qamrab olish ehtimoli ̶ oʼlchanayotgan kattaliklarning chin qiymatlari majmui koʼrsatilgan qamrab olish intervalida joylashish ehtimoli.
qamrab olish koeffitsienti ̶ birdan katta son boʼlib, oʼlchashlarning kengaytirilgan noaniqligini olish uchun oʼlchashlarning yigʼindi standart noaniqligiga koʼpaytiriladi.
Izoh: ISO/IEC Guide 98-3:2008 halqaro standartida belgilangan qoidalarga asosan, qamrab olish koeffitsienti odatda k bilan belgilanadi.
Birinchi holat (aposterior baholash) maʼlum bir fizik kattalikning oʼlchash natijalari boʼyicha oʼtkaziladi va noaniqligi baholanadi. Uni faqat oʼlchanayotgan kattalikning koʼp marta kuzatish natijalari holatida baholash mumkin. Ushbu oʼlchashlar ikkita variantda bajarilishi mumkin:
1) takrorlanuvchanlik sharoitida tasodifiy effektlar bilan bogʼliq boʼlgan oʼlchash noaniqligi tashkil qiluvchisini baholash va kamaytirish uchun);
2) natijalarning kuzatilayotgan oʼzgaruvchanligini olish maqsadida kuzatish sharoitlarining birida oʼzgarish boʼlgan holda (bartaraf qilinmagan maʼlum muntazam effektni oʼzgaruvchan qismi bilan bogʼliq boʼlgan oʼlchash natijalari noaniqligini tashkil qiluvchilarini baholash va kamaytirish uchun).
Koʼp marta kuzatish natijalarini matematik statistika usullari bilan qayta ishlash natijasida kutilayotgan qiymatni baholash atrofida sochilishning oʼlchovini oʼlchash natijasi sifatida olish mumkin. Kuzatish natijalarining tarqoqligini oʼlchovi sifatida А tur standart noaniqlik deb nomlanadigan tajribaviy standart ogʼish olinadi.
Oʼlchash natijalari noaniqligini aprior baholash maʼlum oʼlchashda oʼrganilayotgan tasodifiy yoki muntazam effektlar oʼtkazilmagan holatda baholanadi. Bunda oldin bajarilgan oʼlchash natijalari maʼlumotlariga tayanilib, tashqi ishonchli manbalardan olingan axborotlardan foydalanish mumkin. Masalan, oʼlchanayotgan kattalikning fizik xususiyatlari, oʼlchash vositasining pasport maʼlumotlari, qiyoslash, kalibrlash sertifikatlari va bayonnomalari maʼlumotlari va x.k.
Noaniqlikni baholash ogʼir jarayon ham emas, sof matematik masala ham emas. Baholash oʼlchanadigan kattalikning tabiatini sinchiklab oʼrganishga, foydalaniladigan oʼlchash usuliga va metodikasiga bogʼliq.Oʼlchash natijasi uchun koʼrsatiladigan noaniqlik bahosining smfati va foydasi tushunchaga, kritik tahlilga va bu baholashni bajarayotgan odamning vijdoniyligiga bogʼliq boʼladi.
Kirish kattaliklarining standart noaniqliklari kattalik toʼgʼrisidagi maʼlumotning turiga va kattalik qiymatining ( statik yoki nostatik) oʼzgarishi mumkinligiga qarab, А tur yoki B tur boʼyicha baholanadi.
Аgar kattalik toʼgʼrisidagi maʼlumot (axborot) statik, yaʼni koʼp marta oʼlchash yoki sinashlar yoʼli bilan eksperimental olingan boʼlsa, bu holda kirish kattaliklarining standart noaniqliklari А tur boʼyicha baholanadi.
Аgar kattalik toʼgʼrisidagi maʼlumot nostatik, yaʼni ushbu oʼlchash davomida baholanmagan boʼlib, qandaydir mustaqil baholash natijasida olingan (kattalikning oʼzlashtirilgan qiymati) boʼlsa, bu holda kirish kattaliklarining standart noaniqliklari B tur boʼyicha baholanadi.
Аgar kirish kattaligining bahosi bir marta kuzatish boʼyicha, etalonga qiyoslab, kam noaniqlik bilan kalibrlangan muayyan oʼlchash vositasi yordamida olingn boʼlsa, bu holda bahoning noaniqligi – bu asosan, birlik oʼlchamini qayta tiklash noaniqligi, yaʼni etalonning noaniqligi boʼladi.