Chek — veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vositasi hisoblanib, to‘lovchining o‘z bankiga uning schotidan mablag‘ni oluvchining schotiga o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buy- rug‘i. Birinchi cheklar taxminan 1683-yilda Angliyada qo‘llanila boshlagan. Chekning quyidagi turlari mavjud: Ismi yozilgan chek — bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.
Orderli chek — bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo‘yicha boshqa shaxsga berish mumkin.
Ko‘rsatilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan chek.
Hisob cheki — naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan chek.
Akseptlangan chek — bank chekni to‘lash bo‘yicha rozilik beradi va boshq.
Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin, u bilan to‘lovlarni va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari — elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda.
NAZORAT SAVOLLARI Banklar faoliyatida EHMlardan foydalanish elektron pullar yordamida qarzlarni to‘lashni tezlashtiradi. AQSHda pul mab- lag‘larini elektron o‘tkazish tizimi — EFTS (Electronic Funds Transfert System) aylanmaning samarali bo‘lishini ta’minlamoqda. Hozirgi zamon amaliyotida qo‘llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o‘rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo‘lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo‘- yicha barcha turdagi chakana savdo va xizmatlar uchun to‘lash mumkin. Ayni vaqtda kredit kartochkalar bank, savdo xizmat- larini to‘lash uchun mo‘ljallangan. Pul o‘ziga xos tovar sifatida qanday ajralib chiqqan?
Pulning mohiyati deganda nimani tushunasiz?
Pulning xarid qobiliyati deganda nimani tushunasiz?
Pul tovar qiymatining umumiy ekvivalenti sifatida.
Pulning o‘ziga xos xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning ahamiyati. Pulning funksiyalari va ularga tavsif
Pul iqtisodiy munosabatlami o‘zida aks ettira turib, ma’lum funksiyalami bajaradi. Pulning mohiyati uning bajaradigan funk- siyalarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pulning funksiyasi to‘g‘risidagi savol bir vaqtning o‘zida ham qiyin va ham juda oson savoldek tuyuladi. Bu savolning soddaligi shundaki, pulning funksiyalari real hayotga yaqin va iqtisodiy amaliyotdagi mavjud jarayonlarni o‘zida ifodalaydi. Qiyinligi shundaki, pulning funksiyalari, ularning mohiyati iqtisodchilar tomonidan har xil talqin qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning turli xil funksiyalarini uchratish mumkin.
Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan funksiyalarini tahlil qilib, pul asosiy to‘rt funksiyani bajaradi, degan fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o ‘lchovi, muomala vositasi, to ‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari.