Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik siyosati .
XIX sardan boshlab Angliya dunyoning barcha qifalarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularning o’z mustamlakasiga aylantirdi. 1870 yillarda Angliya mustamlakalarining aholisi 200 mln kishi bo’lgan bo’lsa , XIX asr oxiriga kelib qariyeb 370 mln kishiga yetdi. Bu davrda bosib olingan hudud 20 mln kv.km dan 33 mln.kv.km ga yetdi. Mamla-katlardan keladigan daromadlar olinadigan foydaning katta qismini tashkil etardi.
70 - yillarda konservatorlar partiyasi mustamlaka yerlarini kengay tirishning asosiy vazifa deb e'lon qilindi . B . Dizraelli boshchilik qilgan (1874-1880 y) konservatorlar hukumati Osiyoda Belujistonni bosib oldi va Afg'onistonni bo’ysundirishga urindi . Angliyaning maqsadlaridan biri Turkmanistonga va o’rta Osiyoning boshqa viloyatlariga suqilib kirish edi Ammo uning niyatga Rossiya to’sqinlik qilardi . Angliya bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlar o’rta Osiyo masalasida Turkiya va Bolqon yarim orolini o’z ta'siriga yuritish uchun kurash olib boorish tufayli g'oyat keskinlashdi.
Turkiyadagi Kipr orolini takab qildi va uni 1876 yilda Angliya anneksiya qildi 1878 yil kuzida konservator hukumati Afg'onistonga qarshi mustamlaka urushi bo’ldi .
Ikkinchi afg'on urushini boshlab yubordi. 1879 yil bahorida Afg'onistonni tutqunlikdagi saqlovchi Gandamak shartnomasini qabul qilishga majbur etdilar. Lekin Afg'onistonda xalq qo'zg'oloni boshlanib ketdi. Qabuldagi ingliz rezidenti barcha xodimlari va qo’riqchilari bilan qirib tashlandi.
Bu qo'zg'olon afg'onlarning mustamlakachilarga qarshi xalq urushiga aylandi . Biroq , 1880 yilda ingliz mustamlakachilarining " qo’li baland keldi" 1877 yilda Angliyaning Transvaal va Oranj Respublikasini anneksiya qilganligi e'lon qilindi. Natijada burlar qo'zg'olon ko’tardilar. 1881 yilda Zulus qabilalaridan Majub - Xill yonidagi mag'lubiyatga uchrashi inglizlarni Afrikani istilo qilishi bir muncha vaqt kechektirdi. 1879 yilda Dizraelli hukumati Janubiy Afrikada zuluslarga qarshi navbatdagi qirg'in tadbirlarini o’tkazdi.
1880 yilda hokimiyat Gladiston boshliq liberallar qo’liga o’tdi.1882 yilda Angliya Misrni bosib oldi . Bu mamlakatning bosib olinishi Angliyaning Suvaysh kanali ustidan hukmronlik qilishda uning Afrikada yangi mustalakalarga ega bo’lishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Inglizlar Sharqiy Sudanni istilo qilish uchun janubga yurdilar. U yerda mahalliy arablaming qarshiligiga duch keldilar .1885 yilda Sudanliklar Xartumni ishg'ol qilg'an inglizlarni qurshab olib qirib tashladilar. Angliyaning faqatgina 1896-1898 yillarda , ya'ni konservatorlar hukumati davrida " Fashoda inqirozi" da g'olib chiqib , Sudanning sharqiy qismini bo’ysindira oldi .
80 — yillarda Transvalda oltin koni topildi. Ingliz kapitalistlari olmos va oltin qazib chiqarishga kirishildi. 1886 yil hokimiyat tepasiga Solsberi boshliq konservativ hukumatga chiqib oldi va bosqinchilik harakatlarini qo’llab - quvvatladi.
Bu davrda g’arbiy va Sharqiy Afrikada Nigeriya va Somalini zabt etish tamomlagan edi . Ulardan Angliyaga qoramol va Yung keltirib turilardi. 1888 yilda Shimoliy Boneo ustidan protektorat o’matildi. 1890 yilda S . Rods Kap koloniyasi ministry bo’ldi. U " Uch k" g'oyasini ilgari surdi . ( Keyptaun - Qohira - Kalkutta temir yoli loyihasi)
Shu yili Gveniyaning janubiy sharqiy qismi bosib olindi . Afrikada esa Keniya bilan Tanganika zabt etildi. 1890 yilda Uganda ishg'ol qilindi. Solsberi hukumati 1890 yilcla liberallar hukumatiga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Angliya 1895 yilda mag'lubiyatga uchrab ,1899yilda Bur respubllkasiga qarshi agressiyani yana boshlab yubordi. o’zini himoya qilgan Transval hukumati 1899 yil 9 oktyabrda Angliyaga qarshi urush e'lon qildi.11 oktyabrda unga Oranj respublikasi qo’shildi. 1900 yil yozida Angliya 50 ming burlar armiyasga qarshi 50 ming qo;shin olib keldi . lyun oyida burlar hukumati urush tamom bo’ldi deb e'lon qildi . Ammo urush harakatlari 1902 yil 1 iyungacha davom etdi. Shunday qilib burlar urushi ( 1899-1902) Angliya foyda-siga hal bo’ldi.