O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

I. Tashkiliy qism: 
Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston 
hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizning qo’shni mamlakatlar bilan hozirgi davrdagi hamkorligi haqida 
axborotlarini tinglash.
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi: 
1. Tili va antropologik xususiyatlari. 
2.Xo’jalik-madaniy tiplar. Dehqonchilik va chorvachilik. 
3.Moddiy madaniyat. Ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari.
4.Oila-nikoh munosabatlari.
5.Ma’naviy madaniyat. Din, xalq san’ati.
Yangi mavzu qisqa bayoni: 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika bo'yicha Iqtisodiy komissiyasi taklifiga binoan 
G'arbiy va Markaziy Afrikaga tabiati, etnik tuzilishi, tarixi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
umumiy xarakteriga qarab 24 ta mamlakat kiritilgan. Etnik jihatdan bu yerda yashovchi xalqlarning 
ko'pchiligi G'arbiy Sudan va Bantu xalqlari degan nom bilan atalgan. Bularning ko'pchiligi XX asr 
o'rtalariga qadar Yevropa davlatlarining mustamlakasi bo'lib kelgan. Ayniqsa, ikkinchi jahon 
urushidan keyin butun Af-rikani larzaga keltirgan milliy-ozodlik harakati juda ko'p xalqlarning 
mustaqil rivojlanishiga yo'l ochib berdi. Tarixiy «Afrika yili» nomi bilan kirgan 1960-yilda G'arbiy 
va Markaziy Afrikaning 15 ta mamlakati siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgan edi. Shulardan eng 
kattalari Nigeriya va Zoir, keyin Senegal va Mali, Mavritaniya va Benin (ilgarigi Dagomeya), Niger 
va Yuqori Volta, Fil suyagi sohili va Togo, Chad va Gobon, Markaziy Afrika va Kongo xalq 
respublikasi, Kamerun va S'erra-Leone. 1965-yilda Gambiya, 1968-yili Ekvatorial Gvineya, 1973-
yilda Gvineya-Bisau, 1975-yil Yashil orollar buruni va Angola mustaqil respublika deb e'lon 
qilindi. Bu mamlakatlarda hozir muhim etnik jarayon ro'y bermoqda. 
G'arbiy va Markaziy Afrika aholisi turli antropologik va lingvistik guruhlardan iborat bo'lib, 
o'zlarining xo'jalik faoliya-ti, madaniyati va dinlari bilan biroz ajralib turadilar. G'arbiy Afrikaning 
shimolida Mali va Niger hududida yashovchi tuareglar katta yevropoid irqining O'rta yer dengizi 
tipiga mansub. Yevropoid belgilari Markaziy Afrikaning shimoliy hududlaridagi tubi kanuri kabi 
elatlarda ham biroz seziladi. Qolgan barcha xalqlar katta negroid irqiga tegishli. Ammo ular ayrim 
tiplarga bo'lingan. Masalan, badanining rangi, labining qalinligi, prognatizm, bo'yi va boshqa 


belgilari bilan Senegal tipi (volof xalqi), niger tipi (mandingo xalqi), chad tipi (xausa xalqi), saxara 
tipi (sara xalqi), pakana bo'yli negeril tipi (pigmeylar) bir-biridan ajralib turadilar. 
G'arbiy Afrikaning etnolingvistik qiyofasi juda rang-barang. Bu yerda hozir bir necha til 
oilalari va juda ko'p turkumlarga mansub etnoslar yashaydi. Afroosiyo til oilasiga kiradigan bar-bar 
va tuareglar hamda chad turkumiga mansub xausalar bilan birga niger-kordofa, nil-saxara, benue-
kongolez til oilalariga tegishli juda ko'p xalq va elatlar keng hududda joylashgan. Markaziy 
Afrikaning etnolingvistik xaritasi ancha yaxlit, umumiy-likka ega, asosan, bantu tillarida 
gapiradigan xalqlardan iborat. Bantu xalqlari miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtalarida 
Markaziy Afrikada paydo bo'lib, bu yerda qadimdan yashab kelgan pigmey va bushmenlarni siqib 
chiqarganlar. Hozir Markaziy Afrikada 32 mln. bantu xalqlari yashaydi. Shulardan eng yirigi baluba 
(4,4 mln., kishi), bakongo (4,4 mln.), ovim bundu (2,3 mln.), bambundu (1,7 mln.) va hk. G'arbiy 
Afrikada xausa va unga yaqin tilda gapiradigan xalqlar 10 mln. kishi, benue-kongolez tilida ham 7 
mln., volt tilida 8 mln. g'arbiy atlantik tilida 10 mln.dan ortiq xalq gaplashadi. 
Xo'jalik jihatdan mazkur mintaqa Shimoliy Afrikadan keyin ancha rivojlangan. Bu yerda 
ham qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning negizini hosil qiladi. Okeandan uzoqda magistral transport 
yo'llaridan chekkada joylashgan Markaziy Afrika xalqlarining an'anaviy mashg'uloti dehqonchilik 
va chorvachilik bo'lib, 80 foiz aholining hozirgacha asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Qishloq 
xo'jaligida jamoachilik munosabatlari saqlanib kelmoqda. 
Mahalliy dehqonchilik tropik iqlimga moslashgan, o'rmonlarni chopib, ochilgan yerga kul 
aralash yerga chopqi (butali yog'och xodaga temir tish kiygizilgan) bilan ishlov berib ekin ekiladi. 
Bo'z yerga ekin 5-6 yil, ba'zan yer ko'p bo'lsa 10-12 yildan keyin qayta ekiladi. Asosiy ekinlardan 
sholi, makka, suli, batuta, shakarqamish, lobiyo ekiladi, tropik o'rmonlarda yams, manioka, taru, 
yeryong'oq (araxis), non daraxti, banan, qovun, qovoq, sitrus va meva daraxtlari o'stiriladi. Muhim 
an'anaviy «etnik»mahalliy ekinlardan sholi gvineya-liberiya zonasida yashovchi xalqlarga xos 
bo'lib, odatda sug'orilmay ekiladi. Sholikorlik Niger va Gambiya daryolarining sohillarida 3,5 ming 
yillar muqaddam paydo bo'lib, boshqa joylarga tarqalgan. Uni daryo yoqasidagi pastlik suv toshqini 
serob yerlarda yoki ko'pincha ekvatorial iqlimli namli seryomg'ir tropik o'rmonlarda ekadilar. 
G'arbiy Afrikada sholidan yiliga 400 ming tonnaga yaqin hosil olinadi. 
Mustamlakachilik siyosati natijasida ayrim mamlakatlar eksport uchun maxsus ekinlarni 
ekishga ixtisoslashtirilgan edi. Doimiy nam iqlimli o'lkalarda, asosan, shimoliy kenglikning 8 
gradus janubida joylashgan o'lkalarda eng foydali eksport ekinlari madaniylashtirilgan. Ayniqsa, 
Gvineya bo'g'oziga yaqin joylashgan mamlakatlarda kakao, kofe, banan, geveya, ananas, kokos 
palmasi kabi o'simliklar o'stiriladi. G'arbiy Afrikada jahonda yetishtiriladigan kokosning 3/2 qismi, 
butun qit'adagi kokosning 90 % i o'stiriladi. Gambiyada yeryong'oq, Nigeriya va Dagome-yada 
xurmo, Fil Suyagi sohilida kofe (jahonda uchinchi o'rinda, qit'aning 90 % hosili), Liberiya va 
Nigeriya xurmo moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Markaziy Afrikada ham yirik plantatsiya 
xo'jaliklarida eksport uchun xurmo yog'i, kauchuk, banan, shakarqamish, kofe, kakao, tamaki, 
yeryong'oq (araxis) va paxta yetishtiriladi. Bu yerda o'rmon ko'p bo'lganligi tufayli qimmat-baho 
daraxt turlari ham eksport qilinadi (butun qit'aning 3/1 qismi Markaziy Afrikada tayyorlanadi). 
Jahon bozorida okume, maxo-gani, iroko kabi daraxtlar yuqori baholanadi. Yuqori Gvineyaning 
tropik o'rmonlarida yashovchi yoruba, ibo, oshanti kabi xalqlar don ekinlariga uncha e'tibor 
bermaganlar, asosan, yams, manio-ka, taro, araxis, banan, sitrus va boshqa meva daraxtlari 
yetishtirganlar. Bolof, serer, mandingo, xausa kabi qadimiy dehqonchilik kasbiga ega xalqlar esa 
asosan, don ekinlari — jo'xori. suli, makka, bug'doy, suv serob joylarda sholi ekkanlar. 
Chorvachilik sust taraqqiy etgan. Faqat Xausa, Mandingo sohillarida yashovchi ayrim etnik 
guruhlarda uy hayvonlari saqlangan. Ular ovchilik va baliqchilik bilan ham shug'ullanganlar. 
Chorvachilik faqat shimoliy va janubiy hududlarda fulbe, tuareg xalqlarida keng tarqalgan. 
Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi turmush tarzida yashovchi bu xalqlar asosan, zebu, kichkina 
ho'kiz-ndama, ot, tuya, qo'y va echki boqib kun kechiradilar. Janubiy kenglikning 10 daraja pastida 
Gvineya savannasida yirik shohli mol boqish mumkin emas, chunki sese pashshasi molga qirg'in 
keltiradi. Shuning uchun fulbe xalqlarining ko'chish hududi ham mazkur kenglikning shimolida 
cheklangan. Yirik shoxli mollar, asosan, Sudan, sohil mamlakatlari — Mali, Yuqori Volta va 


Nigeriyada mavjud. Dehqonchilik xo'jaliklarida ham qisman mol saqlanadi, uni faqat bayramlarda 
va diniy marosimlarda so'yadilar. 
G'arbiy va Markaziy Afrika qishloq aholisining ko'pchiligi qadimiy davrlardan to hozirgacha 
barcha ishlab chiqarish qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak va boshqa zarur 
mahsulotlarni uyda ishlab chiqarganlar. Ayniqsa, G'arbiy Afrikada hunarmandchi-lik nihoyatda 
rivojlangan. To'qimachilik va ko'nchilikda xausa xalqi juda yuksak san'atga ega bo'lgan. Turli 
gazlamalar, ajoyib teri mahsulotlari, har xil qop va idishlar, poyabzal, egar, kamar va hk.lar zo'r 
mahorat bilan yaratilgan va uzoq yurtlarga chiqarilgan. Fulbe, Mandigo, Xausa xalqlarining 
temirchi va misgarlari omoch tishi, bolta, bel, ketmon, o'roq, pichoq, qilich, xanjar, nayza va har xil 
bezaklar ishlab chiqarganlar. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. Gvineya xalqlari, 
Ganadagi ashanti, Nigeriyadagi yoruba, Kamerundagi bamuma kabi xalqlarda badiiy 
hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Ular sopoldan, jez va fil suyagidan juda ajoyib haykallar 
yasaganlar. Benin hunarmandlari hayvonlarning kichkina, podsholar va ajdodlarining yirik 
hajmdagi haykallarini jezdan quyish malakasiga ega bo'lganlar. Ular hatto ko'shk va saroylarni 
bezaydigan turli rasm, bezak va haykallar yasay olganlar. Bantu xalqlari turli xildagi chipta va 
savatlar to'qishda katta mahoratga erishganlar. Yog'och o'ymakorligida G'arbiy Afrika xalqlaridan 
oldinga chiqadigani yo'q. 
Hozir G'arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning ko'pligi 
muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgacha bu yerda og'ir sanoat bo'lmagan. Mustaqillikka erishil-
gandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bo'la boshlaydi. 
Masalan, Dakara, Abidjon, Jantil, Luanda, Port-Xarkorte va Zarrida neft ishlab chiqarish zavodlari, 
Gvineyada alyumin uchun zarur loy tuproq zavodi, Nigeriyada simob eritish zavodi, Gana va 
Kamerunda alyumin zavodi, Zoirda tog' koni sanoati va olmos kavlab olish korxonalari (jahonda 
eng katta olmos koni), Kongoda qo'rg'oshin va oltin konlari, Gabonda marganes va uran konlari, 
Kamerunda boksit, Gobon va Kongoda yuqori sifatli temir ishlab chiqarish korxonalari paydo 
bo'ldi. Nihoyatda boy va rang-barang mineral resurslarning topilishi mazkur mintaqada eng muhim 
sanoat tarmoqlarining rivojini ta'min qilmoqda. Markaziy Afrikada yog'och ishlab chiqarish, 
to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og'ir sanoatning asosiy mahsulotlari 
eksportga ishlaydi. 
G'arbiy va Markaziy Afrika aholisi turmush tarzi va tabiiy sharoitga moslashgan uylarda 
yashaydilar. Barcha mamlakatlar asosan, agrar xo'jalikka ega bo'lganligi tufayli aholining ko'pchilik 
qismi qishloqlarga joylashgan. Ammo G'arbiy Afrika qadimiy shahar madaniyatiga ega bo'lib, bu 
yerda o'rta asrlardayoq 70 ga yaqin shahar mavjud bo'lgan mintaqada keyingi davrlarda shaharlar 
ko'payib migratsion jarayon ancha kuchaygan. Markaziy Afrikada, aksincha, shaharlar asosan, 
so'nggi vaqtlarda paydo bo'la boshlagan, aholi migratsiyasi juda past. Umuman mintaqaning 70-80 
foiz aholisi qishloqda joylashgan, ayrim mamlakatlarda undan ham ko'p (Chadda 93 %, Angola va 
Zairda 80-90 %, Niger, Liberiya, Mali, Gvineya-Bisau va Yuqori Voltada 90-95 % aholi 
qishloqlarda yashaydi). 
Turli shakldagi uylar asosan, loy va yog'ochdan quriladi. Man-de, xausa va g'arbiy bantu 
xalqlari loydan doirasimon, oynasiz konus shakldagi somon bilan yopilgan tomli uylarda yashaydi-
lar. Mali va Gvineyada yashovchi mandingo xalqi 30-40 kishilik ikki-uch avloddan iborat katta 
oilalar birikib, yog'och devorlar bilan o'ralgan bir necha uylarda istiqomat qiladilar. Bunday uy 
shamoyili sukala deb ataladi. Hozir ham ko'chmanchi fulbe qabi-lalari doira qilib joylashgan, 
o'rtasida mol saqlaydigan qo'raga aylangan uylarda qonu qarindoshlar jamlanib, bir oila bo'lib 
yashaydilar. Bunday qurilgan uylarga vuro deb nom berilgan. Qishloq o'rtasida odatda jamoa 
majlislari uchun katta uy tiklan-gan. Ko'pincha tropik o'rmonlarda uchraydigan bundayjamoa 
uylarida erkaklar savat, bo'yra va boshqa buyumlar to'qiganlar, o'ymakorlik va haykaltaroshlik 
qilganlar, jamoa sudi va boshqa muhim masalalarni hal qilganlar. Qishloqlarda 200-300 kishi 
yashagan. Niger vohasida mingga yaqin kishilik qishloqlar ham mavjud. 
Gvineya sohilida yashovchi xalqlar yog'ochdan qurilib, loydan urilgan to'rtburchak 
shaklidagi tekis somon tomli uylarda yashaydilar. Masalan, yorubalarda uylari ichkariga qaratilgan 
bir necha hovlilar mavjud. Uylarning devorlari bezatilgan, ustunlarga o'yma naqshlar berilgan. 


Gana xalqining uylari ichkari va tashqariga bo'lingan, hovlilar devor bilan o'ralgan. Ko'chmanchi 
fulbe va tuareglar ko'chishga qulay teri yoki chipta yopilgan chodirlar tiklaganlar. Malidagi songai 
xalqlari o'ziga xos somon chiptalar bilan egilgan chiviqlarga birkitilgan uylarda yashaydilar. 
Bunday uylar toshqin kelganda ko'chirishga qulay bo'lgan. 
Mahalliy aholining kiyimlari ham tabiiy sharoitga moslashgan. Sudan sohilliklarining 
erkaklari keng ko'ylak va sharovar (cholvir), ayollari yubkaga o'xshash beldan pasti to'piqqacha bir 
necha marta o'ralgan rangli chitdan iborat kiyim kiyadilar. Tog' etaklarida yashovchi fulbe qabilalari 
sovuqdan ko'ylak-ishton, ustiga jun matodan tikilgan plash yopinganlar. Tropik o'rmonlarda 
yashovchi aholining ko'pchiligi oddiy belbog' bilan cheklangan. Poyafzal deyarli kiyilmaydi, faqat 
sahroda issiq qumdagi qabilalar sandal kiyganlar. Tuareglarning erkaklari boshdan oyoq qora 
matoga o'ranadilar. Shaharlarda Yevropa kiyimlari tarqalgan. 
Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholining taomlari, asosan, guruch, suli, manioka va 
sabzavotlar, guruch, qo'ziqorin, sabzavot, go'sht yoki baliq bilan pishiriladi, sulidan atala, 
maniokadan non pishiradilar. Chorvador fulbe, asosan, sut mahsulotlarini iste'mol qiladilar, suli 
yoki makkadan atala pishirib, yog' qo'shib yeyiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi xilma-xil. Hatto eng rivojlangan Gvineya turkumiga kiradigan 
xalqlarda ham urug'chilik tuzumi qoldiqlari saqlangan. Masalan, XVI asrlarda paydo bo'lgan keyin 
ingliz mustamlakachilari tomonidan yemirilgan Ashanti davlati bir necha viloyatlarga bo'linib 
ularni podsho tomonidan tayinlangan urug'-jamoa boshqarib turgan. Jamoa qon-qarindoshlik 
prinsipi asosida tuzilgan, taxt va oqsoqollar vazifasi ona urug'i tomonidan belgilangan, meros ham 
patriarxal tipda bo'lgan. Boshliq (rais) vafot etsa, uning o'rniga opasining katta o'g'li tayinlangan. 
Diniy e'tiqodga binoan har bir kishiga otadan jon, onadan qon: nasl-nasab o'tar emish. 
Yoruba mamlakatida davlat ishlarida ayollar ishtirok qilgan. Bosh hokim qoshida saroyda 
oliy maslahatchi bo'lib, ayol kishi tayinlangan. U «podshoning onasi» deb e'lon qilingan, hokimning 
chinakam asl onasi esa o'g'li taxtga chiqishi bilan qatl etilgan. XVII asrda Dagomeyada hatto ayollar 
gvardiyasi mavjud bo'lgan. Ayrim olimlarning fikricha, sudan-sohil xalqlarining ancha qismi sinfiy 
jamiyatga patriarxatni chetlab, to'g'ri matriarxatdan o'tgan. Chunki Atlantik okean sohillari va 
o'rmon chekkalaridagi ayrim qabilalarda to XIX asrgacha urug'-qabilaviy tuzumda matriarxat 
belgilari aniq namoyon bo'lgan. Patriarxal munosabatlarining tipik shakllari esa XVII asr boshlarida 
yirik siyosiy birikma — imomat tashkil qilgan ko'chmanchi fulbe qabilalarida saqlangan. 
Ibtidoiy tuzum qoldiqlaridan mintaqada eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri Okeaniyadagi 
maxfiy ittifoqlardir. Erkaklar-dan tashkil topgan mazkur ittifoqlar dastlab matriarxat urug'i-ga 
qarama-qarshi tarzda paydo bo'lib, yangi jamiyatga kelib murakkab funksiyani bajaradi. Maxfiy 
ittifoqlar jamiyat hayotiga ta'sir ko'rsatib kelgan. Masalan, Liberiyada paydo bo'lgan Poro nomli 
erkaklar ittifoqi, Kamerundagi Egba va Ngua ittifoqlari asosan, zodagonlardan tashkil topgan va 
uning boshida mahalliy qirol turgan. Sinfiy jamiyat sharoitida erkaklar ittifoqi davlat vakolatidagi 
(sud qilish, politsiya) ayrim vazifalarni ba-jarganlar. Ular qo'pol kuchga tayanib, din bilan 
niqoblangan holda har xil hurofiy animistik va sehrgarlik bilan to'la maro-simlar o'tkazib aholini 
vahimaga solib turganlar, hokimlarga soliq to'plash, boylik orttirish, siyosiy dushmanlarni 
yo'qotish-da tayanch bo'lganlar. Vahimali niqob va kiyimlarda dahshatli arvohlar shaklida 
kutilmagan paytda paydo bo'lib, qora niyatlarini amalga oshirganlar. 
Maxfiy Ittifoqlarga kirish murakkab, avvalo, maxsus maktablarni tugatish zarur. Masalan, 
Liberiyadagi Poro ittifoqiga 12-14 yoshli bolalar qabul qilingan, maxsus ta'lim-tarbiya berilib, og'ir 
sinovlardan keyingina a'zolikka o'tkazilgan. Bola bir necha oy o'qitilgan, unga jasorat ko'rsatish, 
sabr-toqat qilish va boshqa har xil hunarlarni o'rgatganlar, turli sinovlardan o'tkazganlar. Qurol 
ishlatish, ov qilish, baliq tutishni egallaganlaridan so'ng o'rmonning eng qalin joyida maxsus 
marosimlar o'tkazib fotiha berganlar. Onda-sonda vahimali niqoblangan ittifoq a'zolari shovqin-
suron bilan qishloqlarda paydo bo'lib ajdodlarning arvohlariga bag'ishlab diniy marosimlar 
o'tkazganlar. Liberiya va Sudanda ayollarning ham maxfiy ittifoqi borligi aniqlangan. Unda ham 
maxsus mak-tablarda keksa ayollar ta'lim-tarbiya berganlar, marosimlar o'tkazganlar 
Odatda, Afrikani ajdodlar ibodatining klassik namunasi deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas, 
chunki butun Afrikada, ayniqsa, uning g'arbiy va janubiy qismida ajdodlarga sig'inish nihoyatda 


keng tarqalgan. Ammo bu yerda islom va nasroniy dinlari ham muhim o'rinni egallaydi. G'arbiy 
Afrikaga islom IX-X asrlarda kela boshlagan va mahalliy dinlarni siqib chiqara boshlaydi. Hozir bu 
yerdagi aholining 32 % i (61 mln.dan ortiq kishi) musulmon, taxminan 18 % (21,4 mln. kishi) 
nasroniy dinida (XIX asrda tarqala boshlagan), qolgani mahalliy diniy e'tiqodlarga rioya qiladi. 
Masalan, Liberiyada aholining 4|3 qismi, Fil Suyagi sohilida 3|2 qismi, yuqori Volta va Canada 4|3 
qismi, Nigeriya va Gvineya-Bisauda yarmiga yaqini mahalliy an'anaviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlar 
arvohiga si-g'inadilar. Sunna mazhabidagi islom G'arbiy Afrikaning asosan, shimolida va sohil 
zonasida, ayniqsa, Senegal, Gambiya, Gvineya, Mali, Niger kabi mamlakatlarda hukmron dinga 
aylangan. Masalan, Nigerda 96 % aholi, Sinegal va Gambiyada 80 % aholi musulmon. Mahalliy 
a'anaviy diniy e'tiqod va ibodatlarga rioya qiluvchilar G'arbiy Afrikada 38 % (52,3 mln.dan ortiq 
kishi)ni tashkil qiladi. Markaziy Afrikada esa mahalliy dindagilar 14 % dan ortiq aholi (19,2 
mln.kishi)ni tashkil qiladi. Ammo islomga nisbatan nasroniylik ko'proq tarqalgan va ancha 
mustahkam saqlangan. Markaziy Afrika aholisining 20 foizdan ortig'i (23,7 mln.kishi) nasroniy 
dinida. Bu-lardan tashqari mintaqada nasroniy-afrika aralashma diniy e'tiqodlar ham keng 
tarqalgan. Bunday sinkretik dinlar ta'siriga G'arbiy Afrikaning 26 foiz aholisi, Markaziy Afrikaning 
17 foiz aholisi o'tgan. 
G'arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining badiiy hunarmand-chilik san'ati naqadar yuksak 
bo'lsa, uning og'zaki ijodi, o'yin va musiqa san'ati ham shunchalik rivojlangan. Ajoyib arxitektura 
namunalari, go'zal ko'shk va saroylar, afsonaviy obrazlar tasviri berilgan haykal va ustunlar, quyma 
metall va o'yma yog'och san'ati namunalari bilan bir qatorda, beqiyos og'zaki adabiy merosni 
avlodma-avlod saqlab kelgan baxshi (griot)lar, ashulachi va raqqosalar jahon madaniyatiga munosib 
hissa qo'shib kelmoqdalar. Hozir ham xalq ijodi zaminida paydo bo'lgan professional arxitektorlar 
va adabiyotchilar, aktyor va raqqosalar, musiqachi va ashulachilar, rassom va haykaltaroshlar 
o'zlarining go'zal san'atlarini Xalqaro festivallarda, konsert dasturlarida namoyish qilmoqdalar, 
olqishlarga, hurmat-e'tiborga sazovor bo'lmoqdalar. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish