O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet6/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Pul qiymat o‘lchovi sifatida. Pulning birinchi funksiyasi uning qiymat o‘lchovi ekanligidir, ya’ni pul barcha tovarlarning qiymatini o‘lchaydi, ularning bahosini aniqlashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

Qiymat o‘lchovi funksiyasida pul tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu funksiyasida naqd pullar emas, naqdsiz pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do‘koniga kirib, biron tovarning bahosini ko‘rib, u shu tovarga arziydiganmi yoki yuqori, aksincha, past qo‘yilganmi — shu to‘g‘rida xulosa qilishimiz mumkin. Shu xulosa asosida pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi yotadi.

Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir tovar qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo‘lsak, bu vazifani o‘z qiymatiga ega bo‘lgan tovar- oltin yoki oltinni o‘zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.

Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi qiymat qonuniga asoslanib aniqlanadi. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi baholar masshtabini o‘matishni talab qiladi. Baholar masshtabi huquqiy xarakterga ega bo‘lib, u davlat tomonidan o‘rnatiladi va tovar qiymatiga asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar masshtabi orqali, fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor bahosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi.

XX asrning 80-yillari oxirigacha baholar masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiqlangan, tovar qiymatini o‘lchash va baholar belgilash uchun kiritilgan, ma’lum oltin miqdorini o‘ziga ifodalagan pul birligiga aytilgan. Qariyb 30 yil davomida 1961-yildan boshlab, sobiq Ittifoqda baholar masshtabi qilib 1 rubl qabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, Ittifoqda pul birligini oltinga tenglash g‘oyasi o‘z kuchini yo‘qotdi. Vaholanki, boshqa ko‘pgina mamlakatlar amaliyotida bu tenglashtirish 70-yillardan boshlab e’tiborga olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo‘lgan mamlakatlarda valutani oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastak emasligini ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraq- qiyoti isbotlab berdi.

XX asrning 60-yillarida yangi pul islohoti o‘tkazilganda, devalvatsiya yoki revalvatsiyada davlat qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin miqdorini baholarni belgilash uchun o‘rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga tenglash­tirilgan bo‘lsa-da, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon oltinga almashtirilgan emas. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biron mamlakat o‘z pulini oltinga almash- tirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini oltinga tenglashtirsa-da, pul birligiga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb belgilangan oltin miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun bu tenglashtirish o‘zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo‘qotganligi aniq. Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham pulda ifodalanadigan bo‘ldi. Pulning funksiyalari oltindan ajraldi, o‘zgaruvchan valuta kurslari joriy qilindi.

Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va baho orqali tovarlar qiymatini o‘lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Har ikki tomon uchun ham tenglashtirishning asosi bo‘lib, abstrakt mehnat hisoblanadi.

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho — bu ideal shaklda ongimizdagi qiymat o‘lchovi. Qiymat o‘lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan pulimiz bajaradi, baho esa to‘la- to‘kis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda qiladi.

Qiymat shakliga ega bo‘lgan tovar, bahoga ham ega bo‘ladi. Pul o‘zi o‘z bahosiga ega emas, uning qiymati o‘zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho o‘rniga pul sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish qobiliyati deganda, pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha ko‘p bo‘lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish