O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


XX ASR BOSHLARIOA TURKIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI



Download 2,34 Mb.
bet128/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

XX ASR BOSHLARIOA TURKIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI
XX asr boshiga kelib, Turkiya rivojlangan mamlakatlarning yarim mustamlakasi bo'lib qolavyerdi. Xorijiy kapitalistlar zulmi kapitalistik ekspluatatsiya zulmi va Abduhamid II izulmi bilan ulanib ketgan edi. sug'oriladigan yyerning 65 foizi katta yyycr egalari va ruhoniylar qo'lida bo'lib, ular asosan yyersiz dehqonlarga ijaraga berilardi. Ichki bozor tor, mavjud tizim esa sanoat va savdo rivojiga g'ov edi.
Usmoniylar impyeriyasida inqilobiy harakat yetilayotgan bo'lib, uning alohida o'ziga xos tomonlari bor edi. Turklar aholining uchdan bir qismini tashkil etardilar. Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalar sekin rivojlanmoqda edi. Turk adabiy tili impyeriyada yashovchi xalqlar uchun birdek tushunarli emas edi.
Turk savdo burjuaziyasi turklardan emas, arman va yunonlardan iboral bo'lib, milliy-burjuaziyaning shakllanisbi kech sodir bo'ldi XX asr boshlarida ishchiiar soni (40-50 ming kishi) oz, ular tarqoq, mahalliy mtllat vakillari kam edi. Milliy burjuaziya kuchsiz, fabrika-zavodlar nihoyatda kam, sudxurlik harakati va yyer egatigiga bog'liqligi bilan qorishib ketgan edi.
Milliy burjuaziya xalq ozodlik harakatiga boshchilik qilgan boMsada xorijiy monopoliyalar hukmronligiga qarshi chiqmadi va dehqonlarning yyer haqidagi talablarini qondira olmadi. Ular konstilutsion monarxiya lizimi tarafdorlari edilar.
Usmonli turk impyeriyasidagi siyosiy harakatlar impyeriya tarkibida milliy mustaqil davlat, avvalo Turkiya mustaqil davfati tashkil etilmasdan turib taraqqiyot yo'liga chiqib olish mumkin emasligini ko'rsatdi. Turk milliy burjuaziyasi shovinislik yo'ldan borib, boshqa millatlarning taraqqiyparvar kuchlarini birlashtira olmadi.
Ana shunday sharoitda Rossiya va Erondagi inqilobiy voqelar Turkiyaga ham katta ta'sir ko'rsatdi. «Yosh turklar» tashkilotining asoschilaridan biri Abdulla Javdat o'z vatandoshlariga murojaat qilib. «Barcha ezilgan musulmon bo'lmaganlar birlashingiz!» - deb xitob qildi.
«Yosh lurklar»ning !-qurultoyi 1902 yil Parijda bo'ldi. Unda 1867 yilda bekor qilingan Konstitutsiyani liklashga qaror qiiindi. Boshqa masalalarni hal qilishda ular bo'Iinib ketishdi. «Yevropacha yo'l» tarafdorlari «Markazdan qochish va shaxsiy tashabbus» ligasini to'zdilar, boshqa guruh «turkparastlik» va islomiy yo'nalish yo'lini tutdi. Inqilobiy yo'nalish tarafdori Mustafo Otaturk «Vatan» tashkilotini to'zdi. Keyin u «yosh turklar» harakali bilan birlashib ketdi.
1907-1908 yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat vujudga keldi. Bu davrda Bolqonda milliy ozodlik harakati kuchaydi. Sullon Abduhamid II bu ahvolga qarshi chiqa olmadi. Mamlakatni idora qilishda ojizlik qildi. «Yosh turklarw bu ahvoldan foydalanishga qaror berdilar.
1908 yil 3 iyuld Njyozbey harakat bayrog'ini ko'tardi. U «Birlik va taraqqiyot» tashkilotining a'zosi va harbiv garnizon qumondoni edi. Bosh shtab a'zosi Anvarbey uni quvvatlab, qo'zg'olon ko'tardi. Ularga rnakedon va alban parizanlari qo'shildilar. Sulton qo'zg'olonga qarshi hech narsa qila olmadi. 20 iyulda sullonga Konstitutsiyani tiklash haqida talabnoma yuborildi. Lekin sulton uni bajarmadi.
1908 yil 20 iyulda Monastir shahrida «Birlik va taraqqiyot» partiyasi Konstitutsiya tiklanganligini e'lon qildi. Armiya «Yosh turklar» tarafida ekanligini hisobga olib. sullon 24 iyulda Konslitutsiyani qayta tiklash to'g'risida farmon chiqardi. Turkiya inqilobi g'alaba qildi. «Yosh turlar» hukumatni qo'lga oldilar.
Inqilobda xalq talablari qondirilmadi. «Yosh turklar» inqlobni chuqurlashtirishdan cho'chidilar, ular 262 o'rindan 150 tasini egalladilar. Ammo parlamentda bu ko'pchilik ovozdan ustalik bilan foydalana olmadilar. Ular xalq ommasining ehtiyojlarini tub demokratik o'zgarishlar zarurligini tushinib yetmadilar.
«Yosh turkiarw adliya, huquq, maorifda islohot o'lkazish yo'lidan bordilar. Ro'honiylar va ba'zi feodal doiralar bunga qarshi cdilar. 1909 yil 13 aprelda davlat lo'ntarishi o'tkazildi. Abdulhamd TI taxtdan tushirildi, o'rniga Mexmcd V Rishod taxtga o'tirdi. «Yosh turklar» hokimiyatni to'la qo'lga kiritdilar. 23 iyul «MiIliy ozodlik kuni» - deb e'lon qilindi. Konstitutsiyaga o'zgarishlar kiritildi, parlamentning huquqlari kcngaytirildi.
Ammo xalq talablar lo'laqondirilmadi. Turkiya «Hurriyat va birdamlik» nomli inglizlarga xayrihoh partiya to'zildi. Turkiya Tripolitaniya va Kirenayka, Shimoliy Afrikada yyerlarini Jtaliyaga topshirdi. Bu yyerlar Liviya nomi bilan Italiya mustamlikasiga aylandi. (Lozanna bilimi- 15 oktyabr 1912 y). Ammo Turkiya tinchlikka yerisha olmadi. Bolgariya, Syerbiya, Chyycrnogoriya, Gretsiya unga urush e'lon qildilar. (1-Bolqon urushi). Makedoniya va Frakiyaga muxtoriyat berilmagani urushga bahona bo'ldi. Urushda turkiya yengildi va g'oliblar Bolqonni boMib olishdi. Albaniya mustaqil bo'Idi (26 iyun 1913 yil London bitimi). lekin Bolqon davlatlari o'zaro kelisholmasdan yana urush boshladilar (2-Bolqon urushi).
Vaziyatni idora qilolmagan «IIurriyat va birdamlik» hukumatini 1913 yil yanvarida Anvar poshsho isyon ko'tarib, ag'darib tashladi. Yana hukumat tepasiga «Yosh turklar» keldilar. Mamlakatda Germaniyata'siri kuchaydi.1913-1914 yildan «Yosh turklar» harakatiga qarshi kurash boshlandi.
1914 yilga kelganda mamlakatdagi butun hokimyat lidyer Anvar, Tal'at va Jamoal poshsholar qo'lida bo'lib. ular mamlakatni yirtqich German impyerializmiga batamom tobe qilib qo'ydilar. Turkiyaga nemis genyerali Aliman fon Sandyers boshchiligidagi missiya kelib, lurk armiyasim urushga tayyorlay boshladi, mamlakat xo'jaligidan ingliz va Frantsuzlar siqib chiqarildi, nemis kapitali, amaldorlari hukmronlik qila boshladilar.
Birinchi jahon urushi boshlanganda Turkiya o'zini betaraf,deb e'lon qilgan bo'lsada, 1914 yil avgust oyi boshidayoq Germaniya bilan maxfiy shartnoma to'zgari va Rossiyaga qarshi urushish uchun katla qarz olgan edi. Turkiya urushga kirgan paytda chet davlatlardan olgan qarzi 3,3 milliard doliarni tashkil etdi. Bu qarzlardan bir milliardga yaqinini yosh turklar hukumati olgan edi.
Germaniyaning «Geben», «Breslau» nomli harbiy kemalari Dardanel bo'g'oziga kirdi. 1914 yil 29 oktyabrda Turkiya Rossiyaga urush e'lon qilmay harbiy harakatlar bosliladi. Shunday qilib, nemis impyerialistlari va turk panturkistlari mamlakatni birinchi jahon urushi girdobiga tortdilar.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish