O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar



Download 2,34 Mb.
bet131/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar:
1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”. 1998.
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2008.
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi , O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009.
4. Желубовская Э.А. Крушение второй империи и возникновение третьей Ресггублики в Франции. М., 1956.
5. Керженцев Г.М. История Парижской Коммунн. М., 1959.
6. Yangi tarix III q.,T. «O’qituvchi», 1969.
7. Жорес Э. Франко-Прусская война. М., 1969.
8. Лиссагари П. История Коммуньт 1871г. М. 1976.
9. Лурье А.Я. Портреть I деятелей Коммунн. М.г 1975. 10. Молок А. Германская интервенция против Коммунь1 1871 г. М., 1939.


Mavzu. 1871-1914 yillarda Fransiya
Reja:
1. XIX asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
Hokimiyat uchun kurash.
2. Fransiyaning tashqi siyosati va ijtimoiy harakat.
3. XX asr boshlarida Fransiya.
Tayanch tushunchalar:

Konstitusiya. Gersoglar respublikasi. Uchinchi respublika. Eski monarxiyachilar. Ter. Mak-Magon. Vallon. J.Ferri. J. Simon. J. Grevi. Leon Gambetta..Yangi urush xavfi. Fransiya-Rossiya ittifoqi. Mustamlakachilik. Opportunizm. Anarxo-sindikalizm. Dreyfus ishi.




1. XIX asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Urush va davlat to’ntarishi iqtisodiy hayotga salbiy ta‘sir ko’rsatdi. 1873-yildagi iqtisodiy inqiroz ham Fransiya iqtisodiyotini izdan chiqardi. Bu inqiroz sanoat, savdo va qishloq xo’jaligini qamrab oldi. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. XIX asr o’rtalarida sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan 2-o’rinda (Angliyadan keyin) turgan Fransiya XIX asrning oxiriga kelib 4-o’ringa, ayrim sanoat tarmoqlari bo’yicha undan ham keyingi o’rinlarga tushib qoldi. Fransiya sanoat o’sishi sur‘atlari jihatidan AQSH, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlardan orqada qoldi.
Sanoat taraqqiyotining bunday sekinlashib qolishiga bir qator omillar; 1). 1870-1871 yillardagi urushning mamlakat xo’jaligiga yetkazgan zarari (15 mlrd. frank) 2). Germaniyaga to’langan tovon (5 mlrd frank 3). sanoat taraqqiy qilgan Elzas va Lotaringiyadan mahrum) bo’lishi. 4) ichki bozorning cheklanib qolishi.5). tabiiy boyliklarining taqchil bo’lishi. 6). temirning sifati pastligi o’z ta‘sirini ko’rsatdi.
Shunga qaramay,Fransiyada mayda va o’rta korxonalar ko’pligi sababli ishlab chiqarishning jamlanishi va kapitalning markazlashuvi jarayoni tezlashib bordi. Bu ham industriyaning o’sishiga, monopoliyalar birlashmalarining vujudga kelshiiga olib keldi. 70-yillarda ko’plab aksionerlik kompaniyalari paydo bo’ldi. 1876-yilda qudratli Longvi metallurgiya sindikati tashkil topdi. Shnayder-Krepo harbiy-sanoati tarmoqlari kengaytirildi.
XIX asrning oxirlarida mamlakat qishloq xo’jaligida hamon aholining katta qismi band edi (1872-yilda - 63,9%, 1896-yilda -60,9%). Qishloq aholisining ko’pchiligi mayda dehqonlar bo’lib, ularning qo’lidagi yerlar 75%ni tashkil etgan.Yirik moliyachilar va sarmoyadorlar ko’proq foyda olish payida bo’lib, o’z tovarlarini chet elga chiqarishga harakat qildilar. 70-yillarda fransuz kapitali Ispaniyada temir yo’llar qurilishiga sarflandi. 80-yillarda esa, Polshadagi ko’mir konlariga, Donbass va Krivoy Rog tomonlarga intilar edi.
80-90-yillarda Fransiya kapitali Turkiya, Avstriya-Vengriyaga, Janubiy Amerika mamlakatlariga kirib bordi. Kapitalning ko’p qismi zayomlar borish yo’li bilan eksport qilindi.Bu esa fransuz kapitalining sudxo’rlik qiyofasini ko’rsatar edi.
Bu davrda Fransiyada yirik moliya, sanoat va zamindor guruhlar bilan birga faol xalq ommasi, «o’rta tabaqalar», - deb atalgan tabaqa katta o’rin tutardi. Aholi qatlamlarining bunday joylashuvi «Uchinchi respublika»da siyosiy kurashning rivojlanishiga ham ta‘sir qildi. Fransiyadagi iqtisodiy inqiroz faqat XX asr boshlaridagina yengib o’tildi.
Hokimiyat uchun kurash. Kommuna tor-mor keltirilgandan so’ng Parij va viloyatlarda reaksiya avj olib ketdi. Kommuna jangchilarigina emas, kommunarlarga xayrixohlik qilgan,deb shubha ostida olinganlar ham qattiq ta‘qib ostiga olindilar. «Dyufor qonuni» (1872) kommunarlarga qarshi. Inqilobiy harakatlarga qarshi kurashuvchi bir qator tashkilotlar paydo bo’ldi.
Germaniya bilan sulh masalasini kurish uchungina vakolat olgan Milliy Majlis sulh shartnomasini imzolaganidan keyin ham o’zboshimchalik bilan o’z faoliyatini davom ettiraverdilar. Har biri taxtga o’z vakilini qo’yishga harakat qilgan uch monarxiyachi partiyaning Ta‘sis majlisidagi o’zaro raqobati ularning monarxiyani qayta tiklash rejasini yo’qqa chiqardi, monarxiyachilar respublikaga vaqtincha rozi bo’lib turishga majbur bo’ldilar. Ana shunday sharoitda Kommunani yo’q qilgan, o’zi aytganiday, «eski monarxiyachi» Adolf Ter respublika Prezidenti lavozimiga juda mos odam edi.
Ter mamlakatda ashaddiy reaksiya tartibini joriy qildi, matbuot erkinligini cheklab qo’ydi. Milliy gvardiyani tarqatib yubordi. O’lpon to’lash uchun ikki marta zayom chiqarildi va belgilangan miqdordan juda ko’p qilib sotib yuborildi. Shu bilan birga, gugurt, temir yo’l biletlari va boshqalarga «egri» soliqlar solindi, bu soliqlar keng mehnatkashlar ommasining zarariga bo’ldi. Fransiya Germaniyaga o’lponni muddatidan oldin to’lab bo’ldi. 1873-yil 16-sentyabrda oxirgi german qo’shini Fransiya hududidan chiqib ketdi.
Milliy majlisda ozchilikni tashkil qilgan respublikachilarni aholining ko’pchilik qismi qo’llab-quvvatlab kelayotgan edi. 1872-1873 yillardagi qo’shimcha saylovlarda respublikachilar katta g’alaba qozondilar. Shu yillar mobaynida Milliy Majlisga yalpi saylangan 150 kishidan 128 tasi respublikachilar edi.
Monarxistlar graf Shamberni Genrix V nomi bilan qirol etmoqchi edilar. Xalqning monarxiyaga xohishi yo’qligini Ter tushunardi, shuning uchun ham u mazmunan reaksion bo’lgan hokimiyatning respublika tizimi tarafdori bo’lib qolishga majbur bo’ldi. Lekin, respublikachilarning yutuqlaridan tashvishga tushib qolgan monarxiyachi Milliy Majlis Terga mamlakatda «ma‘naviy tartib»ni ta‘min qilolmadilar degan aybni qo’ydi. 1873-yil 24-mayda Ter iste’fo berishga majbur bo’ldi.
Milliy Majlis Ter o’rniga marshal Mak-Magonni Prezident qilib sayladi. U noshud siyosatchi, ashaddiy reaksioner va monarxiyachi, haddan tashqari johil bir odam edi. Mak-Magon «ma‘naviy tartib»ni monarxiyaviy kayfiyatlarni kuchaytirib yuborish ma‘nosida tushungan edi. Monarxiyachilar 1873 yil yozi oxirlarida monarxiyani tiklashga tayyorgarlik ko’ra boshladilar. Monarxiyani tiklashga ochiqdan-ochiq tayyorgarlik ko’rish mamlakatda keng qarshilik harakatining boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Respublikachilar bu kurashda o’zlarining butun kuchlarini birlashtirdilar.
Monarxiyachi Milliy Majlis o’z mavqei va kelajak istiqbolini saqlab qolish uchun 1873-yil noyabrda Mak-Magonning vakolat muddatini 7 yil deb belgiladi. Monarxiyachilar Mak-Magon hokimiyatini saqlab qolib, boshqa bir yo’sinda o’z rejalarini amalga oshirishni mo’ljallab qo’ygan edilar.
1875 yil Konstitusiyasi. Vakolati allaqachon tugagan Milliy majlis Konstitusiya tayyorlash bilan shug’ullanishga majbur bo’ldi.Milliy majlis monarxiya tuzumini o’rnatolmagani uchun uzoq vaqt bir qarorga kelolmadi. Nihoyat, 1875 yil 30-yanvarda u deputat Vallonning respublika Prezidentini saylash tartibi va uning vakolat muddatini belgilagan tuzatishni, bittagina ko’p (352 ga qarshi 353) ovoz bilan tasdiqladi va shu orqali respublikani e‘tirof etdi.
Respublika Prezidenti deputatlar bilan Senatning qo’shma majlisida yetti yilga saylanardi.
Prezident parlament oldida javobgar bo’lgan vazirlarni, oliy ma‘muriy va harbiy amaldorlarni tayinlash, qurolli kuchlarga farmoyishlar berish, ajnabiy davlatlar bilan respublika nomidan munosabatlar o’rnatish, shuningdak urush e‘lon qilish, sulh tuzish huquqiga ega edi. Umumiy avf e‘lon qilish ham Prezident qo’lida edi.
Deputatlar palatasi va Senatning qarorgohi etib Parij emas, balki Versal shahri belgilandi. Monarxiyachi Milliy majlis Konstitusiyaning demokratik mazmunini cheklash uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rdi. Respublikachilar 1875-yil Konstitusiyasini ma‘lum darajada yutuq deb bilib, uni keyinchalik qat‘iy sur‘atda demokratlashtirish lozim deb topdilar.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish