Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari
Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan oqibatiga qarab, ayrim hollarda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va vositaga qarab, kvalifikatsiya qilinadi. Oqibatning yo'qligi javobgarlikni istisno etadi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar uchun' javobgarlik faqatgina jinoyat qonunida to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan holdagina kelib chiqadi. Jinoyat kodeksining 22-moddasida aybning ehtiyotsizlik shakUga quyidagicha ta'rif berilgan: «O'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi. Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o'z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko'zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo'lsa, bunday jinoyat o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilgan, deb topiladi». Ko'pchilik hollarda ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlar shaxsning o'z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida ijtimoiy manfaatlarga bo'lgan loqayd munosabatlar va boshqalar tufayli sodir bo'ladi. Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik kelib chiqqan oqibatga qarab belgilanadi. Masalan, ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi), ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 111-mod-dasi), transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishning badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lishi (266-moddaning 1-qismi), yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazishga sabab bo'lishi (259-moddaning 1-qismi) va shu kabilar. Ammo qator hollarda javobgarlikka tortish uchun oqibatning kelib chiqishi nazarda tutilmaydi. Masalan, davlat sirlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 162-moddasi). Bu jinoyat qasddan va shuningdek, ehtiyotsizlik orqasida ham sodir etilishi mumkin hamda davlat sirlari oshkor etilgan vaqtdan boshlab qilmish tugallangan, deb hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 22-moddasi mazmunidan ko'rinib turibdiki, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyat o'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. O'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilayotgan jinoyatning intellektual (tafakkuriy) holati shundan iboratki, aybdor o'zining xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko'ra biladi. Agar jinoiy o'z-o'ziga ishonish ehtiyotsizlikning beparvolik orqasida sodir etilgan jinoyat bilan taqqoslansa, ko'rinib turibdiki, aybning o'z-o'ziga ishonish xavfliroq shaklidir, chunki bu holda aybdor xulq-atvori natijasida qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko'ra bila turib, ongli ravishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga rioya qilmaydi. Masalan, haydovchi mast holda avtomashinani odamlar ko'p joyda yuqori tezlikda boshqaradi, u ongli ravishda yoi harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi. Buning natijasida aybdor odamlar sogiig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibat ro'y berishi mumkinligiga ko'zi yetadi va bu oqibatlar kelib chiqmasligi to'g'risidagi ishonchi xom xayol bo'lib chiqadi (irodaviy holat). Jinoiy o'z-o'ziga ishonish ko'rinishida sodir etilgan qilmishlar transport vositasini boshqarish, tabiiy muhitni qo'riqlash va tabiatdan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlar uchun xos. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishi natijasida jinoyat-huquqiy normada ko'rsatilgan oqibat yuz bermagan bo'lsa, qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmaydi Masalan, haydovchi ongli ravishda belgilangan tezlikni oshirib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi, ammo bu hech qanday oqibatlarga olib kelmadi. Bu holda haydovchiga yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan ma'muriy choralar qo'llaniladi.
102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish
Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(102-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam o‘ldirish — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y, 32-son, 425-modda)
Kodeksning 22-moddasi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20 va 22-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |