O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Hozirgacha Shimoliy Hindiston aholisi orasida Yevropadagi ilk Vatan to'g'risida



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Hozirgacha Shimoliy Hindiston aholisi orasida Yevropadagi ilk Vatan to'g'risida 
afsona va rivoyatlar saqlanib qolga'n. Miloddan avvalgi II va I ming yilliklar o'rtasida paydo 
bo'lgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoda ham hind-eron qabilalarining ilk 
vatanidan janubga qarab bir necha marta ketma-ket to'lqin ko'chganligi hikoya qilinadi.


Markaziy Osiyoning janubida, shu jumladan Farg'onada eneolit va bronza davri (miloddan 
ilgari II ming yillikning boshlarida) sun'iy sug'orish dehqonchiligi, tosh qurollar bilan birga ilk 
temir qurollarning ishlatilishi, g'ishtdan qurilgan uylarning, charxda yasalgan bezakli sopol 
idishlarning paydo bo'lishi mahalliy qabilalarning joylashuvi va ularning aloqalari qanday 
bo'lganligidan dalolat beradi. Arxeologlarning fikricha. miloddan avvalgi II ming yillik o'rtalarida 
Amudaryo quyi oqimida paydo bo'lgan Tozabog'yob madaniyati Janubiy Uralbo'yi dashtlarida 
shakllanib Xorazmga Shimoli-Sharqiy Orolbo'yi orqali kelgan deb faraz qilinadi. (Anqaqal'a-5 va 
Qavatqal'a-3). Tozabog'yob madaniyatining tarqalgan davri Xorazmda eng qadimgi irrigatsiyaning 
paydo bo'lish davriga to'g'ri kelgan. Xronologik ma'lumotlarga qaraganda, bu davr vohada yangi 
Hindiveddoid antropologik tipning paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Balki, bu hodisa janubdan 
suyorg'onlik qabilalarning ko'chib kelishi bilan bog'liqdir. 
Miloddan avvalgi II ming yillik o'rtalarida Xorazmga mahalliy Tozabog'yob madaniyatiga 
oid qabilalarning kelishi dastlabki hind-yevropa va hind-eronlik qabilalarning shimoli-g'arbdagi 
katta ko'chishi bilan bog'liq bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Keyingi vaqtlarda o'tkazilgan qazilmalar 
ham 
Markaziy 
Osiyoning 
janubiy 
mintaqalarida 
Tozabog'yob 
madaniyatining 
ta'siri 
kuchayganligidan, dasht qabilalarning mintaqaga yirik ko'chishlaridan darak beradi. Bunday 
qabilalarning janub, janubi-g'arb va janubi-sharq tomon kuchli harakati miloddan avvalgi II ming 
yillik oxiri I ming yillik boshlarida ro'y berganligi tarixdan ma'lum. Bu harakatda Xorazmdagi 
Suyorg'on madaniyatiga ega qabilalar ham ishtirok etgan. Arxeologik manbalar mazkur chorva 
qabilalarining (miloddan avvalgi XI-IX asrlarda) O'zboy, A trek, Tajan, Murg'ob, Amudaryo, 
Sirdaryo kabi daryolar bo'ylab ko'chib o'tganligini va ular mahalliy o'troq aholi bilan aralashib yoki 
singib ketganligini tasdiqlaydi. 
O'sha davrdayoq tog' etaklarida va vodiylarda aholi yangi yerlarni o'zlashtirib ancha 
takomillashgan sun'iy sug'orish usullarini tatbiq qila boshlagan va ilk shahar madaniyatiga asos 
solgan. Bunga misol qilib «Bo'yoqli sopol» madaniyatiga oid Farg'onadagi Chust tipidagi 
makonlarni, Qayroqum dasht bronza hamda Bodil qabriston madaniyatlanni ko'rsatish mumkin. 
Dasht qabilalarining turmush tarzi va tarixini o'rganishda miloddan avvalgi IX-VIII asrga oid 
Xorazmning Amirobod madaniyati (Yakka-Po'rsan-2 nomli katta qishloq) diqqatga sazovor. Bu 
yerdagi elatlar 20 ta yarim yerto'lada istiqomat qilib, sug'orma dehqonchilik, chorvachilik va jez 
qurollarini yasash bilan shug'ullanganlar. 
Paleantropologik ma'lumotlarga qaraganda, paleolit davrida Old Osiyodan shimoli-g'arb 
tomon, ya'ni Markaziy Osiyoga ochilgan ko'chish yo'li keyingi neolit va jez (bronza) davriga kelib 
yanada kuchayadi. Yangi davrda mazkur tarixiy-madaniy va etnik genetik aloqalarning 
kuchayganligini arxeologik qazilmalar ham tasdiqlaydi. Ayniqsa, jez davriga oid topilgan ko'p sonli 
qabrlar o'sha vaqtda yashagan aholining antropologik tuzilishini aniqlashga yordam beradi. 
Antropolog olim T.Q.Xo'jayevning ta'rificha, O'zbekistonga shimoli-g'arbiy tomondan Yevropaning 
yuqori paleolit, mezolit va neolit aholisi vakillari kela boshlagan, janubdan esa janubiy yevropoid 
tiplar kelib, O'zbekiston aholisining ko'pchilik qismini tashkil qilgan. Uning taxminicha, o'sha 
davrdan boshlab o'zbek xalqining shakllanishida o'ziga xos yevropoid unsurlar asos bo'lgan. 
Mazkur fikrni arxeologik kashfiyotlar ham tasdiqlaydi. Chunonchi, O'zbekistonning janubiy 
qismiga Yevropadagi andronov madaniyati belgilarining kirib kelishi bunga dalildir. 
Temirning kashf etilishi butun mintaqada ishlab chiqarishning rivojlanishiga kuchli turtki 
bo'ldi. Oqibatda keng hududda, jumladan, O'zbekistonda ham aholining soni o'sdi. Bu davrda irqiy 
jihatdan ancha o'zgarishlar ro'y berdi. Dastavval, antropologik jihatdan mongoloid belgilari 
kuchayadi va yevropoid yaxlitligi o'zgara boshlaydi. Ammo mongoloid belgilar hamma yerda bir 
xil bo'lmasdan, faqat ayrim hududlarda ko'proq jamlangan. Mazkur tiplar asosan, keng tarqalgan 
Sibir va Markaziy Osiyo ko'chmanchi elatlari bilan aloqador bo'lib, bunga Orolbo'yi va qadimgi 
Buxoro vohasi dahalari ham kiradi. Shunday qilib, miloddan avvalgi I ming yillikka kelib 
morrblogik jihatdan mongoloid elementlar ta'siri o'tgan va hozirgi o'zbek irqiy tiplarining 
shakllanishiga asos bo'lgan guruhlar yuzaga kelgan. Ilk temir davridan keyingi madaniyatga o'tish 
davri miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtalaridan yangi eraga o'tishgacha butun Markaziy 
Osiyoda, murakkab etnogenetik jihatdan jiddiy aralash-quralash jarayon ro'y bergan. Arxeologik 


obidalardan Dalvarzintepa, Ayritom, Eski Termiz va boshqa yerlarda o'tkazilgan tadqiqotlar mazkur 
fikrni tasdiqlaydi. 
Miloddan avvalgi I ming yillikda mintaqada jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz beradi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar qaPalarming paydo bo'lishi, yirik sug'orish va 
mudofaa inshootlarining qurilishi, dastavval qullar mehnatisiz mumkin emas edi. Qo'shni Eron, 
ayniqsa, Midiya davlati (mil.avv. VII-VI asrlar) tashkil topishidan oldinroq Markaziy Osiyoda 
ikkita quldorlik davlati - Baqtriya va Xorazm paydo bo'lganligi to'g'risida fors va yunon yozma 
manbalari xabar beradi. Mazkur manbalar va tosh qabrlarga bitilgan rasmlarda (Persepol saroyi), 
zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, Rim, Yunon va Xitoy mualliflarning asarlarida 
hozirgi markaziy osiyoliklarning qadimiy ajdodlari sak-massagetlar, yuechji, kangyuy (qang'ar), 
usun va boshqa elatlar tilga olinadi. Shularning ichida eng katta elat saklar juda keng hududni -
Tyan-Shan va Pomir etaklaridan Kaspiy dengizi sohillarigacha bo'lgan yerlarni egallagan, ularning 
eng zich joylashgan yeri Sirdaryo havzasi bo'lgan. 
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Qadimiy Baqtriya va Xorazmda yashagan hozirgi tojik, 
o'zbek va qisman turkmanlarning qadimiy ajdodlari asosan, eroniy tillarning o'ziga xos sharqiy 
shoxobchasi va qisman turkiylashgan sak yoki skif tillarida gaplash-ganlar. Umuman, massaget 
qabilalari konfederatsiya (birikma)siga quyidagi elatlar kirgan: Qadimgi Sirdaryo havzasida, 
Amudaryoning sharqiy o'zanlari bo'yida va Qoraqumda yashovchi apasiaklar; Sirdaryo o'rta 
oqimida joylashgan daxato'xarlar; taxminan Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o'rta 
oqimida yashagan darbeklar; Nurota tog'larida o'rnashgan sakaravaklar; Sirdaryoning o'rta oqimida 
Tyan-Shangacha cho'zilgan usunlar hamda qadimgi davrlarda xorazmiylar kirgan. Yunon va rim 
manbalarining makedoniyalik Iskandarning yurishlaridan keyin bergan xabarlariga qaraganda 
mazkur qabila (elat)larning saklar deb umumiy nomlanishi tasodifan bo'lmay, ularning til jihatdan 
bir etnik jarayon bilan bog'liq ekanligini tasdiqlaydi. 
O'sha manbalar bu davrda vohalarda yashovchi xalqlar bilan dashtdagi chorva qabilalari 
o'rtasida etnik va madaniy jihatdan uncha farq bo'lmaganligini ko'rsatadi. Masalan, Strabon 
xorazmiylar sak-massagetlar turkumiga kiradi, qadimgi so'g'diylar va baqtriyaliklar turmush tarzi va 
xulq-atvori bilan o'zaro farqlanmaydi, deydi. Topilgan rasmlarga qaraganda xorazmiylar, 
baqtriyaliklar va so'g'diylarning kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qurol-aslahalari bilan saklardan 
hech farqi yo'q. Vohadagi elatlar saklar bilan deyarli bir tilda gaplashganlar. Etnik jihatdan 
dehqonchilik vohalarida joylashgan elatlardan Amudaryoning yuqori havzasidagi xorazmiylar, 
Gurgan quyi oqimidagi girkanlar, Kopettog' etaklaridagi umumiy nomdagi parfiyanlar, Murg'ob 
havzasidagi marg'iyonlar, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi so'g'diylar, 
farg'onaliklar (qadimgi parikanlar) va baqtriyaliklar tarixiy manbalarda tilga olinadi. Yuqori 
Amudaryoning ikki sohilidagi barcha elatlar mil. avv. I ming yillikning o'rtalarida, arxeologik 
kashfiyotlarga qaraganda, yuksak madaniyatli irrigatsiya va qurilish inshootlarini, hunarmandchilik 
va harbiy san'at sirlarini egallagan, zo'r ma'naviy qadriyatlarni yaratgan etnoslar sifatida hatto 
qo'shni davlatlarga o'z ta'sirini o'tkazgan. 
Nihoyatda rang-barang elat va xalqlar Afrika va Amerika qit'alarida ham ming yillar 
davomida Markaziy Osiyoning etnosla-ri singari murakkab etnogenetik jarayonlarni boshidan 
kechirganlar. Mazkur jarayonlar ham muayyan tartibga solib turkumlashni talab qiladi. Dastavval 
etnoevolyutsion va etnotransformatsion o'zgarishlar mohiyatini bilib olish zarur. Hozirgi davrda 
etnik jarayonlarni 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish