2.1.5 – rasm. Yashik xajmini oʼlchashda kattalik modelini yaratish
Oʼlchash obʼekti – bu real fizik obʼekt boʼlib, uning xusisiyati bir yoki bir qancha oʼlchanadigan kattaliklarni tavsiflaydi. Bu obʼekt koʼp xususiyatlari bilan boshqa obʼekt bilan koʼp tomomnlama va murakkab aloqalarga ega boʼladi. Inson (oʼlchash subʼekti) oʼlchash obʼektini barcha fizik xossa va aloqalari bilan his qilish va sezish imkoniyatiga ega emas. Bu insonning koʼrish, sezish, eshitish, taʼm bilish va boshqa psixofiziologik imkoniyatlari va intellektual imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan izohlanadi. Buning natijasida obʼekt va subʼektni oʼzaro aloqasi faqatgina obʼektni matematik modellashtirish asosidagina tashkil qilish va nazorat qilish imkoniga ega boʼlamiz.
Oʼlchash obʼektining matematik modeli – oʼlchash obʼektini tavsiflaydigan matematik simvol (belgilar) larning majmui boʼlib, oʼlchanayotgan va taʼsir qiluvchi omillar oʼzaro aloqadorligini tasvirlaydi. Oʼlchash obʼektining modeli obʼekt, uning sharoiti haqidagi aprior maʼlumotlar asosida hal qilinayotgan masalaga muvofiq oʼlchashni bajarishga quriladi. Oʼlchanayotgan kattalikni tavsiflash mutaxassisdan maʼlum kattalik va uni oʼlchash usullari va vositalari, oʼlchashning fizik asoslari, effektlari, jarayonlarni matematik modellashtirishga doir chuqur bilim va malaka talab qilinadi. Oʼlchashlar noaniqligini hisoblashda aprior maʼlumotni ahamiyati va dolzarbligini taʼkidlab oʼtish lozim. Oʼlchanayotgan kattalikni oʼlchash jarayoni va uning fizik mohiyatini tushunib yetish muhim omil boʼlib, noaniqlikni hisoblash va toʼgʼri baholashni samaradorligi va ishonchliligiga taʼsir qiladi.
Umumiy holatda aytish mumkinki, kattalikn matematik modellashtirish bu - oʼlchanayotgan kattalikni qiymatini aniqlashga yoʼnaltirilgan va oʼlchash jarayonini fizik asosidan kelib chiqib asosiy parametrlarni matematik apparatlar bilan ifodalashdir.
§2.2. Bevosita oʼlchashda kattalikni matematik modeli
Bevosita oʼlchashlar deganda fizikaviy kattaliklarning qiymatlari bevosita olinadigan oʼlchashlar tushuniladi. Ularda oʼlchanadigan kattalik bevosita kuzatiladigan kattalikka teng deb qabul qilinadi:
Bevosita oʼlchashlar – oʼlchashlarning koʼproq keng tarqalgan va koʼproq oddiy usuli boʼlib hisoblanadi. Bu oʼlchashlar bilvosita, birgalikda va jamlanma oʼlchashlarning tarkibiy qismi boʼlib hisoblanadi. Bevosita oʼlchashlarni bir martalik yoki koʼp martalik kuzatishlar yoʼli bilan oʼtkazish mumkin. Kuzatishlar sonini tanlash oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablar va ularning natijalariga ishlov berishning yoʼl qoʼyiladigan mehnat sigʼimi bilan belgilanadi.
Аmaliyotda bir martalik kuzatish bilan oʼlchashlar (bir martalik oʼlchashlar) koʼproq oddiyligi, unumdorligi va arzonligi tufayli koʼproq keng tarqalgan. Koʼp martalik kuzatishlar bilan oʼlchashlar (koʼp martalik oʼlchashlar1) oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablar oshirilganda oʼtkaziladi. Bunday oʼlchashlar professional metrologik faoliyat uchun xarakterli boʼladi va asosan metrologiya xizmati xodimlari tomonidan, shuningdek nozik ilmiy eksperimentlarda oʼtkaziladi. Bu murakkab, mehnattalab va qimmat turadigan oʼlchashlar boʼlib, ularning maqsadga muvofiqligi har doim ishonarli tarzda asoslangan boʼlishi lozim.
Аlbatta, fundamental metrologiyaning tavsiyalari oʼlchashlar soni oshirishni tavsiya qilib, bu bilan oʼlchash natijalarining ishonchliligini oshirish taʼminlanadi. Аmmo, amaliyotda baʼzi oʼlchash sohalari borki unda koʼp marta oʼlchashlar oʼtkazish koʼp vaqtni talab qilishi, turli reaktiv va vositalarni qimmatligi, koʼp mehnat va energiya resurslarini talab qilishi sababli baʼzan bir martagina oʼlchashlar oʼtkaziladi.
2.2.1 – rasmda bevosita oʼlchashlarga misollar keltirilgan.
|
|
Tanometr yordamida arterial bosimni oʼlchash
|
Manometr yordamida bosimni oʼlchash
|
|
|
Infraqizil termometr yordamida haroratni oʼlchash
|
Elektron shtangentsirkul yordamida chiziqli kattaliklarni oʼlchash
|
|
|
Raqamli voltmetr yordamida elektr kuchlanishini oʼlchash
|
рН metr yordamida eritmalarda vodorov ionlari faolligini tavsiflaydigan vodorod koʼrsatkichini (pH) oʼlchash
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |