O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


II.  Polimerlanish  reaksiyalari.  Ikkinchidan,  oralatma  qo`shbog`li  diyen 
uglevodorodlar  nihoyatda  oson  polimerlanadi.  Polimerlanish  jarayonida  har  bir 
diyen  molekulasidagi  qo`shbog`lar  uziladi,  birinchi  va  to`rtinchi  uglerod  atomlari 
yordamida birikadi va uzun zanjirli kauchuksimon birikma hosil bo`ladi. 
CH
2
=CH–CH=CH
2
 + CH
3
–CH=CH–CH
3
 

  

 –CH
2
–CH=CH–CH
2
–CH
2
–CH=CH–CH
2
– 
nCH
2
=CH–CH=CH
2
 

 (–CH
2
–CH=CH–CH
2
–)
n
 
                                     butadiyen              polibutadiyen kauchuk 
Tabiiy va sintetik  kauchuklar. Tabiiy kauchuk kimyoviy tarkibiga ko`ra 
yuqori  molekulyar  to`yinmagan  uglevodorod  bo`lib,  tarkibi  (C
5
H
8
)

dan  iborat, 

 
55 
bunda  n  1000–3000  atrofida  bo`ladi.  Tabiiy  kauchuk–izoprenning  polimeri 
hisoblanadi: 
C H
2
= C
C H
3
C H = C H
2
n
(
C H
2
C = C H
C H
3
C H
2
) n
 
U  kauchukli  o`simliklarning,  asosan  Braziliyada  o`sadigan  geveya  daraxti, 
bundan tashqari ko`k–sag`iz va tov–sag`iz o`simliklarining shirasidan olinadi. 
 
Sanoat  miqyosida  sintetik  kauchuk  birinchi  marta  1932  yilda  Rossiyada 
akademik  S.  V.  Lebedev  usuli  bilan  olingan.  Sintetik  kauchuk  divinilni  Na 
katalizatori ishtirokida polimerlash yo`li bilan olinadi: 
nCH
2
=CH

CH=CH
2
 

 (

CH
2

CH=CH

CH
2

)

                                butadiyen–1,3       sintetik kauchuk (polibutadiyen) 
 
Hozirgi  vaqtda  strukturasi  tabiiy  kauchuknikiga  o`xshash  stereoregulyar 
tuzilgan  (unda  metil  guruhlari  qat`iy  muayyan  tartibda  joylashgan)  izopren 
kauchuk  ishlab  chiqarish  yo`lga  qo`yilgan.  Stereoregulyar  tuzilishli  butadiyen 
kauchuk  ham  ishlab  chiqarilgan,  u  divinil  kauchuk  deyiladi.  Stereoregulyar 
tuzilgan  izopren  va  divinil  kauchuklar  xossalari  jihatidan  tabiiy  kauchukka  yaqin 
turadi,  divinil  kauchuk  esa  yedirilishga  chidamliligi  jihatidan  hatto  tabiiy 
kauchukdan ustun turadi. 
 
Tabiiy  va  sintetik  kauchuklarning  sifatini  yaxshilash  maqsadida  ular 
rezinaga aylantiriladi. Rezina–bu vulkanlangan kauchuk. Vulkanlashning mohiyati 
shundan iboratki, kauchukning chiziqsimon (ipsimon) molekulalariga qo`shbog`lar 
bor  joyda  S  atomlari  birikadi  va  bu  molekulalarni  go`yo  bir–biriga  tikadi. 
Vulkanlash  natijasida  yopishqoq  va  bo`sh  kauchuk  elastik  rezinaga  aylanadi. 
Rezina kauchukdan puxta va harorat o`zgarishlariga chidamliroq bo`ladi. 
Kauchuk  va  rezinalardan  samolyot,  avtomobil  va  velosipedlarning 
g`ildiraklari  uchun  pokrishka  va  kameralar,  poyafzallar  uchun  tagcharnlar 
tayyorlanadi.  Ular  elektr  izolyatsiyasi  uchun,  sanoat  mahsulotlari  va  tibbiyot 
asboblari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 

 
56 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Diyen  qatori  uglevodorodlari–uglerod  zanjirida  ikkita  qo`shbog`  mavjud 
bo`ladigan uglevodorodlar.  
Alkadiyenlar  (diolefinlar)–diyen  qatori  uglevodorodlarning  xalqaro 
(tarixiy) nomi.  
Kumulyatsiyalangan (tutashgan) diyen uglevodorodlar–ikkala qo`shbog` 
uchta uglerod atomi orqali birikkan alkadiyenlar. 
Konyugirlangan  (oralatma  qo`shbog`li)  diyen  uglevodorodlar–ikkita 
qo`shbog` orasida bitta bir bog` joylashgan alkadiyenlar.  
Ajratilgan  qo`shbog`li  diyen  uglevodorodlar–ikkita  qo`shbog`  ikki  yoki 
undan ortiq bir bog` bilan ajratilgan alkadiyenlar.  
Biriktirib  olish  reaksiyalari–alkadiyenlarning  vodorod,  galogenlar, 
vodorod galogenidlarni biriktirib olish reaksiyalari. 
Polimerlanish reaksiyalari–oralatma qo`shbog`li diyen uglevodorodlarning 
bir nechtasining o`zaro birikishi. 
Tabiiy  kauchuk–kimyoviy  tarkibiga  ko`ra  yuqori  molekulyar  to`yinmagan 
uglevodorod. 
Sintetik  kauchuk–birinchi  marta  1932  yilda  Rossiyada  akademik  Lebedev 
usuli bilan olingan alkadiyen.  
Izopren kauchuk–strukturasi tabiiy kauchuknikiga o`xshash stereoregulyar 
tuzilgan kauchuk. 
Rezina–bu vulkanlangan kauchuk.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Qanday  turdagi  uglevodorodlar  to`yinmagan  diyen  qatori  uglevodorodlari  deb 
ataladi, ular necha turga bo`linadi? 
2. Alkadiyenlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi? 
3. Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkadiyenlar qanday usullar bilan olinadi? 
4. Alkadiyenlar qanday turdagi fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
5.  Butadiyen–1,3  va  izoprenning  sanoatda  olinish  reaksiya  tenglamasini  hamda 
tuzilish va elektron formulalarini yozib bering. 

 
57 
6.  Tabiiy  kauchuk  qanday  o`simliklar  shirasidan  olinadi  hamda  qanday  kimyoviy 
tuzilishga ega hisoblanadi? 
7. Sintetik kauchuk birinchi marta qachon sintez qilingan hamda hozirda sanoatda 
qanday turdagi sintetik kauchuklar ishlab chiqariladi? 
8. Xalq xo`jaligida kauchuk va rezinalar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi? 
9.  Butadiyen–1,3  va  izoprenlarga  vodorod  xlorid,  vodorod  bromid  va  vodorod 
yodidlarning birikish reaksiya tenglamalarini yozing. 
10.  Butadiyen–1,3,  izopren  va  xloroprenlarning  polimerlanish  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
58 
Yuqori molekulyar moddalar. Monomer va polimer.  
Butadiyen va izopren. 
 
Reja. 
1. Yuqori molekulyar birikmalar va ularning turlarini
2. Monomer, polimer, makromolekula, polimerlanish tushunchalarini; 
3. Polimerlanish va sopolimerlanish usullarini; 
4. Polikondensatlanish reaksiyalarini. 
 
 
Yuqori  molekulyar  birikmalar  (YuMB)  kelib  chiqishi  bo`yicha  uch 
guruhga ajratiladi:  
1.  Tabiiy  yuqori  molekulyar  birikmalar–ularga  o`simlik  va  hayvonot 
dunyosida  keng  tarqalgan  hamda  ularning  hayoti  uchun  muhim  ahamiyatga  ega 
bo`lgan yuqori molekulyar birikmalar misol bo`ladi. Masalan, sellyuloza, kraxmal, 
oqsillar, nuklein kislotalar, lignin, tabiiy kauchuklar va boshqalar.  
2.  Sun`iy  yuqori  molekulyar  birikmalar–ularga  tabiiy  yuqori  molekulyar 
birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadigan yuqori molekulyar 
birikmalar  misol  bo`ladi.  Masalan,  viskoza  va  atsetat  tolalari–sellyulozani  qayta 
ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni polimerlash mahsuloti hisoblanadi.  
3. Sintetik  yuqori  molekulyar  birikmalar–ularga  tabiatda uchramaydigan 
kichik  molekulali  birikmalardan  polimerlanish  yoki  polikondensatlanish 
reaksiyalari  yo`li  bilan  olinadigan  yuqori  molekulyar  birikmalar  kiradi.  Masalan, 
plastik massalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar.  
 
Yuqori  molekulyar  birikmalar  polimerlar  (grekcha  «poli»–ko`p,  «meros»–
qism,  bo`lak)  deb  ham  ataladi.  Bir  nechta  ming  molekulalari  o`zaro  birikib, 
polimer  hosil  qiladigan  quyi  molekulyar  moddalar  monomerlar  deb  ataladi. 
Masalan, quyidagi reaksiyada: 
nCH
2
=CH
2
 

 (

CH
2

CH
2

)
n
 
                                    etilen–monomer  polietilen–polimer  
 
Polimer  molekulalari  ko`pincha  makromolekula  deb  ham  ataladi. 
Makromolekulada  ko`p  marta  takrorlanadigan  atomlar  guruhi 

CH
2

CH
2

 

 
59 
struktura birliklari deb nomlanadi. Polimer molekulasidagi n–soni monomerning 
nechta molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko`rsatadigan son bo`lib, 
polimerlanish darajasi deb ataladi. 
 
Yuqori  molekulyar  birikmalar  tuzilishi  va  xossalari  jihatidan  juda  turli–
tuman,  lekin  shu  bilan  birga  polimer  moddalarining  o`ziga  xos  xususiyatlari  ham 
mavjud.  Yuqori  molekulyar  birikmalarning  molekulyar  og`irliklari  juda  katta 
bo`lib,  odatda  bir  necha  mingdan  bir  necha  milliongacha  bo`ladi.  Odatda  yuqori 
molekulyar 
birikmalar 
molekulyar 
og`irliklari 
turlicha 
bo`lgan 
makromolekulalarning aralashmasidan tashkil topgan bo`ladi. Shuning uchun ham 
polimerlarning  molekulyar  og`irligi  ularning  tarkibiga  kirgan  makromolekulalar 
molekulyar  og`irligining  o`rtacha  qiymatiga  teng  bo`ladi.  Polimerlarning  fizik  va 
mexanikaviy xossalari ularning molekulyar og`irligiga bog`liq bo`ladi. Molekulyar 
og`irlikning ortishi bilan kichik molekulali moddalar uchun xos bo`lgan (diffuziya, 
uchuvchanlik,  eritmalardagi  harakatchanlik)  xossalar  asta–sekin  yoqoladi,  buning 
o`rniga  makromolekulalar  uchun  xos  bo`lgan  (bo`kish,  yuqori  qovushqoqlik, 
qizdirilganda haydalmasdan parchalanish) xususiyatlar paydo bo`ladi. 
 
Hozirgi kunda yuqori molekulyar birikmalar kimyosi organik kimyoning tez 
sur`atlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  sohalaridan  biri  hisoblanadi.  Paxta 
sellyulozasining  fizik–kimyosini  o`rganish  bo`yicha  taniqli  o`zbek  kimyogari, 
akademik 
H. 
U. 
Usmonovning 
yaratgan 
maktabi 
dunyoga 
ma`lum. 
Mamlakatimizda  tabiiy  va  sintetik  yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosining 
rivojlanishi uchun akademiklar M. A. Asqarov, S. Sh. Rashidova, professorlar A. 
Yo`lchiboyev, O`. N. Musayev, R. S. Tillayevlar katta xizmat qilganlar. 
 
Polimerlarning  olinish  usullari.  Sintetik  polimerlar  asosan  ikki  usulda: 
polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari yo`li bilan sintez qilinadi.  
Quyi  molekulyar  moddalar  (monomerlar)  ning  bir–birlari  bilan  o`zaro 
birikib yuqori molekulyar birikma hosil qilish reaksiyasi polimerlanish reaksiyasi 
deb  ataladi.  Polimerlanish  reaksiyasi  molekulalararo  birikish  reaksiyasi  bo`lib, 
bunda polimerdan boshqa qo`shimcha mahsulot hosil bo`lmaydi.  

 
60 
Polimerlanish jarayoni yuqori harorat, bosim, yo`rug`lik, katalizator ta`sirida 
monomer  tarkibidagi  qo`shbog`ning  uzilishi  yoki  halqaning  ochilishi  hisobiga 
sodir  bo`ladi.  Polimerlanish  reaksiyasining  mexanizmi  monomerning  tabiatiga 
qarab ikkiga bo`linadi: zanjirli va bosqichli polimerlanish.  
Zanjirli  polimerlanish  nisbatan  tez,  bosqichli  polimerlanish  esa  sekin 
amalga  oshadi.  Zanjirli  polimerlanish  o`z  navbatida  ikkiga  bo`linadi:  radikal  va 
ionli polimerlanish mexanizmi. 
Radikal polimerlanish faol markaz erkin radikallarning hosil bo`lishi bilan 
boshlanadi.  Erkin  radikallar  initsiator  deb  ataluvchi  moddalar  (peroksidlar, 
azobirikmalar),  issiqlik,  yorug`lik,  katalizatorlar  ishtirokida  hosil  bo`ladi.  Erkin 
radikallar o`zida toq elektroni mavjud bo`lgan zarrachalar bo`lib, ular juda beqaror 
hamda  kimyoviy  jihatdan  faol  hisoblanadi.  Erkin  radikallar  monomer  bilan 
(masalan, etilen molekulasi) reaksiyaga kirishadi, natijada etilendan toq elektronga 
ega bo`lgan yangi radikal hosil bo`ladi. Shu yo`l bilan polimer zanjiri o`sa boradi 
hamda makromolekulaga aylanadi, masalan: 
R

CO

O

O

CO



 R
I

 + RCOO

 + CO
2
 
R
I

 + CH
2
 :: CH
2
 

 R : CH
2
 : CH
2
 
R

CH
2

CH
2

 + CH
2
=CH
2
 

 R

CH
2

CH
2

CH
2

CH
2
– 

  

 R

(

CH
2

CH
2

)
n
   makromolekula 
 
Ionli  polimerlanish  faol  markaz  katalizator  ishtirokida  ion  hosil  bo`lishi 
bilan  boshlanadi.  Shuning  uchun  ionli  polimerlanish  katalitik  polimerlanish  deb 
ham ataladi. Bu jarayonda o`sayotgan zanjir uchida kation yoki anion hosil bo`ladi. 
Kation  yoki  anionlar  o`zining  musbat  yoki  manfiy  zaryadlarini  zanjir  bo`ylab 
uzatishi  natijasida  molekulaning  o`sishiga  imkon  tug`iladi.  Zanjir  uchida 
katalizatorning qanday ion hosil qilishiga qarab katalitik polimerlanish kationli va 
anionli polimerlanishga ajratiladi. 
 
Kationli  polimerlanish  kuchli  mineral  kislotalar  yoki  BF
3
,  AlCl
3
,  TiCl
4

SnCl
4
  tuzlari  ishtirokida  sodir  bo`ladi.  Bunday  polimerlanish  izobutilen  misolida 
quyidagicha amalga oshadi: 
1. Faol markazning hosil bo`lishi: nBF
3
 + nH–OH 

 nH
+
 + n

BF
3
OH 

 
61 
n C H
2
= C
C H
3
C H
3
+
n H
+
n C H
3
C
+
C H
3
C H
3
  C H
3
 
2. Zanjirning o`sishi: 
n C H
3
C
+
C H
3
C H
3
+
n C H
2
= C
C H
3
C H
3
n C H
3
C
C H
3
C H
3
C H
2
C
+
C H
3
C H
3
 
 
Hosil 
bo`lgan 
makrokationga 

BF
3
OH 
anionining 
birikishi 
yoki 
makromolekuladan protonning (H
+
) ajralishi natijasida zanjir uzilishi sodir bo`ladi. 
 
Sopolimerlanish.  Ikki  yoki  undan  ortiq  monomerlarning  birgalikda 
polimerlanish  reaksiyasi  sopolimerlanish  reaksiyasi  deb,  hosil  bo`lgan  polimer 
esa sopolimer  deb ataladi.  Bunday  reaksiyalar  yordamida  o`ziga xos  yangi sifatli 
sopolimerlar  sintez  qilish  mumkin,  masalan,  butadiyen–stirol,  butadiyen–nitril 
kauchuklar  va  sintetik  tolalar  sopolimerlanish  reaksiyalari  yo`li  bilan  sintez 
qilinadi. 
 
Polikondensatlanish  reaksiyalari.  Ko`pchilik  sintetik  yuqori  molekulyar 
birikmalar  polikondensatlanish  reaksiyalari  natijasida  hosil  bo`ladi.  Bunday 
reaksiyalarda  asosiy  mahsulot  yuqori  molekulyar  birikma  hosil  bo`lishi  bilan  bir 
qatorda  ikkilamchi  mahsulotlar  (suv,  HCl,  NH
3
,  spirt)  ajralib  chiqadi.  Shuning 
uchun  ham  polikondensatlanish  reaksiyasi  yo`li  bilan  olinadigan  yuqori 
molekulyar 
birikmalarning 
molekulyar 
og`irliklari 
dastlabki 
olingan 
monomerlarning 
molekulyar 
og`irliklari 
yig`indisidan 
kichik 
bo`ladi. 
Makromolekulalarining tuzilishiga qarab polimerlar chiziqsimon, tarmoqlangan va 
fazoviy tuzilishga ega bo`lgan polimerlarga ajratiladi. 
 
Chiziqli  polimerlar  makromolekulalarida  har  qaysi  struktura  birligi  (A) 
faqat ikkita qo`shni struktura birligi bilan bog`lanib tarmoqlanmagan to`g`ri zanjir 
hosil qiladi, masalan: 

 

A

A

A

A

A

 

 
 
Tarmoqlangan polimerlarning asosiy zanjirida ba`zi bir struktura birliklar 
uchta qo`shni struktura birligi bilan bog`lanib yon zanjir hosil qiladi, masalan: 

 
62 
. . .
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
. . .
 
 
Bunday  polimerlar  termoplastikligi  yuqori,  mexanik  mustahkamligi  kichik 
bo`lgan polimerlardir. Ularda yon tarmoqlar qancha uzun bo`lsa, polimer shuncha 
past haroratda yumshaydi, yaxshi eriydi, yumshoq va plastik bo`ladi. 
Fazoviy  tuzilishli  polimerlarda  uzun  chiziqsimon  makromolekulalarning 
zanjirlari  bir–biri  bilan  ko`p  kimyoviy  bog`lar  orqali  bog`langan  («tikilgan») 
bo`ladi: 
. . .
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
A
. . .
. . .
. . .
 
Bunday  polimerlar  hech  qanday  erituvchida  erimaydi,  qizdirilganda 
parchalanmasdan  suyuqlanmaydi,  qattiq  va  mo`rt  bo`ladi.  Kauchukni  vulkanlash 
orqali  olinadigan  rezina,  fenol–formaldegid  smolalar  fazoviy  tuzilishli 
polimerlarga misol bo`ladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Yuqori  molekulyar  birikmalar–tarkibida  juda  ko`p  bir  xil  yoki  har  xil 
molekula bo`lgan organik modda.  
Tabiiy  YuMB–o`simlik  va  hayvonot  dunyosida  keng  tarqalgan  hamda 
ularning  hayoti  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lgan  yuqori  molekulyar 
birikmalar.  
Sun`iy  YuMB–tabiiy  yuqori  molekulyar  birikmalarni  kimyoviy  qayta 
ishlash natijasida hosil qilinadigan yuqori molekulyar birikmalar.  
Sintetik  YuMB–tabiatda  uchramaydigan  kichik  molekulali  birikmalardan 
polimerlanish  yoki  polikondensatlanish  reaksiyalari  yo`li  bilan  olinadigan  yuqori 
molekulyar birikmalar. 
Monomer–bir  nechta  ming  molekulalari  o`zaro  birikib,  polimer  hosil 
qiladigan quyi molekulyar moddalar.  
Makromolekula–polimer molekulalarining ikkinchi nomi.  

 
63 
Struktura birliklari–makromolekulada ko`p marta takrorlanadigan atomlar 
guruhi. 
Polimerlanish darajasi–makromolekula hosil qilishini ko`rsatadigan son. 
Polimerlanish  reaksiyasi–quyi  molekulyar  moddalarning  bir–birlari  bilan 
o`zaro birikib yuqori molekulyar birikma hosil qilish reaksiyasi.  
Zanjirli polimerlanish–nisbatan tez amalga oshadigan polimerlanish. 
Bosqichli polimerlanish–nisbatan sekin amalga oshadigan polimerlanish. 
Radikal polimerlanish–faol markaz erkin radikallarning hosil bo`lishi bilan 
boradigan polimerlanish. 
Ionli  polimerlanish–faol  markaz  katalizator  ishtirokida  ion  hosil  bo`lishi 
bilan boradigan polimerlanish.  
Sopolimerlanish–ikki  yoki  undan  ortiq  monomerlarning  birgalikda 
polimerlanish reaksiyasi. 
Polikondensatlanish  reaksiyalari–asosiy  mahsulot  yuqori  molekulyar 
birikma  hosil  bo`lishi  bilan  bir  qatorda  ikkilamchi  mahsulotlar  ajralib  chiqadigan 
polimerlanish.  
Chiziqli polimerlar–har qaysi struktura birligi faqat ikkita qo`shni struktura 
birligi bilan bog`lanib tarmoqlanmagan to`g`ri zanjir hosil qiladigan polimer. 
Tarmoqlangan  polimerlar–asosiy  zanjirida  ba`zi  bir  struktura  birliklar 
uchta qo`shni struktura birligi bilan bog`lanib yon zanjir hosil qiladigan polimer/ 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Tabiiy  yuqori  molekulyar  birikmalar  deb  qanday  birikmalarga  aytiladi,  ularga 
qaysi moddalar misol bo`ladi? 
2.  Sun`iy  yuqori  molekulyar  birikmalar  deb  qanday  birikmalarga  aytiladi,  ularga 
qaysi moddalar misol bo`ladi? 
3. Sintetik yuqori molekulyar birikmalar deb qanday birikmalarga aytiladi, ularga 
qaysi moddalar misol bo`ladi? 
4.  Monomer,  polimer,  struktura  birliklari  va  polimerlanish  darajasi  deganda 
nimalar tushuniladi? 

 
64 
5. Polimerlanish reaksiyasi deb qanday reaksiya turiga aytiladi, ushbu reaksiyaning 
mexanizmi necha turga bo`linadi? 
6. Radikal va ionli polimerlanish jarayoni qanday tarzda amalga oshadi? 
7. Sopolimerlanish deb qanday turdagi polimerlanish reaksiyasiga aytiladi? 
8. Polikondensatlanish reaksiyasi deb qanday reaksiya turiga aytiladi? 
9. Chiziqli polimerlar deb qanday turdagi polimerlarga aytiladi? 
10. Tarmoqlangan polimerlar deb qanday turdagi polimerlarga aytiladi? 
11. Fazoviy tuzilishli polimerlar deb qanday turdagi polimerlarga aytiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
65 
Aromatik uglevodorodlar va ularning klassifikatsiyasi. Benzol. 
 
Reja. 
1. Aromatik uglevodorodlar va ularning turlarini
2. Benzolning elektron tuzilishini; 
3. Aromatik uglevodorodlarning nomenklaturasi va izomeriyasini. 
 
Molekulasida  atomlarning  o`ziga  xos  bog`lanishli  siklik  guruhi–benzol 
yadrosi  bor  organik  birikmalar  aromatik  uglevodorodlar  deyiladi.  Aromatik 
uglevodorodlarning  xalqaro  nomi–arenlar  deb  ataladi.  Aromatik  uglevodorodlar 
ikki sinfga ajratiladi: 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish