О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/142
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#730837
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Bog'liq
materialshunoslik va konstruksion materiallar texnalogiyasi

qattiq 
eritmalar 
deyiladi.
Qattik eritmalar 
о‟rin almashish 
va 
singish 
qattiq eritmalariga bо‟linadi. О‟rin 
almashish qattiq eritmalari hosil bо‟lishi uchun ikkinchi (eriydigan) elementning atomlari 
birinchi (erituvchi) elementning kristall panjarasida о‟rin almashadi. Qattiq eritmaning 
mikrostrukturasi bir jinsli kristall donalardan iborat bо‟ladi va u toza metalning strukturasidan 
kam farq qiladi. Metalshunoslikda qattiq eritmalar 
α, β, γ, δ
kabi belgilanadi. Barcha metallar 
qattiq holatda bir-birida ma„lum darajada о‟zaro erishi mumkin. Masalan, alyuminiyda 5,5% 
gacha mis, misda esa 39% rux erishi mumkin. Bunda kristall panjaraning tо‟ri о‟zgarmaydi. 
Komponentlari bir-birida cheksiz eriydigan о‟rin almashish qattiq eritmalari hosil bо‟lishi 
uchun qо‟yidagi shartlar bajarilishi kerak:
- Qotishma komponentlari bir xil kristall panjaraga ega bо‟lishi; 
- Qotishma komponentlarining atomlari о‟lchamlari orasidagi farq 9-15% dan 
oshmasligi; 
- Mendeleev davriy sistemasida komponentlar bitta davriy guruhga mansub bо‟lishi.
Masalan, Yo.M.K. panjaraga ega bо‟lgan quyidagi metallar bir-birida cheksiz erib qattiq eritma 
hosil qiladi: kumush va oltin, mis va nikel, temir va kobalt, temir va xrom, nikel va paladiy va 
boshqalar. 
Singish 
qattiq eritmalari hosil bо‟lishi uchun eruvchi elementning atomi diametri 
erituvchi elementnikiga nisbatan juda kichik bо‟lishi kerak. Shu sababli bunday qattiq eritmalar 
metallar (masalan, temirda, molibdenda, xromda va b.) kristall panjaralariga uglerod, azot, 
vodorod kabi elementlar atomlarining singishi natijasida hosil bо‟ladi. Bu jarayonning 
kechishida kristall panjarada mavjud bо‟lgan bо‟shliqlar soni katta ahamiyatga ega.
3. Kimeviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar
. Bu turga kiruvchi qotishmalar 
tarkibidagi komponentlar о‟zaro kimeviy reaktsiyaga kirishib birikma hosil qiladi. Hosil 
bо‟lgan kimeviy birikma atomlarining kristall panjarasi ayrim komponentlarning kristall 


panjaralaridan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarni qattik eritmadan keskin ajratib turadigan 
xususiyatlar quyidagilardir: 
1. Kimyoviy birikma о‟ziga xos kristall panjara turini hosil qilish xususiyatiga ega. 
Yangi turdagi kristall punjara shu kimyoviy birikmani tashkil qiluvchi komponentlarning 
kristall panjara turlaridan tubdan farq qiladi. Komponentlar atomlari tartibli joylashgan bо‟lib, 
ma„lum joylashish qonuniyatlariga ega. Kо‟pchilik kimyoviy birikmalarning elementar kristall 
panjaralarining turlari murakkab bо‟ladi. 
2. Birikmada elementlar massasining nisbati doimo saqlanadi. Shuning uchun kimyoviy 
birikmalar sodda qilib A
m
B
n
ifoda bilan belgilanadi. Bu yerda m va n butun sonlar bо‟lib, 
elementlarning atom nisbatlarini ifodalaydi. 
3. Kimyoviy birikmalarning xossalari shu birikmani tashkil qiluvchi elementlar 
xossalaridan keskin farq qiladi.
4. Kiyoviy birikmalarning suyuqlanish xarorati о‟zgarmas bо‟lib, birikma suyuqlanish 
xaroratigacha saqlanib qolishi ham mumkin, lekin suyuqlanish xaroratiga yetmasdan 
parchalanib ketishi ham mumkin. Agar kimyoviy birikma suyuq fazadan tug‟ridan-tug‟ri 
kristallansa yoki qizdirganda suyuqlanish xaroratigacha saqlanib qolsa, bunday birkma 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish