O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Yevropa va Amerika evolyutsion maktab vakillari (J. Lyobbok, M. Lennan, E. Teylor, A



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Yevropa va Amerika evolyutsion maktab vakillari (J. Lyobbok, M. Lennan, E. Teylor, A. 
Bastian, L. Morgan)ning asarlari orqali o'z tarixini, nikoh-oila munosabatlari va din tarixini 
o'rganishga, tadqiq qilishga intilganlar. Bundan tashqari, mazkur etnologiya klassiklarining 
asarlarini qisqa muddat ichida rus tilida nashr etilishi Rossiyada o'sha davrda yangi fanga 
qiziqish kuchayganligidan, bar xil nazariy yo'nalishlarni tarqalishiga imkoniyat 
tug'ilganligidan dalolat beradi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa etnologiyasida ilg'or evolyutsion g'oyalardan 
qaytish ro'y beradi va fanga xilof g'ayriilmiy nazariya va yo'nalishlar paydo bo'ladi. Bu davrda, 
ayniqsa, birinchi jahon urushi arafasida mustamlaka va bozorlar uchun kurash, ijtimoiy ziddiyatlar 
va ozodlik harakatlari avj olgan edi. Sunday sharoitda hukmron sinflar bir xalqning ikkinchi bir 
xalq ustidan hukmronligini, bosqinchilik va mustamlakachilikni, ekspluatatsiya va zulmni 
oqlaydigan va qo'llab-quvvatlaydigan g'oyalarga ehtiyoj sezar edi. Ko'pgina g'arb tadqiqotchilari, 
shu jumladan, etnologlar ham, o'z faoliyatini monopoliyalar manfaatiga, mustamlakachilik idora 
usuli vazifalariga moslab olib borganlar. 
Hozir Yevropa va Shimoliy Amerikada etnologiya fani umumiy vazifa va maqsadlarni aniq 
tushuna olmasligi, tadqiqot metodlarining xilma-xilligi va ilmiy muammolarning ko'pligi tufayli 
nazariy chalkashliklarga duch kelmoqda. Bu hududlarda etnografiya fani hamon ikkiga ajralgan 
bo'lib, o'lkashunoslik vazifasini ado etuvchi (o'z xalqini o'rganish sohasi) va boshqa yot (asosan, 
Yevropadan tashqaridagi) xalqlarni o'rganish sohasidan iboratdir. 


O'tgan asrning o'rtalaridan boshlab Shimoliy Amerikada mada-niy relyativizm va qayta 
tiklangan evolyutsionizmning yangi turlari (neoevolyutsionizm), tarixiylikka ko'r-ko'rona ravishda 
yondashish va hatto taraqqiyparvar olimlarning g'oyalariga yaqinlashish an'anasi kuchayadi. Atoqli 
rus etnologi Yu.P. Averkiyeva «1960-yillarda anti-evolyutsionizm urfdan chiqib, ilgarigi 
evolyutsionizm tanqidchilari endi o'zlari doim evolyutsionist bo'lganliklarini aytib, faqat o'tgan asr 
evolyutsionizmning asossiz amaliy aqidalarini tanqid qilib kelganliklariga ilmiy jamoatchilikni 
ishontirishga intiladilar» — deb yozadi. AQSHda 1963 va 1964-yillarda L. Morganning «Qadimgi 
jamiyat» asari yangi nashrda chiqishi bunga dalildir. Funksionalistik, diffuzionistik va boshqa eski 
«izm»larning qurama g'o-yalaridan paydo bo'lgan neoevolyutsionizm asli yangi zamon etnologiyasi 
nazariyasining oxirgi so'zidir. 
Madaniy relyativizmning boshqa eng yirik namoyandasi antropolog Melvill Xerskovits har 
bir xalq madaniyatini nisbiy, mustaqil deb hisoblab, umumiy, masalan, Yevropa-Amerika 
qiymatlilik sistemasini, o'ziga xos madaniy xususiyatlarini inkor qiladi. Ayrim madaniyatning 
nisbiyligini tan olish bilan birga insoniyatga xos umumaxloq mezonlari ham nisbiy (relyativ) 
xarakterga ega, xalqlar madaniyati orasidagi ba'zi o'xshashliklar ham mustaqil, yaxlit insoniyat 
taraqqiyoti yo'q, deb da'vo qiladi. Uning ta'rificha, hozirgi Yevropa-Amerika madaniyatining asosiy 
belgisi texnologiya, o'rta asr Yevropasida supernaturalizm, ya'ni diniy mafkuraning hukmronligi, 
hozirgi melaneziyaliklarda ijtimoiy «prestij», Hindistonda sigirga sig'inish kabilar mazkur 
xalqlarning madaniy xususiyatlarini ifodalaydi. 
Neoevolyutsionizm g'oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli 
Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat to'g'risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi 
va izdoshi Marshall Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini 
topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi o'rta tushuncha - madaniyat aslida simvol 
(belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchadir. Madaniyat evolyutsiyasi, Uayt fikricha, asosan, 
texnologik taraqqiyotdan iborat bo'lib, u evolyutsiyaning «sotsiologik», «ideologik» va 
«sentimental» kabi o'zaro bog'liq muhim qismlariga kuchli ta'sir o'tkazadi. Ijtimoiy taraqqiyotning 
dastlabki shakli oila, kishilik jamiyati va madaniyat evolyutsiyasining negizi mulk hisoblanadi. 
Uayt o'zining juda ko'p asarlarida «antropolog» (etnolog)larni akademik tadqiqot qobig'i bilan 
cheklanmay, katta nazariy va hayot o'rtaga qo'ygan amaliy masalalarni dadil hal qilishga chaqiradi. 
Styuard ham ko'p asarlarida evolyutsion g'oyani g'oyat xilma-xil madaniyatlar bilan, ijtimoiy hayot 
shakllari bilan birma-bir moslashtirishga intiladi. Etnologning asosiy vazifasi, deydi u, faqat 
madaniyatlarni izohlabgina qolmay, balki ularning taraqqiyot qonunlarini aniqlashdan, kishilarning 
o'zaro munosabatlari va ularning tevarak-atrofidagi muhitni o'rganishdan ham iboratdir. 
Hozirgi davrdagi Yevropa etnologiyasida eng asosiy o'rinni keng tarqalgan strukturalizm 
oqimi egallaydi. Juda ko'p original etnologik asarlari bilan tanilgan iste'dodli fransuz olimi Klod 
Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi, AQSH va G'arbiy Yevropada uning 
fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat to'g'risidagi Dyurkgeym 
ta'limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossyura g'oyalari ta'sirida 
tilshunoslikdagi struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strkutrasi)ni simvollar 
tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Uning ta'rificha, real yaxlit 
borliq sifatida madaniyatni emas, balki uning strukturasidan sun'iy ravishda ajratib olingan ayrim 
qismlarni, masalan, qarindoshlik terminologiyasi, folklor, mifologiya, taom tayyorlash va 
hokazolarni tadqiq qilish zarur, Levi-Stross asarlarining nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan 
kulga», «Qadah ko'tarish odatlarining kelib chiqishi», «Yalang'och kishi») fikrimizga dalil bo'la 
oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini o'rgangan Levi-Stross maishiy turmush va 
madaniyatning turli tomonlarini o'ziga xos qonuniyatga ega bo'lgan yopiq sistema shaklida 
ta'riflaydi. Demak, strukturalizm nazariyasining negizida qandaydir tarixiy tuzumdan tashqari, 
sabab-natija aloqalariga ega bo'lmagan abadiy struktura mavjud va u inson tafakkuri hali bexabar 
kishi ongi mahsulidir, degan tasavvur yotadi. 
Levi-Stross konsepsiyasida jamiyatdan sun'iy ravishda ajratilgan hodisalarining ayrim 
qismlarini o'rganish asos bo'lsa, juda ko'p iste'dodli olimlardan iborat «ingliz strukturalistlari» real 
konkret tarixiy birikmalar (qabila, xalq, davlat)ning ayrim strukturalarini tadqiq qiladilar. Mazkur 


nazariya vakillaridan atoqli afrikashunos Evans-Pritchard, Okeaniya orollari etnografiyasini 
o'rganishda mashhur bo'lgan Daymond Fyors, Janubiy Afrikada tug'ilgan etnograf Meyer Fortes va 
uning hamkasbi Maks Glukmen tadqiqotlari e'tiborga molikdir. 
Yevropa etnologiyasida o'tgan asrda paydo bo'lgan «o'lkashunoslik» tendensiyasi so'nggi 
yillarda ancha o'sdi. Natijada o'z xalqini o'rganish, turli muzeylar yaratish, ochiq etnografik 
muzeylarni tiklash, muayyan tadqiqotlar o'tkazish, ayniqsa kuchaydi. Hozir Yevropa va AQSHda 
juda ko'p yuqori malakali etnologlar paydo bo'lgan. Faqat AQSHning o'zida taxminan uch mingga 
yaqin etnolog mavjud. Mamlakatning deyarli hamma universitetlarida etnologiya kursi o'qiladi va 
etnologik ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladi. Ilmiy tadqiqotlar o'tkazishda ko'p muzeylar qatnashmoqda. 
Maxsus etnologik jamiyatlarning faoliyati nashr etilish («Amerika etno-tarix jamiyati» kabilar), 
turli jurnal va to'plamlar etnologiya faniga qiziqish katta ekanligidan dalolat beradi. Yevropada 
o'lkashunoslikning o'sishi natijasida o'z xalqining maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy 
madaniyatini targ'ib qilish kuchayib bormoqda. Bu ishda maxsus qishloq tarzidagi ochiq joylarda 
tiklangan etnografik muzeylar muhim rol o'ynamoqda. 
Etnologiya fani qator Yevropa mamlakatlarida yangi ilg'or g'oyalar tufayli jiddiy ilm 
sohasiga aylandi va tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. U g'oyaviy jihatdan obyektiv metodga 
asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bo'lishi, an'anaviy 
moddiy va ma'naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni 
keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan. Etnologik tadqiqotlar muntazam ravishda ko'p 
mamlakatlarda boshqa yaqin fan sohalari, ayniqsa, sotsiologiya bilan hamkorlikda davlat siyosatiga 
muvofiq ilmiy kadrlarni bir maqsad yo'lida katta muammolar tevaragiga jipslashtirgan holda olib 
borilmoqda
4
.
Ayrim mamlakatlarda an'anaviy o'lkashunoslik doirasidan chiqilib, boshqa xalqlarni 
o'rganishga o'tish jarayoni sezilmoqda. Xususan, Polshada «o'zbeklar» nomli monografiya 
yaratilgan. Germaniyada etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy 
kadrlarning bir qismi natsizm tuzumi davrida halok bo'lganligi, bir qismi chet ellarga qochganligi 
tufayli fashistik maf-kura qoldiqlariga qarshi kurash olib borish barobarida rivojlandi. Barcha 
Yevropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar 
va muzeylar doirasida markazlashtirilgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog'onaga ko'targan va jahon etnologiya 
fanida o'ziga xos obro'ga ega bo'lgan mak-tabning paydo bo'lishi va shakllanishi ajoyib etnograf va 
sharqshunos, atoqli olim S.P. Tolstov nomi bilan bevosita bog'liqdir. U etnografiya fanini jahon ilm 
sahnasiga ko'tarib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng 
tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yo'lida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P. Tolstov 
etnografiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik 
xususiyatlarini o'rgana-di, «turli tarixiy davrlarda paydo bo'lgan qatlamlarini» ochib beradi, deb 
ta'kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo'lgan S.P. Tolstov sharq xalqlari moddiy va 
ma'naviy madaniyatini o'rganishdagi katta xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining faxriy a'zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni 
o'rganishga alohida e'tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste'dodli etnolog 
olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P. Tolstov 
bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I. Kushner, I.I. Potexin, L.P. Potapov, G.F. Debes, M.O. 
Kosven, S.A. Tokarev, M.G. Levin, N.N. Cheboksarov, B.O. Dolgix, D.A. Olderogge, N.A. 
Kislyakov, T.A. Jdanno bo'ldilar. So'nggi yillarda yetishib chiqqan va etnografiya fanining rivojiga 
salmoqli hissa qo'shgan tadqiqotchilar Yu.V. Bromley, Yu. P. Averkiyeva, S.I. Bruk, V.P. 
Alekseyev, V.I. Kozlov, F.F. Its, G.E. Markov, B.A. Andrianov, V.K. Chistov, S.I. Vaynshteyn, 
R.K. Kuzeyev, V.V. Ginzburg, M.V. Kryukov, R.N. Ismagilova, Yu.V. Arutyunyan, Yu.I. 
Semenov, N.A. Butinov, S. Kamolov, K. Shoni-yozovlar o'zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar. 
Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda ko'plab iste'dodli olimlar milliy etnologiya 
4
Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.С.60. 


fanini o'z asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni hal qilishda o'zlarining muayyan 
hissalarini qo'shib kelmoqdalar. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish