1-MAVZU. ETNOLOGIYAGA KIRISH VA TARIXI
Reja:
1.
Etnologiyaning fan sifatidagi o’rni, predmeti va uning o’rganishning ahamiyati.
2.
“Etnos”, “etnogenez”, “etnik tarix”, “etnik jarayonlar” tushunchalari.
3.
Etnologiya yondosh fanlar (tarix, arxeologiya, antropologiya, sotsiologiya, geografiya,
tilshunolik, fol’klor va hokozolardir.) Hamda yangi shakllangan fanlar. (Etnoarxeologiya etnik
etnropologiya, etnik geofrafiya, etnodemografiya, etnobotanika, etno – zoologiya, etnoekalogiya,
etnopedagogika va h.k.) bilan aloqadordir.
Tayanch tushunchalar:
Etnos, etnogenez, etnik tarix,
etnik jarayonlar, Instrukuralizm, konstruktivizm, Evolyusionizm
maktabi, diffuzionizm, biologik oqim, freydizm,
Fransiya sotsiologik maktabi, funksional yo’nalish,
etnopsixologiya oqim, madaniy relyatvizm va struktruturalizm.
Adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
T.:”O‘zbekiston”, 2017.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat. 2008.
3. Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari”. T. O’qituvchi. 2008
4. Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnografiyasi”. T. O’qituvchi. 1987
5. Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.
6. Этнография Учебник. Под.ред. Ю.В. Бромлея и Г.Е.Маркова М.1982.
7. Народы Мира. Серия. М. 1954- 1966.
8. Annayev.T. Shaydullayev. Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. T., 1997
9. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. Л.,
1973
10. Древнейщие государства Кавказа и Средней Азии. М. «Высшая школа» 1985
12. Еленек Я. Большой иллюстрированный атлас первобытного человека М., 1982
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to'la bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy
bo'lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir
o'tkazmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan
islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy
o'zgarishlar kiritmoqda.
Jahon aholisi XXI-asrga kelib olti milliardga ko'paydi. So'nggi
bir asr davomida yer
kurrasidagi xalqlar son jihatdan ko'payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va
ma'naviy dunyosi ham tubdan o'zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil
bo'lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar
yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-to'rt
mingga yaqin, deb ko'rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan
iborat bo'lib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga
ega bir yarim mingga
yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik
birliklarning soni uch mingdan ortiq.
XX-asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar
o'z-o'zidan XXI-asrga ham ko'chib o'tdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va
bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasavvurlarini etnologik
ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi,
asosiy maktablari va yo'nalishlari, etnogenez va antrogenez, o'ziga
xos uslub va atamalar kabi
nazariy; masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim
etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlarning
o'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida
e'tibor berilgan.
Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki,
insoniyat tarixining
ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini
anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni
elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj
tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo
munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto
qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga
solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-
fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan
1
.
Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi
natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha
qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar
davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika,
Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam
bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari,
patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.
Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan
bir necha urug'-qabilalarning birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib
ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng
kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy,
hududiy va til umumiyligi
zaminida paydo bo'lishgan. Ular ko'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.
Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning ko'pi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam
Do'stlaringiz bilan baham: