O’zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra: Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish Fanning nomi: Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari



Download 0,85 Mb.
bet1/20
Sana21.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#832197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Abduqahhorov SHaxzod TS


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Kafedra: Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish
Fanning nomi: Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari

KURS LOHASI

Bajardi: Abduqahhorov SHaxzod

Joriy nazorat balli: Σ_____



Tekshiruvchi______________himoyaga tavsiya etaman:_______

(imzo)_______________________________'>Himoyaga qatnashgan o’qituvchilar:

____________­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_____________ ________
F.I.SH. (imzo)
_____________________ ________
F.I.SH. (imzo)

Himoya balli:________________
O’zlashtirdi:_________________


Kurs loyiha rahbari: O’rolova X. ________
(imzo)
Toshkent-2022
Kirish
So‘ngi 20 yilda mamlakatlarda avtomobillashtirish darajasi 5 barobarga oshdi, lekin avtomobil yo‘llari tarmog‘i o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Avtomobil yo‘llarining katta qismining texnik holati o‘rnatilgan normalarga javob bermaydi. Respublikamizdagi avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash maqsadida bir necha davlat dasturlari ishlab chiqildi. Jumladan Prezidentimizning PQ-2776-son qaroridan so‘ng: Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini (xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaxarlar, shaxar posyolkalari, qishloqlar va ovullar kuchalari) loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari huzuridagi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmatlari tashkil etildi.
Bu kabi islohotlar davomi sifatida 2019 yilning 2-oktabr sanasida Respublikamiz Prizidentining bu soha vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Avtomobil yo‘llarini qurish yoki ta’mirlash ishlariga xalqaro tashkilotlar va xususiy sheriklarni faol jalb qilish, jumladan xalqaro va davlat ahamiyatiga molik 1600 km uzunlikdagi yo‘llarga doir 18 ta yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Avtomobil yo‘llari sohasini tubdan isloh qilish uchun manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib 2020-2030 yillarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bu strategiyada, avvalo, avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish choralari belgilanadi.
2019-yilning 9-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №5890 sonli “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Unga ko‘ra Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
PQ‑3262‑sonli “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura‑landshaft konstruksiyalash tizimini takomillashtirish chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ‑3309‑sonli “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashqil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, PQ‑4035‑sonli “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashqil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PF‑5647‑sonli “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ‑4143‑sonli “O‘zbyokiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashqil etish to‘g‘risida”gi qarori, PF‑5890‑sonli “O‘zbyokiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ‑4545‑sonli “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarni ijrosini ta’minlashda Respublikamizdagi mavjud avtomobil yo‘llarini qayta qurish va ularni ishlatishga yuqori sifatli talab ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun ilmiy asoslangan texnologik jarayonlar va ilg‘or ish uslublari talab etiladi.
Mazkur kurs ishida topshiriq maqsadi zamirida ham bo‘lajak mutaxassislarni avtomobil yo‘llarining belgilangan muddatlarda xizmat qilishini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlarini olib borish ishlari tarkibi va uni tashkil etish masalarini o‘rgatish yotadi. Avtomobil yo‘llarini saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar;
Avtomobil yo‘llarini saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar;
Avtomobil yo‘llarini qishda saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida qish davri mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, uyumlari va ko‘chkilaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo bo‘lishining oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar;
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish — ajratilgan mintaqada qor va qum uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yo‘llarini estetik bezash uchun zarur bo‘lgan yo‘l tasmasida daraxtzorlar barpo etish va o‘t ekish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish elementlarini parvarish qilish ishlari;
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalari va elementlari ishonchliligi va qulayliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadidagi tiklash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari. Bunda eskirgan qoplamani qisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash va yaxshilash, yo‘l qoplamasi, yer ko‘tarmasi, yo‘l inshootlari, avtomobil yo‘llarini jihozlash va obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida amalga oshiriladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarining oldini olish va tuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish