo’ladi. Bunday hollarda ta’qib qiluvchilar 
ularning qarshiligini bartaraf etish uchun qonun belgilagan chegaradan 


130 
chiqishlariga to’g’ri keladi. Bunday holatda zarar yetkazish oldi olingan holatga 
qaraganda foydaliroq bo’ladi. 
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish bo’ysunishi talab etiladigan xodimlar 
tomonidan sodir etiladi. Bunday holatda bo’ysunuvchi xodimning sodir etiladigan 
harakat yoki harakatsizligidan kelib chiquvchi oqibat to’g’risida bilishi mumkin 
ham bo’lmagan vaziyat asosiy rol o’ynaydi.
Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik globallashuv va 
fan-texnika taraqqiyoti yuksalib borayotgan hozirgi davrda dolzarb ahamiyatga 
ega. Tavakkalchilik asosida ish yuritish ko’plab yangi ixtirolar, innovatsiyalar va 
shunga mutanosib ravishda xalq turmush tarzining yuksalishiga xizmat qiladi.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish Jinoyat kodeksiga 
kiritilgan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi so’nggi holat sanaladi. Ushbu 
holat jismoniy yoki ruhiy ko’rinishdagi majburlash yoxud qo’rqitish oqibatida o’z 
harakatini boshqara olmay qolgan shaxslar huquqlarini himoya qilish maqsadlarida 
kiritilgan bo’lib, jinoyat qonunchiligidagi insonparvarlik va adolatlilik 
printsiplariga tayanadi.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar xususida fikrlarimizni 
umumlashtiradigan bo’lsak, uning quyidagi jihatlari kelib chiqadi: qilmishning 
jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarda jinoyatning belgilari mavjud bo’ladi; ushbu 
qilmishlarni jinoyat deb topish va javobgarlikni belgilash fuqarolarning huquqiy 
faolligini pasaytiradi; ularni jinoyat deb topishni rad etish orqali davlat va jamiyat 
manfaatlariga yetkaziladigan jiddiy zararlarning oldi olinadi; fuqarolarning 
sudlanganlik kabi oqibatlarga uchrashi kamayadi. 
O’zida jinoyat belgilarini aks ettirgan ko’plab harakat va harakatsizliklar 
jinoyat qonuni bo’yicha javobgarlikka tortish yoki jazo berish uchun arzimaydi. 
Ularning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo’lmaganligi sababli kam ahamiyatli 
qilmishlar sifatida e’tirof etish va jinoiyligini istisno qilish ko’zda tutilgan.
Kam ahamiyatli qilmishlar haqida JKning 36-moddasida huquqiy me’yorlar 
o’rnatilgan. Unga ko’ra, Jinoyat kodeksida jinoyat sifatida nazarda tutilgan 


131 
qilmishning alomatlari mavjud bo’lsa-da, o’zining kam ahamiyatliligi tufayli 
ijtimoiy xavfli bo’lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi. 
Kam ahamiyatli qilmishlar jinoiyligi istisno qilinadigan boshqa holatlardan 
farqli ravishda jamiyat uchun foydali harakat hisoblanmaydi. Uning jinoyat sifatida 
e’tirof etilishi uchun sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tufayli kelib chiqqan 
oqibat jamiyat uchun katta xavf tug’dirmasligi kerak. Masalan, begona odamga 
tegishli polizdan yeyish istagida bitta tarvuzning o’g’irlab olib ketilishi holatida JK 
169-moddasida nazarda tutilgan barcha belgilar mavjud bo’lsada, aybdorni jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun kamlik qiladi.
Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganda kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy 
xavflilik darajasi bo’lmasligi mumkin yoki juda oz miqdorda zarar yetadi. Bunda 
jabrlanuvchining qilmishni ahamiyatli emas deb hisoblashi, huquqbuzarning jiddiy 
zarar yetkazish niyatining yo’qligi kabi omillar ham muhim ahamiyatga ega 
bo’lishi mumkin. 
Qilmishning kam ahamiyatli deb topish uchun surishtiruv, tergov yoki sud 
jarayonida jinoyat tarkibining barcha elementlari – ob’ekti, ob’ektiv tomoni, 
sub’ekti va sub’ektiv tomoni tahlil qilinishi lozim. Bu yo’l bilan kishilarni kam 
ahamiyatli deb topish mumkin bo’lgan qilmishlarini noto’g’ri kvalifikatsiya qilib 
jazo tayinlashning oldini olish mumkin bo’ladi.
Kam ahamiyatli qilmishlarni xususiyatlari shundaki, bu qilmishlar jinoyat 
hisoblanishi uchun jinoyat tarkibining barcha elementlariga ega bo’ladi. Ularni 
jinoyat deb topish kishilar uchun og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 
Qilmish tufayli jinoiy oqibat kelib chiqmaydi yoki juda oz miqdorda zarar 
yetkaziladi. Jamiyat uchun kam ahamiyatli qilmishlar juda katta xavf tug’dirmaydi. 
Aybdorni jinoiy jazodan boshqa ta’sir vositalari yordamida tarbiyalash mumkin 
bo’ladi. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish