1-MAVZU: Mavzu: Kirish. Metallar to‟g‟risida umumiy ma„lumotlar
Reja:
1.
Materialshunoslik fani va uning qisqacha rivojlanish tarixi.
2.
Material haqida tushuncha.
3.
Metallarning tarkibi va tuzilishi.
4.
Metallarning allotropik shakl o‟zgarishlari.
5.
Metallarningg birlamchi kristallanishi.
6.
Kristall jismlarning xossalari.
Tayanch iboralar:
material, kristall va amorf jismlar, kristall panjara, vakantsiya, dislokatsiya,
allotropiya,
polimorfizm, birlamchi kristallanish, metallning xossasi.
Materialshunoslik fani va uning qisqacha rivojlanish tarixi
Materialning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga bog‟liqdir. Materialning tuzilishi
deganda, uning bir butunligini ta„minlovchi, ya„ni ichki va tashqi ta„sirlarga
faol qarshilik
ko‟rsatuvchi ichki bog‟lanishlar tushuniladi. Ana shu ichki bog‟nishlarga muvofiq
materialning xossalari ham o‟zgarishi mumkin. Demak, materialning xossalari ularni bir-biri
bilan solishtirganda ajratish mumkin bo‟lgan falsafiy tushunchadir. Bu tushuncha miqdor va
sifat o‟zgarishlarni o‟z ichiga oladi.
Materialning tarkibi, tuzilishi hamda xossalari o‟rtasidagi
amaliy bog‟lanishlarni o‟rganadigan fan
materialshunoslik
deb ataladi. Materialning tarkibi
deganda shu materialning qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligi tushiniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma„nodagi tushuncha bo‟lib, ko‟z yoki oddiy
lupa bilan ko‟rib bo‟ladigan mikrotuzilish, maxsus (500-2000 marta katta qilib ko‟rsatadigan)
optik asboblar – metallografik mikroskoplar yordamida o‟rganiladigan mikrostuktura hamda
100 000 marta katta qilib ko‟rsatadigan elektron mikroskoplarda yoki rentgen nurlarini (
=
5
10
-8
5
10
-12
m) ta‟sir ettirish bilan kuzatiladigan supmikroskopik strukturalarni o‟z ichiga
oladi.
Materialning xossalari deganda, uning kimyoviy, fizik va mexanik xossalari tushiniladi.
Insonlar dastavval tosh va suyak materiallarini makon va qurol uchun ishlatganlar.
Toshni qayta ishlab qurol yasaganlar. Keyinchalik toshdan yerni qayta ishlaydigan qurollar,
ya‟ni ishlab chiqarish vositalarini yasaganlar. Natijada asta-sekin yog‟ochni, terini va qum-
tuproqni ( loyni) qayta ishlash – sopol sanoati yaratila bordi.
Bronza davriga kelib, tosh
qurollarning ahamiyati yo‟qola boshladi va metallurgiya sanoati vujudga kela boshladi. Metall
qotishmaning tarkibini o‟zgartirish orqali uning xossalarini boshqarish mumkinligi ma„lum
bo‟ladi va bu jarayon amaliyotda qo‟llanila bordi. Temir davriga kelib ishlab chiqarish kuchli
taraqqiyotga to‟sqinlik qilib qoldi. Osiyoda, O‟rta yer dengizi atrofida, Xitoy hududlarida ilk
bor metallarni qayta ishlaydigan korxonalar vujudga keldi. Suv va havodan foydalanish
materialshunoslik sanoatida yangi taraqqiyotni ochdi. Temir eritib
tozalashda puflash uchun
havodan foydalanish esa suyuqlantirilgan metallar haroratini oshirish imkonini berdi. Natijada
metall qo‟shimchalardan to‟la tozalanib, uning sifati yaxshilandi. Metall ishlab chiqarishda
pista ko‟mir o‟rniga kokslanadigan ko‟mirdan foydalanish esa davr talabi - ishlab
chiqarishni
keskin oshirish natijasida vujudga keldi. Kokslash texnologiyasinining kashf etilishi
metallurgiya sanoatini tez rivojlantirdi.
Po‟lat olishning yangi-yangi usullari kashf etildi. Angliyada avval G.Bessemer (1856),
so‟ngra S. Tomos (1878), Fransiyada esa P.Marten (1864) kabi ixtirochilar po‟lat olishning
yangi usullarini yaratishdi. Materialshunoslik fani XIX asrga kelib, mashinasozlikdagi maxsus
fanga aylanib qoldi. Materialshunoslikning fan sifatida takomillashishiga talantli
rus olimi va
ixtirochisi D.K.Chernovning (1839-1921) fazalar o‟zgarishi haqidagi nazariyasi juda katta
turtki bo‟ldi. Fanning rivojlanishiga ko‟plab olimlar o‟z hissalarini qo‟shishdi. Jumladan, nemis
olimi A. Ledebur metallar strukturasi tushunchasini, ingliz fiziklari F.Laves hamda V.Yum-
Rozeri yangi tipdagi fazalarni kashf etishdi N.N.Benardos va N.G.Slovyanovlar po‟latlarni
payvandlash mumkinligini ilmiy asosda isbotlab berishdi. Rus olimi A. M Butlerov 1881 yili
jismning kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf qildi, 1909 yilda S.V.Lebedev xossalari jihatidan
tabiiy kauchukga o‟xshash sun„iy kauchukni sintez qilib oldi. P.A.Rebinder (1898-1972)
tomonidan kashf qilingan, yuza aktivligini oshiruvchi moddalarning qattiq yuzaga molekulyar
ta„sir etish mexanizmi yaratildi.
Materialshunoslik fanining rivojlanishiga rus olimlari S.S.Shteynberg, N.S.Kurnakov,
A.A.Bochvar, A.A.Baykov, N.I.Belyayev, A.P.Gulyayev, Yu.M.Laxtin, Ya.S.Umanskiy va
boshqalar, xorij mamlakatlari olimlaridan: F.Osmon, A. Portevena, Le-Shatele (Fransiya);
R.Austen, Yum-Rozezi (Angliya); G.Gou, Barret (AQSh), P.Gerens, Tamman,
Martens
(Germaniya) kabilar sezilarli darajada o‟z hissalarini qo‟shishgan.
Shunday qilib, materialshunoslik fani o‟z tarixiga ega bo‟ldi, nisbatan qisqa vaqt ichida
juda ko‟p turdagi materiallar yaratildi, eng muhimi, mashinasozlikning ajralmas qismi bo‟lgan
materialshunoslik vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: