14
Fanning ishchi o‘quv dаsturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining 2020-yil 19-avgustdagi ___-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbek tili” fanidan
tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Bobojonova Sh.
– Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti O‘zbek
tili va adabiyoti
kafedrasi o‘qituvchisi
Namozova M. −
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Sh.Bobojonov – ________ Qarshi davlat universiteti dotsenti
Tillar fakulteti dekani: ________A. Muhammadiyev
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri: ________ G.Bahodirova
15
Fanning ishchi o‘quv dasturi Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti kengashining
yig‘ilishining 2021-yil “___” ____________dagi ___ -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-o‘qituvchilar: Shohsanam Bobojonova, Manzura Namozova
Ish joyi:
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
Bog‘lanish uchun telefon nomeri:
(
+99890) 677 17 20, (+99891) 460 10 11
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni o‘zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari
shart: maktab uchun tayyorlangan 5-6-7-8-9-10-11-sinf Ona tili, akademik litsey o‘quvchilari
uchun “Ona tili”.
Postrekvizitlar:
Ushbu fan quyidagi modullar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga хizmat
qiladi: “O‘zbek tili”.
Fanni o‘rganishning zaruriyati.
“O‘zbek tili” fanini o‘qitish O‘zbekistonda istiqomat qiladigan boshqa millat
vakillarining davlat tilini puxta egallashiga, milliy va madaniy qadriyatlarni o‘rganishiga va
ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin
fikr almashishiga hamda
mutaxassislik doirasida muloqot yuritishiga zamin yaratadi.
Fanning maqsadi:
“O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda
faoliyat olib borishi uchun o‘qitishning kommunikativ nutqiy tamoyili asosida ularda fan
bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyat jarayonida qo‘llash malakasini
shakllantirishga qaratiladi.
Fanning vazifalari
:
- nutqiy kompetensiyani
rivojlantirish;
- og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish;
- ixtisoslikka oid matn tuzish uni tahrir va tahlil qilish malakalari hosil qilish;
- sohaviy hujjatlarni tuzish, shu jumladan elektron hijjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Fanni o‘qish natijasida:
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba “O‘zbek tili” fanining
predmeti va uning tarkibiy
qismlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia
qo‘llanmalardan foydalanish,
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka
undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy
izlanishga jalb qilish
to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘ladi.
Talaba “O‘zbek tili” fanini o‘qigandan so‘ng:
o‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada
kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash;
so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish natijasida ravon so‘zlash
qobiliyati;
nazariy ma’lumotlarni amalda qo‘llay olish, mustaqil mushohada qila olishi;
o‘zbek tilining uzoq yillik taraqqiyot bosqichlari;
o‘zbek va jahon adabiyotining yetuk namoyondalari
hayoti va ijodini tavsiflash;
o‘zbek tilining dunyo mavqeida tutgan o‘rnini aniqlash kabi ko‘nikmalariga ega
bo‘lishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: