O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

variegatus  va  enxitreidlar  xuddi  shunday  ko‘payadi.  Jinssiz  ko‘payishining  paratomiya  xili 
stilyariyalarda  kuzatiladi.  Paratomiya  xuddi  kiprikli  chuvalchanglarning  jinssiz  ko‘p  marta 
ko‘ndalangiga bo‘linishiga o‘xshaydi. 
Rivojlanishi.  Kamtuklilar  metamorfozsiz  rivojlanadi.  Tuxumlari  pilla  ichida  rivojlanadi. 
Pilladan  yosh  chuvalchang  chiqadi.  Tuban  kamtuklilar  pillasida  birdaniga  bir  necha  tuxum 
rivojlanadi.  Yuksak  kamtuklilar  (Lumbrocomorpha  turkumi)  pillasida  oqsilli  suyuqlik  bor, 
tuxumida  oqsil  kam  bo‘ladi.  Embrion  suyuqlikdagi  oqsilni  yutadi.  Shu  sababdan  ularning 
tuxumdan  chiqqan  murtagi  "yashirin  embrion"  deyiladi.  Embrion  pilla  ichida  bir  necha 
metamorfozdan  so‘ng  voyaga  yetgan  chuvalchangga  aylanadi.  Kamtuklilar  ham  ko‘ptuklilar 
singari regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. 
Ekologiyasi.  Kamtuklilar  asosan  chuchuk  suvlar  va  tuproqda,  ba‘zan  dengizda  hayot 
kechiradi.  Chuchuk  suv  kamtuklilari  suv  tubida  o‘rmalab  yuradi  yoki  loyqada  qazilgan  inda 
hayot kechiradi. O‘troq yashovchi kamtuklilarning (Tubifex, 86-rasm) tanasi faqat keyingi qismi 
loydan  chiqib  turadi.  Ular  tanasi  keyingi  qismini  tebratib,  nafas  olishni  kuchaytiradi.  Quruqlik 
kamtuklilari  tuproqda  in  qazib,  yashaydi.  Indan  faqat    yomg‘irdan  so‘  ng  yoki  kechasi  nam 
havoda  yoki  salqinda  chiqadi.  Kamtuklilar  har  xil  chiriyotgan  organik  qoldiqdar,  jumladan, 
o‘simlik qoldiqlari va chirindiga boy tuproq bilan oziqlanadi. 
Amaliy  ahamiyati.  Yomg‘ir  chuvalchanglari  va  enxitreidlar  tuproq  unumdorligiga  katta 
ta‘sir  ko‘rsatadi.  Ch.Darvin  yomg‘ir  chuvalchanglarining  tuproq  hosildorligini  oshirishdagi 
ahamiyatiga katta baho bergan. Ular tuproqni qazib, o‘simlik ildizlarini tuproqqa chuqur kirishga 
imkon  beradi,  unga  suv  va  havo  kirishini  yaxshilaydi.  Chuvalchanglar  faoliyati  tufayli  tuproq 
qatlamlari aralashadi va yumshaydi. Bir kvadrat metr joydagi chuvalchanglar bir yil da-vomida 4 
kg  tuproqni,  xuddi  shu  muddatda  1  ga  maydondagi  chuvalchanglar  esa  10  t  dan  30  t  gacha 


tuproqni yer yuzasiga chiqarishi mumkin. Yomg‘ir chuvalchanglari o‘simlik qoldiqlarini inlariga 
tashib,  ularning  chirishini  tezlashtiradi,  tuproqqa  ijobiy  ta‘sir  kiladi.  Ular  tuproqni  ichagidan 
o‘tkazib,  koprolitlar  holida  chiqaradi.  Koprolitlar  tuproqni  strukturali,  donador  qiladi, 
yemirilishdan saqlaydi, unga nam shimilishini yaxshilaydi. 
Chuchuk  suv  kamtuklilari  (Tubifex)  o‘z  ichagidan  ko‘p  miqdorda  loyqani  o‘tkazib,  suv 
havzalarini  chiriyotgan  organik  qoldiklardan  tozalaydi.  Kamtuklilar  baliqlarning  ozig‘i  sifatida 
ham  katta  iqtisodiy  ahamiyatga  ega.  Qizil  chuvalchang  akvarium  baliqlariga  oziq  sifatida, 
eyzeniya chuvalchangi (Eisenia) biogumus olish uchun maxsus ko‘paytiriladi. 
Klassifikatsiyasi. Kamtuklilar sinfi ikkita turkumga bo‘linadi. 
Naydomorflar  (Naidomorpha)  turkumi  turlari  asosan  chuchuv  suv  havzalarida  hayot 
kechiradi.  Qizil  chuvalchang  -  Tubifex  organik  qoldikdar  bilan  ifloslangan  ko‘lmak  va  sekin 
okadigan suv havzalarida ko‘p uchraydi. Stylaria (86-rasm). Aeolosoma planktonda, enxitreidlar 
(Enchytraeus)  tuproqda  hayot  kechiradi.  Yomg‘ir  chuvalchanglari  (Lumbricomorpha)  turkumi 
chuchuk suv havzalari va ayniqsa, tuproqda keng tarqalgan. Tanasining uzunligi bir necha smdan 
(Eisena)  ayrim  tropik  turlari  (Megascolicidae)fla  2,5  m  ga  yetadi.  O‘rta  Osiyoda  20  dan  ortiq 
turlari  uchraydi.  Sug‘oriladigan  yerlarda  Nicodrilus  caliginosus  ko‘p  uchraydi.  Chuchuk  suv 
qisqichbaqalarida  "qisqichbaqa  zulugi"  deb  ataladigan  chuvalchang  (Branchiobdella)  parazitlik 
qiladi. 
Zuluklar (Hirudinea) sinfi 
Zuluklar  -  odatda  hayvonlar  qonini  so‘rib,  ektoparazitlik  qiladi  yoki  yirtqich  hayot 
kechiradi. Dengiz, chuchuk suv, ba‘zan quruqlikda yashaydi. 400 ga yaqin turi ma‘lum. Yashash 
muhiti  zuluklarning  tashqi  va  ichki  tuzilishiga  katta  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Quyida  ektoparazit 
zuluklarning tuzilishi keltiriladi. 
Tashqi tuzilishi. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan keskin farq qiladi (87-rasm). 
Ularning  tanasi  dorzoventral  yo‘nalishda  sezilarli  yassilangan.  Terisida  hechqandy  o‘simtalar 
bo‘lmaydi.  Faqat  sodda  tuzilgan  qadimgi  va  qildor  zuluklarning  dastlabki  beshta  bo‘g‘imida 
kamtuklilarnikiga  o‘xshash  qillar  bo‘ladi.  Tanasining  oldingi  va  keyingi  uchida  bittadan 
so‘rg‘ichlari  bor.  Oldingi  so‘rg‘ichi  og‘iz  teshigini  o‘rab  turadi,nisbatan  kuchli  rivojlangan 
keyingi so‘rg‘ichi ustida anal teshigi bo‘ladi. Ikkala so‘rg‘ich ham qorin tomoniga bir oz siljigan. 
Zuluklar  tanasi  segmentlari  boshqa  halqalilarga  nisbatan  doimiy  bo‘ladi.  Ko‘pchilik 
zuluklar tanasi 33 (Acanthobdella turkumi vakillarida 30) segmentdan iborat. Ulardan dastlabki 
4  tasi  birga  qo‘shilib  oldingi  so‘rg‘ichni,  oxirgi  7  ta  segmentlar  esa  keyingi  so‘rg‘ichni  hosil 
kiladi.  Lekin  zuluklarning  haqiqiy  ichki  tana  segmentlari  soni  tashqi  segmentlar  soniga  moye 
kelmaydi.  Odatda  bitta  haqiqiy  segmentga  3  tadan  5  tagacha  tashqi  segmentlar  to‘g‘ri  keladi. 
Tashqi bo‘g‘imlar faqat tana qoplag‘ichi, qisman muskullarga tegishli bo‘ladi. 
Zuluklar  tanasi  qalin  kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula  ostidagi  epiteliyda  shilimshiq 
bezli hujayralar ko‘p. Epiteliy hujayralar asosida pigment hujayralari joylashgan. Zuluklar tanasi 
rangi  ana  shu  pigment  xujayralar  bilan  bog‘liq.  Epiteliy  ostida  halqa  va  boylama  muskullar 
joylashgan. Ichki organlar oralig‘i g‘ovak parenxima bilan to‘lgan. Faqat qildor zuluklari voyaga 
yetgan davrida selom bo‘ladi. Boshqa zuluklarda selom lakunar nay shaklida toraygan bo‘ladi. 


Ichki  tuzilishi.  Hazm  qilish  sistemasi  oldingi,  o‘rta  va  orqa  ichakdan  iborat  (88-rasm). 
Og‘iz  oldingi  so‘rg‘ichi  tubida  joylashgan  bo‘  lib  og‘iz  bo‘shlig‘iga,  keyin  halqumga  ochiladi. 
Xartumli  zuluklarda  halqum  muskulli  nay,  ya‘ni  xartumni  hosil  qiladi.  Xartum  og‘izdan 
chiqarilib, o‘ljasini tutish uchun xizmat qiladi. Jag‘li zuluklarning og‘iz bo‘shlig‘ida 3 ta (l-orqa, 
2-yon) valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda arraga o‘xshash jag‘ni hosil 
qiladi. Zuluk oziqlanganida jag‘lar xo‘jayin tanasini teshib, uch nurli jarohat paydo qiladi. Zuluk 
shu  jarohatdan  qon  so‘rib  oladi.  Halqumga  bir  xujayrali  so‘lak  bezlari  yo‘li  ochiladi.  Tibbiyot 
zulugi  bezlari  suyuqligidagi  girudin  oqsili  qonni  ivib  qolishiga  yo‘l  qoymaydi.  Girudin  tufayli 
zuluk qoldirgan jarohatdan uzoq vaqt davomida qon oqib turadi. Zuluk so‘rgan qon bir necha oy 
davomida ivimasdan konservalangan holda saqlanadi. Halqum ingichka qizilo‘ngach orqali o‘rta 
ichakka  ochiladi.  O‘rta  ichak  bir  juft  (tibbiyot  zulugida  10-11  juft)  yon  o‘  simtalar,  ya‘ni 
xaltachalar  hosil  kiladi.  Ulardan  eng  so‘  nggi  juft  o‘  simtasi  juda  keng  bo‘lib,  tananing 
oxirigacha  yetadi.  Oziq  ichakning  oxirgi  xaltachalari  asosida  joylashgan  bo‘limi  orqali  qonga 
so‘riladi.  Orqa  ichak  to‘g‘ri  nayta  o‘xshash  bo‘ladi.  Parazit  zuluklar  qon  so‘radi.  Ayrim  erkin 
yashovchi zuluklar har xil umurtqasizlar (mollyuskalar, chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish