Тibbiy-psixologik-pedagogik komissiya- bolani kompleks tekshirish va tashxis qo`yish, o`qishga layoqatini aniqlash, kerak bo`lganda maxsus muassasalarga yoki umumta`lim maktablariga yo`llanma berish bilan shug`ullanadigan turli mutaxassislar tarkibidan iborat komissiya.
Komissiya Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi va sog`liqni saqlash vazirliklari, viloyatlar xalq ta’limi va sog`liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi va sog`liqni saqlash bosh boshqarmalarining qo`shma buyruqlariga asosan tashkil yetiladi.
Komissiyaning maqsadi - jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarni aniqlash; kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik tekshiruv (keyingi о‘rinlarda tekshiruv deb ataladi) о‘tkazish va tekshiruv natijalari buyicha ularga tibbiy-psixologik-pedagogik yordam kо‘rsatishga doir tavsiyalar tayyorlash, ularni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bulgan bolalarga mо‘ljallangan guruxlarga va inklyuziv guruhlarga joylashtirish; avval berilgan tavsiyalarni tasdiklash, ularga aniqlik kiritish yoki ularni о‘zgartirish.
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo`lgan bolalarni ularning ota-onalari (yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida ko`rikdan o`tkazish;
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ko`rikdan o`tkazishda ular bilan bevosita muloqat qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o`rganish;
- bolaning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsonlari haqida yashash joyidagi shifoxona shifokorlari tomonidan qo`yilgan tashxisning ishonchliligini o`rganish;
- bolaning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsoniga qo`yilgan tashxis tasdig`ini topsa, ularni tegishli tiplar bo`yicha muassasalarga yuborish;
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni muassasada qancha bo`lish muddatini belgilash;
- tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va hisobini yuritish.
Komissiya tarkibi - rais, rais o`rinbosari, a’zolari va kotibdan iborat tarkibda shakllantiriladi.Komissiya tarkibiga oliy maxsus psixologik-pedagogik ma’lumotga hamda 5 yillik mehnat stajiga yega bo`lgan :
• pediatr,
• psixonevrolog,
• ortoped- travmatolog,
• oftalmolog,
• otolaringolog,
• defektolog (logoped, surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog),,
• pedagog-psixolog,
• shuningdek maktabgacha ta’lim xududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiklashtiruvchi mutaxassis kiradi. Zarurat bo`lsa, raisning qarori bilan Komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar kiritiladi
4. Korreksion –pedagogik yordamni tashkil etishda defektologlarga shart-sharoitlarni tashkil etish
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Korreksion pedagogika – alohida yordamga muhtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish – bartaraf etish, pedagogika – ta’lim-tarbiya, o‘rganish degan so‘zlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos so‘zidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, yordamga muhtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi – anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida integratsiyalashgan, inkluziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir.
Korreksion pedagogika fanining maqsadi – anomal bolalarga integratsiyalashgan – inkluziv hamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yo‘llarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |