O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Ftorotan  (1,1,1–triftor–2–xlor–2–brometan)  CF
3
–CHClBr  xloroform  hidli, 
og`ir, rangsiz, tez uchuvchan suyuqlik. Tibbiyotda umumiy narkoz vositasi sifatida 
keng  qo`llaniladi.  Ftorotan  xloroformga  nisbatan  ancha  zaharsiz  va  narkoz  tez 
tarqaladi. 
 
Vinil xlorid–CH
2
=CHCl rangsiz gaz bo`lib, –13 
0
C da suyuqlikka aylanadi. 
Sanoatda atsetilenga simob tuzlari ishtirokida HCl ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi: 

 
89 
HC

CH + HCl 

 CH
2
=CHCl 
 
Vinil  xlorid  bundan  tashqari  dixloretanga  NaOH  ta`sir  ettirish  yo`li  bilan 
ham olinadi: 
CH
2
Cl–CH
2
Cl + NaOH 

 CH
2
=CHCl + NaCl + H
2

 
Vinil  xlorid  peroksidlar  ishtirokida  oson  polimerlanadi  hamda  yuqori 
molekulali birikma–polivinil xlorid hosil qiladi: 
n C H
2
= C H
C l
(
C H
2
C H
)
C l
  n
 
 
Polivinil  xlorid  elektroizolyatsion  materiallar  tayyorlashda,  sun`iy  charm 
ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Vyurs reaksiyasi–natriy metali yordamida galogenli hosilalardan to`yingan 
uglevodorodlar olish reaksiyasi. 
 
Grinyar  reaktivi–magniy  organik  birikmalarni  hosil  qilish  reaksiyasida 
hosil bo`lgan moddaning efirdagi eritmasi. 
 
Etil  xlorid–C
2
H
5
Cl  odatdagi  sharoitda  +12 
0
C  da  qaynaydigan  gaz, 
sovitilganda oson bug`lanuvchan suyuqlikka aylanadi.  
 
Yodoform–CHJ
3
  och–sariq  yoki  sariq  rangli,  o`ziga  xos  o`tkir  hidli  qattiq 
kristall modda, 120 
0
C da suyuqlanadi.  
 
Xloroform–CHCl
3
 o`ziga xos hidli, 62 
0
C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik, 
suvdan  deyarli  1,5  marta  og`ir,  suvda  amalda  erimaydi,  organik  erituvchilarda 
yaxshi eriydi.  
 
Ftorotan  (1,1,1–triftor–2–xlor–2–brometan)  CF
3
–CHClBr  xloroform  hidli, 
og`ir, rangsiz, tez uchuvchan suyuqlik.  
 
Vinil xlorid–CH
2
=CHCl rangsiz gaz bo`lib, –13 
0
C da suyuqlikka aylanadi.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Uglevodorodlarning  galogenli  hosilalari  qanday  kimyoviy  xossalarni  namoyon 
qiladi? 
2.  Etil  xlorid  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligi  va  tibbiyotda  qanday 
maqsadda ishlatiladi? 

 
90 
3. Yodoform qanday usul bilan olinadi, tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
4. Xloroform qanday usul bilan olinadi, tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
5. Ftorotan qanday usul bilan olinadi, tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
6.  Vinil  xlorid  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligida  qanday  maqsadda 
ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
16–Mavzu: Spirtlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va nomlanishi. 
 
Reja. 
1. Spirtlarning tarkibi va klassifikatsiyasini
2. Spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasini. 
Yangi darsning bayoni. 
Spirtlar deb uglevodorodlar molekulasidagi bitta, ikkita yoki uchta vodorod 
atomlari  o`rnini  bitta,  ikkita  yoki  uchta  gidroksil  guruhi  almashinishi  natijasida 
hosil bo`ladigan organik birikmalarga aytiladi. 

 
91 
Spirtlarni  uglevodorodlar  molekulasidagi  bitta,  ikkita  yoki  uchta  vodorod 
atomlari o`rnini gidroksil guruhlar olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. 
Spirtlar  molekulasidagi  gidroksil  guruhlar  soniga  qarab  bir  atomli,  ikki 
atomli, uch atomli spirtlarga, radikalning tabiatiga qarab to`yingan va to`yinmagan 
spirtlarga bo`linadi. 
Bir atomli to`yingan spirtlar deb to`yingan uglevodorodlar molekulasidagi 
bitta  vodorod  atomi  o`rnini  gidroksil  guruhi  almashinishi  natijasida  hosil 
bo`ladigan organik birikmalarga aytiladi. Ularning xalqaro nomi alkanollar bo`lib, 
ular C
n
H
2n+1
OH yoki R–OH formulalar bilan ifodalanadi. 
Gomologik qatori. 
CH
3
OH metil spirt, methanol 
C
2
H
5
OH etil spirt, etanol 
C
3
H
7
OH
 
propil spirt, propanol 
C
4
H
9
OH
 
butil spirt, butanol 
C
5
H
11
OH amil spirt, pentanol 
C
6
H
13
OH geksil spirt, geksanol 
C
7
H
15
OH geptil spirt, geptanol 
C
8
H
17
OH Oktil spirt, oktanol 
C
9
H
19
OH Nonil spirt, nonanol 
C
10
H
21
OH detsil spirt, dekanol 
Tuzilishi,  izomeriyasi  va  nomenklatirasi.  Bir  atomli  to`yingan  spirtlar 
molekulasidagi gidroksil guruhi qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab spirtlar 
quyidagi turlarga bo`linadi:  
1.  Birlamchi  spirtlar–gidroksil  guruhi  bilan  bog`langan  uglerod  atomiga 
bitta boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi; 
2.  Ikkilamchi  spirtlar–gidroksil  guruhi  bilan  bog`langan  ulerod  atomiga 
ikkita boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi; 
3.  Uchlamchi  spirtlar–gidroksil  guruhi  bilan  bog`langan  ulerod  atomiga 
uchta boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi. 
Bir  atomli  to`yingan  spirtlarning  izomeriyasi  uglerod  skeletining 
izomeriyasiga  va  gidroksil  guruhining  molekulada  joylashgan  holatiga  bog`liq 
bo`ladi.  Gomologik  qatorning  uchinchi  a`zosi–propanoldan  boshlab  spirtlarda 
izomerlar paydo bo`ladi: 
C H
3
C H
2
C H
2
O H
C H
3
C H
O H
C H
3
 

 
92 
                 propil spirt yoki propanol–1             izopropil spirt yoki propanol–2  
Spirtlarda  izomerlar  soni  tegishli  to`yingan  uglevodorodlarnikiga  ko`ra 
doimo ko`p bo`ladi. Masalan, butanning ukkita izomeri bor (n–butan va izobutan), 
butil spirtining izomeri esa to`rtta. 
C H
3
C H
2
C H
2
C H
2
O H
C H
3
C H
C H
3
C H
2
O H
1)
2)
 
                         birlamchi butil spirti                        birlamchi izobutil spirti 
3)
C H
3
C H
O H
C H
2
C H
3
4)  C H
3
C
C H
3
C H
3
O H
 
                         ikkilamchi butil spirti                      uchlamchi butil spirti 
Ratsional  nomenklatura  bo`yicha  bir  atomli  to`yingan  spirtlarning  nomi 
radikallar  nomiga  spirt  so`zi  qo`shib  hosil  qilinadi.  Ba`zi  hollarda  bir  atomli 
to`yingan spirtlarni nomlashda ularni eng oddiy vakil metil spirt (karbinol) hosilasi 
deb  qaraladi.  Hamda  spirtlarning  nomi  karbinolning  metil  guruhi  vodorodlari 
almashingan radikallar nomiga karbinol so`zi qo`shib hosil qilinadi. 
Xalqaro  nomenklaturaga  ko`ra  bir  atomli  to`yingan  spirtlarni  nomlashda 
tegishli to`yingan uglevodorodlarning to`liq nomiga –ol qo`shimcha qo`shish yo`li 
bilan hosil qilinadi.  
Masalan: 
CH
3
OH – metil spirt yoki metanol          C
2
H
5
OH – etil spirt yoki etanol 
Bu  spirtlar  gomologik  qatorni  hosil  qiladi,  chunki  ular  molekulalarining 
tarkibi  jihatidan  bir–biridan  gomologik  farq  (CH
2
=)  bilan  farq  qiladi.  Gomologik 
qatorning  umumiy  formulasi  C
n
H
2n+1
OH  yoki  R–OH,  bunda  R–uglevodorod 
radikali. 
Xalqaro  nomenklaturaga  ko`ra  gidroksil  guruh  qaysi  uglevodorod  atomi 
bilan bog`langanligi spirt nomidan keyin raqam bilan ko`rsatiladi, masalan: 
C H
3
C H
2
C H
C H
2
C H
2
O H
C H
3
 
                                                         geksanol–3  
Mavzuga oid tayanch iboralar. 

 
93 
Spirtlar–uglevodorodlar  molekulasidagi  bitta,  ikkita  yoki  uchta  vodorod 
atomlari  o`rnini  bitta,  ikkita  yoki  uchta  gidroksil  guruhi  almashinishi  natijasida 
hosil bo`ladigan organik birikmalar. 
Bir  atomli  to`yingan  spirtlar–to`yingan  uglevodorodlar  molekulasidagi 
bitta  vodorod  atomi  o`rnini  gidroksil  guruhi  almashinishi  natijasida  hosil 
bo`ladigan organik birikmalar.  
Alkanollar–bir atomli to`yingan spirtlarning xalqaro nomi. 
Birlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan uglerod atomiga bitta 
boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar. 
Ikkilamchi  spirtlar–gidroksil  guruhi  bilan  bog`langan  ulerod  atomiga 
ikkita boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar. 
Uchlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan ulerod atomiga uchta 
boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Spirtlar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi, ular gidroksil guruhlar 
soniga va radikal tabiatiga qarab qanday spirtlarga bo`linadi? 
2.  Bir  atomli  spirtlar  deb  qanday  turdagi  spirtlarga  aytiladi,  ular  nechta  turga 
bo`linadi? 
3. To`yingan bir atomli spirtlar ratsional va xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday 
nomlanadi? 
4. To`yingan bir atomli spirtlar qanday usullar bilan olinadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 

 
94 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
17–Mavzu: Bir atomli spirtlarning gomologik qatori. 
Oddiy va murakkab efirlarning hosil bo`lishi. 
Reja. 
1. Bir atomli to`yingan spirtlarning olinishini; 
2. Bir atomli to`yingan spirtlarning fizik–kimyoviy xossalarini; 
3. Bir atomli to`yingan spirtlarning ishlatilish sohalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Bir atomli to`yingan spirtlar ichida 
metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o`simliklardan ajratib olinadigan efir 
moylarida  va  o`simliklar  a`zolarida  uchraydi.  Ular  oddiy  va  murakkab  efirlar 
holatida  tabiatda  keng  tarqalgan.  Bir  atomli  to`yingan  spirtlar  sanoatda  quyidagi 
usullar bilan olinadi: 
1. Murakkab efirlarni gidroliz qilish: 
C H
3
C
O
C
2
H
5
O
+
H O H
C H
3
C
O H
O
+
C
2
H
5
O H
 
2.  To`yingan  uglevodorodlarning  galogenli  hosilalariga  ishqorlarning  suvli 
eritmalarini ta`sir ettirish: 
C H
3
C H
B r
C H
3
+
K O H
C H
3
C H
O H
C H
3
+
K B r
 
3.  Spirtlar  (etil  spirt)  shakarli  moddalarni  achitqilar  ishtirokida  bijg`itish 
yo`li bilan olinadi:   
 
 
C
6
H
12
O
6
 

 2C
2
H
5
OH + 2CO
2
↑ 
4. Neftni krekinglashda olinadigan etilenni gidratlash reaksiyasiga asoslanib 
olinadi:  
 
 

 
95 
CH
2
=CH
2
 + HOH 

 C
2
H
5
OH 
5. Spirtlar (metil spirt) CO bilan H
2
 dan katalitik sintez qilish (Tq 250 
0
C, P 
7MPa, kat–ZnO va CuO aralashmasi) yo`li bilan olinadi: 
CO + 2H
2
 

 CH
3
OH 
Fizikaviy  xossalari.  Bir  atomli  spirtlarning  dastlabki  vakillari  (C
11
H
23
OH 
gacha)  oddiy  sharoitda  suyuqliklar,  uglerod  atomlarining  soni  12  tadan  ko`p 
bo`lgan  yuqori  spirtlar  esa  qattiq  moddalar.  Bu  faqat  normal  zanjirli  birlamchi 
spirtlarga  xos  bo`lib,  tarmoqlangan  zanjirli  spirtlarga  tegishli  bo`lmaydi.  Chunki 
tarmoqlangan  zanjirli  spirtlarda  gidroksil  guruhining  holati,  uglerod  skeletining 
tarmoqlanganligi ularning fizikaviy xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi.  
Normal  zanjirli  spirtlar  tarmoqlangan  zanjirli  spirtlarga  nisbatan  anchagina 
yuqori qaynash haroratiga ega. Molekuladagi uglerod atomlari soni bir xil bo`lgan 
birlamchi  spirtlar  ikkilamchi  spirtlarga  nisbatan,  ikkilamchi  spirtlar  uchlamchi 
spirtlarga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. Spirtlarning hammasi suvdan yengil. 
Ularning  molekula  og`irliklari  ortishi  bilan  suvda  eruvchanligi  kamayadi.  Metil, 
etil, propil va butil spirtlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, n–butil spirtdan 
boshlab  ularning  suvda  eruvchanligi  kamayib  boradi,  yuqori  molekulali  spirtlar 
amalda suvda erimaydi. 
Kichik molekulali spirtlar o`ziga xos «spirt» hidiga ega, o`rta spirtlar o`tkir 
yoqimsiz hidga ega, yuqori molekulali spirtlar esa hidsiz moddalardir. 
Kimyoviy xossalari. Bir atomli spirtlar kimyoviy reaksiyalarga ancha oson 
kirishadigan  moddalar  hisoblanadi.  Spirtlarning  kimyoviy  xossalarini  quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
I. Spirt gidroksilidagi vodorod atomining xossasi.  
Spirt  molekulasidagi  R–O–H  bog`i  qutblanganligi  sababli  vodorod  atomi 
qisman musbat, kislorod atomi esa qisman manfiy zaryadlanadi. Shuning hisobiga 
vodorod atomi harakatchan bo`ladi hamda metallga, radikalga va kislota qoldig`iga 
oson o`rin almashadi: 
R

O



 R

O

 + H
+
 

 
96 
 
1. Spirtlar ishqoriy metallar bilan ta`sirlashib alkogolyatlar hosil qiladi, hosil 
bo`lgan alkogolyatlar suv ta`sirida gidrolizlanadi. Masalan: 
2R–OH + 2Na 

 2R–ONa + H
2
↑ 
R–ONa + HOH 

 R–OH + NaOH 
2.  Gidroksildagi  vodorod  atomi  radikalga  almashinishi  natijasida  oddiy 
efirlar hosil bo`ladi. Masalan: 
R–OH + HO–R 

 R–O–R + H
2

 
3.  Gidroksildagi  vodorod  atomi  kislota  qoldig`iga  almashinishi  natijasida 
murakkab efirlar hosil bo`ladi. Masalan: 
R–OH + HO–SO
2
–OH 

 R–O–SO
2
–OH + H
2

R–OH + HO–CO–R 

 R–O–CO–R + H
2

II.  Spirt  gidroksilining  xossalari.  Spirtlarning  gidroksil  guruhi 
dissotsiyalanmaydi,  ion  hosil  qilmaydi,  shuning  uchun  lakmus  qog`ozi  rangini 
o`zgartirmaydi. Biroq gidroksil guruhi ayrim reaksiyalarda harakatchan bo`ladi va 
almashinish reaksiyalariga kirishadi. 
R

OH 

 R
+  
+ OH

 
1.  Spirtlar  vodorod  galogenidlar,  fosfor  va  oltingugurtning  galogenli 
hosilalari bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, 
C
2
H
5
OH + HBr 

 C
2
H
5
Br + H
2

3C
2
H
5
OH + PBr
3
 

 3C
2
H
5
Br + H
3
PO

C
2
H
5
OH + O=SCl
2
 

 C
2
H
5
Cl + SO

+ HCl 
2. Spirtlarning muhim xossasi–ularning degidratlanish xususiyatidir. Spirtlar 
suvni tortib oluvchi moddalar, masalan konsentrlangan  H
2
SO
4
  bilan  qizdirilganda 
(>170 
0
C) degidratlanadi: 
CH
3

CH
2

OH 

 CH
2
=CH
2
 + H
2

3.  Spirtlar  suvni  tortib  oluvchi  moddalar,  masalan  konsentrlangan  H
2
SO
4
 
bilan qizdirilganda (>140 
0
C) degidratlanadi va oddiy efirlar hosil qiladi: 
2CH
3

CH
2

OH 

 C
2
H
5

O

C
2
H
5
 + H
2


 
97 
 
III.  Spirt  radikalining  xossalari.  Spirt  radikalidagi  vodorod  atomlari  har 
xil  turdagi  atomlar  yoki  atomlar  guruhlari  bilan  almashinish  reaksiyalariga 
kirishadi.  Radikaldagi  vodorod  atomlari  galogenlar  bilan  o`rin  almashganda  ham 
spirt,  ham  galogen  xossaga  ega  bo`lgan  moddalar  hosil  bo`ladi.  Masalan,  etil 
spirtining  galogenli  hosilalari  narkolan  yoki  avertin  (CBr
3
–CH
2
–OH)  narkotik 
xossaga ega bo`lib, ginekologiyada va jarrohlikda keng qo`llaniladi. 
CH
3
–CH
2
–OH + 3Br
2
 

 CBr
3
–CH
2
–OH + 3HBr 
IV.  Spirtlarning  oksidlanish  reaksiyalari.  1.  Spirtlarning  oksidlanish 
reaksiyalari  kuchli  oksidlovchilar  (KMnO
4
,  K
2
Cr
2
O
7
)  yoki  300–400 
0
C  da 
katalizatorlar  (Pt,  Cu)  ishtirokida  olib  boriladi.  Oksidlanish  reaksiyalari 
spirtlarning  birlamchi,  ikkilamchi,  uchlamchi  bo`lishiga  qarab  turlicha  amalga 
oshadi. 
a) Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar hosil bo`ladi, masalan: 
C H
3
O H
+
C u O
H
C
O
H
+
C u
+
H
2
O
 
b) Ikkilamchi spirtlar oksidlanganda ketonlar hosil bo`ladi, masalan: 
C H
3
C
O H
C H
3
O H
+
C H
3
C H
O H
C H
3
( O )
C H
3
C
C H
3
O
+
H
2
O
  
2. Spirtlar havo kislorodida yonadi:    
2CH
3
OH + 3O
2
 

 2CO
2
 + 2H
2

Metil spirt CH
3
OH (metanol, karbinol, yog`och spirti)–eng oddiy bir atomli 
spirt bo`lib, 65 
0
C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Yaxshilab tozalangan metanol 
vino spirtining hidiga o`xshash hidga ega, texnik metanol esa o`ziga xos yoqimsiz 
hidga  ega  bo`lib,  kuchli  zahar  (ozroq  ichilganda  ko`zni  ko`r  qiladi,  ko`pi–
o`ldiradi). 
U  erituvchi  sifatida  va  turli  xil  organik  sintezlarda–formaldegid,  ba`zi 
bo`yoqlar,  fotoreaktivlar,  farmatsevtika  preparatlari,  metilatsetat,  metilalanin, 
dimetilalanin, metilamin, metilxlorid, dimetilsulfat tayyorlashda ishlatiladi. 

 
98 
Etil  spirt  C
2
H
5
OH  (etanol)–rangsiz,  kuydiruvchi  mazali,  o`tkir  hidli 
suyuqlik,  78,3 
0
C  da  qaynaydi,  –114 
0
C  da  muzlaydi.  Salgina  shu`lalanadigan 
alanga  berib  yonadi.  Etil  spirt  sintetik  kauchuk  olish  va  plastmassalar  ishlab 
chiqarishda,  atirlar,  dori–darmonlar,  bo`yoqlar  tayyorlashda  erituvchi  sifatida, 
anatomik  preparatlarni  konservalashda,  ko`plab  organik  moddalarni,  dietil  efir, 
sirka  kislota,  tutunsiz  o`q–dori  va  boshqalar  olishda  ishlatiladi.  Bundan  tashqari 
rektifikat  etil  spirt  aroq,  konyak  kabi  ichimliklar,  farmatsevtikada  esa  spirtli 
nastoykalar tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirt ozroq miqdorda kishini mast qiladi, 
ko`p miqdorda iste`mol qilinsa narkozga o`xshash holatga olib keladi. 
To`yinmagan bir atomli spirtlar 
 
Vinil  spirt  turiga  mansub  bo`lgan  to`yinmagan  spirtlar  juda  beqaror 
moddalar  bo`lib,  ular  erkin  holda  uchramaydi.  To`yinmagan  spirtlar  darhol 
izomerlanadi  hamda  aldegid  va  ketonlarga  aylanadi.  Bu  hodisani  1887  yilda  rus 
olimi Eltekov kashf etganligi uchun uning nomi bilan Eltekov qoidasi deb ataladi: 
C H
2
= C H
O H
C H
3
C
H
O
 
 
Bu turdagi to`yinmagan spirtlarni ko`pincha yenollar deb ham ataladi. 
 
Vinil  spirtning  oddiy  va  murakkab  efirlari  barqaror  moddalar  bo`lib, 
sanoatda keng ko`lamda ishlatiladi. Ular birinchi marta rus olimi A. Ye. Favorskiy  
tomonidan sintez qilingan. 
HC≡CH + HO–R 

 CH
2
=CH–O–R 
HC≡CH + HO–CO–CH
3
 

 CH
2
=CH–O–CO–CH
3
 
Vinilatsetat–CH
2
=CH–O–CO–CH
3
 73 
0
C da qaynaydigan suyuqlik. U oson 
polimerlanadi va polivinilatsetatga aylanadi: 
n C H
2
= C H
O
C O
C H
3
(
C H
2
C H
O
C O
C H
3
)
n
 
 
Polivinilatsetat  qattiq  modda  bo`lib,  ishqoriy  muhitda  yoki  kislotalar 
ta`sirida gidrolizlanganda polivinilspirt hosil bo`ladi: 
C H
2
C H
O
C O
C H
3
)
n
+
n H O H
(
+
n C H
3
C O O H
(
C H
2
C H
O H
)
n
 

 
99 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish