Pulning to‘lov vositasi funksiyasi. Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik1, Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan kitoblarda pulning muomala vositasi funksiyasi uning to‘lov vositasi ekanligidan dalolat beradi, chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari to‘lov vositasi funksiyasiga ham mos keladi, deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun iste’molchining yetarli naqd puli bo‘lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug‘iladi, ya’ni tovarning pulini to‘lash muddati kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovaming bahosini aniqlashda qiymat o‘lchovi funksiyasini bajaradi, lekin u muomala vositasi bo‘la olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir trayektoriyada, bir vaqtning o‘zida, bir-biriga qarama-qarshi tura olmaydi.
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin pul harakati sodir bo‘ladi. To‘lov vositasi funksiyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bo‘linishlarning mavjudligidadir.
Pulning to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir bo‘ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘sha zahotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi. To‘lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar iste’molchi ixtiyoriga kelib tushadi va u o‘z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to‘la foydalanishi mumkin.
Agar tovar uchun to‘lov oldindan (avans) amalga oshirila- digan bo‘lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, har ikki holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o‘zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T—P—T) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo‘ladi. Pulning bu harakati to‘lov deb aytiladi va bu yerda pul to‘lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori bosqichlari mahsuli bo‘lib, u pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi funksiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan, deb xulosa qilish mumkin.
To‘lov vositasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi munosabat muomala vosita- sidagiga o‘xshab qisqa muddatli bo‘lib, tezda tugallanmaydi. To‘lov vositasi funksiyasida iste’molchi tovarga ega bo‘lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o‘rtasidagi munosabat uzoq vaqt davom etadi. Bu munosabat — kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi — qarzdor, sotuvchi — kreditor sifatida ishtirok qiladi.
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o‘tkaziladigan jarayonlarni ham muomala vositasi funksiyasiga kiritishadi. Bu, bizning fikrimizcha, to‘g‘ri emas. Chunki veksel ma’lum mablag‘ni to‘lash to‘g‘risida- gi kredit majburiyat, u qiymatga ega emas. Demak, ayirbosh- lashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila olmaydi. A. sotuvchi bir min so‘mlik tovarni B. iste’molchining vekseliga almashtirdi deylik. B. bir mln so‘mlik tovarga ega bo‘ldi. A. bo‘lsa o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan belgilana- digan vekselga ega bo‘ladi. Sotuvchi A. qachonki, bir mln so‘mlik vekselni sotsagina pul mablag‘iga ega bo‘lishi mumkin. Shunga asosan, biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko‘proq to‘lov vositasi funksiyasiga taalluqlidir. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi yana turli qarz va majburiyatlarini to‘laganda:
korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘- laganda;
davlat budjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda (foydadan to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va boshq.);
ishchi-xizmatchilarga ish haqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, stipendiya va boshq.);
boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olinganligi uchun to‘lov, uy-joy, elektr energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar)da amalga oshiriladi.
Pulning to‘lov vositasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu funksiyada to‘lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyati bilan ham pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan farq qiladi. Pulning bu funksiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd pullik va naqd pulsiz to‘lovlar birgalikda to‘lov aylanmasini vujudga keltiradi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasini biz ikkinchi darajali, deb qarashimiz mumkin emas, chunki bu funksiyaning bajarilmasligi to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor qarzlarning ko‘payishiga, kredit bo‘yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning bajarilmas- ligiga, xo‘jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |