O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Dunyo xalqlari etnik tartibi va ularning klassifikasiyasi qilishning asosiy tamoyillari.  3



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

2.
Dunyo xalqlari etnik tartibi va ularning klassifikasiyasi qilishning asosiy tamoyillari. 
3.
Dunyo xalqlarining yirik mintaqalar bo’yicha geografik klassifikasiyalash.
4.
Dunyo xalqlarining til oilallari bo’yicha lingvistik (lisoniy) klassifikasiyasi.
5.
Dunyo xalqlari diniy jihatdan klassifikasiyasiyalash. Ibtidoiy jamoa bosqichidagi diniy tasavvur 
shakllari
6.
Dunyo xalqlarining antropologik (irqiy) kllasifikasiyasi.
Tayanch tushunchalar:
Etnos, etnogenez, etnik tarix, etnik jarayonlar, Instrukuralizm, konstruktivizm, Evolyusionizm 
maktabi, diffuzionizm, biologik oqim, freydizm, Fransiya sotsiologik maktabi, funksional yo’nalish, 
etnopsixologiya oqim, madaniy relyatvizm va struktruturalizm. 
Adabiyotlar: 
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. 
T.:”O‘zbekiston”, 2017. 
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat. 2008. 
3. Bo’riyev O., Xo’jamberdiyev T. Etnologiya atamalarning qisqacha izoxli lug’ati. Qarshi, 
“Nasaf”, 2004 
4. Гумилев Л. Н. Этногенез и BIOSфера Земли. М.,, 1992.
5. Jabborov I. M. Jahon etnologiyasi asoslari . T., 2005
6. Итс. Р. Ф. Введению в этнографию . Л., 1991.
7. Козлов В. И. Этническая демография. М., 1977. 
8. Краткий этнологический словар. М., 1995
9. Марков Г. Э. История хозяйство и материалной культури. М., 1979.
10. Народи мира. М-Л, 1954 – 1966. т. 1-13
11.Народи мира. ( Историко – этнографической справочник). М., 1988.
12. Основи этнографии. Подред. С. А. Токарева. М., 1968.
13. Очерки обшей этнографии. М., 1954-1968 виш. 1-5.
14. Пучков П. И. Современная геограрафия религии. М., 1975
15. Садохин А. П., Грушев ская Т. Г., Этнология, М., 2000
16. Садохин А. П., Этнология М., 2001
Odatda xalqlar muayyan hududda joylashadilar. Ammo tili, maishiy-madaniy jihatdan 
yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning o'zaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bo'lib 
turgan, etnik jihatdan chegaradosh xalqlar orasida esa bu jarayon ayniqsa, kuchli bo'lgan. Hozir 
jahon aholisi yoz sotsial-iqtisodiy va siyosiy tuzumiga qarab, turli tipdagi etnoslardan — millat, 
xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir. 
Tarixiy jihatdan eng ilk etnos tipi ibtidoiy jamoa qabilasi bo'lib, u dastlab bir necha 
qarindosh-urug'lardan tashkil topgan edi. Hozirgi davrdagi qabilalar o'z sotsial-iqtisodiy va madaniy 
darajasi bilan ulardan tubdan ajralib turadilar. Bu qabilalar bir necha yuz kishidan milliongacha 
yetadigan aholidan iborat bo'lib, ularda ibtidoiy tuzum elementlari sarqit sifatida saqlangan feodal 
yoki kapitalistik munosabatlar amal qiladi, ijtimoiy tabaqalanish belgilari sezilib turadi (masalan, 
Erondagi belujiylar va qashqaylar). Qabilaviy munosabatlar asosan, ko'chmanchi va yarim 
ko'chmanchi xalqlarda ko'proq saqlanib qolgan. 
Ibtidoiy jamoat tuzumi yemirilib, dastlabki tabaqalanish paydo bo'lishi bilan ayrim 
qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar 
qabilalararo xo'jalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishiga olib keladi va 
ilgarigi qavm-qarindoshlik munosabatlari o'rniga hududiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. 
Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi, Meksikadagi atsteklar yoki Janubiy Afrikadagi zulularning 
qabilaviy ittifoqlari bunga misol bo'la oladi. 
Keyingi, sinfiy jamiyat paydo bo'lishi bilan quldorlik tuzumi davri bosqichida (qadimgi 
Misr, Gretsiya, Rim va hokazo) xalqlar shakllana boshlaydi. Yevropada bu jarayon feodalizm 


davrigacha (ruslar, polyaklar, fransuzlar va hokazo) cho'ziladi. Hududiy, madaniy va xo'jalik birligi, 
kelib chiqishi va til yaqinligi asosida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar dastlabki davrlarda 
uncha mustahkam bo'lmagan elatlardan iborat edi. 
Tovar, pul munosabatlarning rivojlanishi natijasida xo'jalik tar-qoqligiga barham berilib, 
iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi, millatlar paydo bo'la boshladi. Millatlar odatda o'z 
iqtisodiy birligining barqarorligi, umumiy hududiy va tilining birligi, milliy xarakter va 
psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar. 
Jahondagi etnik jarayon nihoyatda murakkab bo'lib, fanda qabul qilingan an'anaviy qabila, 
elat, xalq millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat 
yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo'lgan yirik etnik birliklar (sovet xalqi, 
Amerika xalqi kabi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki millat ichida ba'zi 
xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma'naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan 
mayda etnografik guruhlar — mikroetnoslar ham mavjuddir. 
Ba'zi xalqlar diniy e'tiqod asosida o'ziga xos mikroetnoslar va makroetnoslar birligi bilan 
ham farqlanadilar. Masalan, butun Janubiy Osiyo xalqlari feodalizm davrida paydo bo'lgan induizm 
tevaragida turli tildagi xalqlarni biriktirgan makroetnoslar bo'lsa, Filippin xalqining bir qismi islom 
dini e'tiqodi asosidagi maro nomli elatlardir. Erondagi gebrlar (zoastrizm tarafdorlari) yoki 
Xitoydagi musulmon (dungan)lar mikroetnos sifatida maxsus etnografik guruhlarni tashkil 
qilganlar. Makroetnoslarga sotsial-iqtisodiy formatsiyalar yoki siyosiy birlik asosida paydo bo'lgan 
yirik guruhlar ham kiradi. Masalan, mustamlakachilikda ozod bo'lgan, o'tmishda an'anaviy-maishiy 
jihatdan mustaqillikka intilib, ijtimoiy taraqqiyot yo'lida umumiy maqsadlarga erishgan Osiyo va 
Afrika mamlakatlarining ko'pchiligi mazkur makroetnoslardan iboratdir. 
Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bo'lsa, irqlarning paydo 
bo'lishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarning joylanishi bir-biriga 
kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit'alarning katta hududlarida joylashib, turli va bar 
xil tildagi etnoslarni o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda 
so'zlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bo'lsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar 
bir tilda so'zlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi. 
Xullas, ko'p sonli jahon xalqlarini tartibga solib, klassifikatsiyalash ancha murakkab 
masaladir. Ba'zi olimlar xalqlarni bir vaqtda ham irqiy, ham til yaqinligi asosida sistemalashtirishga 
intiladilar. Ular insonlarini uch-besh irqqa bo'lib, irqlarni esa, til guruhlariga bo'ladilar. Bunday 
klassifikatsiya metodologik jihatdan xatodir, chunki irqiy belgilar bilan lingvistik xususiyatlarni 
aralashtirish mutlaqo mumkin emas. Bunga zid holda sovet fanida xalqlarni etnosga xos ikki belgi 
— madaniyat va til bilan klassifikatsiya qilish qabul qilingan. Undan tashqari tarixiylik prinsipiga 
asoslangan marksisitik etnografiya xalqlarni madaniy yaqinligiga qarab «xo'jalik-madaniy tiplar» 
yoki «tarixiy-madaniy viloyatlar»ga bo'lib o'rganadi. Ba'zan etnoslarni geografik prinsiga, dinga, 
tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish