O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»


III. Keton radikalidagi vodorod atomlarining almashinish reaksiyalari



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


III. Keton radikalidagi vodorod atomlarining almashinish reaksiyalari. 
 
Ketonlar  karbonil  guruhining  α–holatida  joylashgan  uglerod  atomi  bilan 
bog`langan  vodorod  atomlari  harakatchan  bo`lib, ular  galogenlar  bilan  oson  o`rin 
almashadi, masalan: 
CH
3
–CO–CH
3
 + Br
2
 → CH
3
–CO–CH
2
Br + HBr 
 
Ketonlarga  yangidan–yangi  galogen  atomlari  ta`sir  ettirilsa,  α–holatdagi 
ikkinchi  va  uchinchi  vodorod  atomlari  ham  galogenlar  bilan  o`rin  almashinishi 
mumkin.  

 
143 
CH
3
–CO–CH
2
Br + Br
2
 → CH
3
–CO–CHBr
2
 + HBr 
CH
3
–CO–CHBr
2
 + Br
2
 → CH
3
–CO–CBr
3
 + HBr 
 
Ishlatilishi.  Atseton (dimetil keton, propanon)–CH
3
–CO–CH
3
 ketonlarning 
eng  oddiy  vakili  bo`lib,  sanoatda  izopropil  spirtni  katalizatorlar  (Cu,  Ag) 
ishtirokida  oksidlash,  yog`ochni  va  kalsiy  atsetatni  quruq  haydash  yo`llari  bilan 
olinadi. Bundan tashqari, atseton biokimyoviy yo`l bilan ayrim bakteriyalar ta`siri 
ostida kraxmalning atsetonli bijg`ishi natijasida ham olinadi.  
Atseton o`ziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan, 56,5 
0
C da qaynaydigan, suvda 
va ko`pchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydigan suyuqlik.  
Atseton  ko`pgina  dori  moddalarni,  masalan,  yodoformni  olishda 
boshlang`ich  modda  bo`lib  ishlatiladi.  Atsetonga  ishqoriy  muhitda  yod  ta`sir 
ettirilganda atseton galogenlanadi: 
a) J
2
 + NaOH → NaJ + HOJ 
b) CH
3
–CO–CH
3
 + 3HOJ → CJ
3
–CO–CH
3
 + 3H
2

 
Hosil  bo`lgan  triyodatseton  ishqor  eritmasi  ta`sirida  oson  parchalanadi 
hamda yodoform va sirka kislota tuzini hosil qiladi: 
CJ
3
–CO–CH
3
 + NaOH → CHJ
3
 + CH
3
–CO–ONa 
Atseton  erituvchi  sifatida  sanoatning  ko`pchilik  tarmoqlarida  (sun`iy  ipak, 
tutunsiz  o`q–dori,  kinoplyonka,  laklar,  dori–darmonlar  ishlab  chiqarishda)  hamda 
ko`pchilik  organik  birikmalarni  sintez  qilishda  boshlang`ich  xomashyo  sifatida 
ishlatiladi. Atsetonning monogalogenli hosilalari bromatseton CH
3
–CO–CH
2
Br va 
xloratseton  CH
3
–CO–CH
2
Cl  lar  ko`zdan  yosh  oqizuvchi  zaharli  moddalar 
hisoblanadi.  
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Ketonlar–molekulalarida  ikkita  uglevodorod  radikali  bilan  bog`langan 
karbonil guruhi bo`ladigan organik birikmalar. 
Atseton (propanon)–o`ziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan suyuqlik, 56,2 
0

da qaynaydi, suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi.  
Bromatseton–atsetonning monobromli hosilasi.  
xloratseton–atsetonning monoxlorli hosilasi. 

 
144 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Qanday  turdagi  oksobirikmalar  ketonlar  deb  ataladi,  ularning  gomologik 
qatorini sanab bering. 
2. Ketonlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi? 
3. Ketonlar qanday usullar bilan hosil qilinadi? 
4. Ketonlar qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
5. Atseton  kaliy  permanganat ishtirokida  oksidlanganda  qanday  mahsulotlar  hosil 
bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
6. Dimetilketon, metiletilketon va dietilketonlarga vodorod, sianid kislota va natriy 
gidrosulfit  birikishi  natijasida  qanday  moddalar  hosil  bo`ladi,  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
7. Dimetilketon, metiletilketon va dietilketonlarga fosfor (V) xlorid, gidroksilamin 
va  gidrazin  ta`sir  ettirilganda  qanday  moddalar  hosil  bo`ladi,  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
8.  Atseton  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligida  qanday  maqsadlarda 
ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 

 
145 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
29–Mavzu: Karbon kislotalar va ularning klassifikatsiyasi. 
30–Mavzu: Bir asosli karbon kislotalar va ularning gomologik qatori. 
 
Reja: 
1. Karbon kislotalar va ularning turlarini
2. Karbon kislotalarning olinishi, xossalari, ishlatilishini; 
3.  Bir  asosli  karbon  kislotalar,  ularning  gomologik  qatori,  izomeriyasi  va 
nomenklaturasini; 
4.  Bir  asosli  karbon  kislotalarning  tabiatda  uchrashi,  olinishi  va  fizik– 
kimyoviy xossalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
Uglevodorodlar molekulasidagi bir yoki bir nechta vodorod atomlari o`rnini 
funksional  karboksil  guruhlar  (–COOH)  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan 
organik  birikmalar  karbon  kislotalar  deb  ataladi.  Karbon  kislotalarning  umumiy 
formulasi R–(COOH)
n
 formula bilan ifodalanadi. 
Karbon  kislotalar  molekulasidagi  karboksil  guruhlarning  soniga  ko`ra  bir 
asosli,  ikki  asosli  va  ko`p  asosli  karbon  kislotalarga  bo`linadi.  Masalan,  sirka 
kislota  CH
3
–COOH  bir  asosli  karbon  kislota,  malon  kislota  HOOC–CH
2
–COOH 
esa ikki asosli karbon kislota hisoblanadi.  
Karbon  kislotalar  radikalning  tabiatiga  qarab  to`yingan  va  to`yinmagan, 
shuningdek,  ochiq  zanjirli  va  yopiq  halqali  karbon  kislotalarga  bo`linadi.  Karbon 
kislotalar  molekulasidagi  karboksil  guruhi  –COOH  karbonil  guruhi  >C=O  va 
gidroksil  guruhi  –OH  dan  tashkil  topgan.  Karbon  kislotalarning  umumiy 
xossalaridan  biri  ularning  dissotsiyalanishi  (ionlarga  ajralishi)  hisoblanadi, 
masalan:  
R
C
O
O H
R
C
O
O
+
H
+
 

 
146 
 
Uglevodorodlar molekulasidagi bitta vodorod atomi o`rnini karboksil guruhi 
almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan  karbon  kislotalar  bir  asosli  karbon 
kislotalar  deyiladi.  Ularning  umumiy  formulasi  R–COOH  formula  bilan 
ifodalanadi.  Bir  asosli  karbon  kislotalar  radikalning  tabiatiga  qarab  quyidagi 
turlarga  ajratiladi:  to`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalar,  to`yinmagan  bir  asosli 
karbon kislotalar, aromatik bir asosli karbon kislotalar.  
To`yingan  uglevodorodlar  molekulasidagi  bitta  vodorod  atomi  o`rnini 
karboksil  guruhiga  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan  organik  birikmalar 
to`yingan bir asosli karbon kislotalar deb ataladi.  
Ularning umumiy formulasi R–COOH yoki C
n
H
2n+1
COOH formulalar bilan 
ifodalanadi (chumoli kislotasi bundan mustasno). 
Gomologik qatori 
H–COOH 
CH
3
–COOH 
Chumoli kislota, vodorod karbon kislota, metan kislota 
Sirka kislota, metan karbon kislota, etan kislota 
CH
3

CH
2

COOH   
Propion kislota, etan karbon kislota, propan kislota 
CH
3

(CH
2
)
2

COOH 
Moy kislota, propan karbon kislota, butan kislota 
CH
3

(CH
2
)
 3

COOH 
Valerian kislota, butan karbon kislota, pentan kislota 
CH
3

(CH
2
)
4

COOH 
Kapron kislota, pentan karbon kislota, geksan kislota 
CH
3

(CH
2
)
5

COOH 
Enant kislota, geksan karbon kislota, geptan kislota 
CH
3

(CH
2
)
6

COOH 
Geptan karbon kislota, oktan kislota 
CH
3

(CH
2
)
7

COOH 
Oktan karbon kislota, nonan kislota 
CH
3

(CH
2
)
8

COOH 
Nonan karbon kislota, dekan kislota 
Nomenklaturasi  va  izomeriyasi.  To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalarni 
ratsional  nomenklatura  bo`yicha  nomlashda  karboksil  guruhi  bilan  birikkan 
radikalga  mos  keladigan  uglevodorod  nomiga  karbon  kislota  so`zi  qo`shib 
nomlanadi, masalan:  
H–COOH                              CH
3
–COOH                              C
2
H
5
–COOH 
Vodorod karbon kislota           Metan karbon kislota                   Etan karbon kislota 

 
147 
 
To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalarni  xalqaro  nomenklatura  bo`yicha 
nomlashda  karbon  kislota  molekulasidagi  uglerod  atomlari  soniga  mos  keluvchi 
uglevodorod nomiga kislota so`zi qo`shib nomlanadi, masalan:  
H–COOH                              CH
3
–COOH                              C
2
H
5
–COOH 
     Metan kislota                             Etan kislota                             Propan kislota 
 
To`yingan bir asosli karbon kislotalarni nomlashda ularning trivial (tarixiy) 
nomlaridan  foydalaniladi.  Bu  nom  karbon  kislota  dastlab  qanday  xomashyodan 
olinganligiga qarab belgilanadi, masalan:  
H–COOH                              CH
3
–COOH                              C
2
H
5
–COOH 
   Chumoli kislota                          Sirka kislota                            Propion kislota 
To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalarning  izomeriyasi  radikalning 
tuzilishiga  bo`g`liq  bo`lib,  izomerlar  moy  kislota  C
3
H
7
COOH  dan  boshlab  paydo 
bo`ladi. Kislotalar izomerlarini ifodalash uchun molekuladagi uglerod atomlarining 
tarmoqlangan  zanjiri  o`ziga  xos  tarzda  raqamlanadi,  ya`ni  karboksil  guruhi 
uglerodi doimo bir raqami bilan belgilanadi, masalan: 
C H
3
C H
2
C H
2
C O O H
C H
3
C H
C H
3
C O O H
 
                  Moy yoki n–butan kislota                 Izomoy yoki 2–metil propan kislota 
Tabiatda  uchrashi  va  olinish  usullari.  Tabiatda  karbon  kislotalar  erkin 
holda  kam  uchraydi,  ular  asosan  o`simlik  va  hayvonlar  organizmida  murakkab 
efirlar ko`rinishida uchraydi. 
To`yingan bir asosli karbon kislotalar asosan quyidagi usullar bilan olinadi: 
1. Murakkab efirlarni gidrolizlash: 
R–CO–O–R + HOH → R–CO–OH + R–OH 
 
2.  Birlamchi  spirtlarni  oksidlash:  bunda  dastlab  aldegid,  so`ngra  karbon 
kislota hosil bo`ladi: 
C H
3
C H
2
O H
(O )
+
H
2
O
-
C H
3
C
O
H
+
(O )
C H
3
C
O
O H
 
 
3. To`yingan uglevodorodlarning monogalogenli hosilalaridan olish: 

 
148 
a)  Monogalogenli  hosilaga  KCN  yoki  NaCN  ta`sir  ettirish  natijasida  hosil 
bo`ladigan nitrilni gidrolizlash: 
R
C l
N a C N
+
N a C l
-
R
C N
H O H
3
N H
3
-
R
C
O H
O H
O H
H
2
O
-
R
C
O
O H
 
 
b)  Grinyar  reaktiviga  CO
2
  ta`sir  ettirish  natijasida  hosil  bo`ladigan  karbon 
kislota tuzini gidrolizlash
R–J + Mg → R–Mg–J + O=C=O → R–CO–O–MgJ  
R–CO–O–MgJ + HOH → R–CO–OH + HO–Mg–J↓ 
Fizikaviy  xossalari.  Quyi  molekulali  karbon  kislotalar  odatdagi  sharoitda 
harakatchan  o`tkir  hidli  suyuqliklar  bo`lib,  ular  suv  bilan  istalgan  nisbatda 
aralashadi.  Molekulasida  beshtadan  to`qqiztagacha  uglerod  atomlari  bo`lgan 
karbon  kislotalar  moysimon  suyuqliklar  bo`lib,  ular  suvda  yomon  eriydi.  Yuqori 
molekulali  yog`  kislotalar  hidsiz,  suvda  erimaydigan  qattiq  moddalardir.  Deyarli 
barcha karbon kislotalar spirtda va efirda yaxshi eriydi. 
Karbon  kislotalarning  molekula  og`irligi  ortishi  bilan  ularning  solishtirma 
og`irligi  kamayadi,  qaynash  haroratlari  esa  ortadi.  Normal  tuzilishli  karbon 
kislotalarning  qaynash  haroratlari  tarmoqlangan  zanjirli  karbon  kislotalarning 
qaynash haroratlaridan ortiq bo`ladi. Molekulasidagi uglerod atomlarining soni juft 
bo`lgan  kislotalar  uglerod  atomlarining  soni  toq  bo`lgan  kislotalarga  qaraganda 
yuqori haroratda suyuqlanadi. 
Kimyoviy  xossalari.  To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalar  quyidagi 
kimyoviy xossalarni namoyon qiladi: 
I. Karboksil guruhi vodorod atomining xossalari. 
1. Karbon kislotalarning dissotsiyalanishi: 
R–CO–OH → R–CO–O

 + H
+
 
2. Karboksil guruhi vodorod atomining o`rin almashinish reaksiyalari: 
a)  Karbon  kislotalar  metallar  bilan  reaksiyaga  kirishadi  hamda  karbon 
kislotalarning tuzlari va suv hosil qiladi: 
2R–CO–OH + 2Na → 2R–CO–ONa + H
2
↑ 

 
149 
b)  Karbon  kislotalar  metall  oksidlari  bilan  reaksiyaga  kirishganda  karbon 
kislotalarning tuzlari va suv hosil bo`ladi: 
R
C
O
O H
2
+
C a O
R
C O
O
R
C O
O
C a
+
H
2
O
 
c)  Karbon  kislotalar  ishqorlar  bilan  reaksiyaga  kirishganda  ham  karbon 
kislotalarning tuzlari va suv hosil bo`ladi: 
R–CO–OH + KOH → R–CO–OK + H
2

 
II. Karboksil guruhi gidroksilining xossalari. 
1. Karboksil guruhi gidroksilining galogen bilan o`rin almashinishi kislotaga 
fosforning galogenli birikmalari yoki tionil xlorid ta`sir ettirilganda amalga oshadi 
hamda kislota galogenangidridlari hosil bo`ladi: 
3R–CO–OH + PCl
3
 → 3R–CO–Cl + H
3
PO
3
 
R–CO–OH + PCl
5
 → R–CO–Cl + POCl
3
 + HCl 
R–CO–OH + O=SCl
2
 → R–CO–Cl + SO
2
↑ + HCl 
 
Kislota galogenangidridlari beqaror moddalar bo`lib, ular suv ta`sirida oson 
parchalanadi: 
R–CO–Cl + HOH → R–CO–OH + HCl 
2.  Karboksil  guruhi  gidroksilining  kislota  qoldig`i  bilan  o`rin  almashinishi 
natijasida kislota angidridlari hosil bo`ladi: 
R–CO–OH + HO–CO–R → R–CO–O–CO–R + H
2

CH
3
–CO–Cl + NaO–CO–C
2
H
5
 → CH
3
–CO–O–CO–C
2
H
5
 + NaCl 
 
Kislota angidridlari oson gidrolizlanadi va karbon kislotalarga aylanadi: 
R–CO–O–CO–R + HOH → 2R–CO–OH 
3. Karboksil guruhi gidroksilining ammiak qoldig`i NH
2
–aminoguruhi bilan 
o`rin almashinishi natijasida kislota amidlari hosil bo`ladi: 
R–CO–OH + NH
3
 → R–CO–NH
2
 + H
2

4.  Karboksil  guruhi  gidroksilining  spirt  qoldig`i  bilan  o`rin  almashinishi 
natijasida murakkab efirlar hosil bo`ladi: 

 
150 
R
C
O
O H
O
R
C
+
H O
R
O
R
+
H
2
O
 
 
III. Kislota karbonil guruhining xossalari. 
1.  Karbon  kislota  karbonil  guruhiga  katalizatorlar  ishtirokida  va  yuqori 
haroratda  vodorod  birikishi  natijasida  dastlab  aldegid,  so`ngra  birlamchi  spirtlar 
hosil bo`ladi: 
R
C H
2
O H
H
2
O
-
R
C
O
H
O H
O
R
C
+
H
2
R
C H
O H
O H
H
2
+
 
 
2.  Karbon  kislotalar  molekulasiga  suv  birikishi  natijasida  kislotalarning 
ortogidratlari hosil bo`ladi: 
R
C
O
O H
+
H O H
R
C
O H
O H
O H
 
IV. Karbon kislota radikalidagi vodorod atomlarining xossalari. 
Karbon  kislota  radikalidagi  α–holatida  turgan  vodorod  atomlari  xuddi 
aldegid  va  ketonlar  radikalidagi  α–holatida  turgan  vodorod  atomlari  singari 
harakatchan  bo`lib,  ular  oq  fosfor  katalizatori  ishtirokida  galogenlar  bilan  o`rin 
almashinish reaksiyalariga kirishadi: 
CH
3
–COOH



HCl
Cl
2
CH
2
Cl–COOH



HCl
Cl
2
CHCl
2
–COOH



HCl
Cl
2
CCl
3
–COOH  
Sirka kislota          Monoxlorsirka kislota     Dixlorsirka kislota  Trixlorsirka kislota 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Karbon  kislotalar–uglevodorodlar  molekulasidagi  bir  yoki  bir  nechta 
vodorod  atomlari  o`rnini  karboksil  guruhlar  almashinishi  natijasida  hosil 
bo`ladigan organik birikmalar.  
Bir  asosli  karbon  kislotalar–molekulasida  bitta  karboksil  guruhi  mavjud 
bo`lgan karbon kislotalar. 
Ikki asosli karbon kislotalar–molekulasida ikkita karboksil guruhi mavjud 
bo`lgan karbon kislotalar. 

 
151 
Aromatik  karbon  kislotalar–molekulasi  halqasimon  bo`lgan  karbon 
kislotalar. 
To`yingan  karbon  kislotalar–molekulasida  uglerod  atomlari  birlamchi 
bog`lanish orqali birikkan karbon kislotalar. 
To`yinmagan  karbon  kislotalar–molekulasi  uglerod  atomlari  qo`shbog` 
orqali birikkan karbon kislotalar. 
To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalar–to`yingan  uglevodorodlar 
molekulasidagi  bitta  vodorod  atomi  o`rnini  karboksil  guruhi  almashinishi 
natijasida hosil bo`lgan karbon kislotalar. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Karbon kislotalar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi, ular qanday 
turlarga ajratiladi? 
2. Bir asosli karbon kislotalar deb qanday turdagi karbon kislotalarga aytiladi, ular 
nechta sinfga bo`linadi? 
3. To`yingan bir asosli karbon kislotalarning gomologik qatorini sanab bering. 
4.  To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalar  ratsional  va  xalqaro  nomenklaturalar 
bo`yicha qanday nomlanadi? 
5. To`yingan bir asosli karbon kislotalar qanday usullar bilan olinadi? 
6.  To`yingan  bir  asosli  karbon  kislotalar  qanday  fizik–kimyoviy  xossalarni 
namoyon qiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 

 
152 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
31–Mavzu: Chumoli, sirka, moy, izomoy, valerian va izovalerian kislotalar. 
 
Reja: 
1. Chumoli kislota, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini; 
2. Sirka kislota, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini;  
3. Moy va izomoy kislotalar, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishini; 
4.  Valerian  va  izovalerian  kislotalar,  ularning  olinishi,  xossalari, 
ishlatilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Chumoli kislota (Acidum formicum) H–COOH karbon kislotalarning eng 
oddiy vakili bo`lib, chumolilar organizmida, qichitqi o`t, archa o`simliklari, qon va 
muskul tarkibida uchraydi.  
Chumoli  kislota  laboratoriya  sharoitida  xloroformga  ishqor  ta`sir  ettirib 
olinadi: 
C H C l
3
+
N a O H
3
3 N a C l
+
H
C
O H
O H
O H
H
C
O
H
+
H
2
O
 
Sanoatda  ilgarigi  vaqtlarda  chumolilarni  suvga  bo`ktirib  so`ngra  eritmani 
haydash yo`li bilan chumoli kislota olingan. Hozirgi vaqtda u uglerod (II) oksidga 
natriy gidroksid ta`sir ettirib olinadi: 
a) CO + NaOH → H

COONa 
Hosil  bo`ladigan  tuzdan  chumoli  kislota  siqib  chiqariladi,  so`ngra  haydab 
olinadi: 
b) HCOONa + H
2
SO

→ HCOOH + NaHSO


 
153 
Toza, suvsiz chumoli  kislota o`tkir hidli, 100,5 
0
C  da  qaynaydigan, rangsiz 
suyuqlik  bo`lib,  suvda  istalgan  miqdorda  eriydi.  Chumoli  kislota  juda  o`yuvchi 
modda bo`lib, terini kuydiradi va po`rsildoqlar hosil qiladi.  
Chumoli  kislota  molekulasida  aldegid  guruhi  borligi  tufayli  u  o`ziga  xos 
kimyoviy xossalarni namoyon qiladi: 
1.  Chumoli  kislota  aldegidlarga  o`xshash  «kumush  ko`zgu»  reaksiyasiga 
kirishadi:                             
                                  H

CO–OH + Ag
2


 2Ag

 + CO
2
 + H
2

2.  Chumoli  kislota  konsentrlangan  H
2
SO
4
  ishtirokida  qizdirilganda 
parchalanadi: 
H–CO–OH 

 CO + H
2

 
3. Chumoli  kislotaning natriyli  tuzi  yuqori  haroratda  qizdirilganda  vodorod 
ajratib chiqaradi va natriy oksalat tuzini hosil qiladi: 
NaO–CO–H + H–CO–ONa → NaO–OC–CO–ONa + H
2
↑ 
 
Chumoli kislota sanoatda oksalat kislota, chumoli kislotaning etil efiri ishlab 
chiqarishda,  to`qimachilik  sanoatida  gazlamalarni  bo`yashda  keng  qo`llaniladi. 
Tibbiyotda  chumoli  kislotasining  1,25  %  li  spirtli  eritmasi  bod  kasalligini 
davolashda qo`llaniladi. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish