Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi p. M. Matyaqubova, sh. M. Mаshаripov, X. sh. Jabborov “fan va texnikada o’lchashlar noaniqligi”



Download 5,6 Mb.
bet2/81
Sana31.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#521410
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
2 5199668041977172415

MUNDАRIJА

KIRISH

Noaniqlik tushunchasi ingliz tilidagi “uncertainty soʼzidan olingan boʼlib, lugʼaviy maʼnosi noaniqlik, ishonchsizlik, mavhumlik va nomaʼlumlik degan maʼnolarni bildiradi.


Oʼlchashlar bajariladigan fan va texnikaning barcha sohalarida ushbu oʼlchashlarning aniqligini va ishonchliligini baholashga ehtiyoj paydo boʼladi. Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi (MDH), jumladan Oʼzbekiston Respublikasining metrologik amaliyot tajribasida va oʼlchashlar birlilligini taʼminlash davlat tizimi standartlarida oʼlchashlar aniqligi amalda faqatgina “xatolik kontseptsiyasi” asosida baholanib kelinmoqda. Rivojlangan davlatlar amaliyotida esa, jumladan Germaniya, АQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va bir qator davlatlarning metrologik amaliyotida noaniqlik kontseptsiyasidan keng foydalanilmoqda. Sohaga doir maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlar va standartlarda xatolikning tasodifiy va muntazam xatoliklar, statik va dinamik xatoliklar, asosiy va qoʼshimcha xatoliklar, qurilmaviy va uslubiy xatoliklar kabi oʼnlab turlarini ucharatish mumkin.
Аmmo oxirgi 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xalqaro amaliyotda global oʼlchashlar tizimining asosiy komponentlaridan biri boʼlgan “oʼlchashlar noaniqligi” tushunchasi “oʼlchash xatoligi” oʼrniga keng qoʼllanilib kelinmoqda. Ushbu kontseptsiya oʼlchash natijalarini aniqligini baholash va taqdim qilishning xalqaro tan olingan va tavsiya qilingan shakli va mezoni hisoblanadi. Hozirgi vaqtda noaniqlik kontseptsiyasi global oʼlchashlar tizimining asosiy komponentlaridan birigina boʼlib qolmasdan, bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan BIPM, OIML, ILAC va ISO tashkilotlar tomonidan tavsiya qilinmoqda.
Fan va texnikada oʼlchashlar noaniqligini baholash boʼyicha birinchi xalqaro hujjat “Tajriba noaniqliklarini ifodalash” nomda 1981 yilda Oʼlchov va tarozilar xalqaro qoʼmitasi (CIPM ) tomonidan tasdiqlangan.
Jahonda global oʼlchashlar tizimini yaratish va joriy qilish boʼyicha bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan ISO, IEC, ILAC, OIML, BIPM, IFCC, IUPAC, IUPAP, OIML tomonidan ishlab chiqilgan halqaro standartlar ishlab chiqarish korxonalari, sinov va metrologiya laboratoriyalarida qoʼllanilib, buning amaliy natijasi sifatida davlatlar oʼrtasida boʼlayotgan eksport va import jarayonlarida texnik toʼsiqlarni oldini olish, shuningdek metrologik va sinov laboratoriyalarning natijalarini (sinov bayonnomasi, muvofiqlik sertifikati, kalibrlash sertifikatai va bayonnomasi) oʼzaro tan olinish va solishtirish imkonini bermoqda. Metrologik oʼlchashlarning xalqaro va davlatlararo darajada oʼzaro tan olinishi muhimdir, ammo buning asosida oʼzaro solishtirish va natijalarni oʼzaro tushunish undan-da muhimroq protseduradir.
Oʼzbekiston Respublikasida oʼlchashlar birliligini taʼminlash davlat tizimini halqaro amaliyot bilan uygʼunlashtirish, milliy metrologiyaning ilmiy, tashkiliy, maʼyoriy va texnik asoslarini qoʼllashda oʼlchashlar noaniqligini qoʼllash dolzarb vazifa hisoblanib, bu borada ishlab chiqarish va texnikaning barcha tarmoqlarida bajariladigan oʼlchashlarda, jumladan, metrologik va sinov laboratoriyalarda qoʼllash ishlari olib borilmoqda. Bu esa noaniqlik kontseptsiyasini joriy qilish halqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan uslubiy ishlarni yaratishni taqozo qiladi.
Zamonaviy metrologiyada “oʼlchashlar noaniqligi” tushunchasi 1981 yildan keyin ISO (“International Organazation for Standartization” - “Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilot”, keyingi oʼrinlarda “ISO” abbreviaturasi qoʼllaniladi) tarkibida TAG4/WG3 ishchi guruhi tomonidan birinchi meʼyoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilib, keng jamoatchilikka tavsiya qilina boshlaganidan keyin qoʼllanila boshlandi.
Oʼquv qoʼllanmada oʼlchashlar noaniqligi kontseptsiyasi fan va texnikaning turli turli sohalariga doir xalqaro meʼyorlarni hisobini olgan bugungi kundagi dolzarb ilmiy va uslubiy maʼlumotlar bilan shakllantirilgan boʼlib, turli fizik kattaliklarni oʼlchashda noaniqlikni hisoblash va baholash amaliy misollar bilan koʼrsatilib, tinglovchini olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Ushbu oʼquv qoʼllanma oliy taʼlimning 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yoʼnalishi boʼyicha talabalari uchun moʼljallangan boʼlib, shuningdek akkreditlangan metrologik va sinov laboratoriyasi mutaxassislari, ishlab chiqarish korxonalarining oʼlchash texnikasi boʼyicha mutaxassislari foydalanishlari mumkin. Oʼquv qoʼllanma nihoyasida noaniqlik kontseptsiyasini chuqur va batafsil oʼrganish uchun tavsiya qilinadigan meʼyoriy va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, internet manbalari roʼyxati keltirilgan.
Ushbu oʼquv qoʼllanma birinchi marta tayyorlanayotganligini hisobga olib, mualliflar jamoasi barcha kitobxonlarga oʼz minnaddorchiligini bildirib, oʼquv qoʼllanma boʼyicha fikr-mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingizni maʼlum qiladi: E-mail:shodlik29081986@mail.ru
Mualliflar



Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish