O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Gomologik qatori. 
CH

– metan 
C
2
H

– etan 
C
3
H


 
propan 
C
4
H
10 

 
butan 
C
5
H
12 
– pentan 
C
6
H
14 

 
geksan 
C
7
H
16 

 
geptan 
C
8
H
18 

 
oktan 
C
9
H
20 

 
nonan 
C
10
H
22 
– dekan 
Izomeriyasi.  Organik  birikmalarning  kimyoviy  tuzilish  nazariyasini 
o`rganish jarayonida izomeriya hodisasi va uning mohiyati bilan tanishib chiqilgan 

 
24 
edi. Izomeriya turlari juda ko`p, biroq to`yingan uglevodorodlarda, asosan, uglerod 
skeletining izomeriyasi uchraydi. Alkanlarda izomeriya butandan boshlanadi: 
C H
2
C H
2
C H
3
C H
3
C H
3
C H
2
C H
3
C H
3
 
                                    n–butan                                       izo–butan 
 
Uglerod  atomlari  o`zaro  birikib,  to`g`ri  zanjir  hosil  qilsa  normal  (n–), 
tarmoqlangan  holda  bo`lsa  izo–  birikmalar  deb  ataladi.  Molekuladagi  uglerod 
atomlari sonining oshgani sari izomerlar soni ham ortib boradi. Masalan, butanda 2 
ta,  pentanda  3  ta,  geksanda  5  ta,  geptanda  9  ta,  oktanda  18  ta,  nonanda  35  ta, 
dekanda 75 ta izomer mavjud. 
Tabiatda uchrashi va  olinish usullari. Alkanlar tabiatda gazsimon, suyuq 
va  qattiq  moddalar  holida  uchraydi.  Ularning  quyi  vakillari  (metan,  etan,  propan, 
butan)  yer  qobig`idan  chiqadigan  tabiiy  gazlarning  asosiy  tarkibiy  qismini tashkil 
qiladi.  Neft  ham  to`yingan  uglevodorodlar  aralashmasidan  iborat  bo`lib,  uning 
tarkibida  gazsimon,  suyuq  va  qattiq  uglevodorodlar  aralashmasi  mavjud  bo`ladi. 
Tog`  mumi  yoki  ozokerit–uglevodorodlarning  qattiq  tabiiy  aralashmasi 
hisoblanadi.  
To`yingan  uglevodorodlarning  ayrim  vakillari  o`simliklar  tarkibida  ham 
bo`ladi.  Masalan,  Avstraliyada  o`sadigan  «Neftli  yong`oq»  o`simligi  tarkibida 
ko`p miqdorda to`yingan uglevodorodlar mavjud. 
Laboratoriya sharoitida alkanlar quyidagi usullar bilan olinadi:  
1. Natriy atsetatga natron ohagi ta`sir ettirish:  
CH
3
COONa + NaOH 

 Na
2
CO
3
 + CH
4

 
2. Alyuminiy karbidga suv ta`sir ettirish: 
Al
4
C
3
 + 12H
2


 4Al(OH)
3
 + 3CH
4

 
Sanoatda esa alkanlar quyidagi usullar bilan olinadi: 
 
1. To`yinmagan uglevodorodlarni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash: 
CH
2
=CH
2
 + H
2
 

 CH
3
–CH

 
2. Ko`mirga yoki is gaziga vodorod ta`sir ettirish: 
C + 2H
2
 

 CH
4
 
 
CO + 3H
2
 

 CH
4
 + H
2


 
25 
 
3.  To`yingan  uglevodorodlarning  galogenli  hosilalariga  ishqoriy  metallar 
ta`sir ettirish (Vyurs reaksiyasi): 
C
2
H
5
–Br + 2Na + Br–C
2
H
5
 

 C
2
H
5

C
2
H
5
 + 2NaBr 
 
4.  Ikkita  to`yinmagan  uglevodorodni  biriktirib,  hosil  bo`lgan  mahsulotni 
gidrogenlash: 
2C
4
H
8
 

 C
8
H
16
 + H
2
 

 C
8
H
18
 
Fizikaviy  xossalari.  Gomologik  qatorda  uglevodorodlar  fizikaviy 
xossalarining  asta–sekin  o`zgarishi  kuzatiladi:  qaynash  va  suyuqlanish  haroratlari 
ko`tariladi,  zichliklari  ortadi.  Odatdagi  sharoitda  (Т
qaynash
=22
  0
C)  qatorning 
dastlabki  to`rtta  a`zosi–gazlar,  C
5
H
12 
dan  C
16
H
34
  gacha–suyuqliklar,  C
17
H
36
  dan 
boshlab–qattiq  moddalar.  Molekula  og`irligi  ortishi  bilan  alkanlarda  suyuqlanish, 
qaynash  haroratlari  va  solishtirma  og`irligi  ortib  boradi.  Tarmoqlangan  zanjirli 
izomerlarning  qaynash  haroratlari  normal  zanjirli  izomerlarning  qaynash 
haroratlaridan  past  bo`ladi.  Masalan,  n–pentan  36 
0
C  da,  izopentan  28 
0
C  da 
qaynaydi.  Aksincha,  uglevodorod  zanjiri  qancha  ko`p  tarmoqlangan  bo`lsa, 
suyuqlanish harorati shuncha yuqori bo`ladi.  
Alkanlar  suvda  va  kuchli  qutbli  erituvchilarda  yomon  eriydi,  benzol,  efir, 
xloroform  kabi  qutbsiz  erituvchilarda  yaxshi  eriydi.  Gazsimon  va  qattiq  alkanlar 
hidsiz, suyuq alkanlar o`ziga xos benzin va kerosin hidiga ega bo`ladi. 
Metan–CH
4
rangsiz  va  hidsiz  gaz,  suvda  erimaydi,  spirtda  yaxshi  eriydi.
 
Kimyoviy  xossalari.  To`yingan  uglevodorodlar  kimyoviy  juhatdan  inert 
moddalar  bo`lib,  ular  oddiy  sharoitda  oksidlanmaydi  va  kimyoviy  reaksiyaga 
kirishmaydi. Shuning uchun alkanlar katalizatorlar ishtirokida, harorat va yorug`lik 
ta`sirida o`rin olish reaksiyalariga kirishadi. Masalan: 
Yonishi. Alkanlar 300 
0
C dan yuqori haroratda yonadi va CO
2
 va H
2
O hosil 
qiladi: 
CH
4
 + 2O


 CO
2
 + 2H
2

 
Kreking  jarayoni.  Yuqori  haroratda  to`yingan  uglevodorodlarning  C–C 
bog`lari uzilib radikallar hosil bo`ladi, buning natijasida kichik molekulali alkan va 

 
26 
alkenlar  aralashmasi  hosil  bo`ladi.  Bunday  kreking  (inglizcha  kreking–
parchalanish) jarayoni termik kreking deb ataladi. 
CH
3
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–CH
3
 

 

 CH
4
 + CH
3
–CH
2
–CH
2
–CH=CH
2
 

 CH
3
–CH
3
 + CH
3
–CH
2
–CH=CH
2
 
 

 CH
2
=CH
2
 + CH
3
–CH
2
–CH
2
–CH
3
 

 CH
3
–CH
2
–CH
3
 + CH
3
–CH=CH
2
 
 
Agar kreking jarayoni katalizatorlar ishtirokida olib borilsa, bunday kreking 
katalitik  kreking  deyiladi.  Katalitik  kreking  sanoatda  neftni  krekinglashda 
ishlatilib,  kichik  zanjirli  alkan  va  alkenlardan  tashqari  normal  uglevodorodlardan 
izomer uglevodorodlar ham hosil bo`ladi.  
Galogenlash  reaksiyasi.  To`yingan  uglevodorodlar  bilan  galogenlar 
yorug`lik ta`sirida reaksiyaga kirishib, uglevodorodlardagi vodorod atomlari asta–
sekin galogen atomlari bilan o`rin almashadi. 
4
2
3
2
2
2
2
3
2
4
CCl
HCl
Cl
CHCl
HCl
Cl
Cl
CH
HCl
Cl
Cl
CH
HCl
Cl
CH












 
 
Bu  reaksiyaga  rus  olimi,  Nobel  mukofoti  sovrindori,  akademik  N.  N. 
Semyonov  asos  solgan,  shuning  uchun  ham  Semyonov  reaksiyasi  deb  ataladi.
 
Nitrolash  reaksiyasi.  To`yingan  uglevodorodlarning  bitta  vodorod  atomi 
o`rniga  NO
2
–  nitro  guruhi  almashinishi  hisobiga  sodir  bo`ladigan  reaksiyalar 
nitrolash  reaksiyalari  deyiladi.  Bunday  reaksiyani  1888  yilda  rus  olimi  M.  I. 
Konovalov birinchi marta amalga oshirgan, shuning uchun bu reaksiya Konovalov 
reaksiyasi deb ataladi.  
R–H + HO–NO
2
 

 R–NO
2
 + H
2

Sulfoxlorlash  reaksiyasi.  To`yingan  uglevodorodlar  SO
2
  va  Cl
2
  bilan 
ultrabinafsha  nur  ta`sirida  reaksiyaga  kirishib,  alkansulfonilxloridlar  hosil  qiladi. 
Ularga ishqor tasir ettirilganda natriyli tuzlar–sulfonatlar hosil bo`ladi. Sulfonatlar 
turmushda sintetik kir yuvish vositalari sifatida ishlatiladi. 
CH
3
–(CH
2
)
10
–CH
3
 + SO
2
 + Cl
2
 

 CH
3
–(CH
2
)
10
–CH
2
–SO
2
–Cl + HCl 
CH
3
–(CH
2
)
10
–CH
2
–SO
2
–Cl + 2NaOH 

  

 CH
3
–(CH
2
)
10
–CH
2
–SO
3
–Na + NaCl + H
2


 
27 
 
Degidrogenlash  reaksiyalari.  To`yingan  uglevodorodlar  molekulasidan 
katalizator  ishtirokida  vodorod  atomlari  ajralib  chiqishi  hisobiga  sodir  bo`ladigan 
reaksiyalar degidrogenlash reaksiyalari deb ataladi. Bunday reaksiyalar yordamida 
to`yinmagan uglevodorodlar hosil qilinadi. Masalan: 
CH
3
–CH
3
 

 CH
2
=CH
2
 + H

 
Ishlatilishi.  To`yingan  uglevodorodlar  xalq  xo`jaligida  turli  maqsadlarda 
ishlatiladi.  Tabiiy  gazning  asosini  tashkil  qiluvchi  metan  yonilg`i  va  yoqilg`i 
sifatida  ishlatiladi.  Bundan  tashqari,  metandan  metil  spirt,  sirka  kislota,  sintetik 
kauchuk,  mochevina  olinadi.  Dixloretan,  xloroform  va  tetraxlormetan  kabi 
galogenli  hosilalardan  erituvchi  sifatida  foydalaniladi.  Tibbiyotda  xloroform 
narkoz sifatida ham ishlatiladi.  
To`yingan  uglevodorodlarning  yuqori  molekulali  vakillaridan  vazelin  moyi 
(Oleum  vaselini  yoki  Paraffinum  liquidum)  (C
10
H
22
–C
15
H
32
), vazelin  (Vaselinum) 
(C
12
H
26
–C
25
H
52
)  va  parafin  (Paraffinum  solidum)  (C
19
H
40
–C
36
H
74
)  lar  tibbiyotda 
surtma dori shakllari tayyorlashda ishlatiladi.  
Izomeriya hodisasi. 
Organik  moddalarning  xossalari  faqat  ularning  tarkibiga  qancha  va  qanday 
atomlar  kirishigagina  emas,  balki  molekulada  atomlarning  o`zaro  qanday 
birikishiga  ham  bog`liq.  Masalan,  etil  spirti  bilan  dimetil  efirning  tarkibi  bitta 
empirik (C
2
H
6
O) formula bilan ifodalanadi. 
Tarkibi va molekula og`irligi bir xil, lekin molekulalarining tuzilishi har xil, 
shu sababli xossalari ham turlicha bo`lgan moddalar izomerlar deyiladi. Masalan: 
C H
2
C H
2
C H
2
C H
3
                   
C H
3
C H
3
C H
2
C H
2
C H
3
C H
3
                  C H
3
C
C H
3
C H
3
C H
3
 
                  n–pentan                                   2–metilbutan              2,2–dimetil propan 
1)  Uglerodning  barcha  atomlari  zanjir  orqali  bog`langan  hamda  zanjir 
o`rtasidagi  har  qaysi  uglerod  atomi  faqat  2  ta  qo`shni  uglerod  atomlari  bilan 
birikkan; 

 
28 
2)  O`rtadagi  uglerod  atomi  bir  vaqtning  o`zida  3  ta  uglerod  atomlari  bilan 
bog`langan, natijada zanjir tarmoqlangan
3) O`rtadagi uglerod atomi birdaniga 4 ta uglerod atomlari bilan birikkan. 
Izomeriyaning  yuqorida  ko`rsatilgan  barcha  hollari  struktura  izomeriyasi 
qatoriga  kiradi.  Undan  tashqari  fazoviy  izomeriya  ham  bo`lishi  mumkin,  u 
molekula alohida qismlarining fazoda turlicha joylashuvi natijasida vujudga keladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Uglevodorodlar–ikkiтa  element–uglerod  va  vodoroddan  tarkib  topgan  eng 
oddiy organik birikmalar.  
Alifatik uglevodorodlar–molekulasi ochiq zanjirli bo`lgan uglevodorodlar.  
Alisiklik  uglevodorodlar–molekulasi  yopiq  halqali  bo`lgan  to`yingan 
uglevodorodlar. 
Aromatik  uglevodorodlar–molekulasi  yopiq  halqali  bo`lgan  to`yinmagan 
uglevodorodlar. 
To`yingan uglevodorodlar–molekulalaridagi uglerod atomlari o`zaro oddiy 
bog`lar orqali bog`langan uglevodorodlar. 
Тo`yingan  metan  qatori  uglyevodorodlari–molekulasidagi  uglerod 
atomlari  bir–birlari  bilan  faqat  oddiy  (birlamchi)  bog`lar  orqali  bog`lanib,  qolgan 
valentliklari vodorod atomlari bilan birikkan uglevodorodlar.  
Alkanlar  (parafinlar)–metan  qatori  uglevodorodlarning  xalqaro  (tarixiy) 
nomi. 
sp
3
–gibridlanish–to`yingan  organik  birikmalarda  uchraydigan  gibridlanish 
turi. 
Uglevodorod radikali–alkan molekulasidan vodorod atomi ajralganda hosil 
bo`ladigan bir valentli zarra.   
 
Ratsional nomenklatura–organik moddalarni nomlash usullaridan biri. 
 
Xalqaro nomenklatura–organik moddalarni nomlash usullaridan biri.  
Gomologik  qator–organik  moddalarning  CH
2
=  metilen  guruhiga  farq 
qiladigan qatori. 
Ozokerit–uglevodorodlarning qattiq tabiiy aralashmasi. 

 
29 
Metan–CH
4
dastlabki to`yingan uglevodorod. 
 
Galogenlash  reaksiyasi–organik  birikma  molekulasiga  galogenni  kiritish 
reaksiyasi. 
 
Nitrolash  reaksiyasi–organik  birikma  molekulasiga  nitro  guruhini  kiritish 
reaksiyasi. 
 
Sulfoxlorlash  reaksiyasi–organik  birikma  molekulasiga  sulfo  va  xlorlarni 
kiritish reaksiyasi. 
 
Degidrogenlash  reaksiyalari–organik  birikma  molekulasidan  ikkita 
vodorod ajralib chiqadigan reaksiya. 
Izomerlar–tarkibi  va  molekula  og`irligi  bir  xil,  lekin  molekulalarining 
tuzilishi har xil, shu sababli xossalari ham turlicha bo`lgan moddalar. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Uglevodorodlar  deb  qanday  turdagi  organik  birikmalarga  aytiladi,  ular  nechta 
sinfga bo`linadi? 
2.  Alifatik  uglevodorodlar  deb  qanday  turdagi  uglevodorodlarga  aytiladi,  ular 
qanday sinflarga ajratiladi? 
3.  Qanday  turdagi  uglevodorodlar  to`yingan  metan  qatori  uglevodorodlari  deb 
ataladi, ularning gomologik qatorini sanab bering. 
4. Radikal deb nimaga aytiladi va ularning gomologik qatorini sanab bering. 
5. Alkanlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi? 
6. Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkanlar qanday usullar bilan olinadi? 
7. Alkanlar qanday turdagi fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
8. Xalq xo`jaligida alkanlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi? 
9. Etan va 2, 3, 4–trimetilpentanning tuzilish formulasini yozib bering. 
10. Vyurs reaksiyasi bo`yicha geksanning olinish reaksiya tenglamasini yozing. 
11. Geksan va geptanning barcha izomerlari formulalarini yozing. 
12.  Semyonov  reaksiyasi  bo`yicha  etanga  brom  ta`sir  ettiring,  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
13.  Konovalov  reaksiyasi  bo`yicha  propan,  butan  va  pentanga  nitrat  kislota  ta`sir 
ettiring, reaksiya tenglamalarini yozing. 

 
30 
14.  Propan,  butan,  pentan  va  geksanlarning  degidrogenlanish  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
15.  Izomerlar  deb  qanday  organik  birikmalarga  aytiladi,  qanday  izomeriya  turlari 
mavjud? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
31 
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft. Alkanlarning tibbiyotdagi 
ahamiyati. 
 
Reja. 
 
1. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari; 
2. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari
3. Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari
4. Toshko`mir va uni qayta ishlash mahsulotlari; 
5. Qishloq va q`rmon xo`jaligi mahsulotlari. 
 
 
Neft,  tabiiy  gaz,  toshko`mir,  qishloq  va  o`rmon  xo`jaligi  mahsulotlari 
organik birikmalarning asosiy xomashyo manbalari hisoblanadi. 
 
Mamlakatimizda  D.  I.  Mendeleyev  davriy  jadvalidagi  deyarli  barcha 
elementlar mavjud. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari 
va ma`dan konlari namoyon bo`lgan istiqbolli joylar mavjud. 
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari. 
 
Neft–to`q  qo`ng`ir  yoki  deyarli  qora  rangli  o`ziga  xos  hidli  moysimon 
suyuqlik.  U  suvdan  yengil,  zichligi  0,73–0,97  g/cm
3
,  suvda  amalda  erimaydi. 
 
Tarkibi  jihatidan  neft–molekulyar  og`irliklari  turlicha  bo`lgan  gazsimon, 
suyuq  va  qattiq  uglevodorodlarning  murakkab  aralashmasidan  iboratdir.  Odatda, 
bu 
uglevodorodlar 
parafin 
uglevodorodlar, 
sikloalkanlar, 
aromatik 
uglevodorodlardan uborat bo`lib, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati 
turlicha bo`ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli 
va azotli organik birikmalar ham bo`ladi. 
 
Mamlakatimizning  Andijon,  Farg`ona,  Namangan,  Buxoro,  Surxondaryo, 
Qashqadaryo  va  boshqa  mintaqalarida  160  dan  ortiq  neft  konlari  mavjud. 
Respublikamizda  Buxoro  (Qorovulbozor)  va  Farg`ona  neftni  qayta  ishlash 
zavodlari faoliyat yuritadi. 
Neftning  o`zi  shunday  holda  odatda  ishlatilmaydi.  Neftdan  texnikada 
qimmatli  bo`lgan  mahsulotlar  olish  uchun  u  qayta  ishlanadi.  Neftni  ikki  xil  usul 
bilan qayta ishlanadi: birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash usullari. 

 
32 
 
Neftni  birlamchi  qayta  ishlash  uni  haydashdan  iborat.  Neft  neftni  qayta 
ishlash  zavodlarida  yo`ldosh  gazlardan  ajratib  olingandan  keyin  haydaladi.  Neft 
haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (T
qaynash
 40 dan 150–200 
0
C gacha), ligroin 
(T
qaynash
 120–240 
0
C),  kerosin (T
qaynash
 150–300 
0
C), gazoyl–solyar moyi (T
qaynash
 
300 
0
C  dan  yuqori), qoldiqda  esa–qovushoq  qora  suyuqlik–mazut  olinadi.  Mazut 
yana  qayta  ishlanib  undan  urchuq  moyi,  silindr  moyi,  vazelin,  parafin  ajratib 
olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig`i neft qoramoyi yoki gudron 
deyiladi. 
Benzin  aviatsiya  va  avtomobil  yoqilg`isi  sifatida  ishlatiladi.  U  odatda 
molekulalarida  o`rtacha  5  dan  9  tagacha  uglerod  atomi  bor  uglevodorodlardan 
tarkib topgan bo`ladi. 
Ligroin  dizel  yo`qilg`isi  sifatida,  lak–bo`yoq  sanoatida  erituvchi  sifatida 
ishlatiladi. Uning ko`p miqdori qayta ishlanib benzinga aylantiriladi. 
Kerosin  reaktiv  dvigatellar  va  traktor  dvigatellari  uchun,  shuningdek  uy–
ro`zg`orda  yonilg`i  sifatida  ishlatiladi.  U  molekulasida  o`rtacha  9  dan  16  tagacha 
uglerod atomlari bor uglevodorodlardan tarkib topadi. 
Solyar  moyi  motor  yo`qilg`isi  sifatida,  surkov  moylari  esa  mexanizmlarni 
moylash uchun ishlatiladi.  
Vazelindan  tibbiyotda  foydalaniladi.  Parafin  yuqori  karbon  kislotalar  olish 
uchun  ishlatiladi,  gugurt  va  qalamlar  ishlab  chiqarishda,  yog`ochga  shimdirish, 
sham, gutalin tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Gudron  uchuvchan  bo`lmagan  qora  massa,  qisman  oksidlangandan  keyin 
asfalt olish uchun ishlatiladi. 
Mazut  qayta  ishlanib  surkov  moylari  va  benzin  olinishidan  tashqari,  undan 
qozonlarga yoqiladigan suyuq yoqilg`i sifatida ham foydalaniladi. 
Neftni 
ikkilamchi 
qayta 
ishlash 
usullarida 
uning 
tarkibidagi 
uglevodorodlarning strukturasi o`zgaradi. Bu usullar orasida neft uglevodorodlarini 
krekinglash  (parchalash)  katta  ahamiyatga  ega  bo`lib,  u  olinadigan  benzin 
miqdorini  oshirish  uchun  qo`llaniladi.  Krekinglash  usullari  termik  va  katalitik 
krekinglash usullariga bo`linadi. 

 
33 
Termik krekinglashda boshlang`ich xomashyo 450–550 
0
C harorat va 2–7 
MPa  bosimda  qizdiriladi.  Bunda  uglerod  atomlarining  soni  ko`p  bo`lgan 
uglevodorodlarning molekulalari uglerod atomlarining soni kam bo`lgan to`yingan 
va to`yinmagan uglevodorodlarning molekulalariga ajraladi. Masalan, 
C
16
H
34
 

 C
8
H
18
 + C
8
H
16
   
 
C
8
H
18
 

 C
4
H
10
 + C
4
H
8
 
Avtomobil benzini  asosan  shu  usul bilan olinadi. Uning neftdan  olinadigan 
miqdori  70  %  ga  yetadi.  Termik  krekingni  1891  yilda  rus  injeneri  V.  G.  Shuxov 
kashf etgan. 
Katalitik  krekinglash  katalizatorlar  (odatda  alyumosilikatlar)  ishtirokida 
450 
0
C va  atmosfera bosimida  o`tkaziladi.  Bu  usul  bilan  aviatsiya  benzini olinadi 
va uning unumi 80 % ga yetadi. Neftning asosan kerosin va gazoyl fraksiyalari ana 
shu  usulda  krekinglanadi.  Katalitik  krekinglashda  ajralish  reaksiyalari  bilan  bir 
qatorda  izomerlanish  reaksiyalari  ham  sodir  bo`ladi.  Bu  reaksiyalar  natijasida 
molekulalarning  uglerod  skeleti  tarmoqlangan  to`yingan  uglevodorodlar  hosil 
bo`ladi, bu esa benzinning sifatini yaxshilaydi. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish