bo‘ladigan oldingi qismida saqlanib qoladi. Tuban ko‘ ptuklilarda parapodiylar va qillar bo‘
lmaydi.
Ko‘ptuklilar tanasi yupqa kutikula bilan qoplangan. Kutikula uning ostida joylashgan bir
qator epiteliydan hosil bo‘ladi. Sodda tuzilgan ko‘ptuklilr epiteliyida kipriklar bop. Epiteliyda
joylashgan bezli xujayralar ishlab chiqargan. sekret qotib, hayvon tanasi atrofida shaffof muguz
yoki xitin naycha hosil qiladi. Qum, ba′zan ohak shimilishi natijasida naycha devori
mustahkamlanadi. Epiteliy ostida joylashgan halqasimon va boylama muskullar qavati sodda ko‘
ptuklilarda yaxlit joylashgan bo‘ladi. Yuksak ko‘p tuklilarda esa muskul qavati parapodiyalar
yordamida 4 ta boylama tasmaga bo‘linadi. Boylama muskullar qavati ichki tomondan bir qavat
peritoneal epiteliy bilan qoplangan.
Ichki tuzilishi.
Selom yaxlit bo‘lmasdan metamer joylashgan juft xaltachalardan iborat.
Selom xaltachalari devori ichak ustida va ostida o‘zaro qo‘shilib, mezenteriy deb ataladigan tana
boylab joylashgan ikki qavatli to‘siqni hosil qiladi. Ichak ana shu to‘siq orqali tana devoriga
osilib turadi. Qo‘shni selomik xaltachalar devori ham segmentlar chegarasida ikki qavatli
ko‘ndalang to‘siq -
septa, ya‘ni
dissepiment hosil qiladi. Septalar selomni tana segmentlari
soniga teng miqdordagi ko‘ndalang qismlarga bo‘ladi. Selom suyuqligida
amyobasimon
xujayralar suzib yuradi.
Selom tayanch, transport, ayirish va jinsiy funktsiyalarni bajaradi. Teri-muskul xaltasi
qisqarganida tana devori selom suyuqligiga bosim ostida ta‘sir qilganidan chuvalchang tanasi
taranglashadi. Tana cho‘zilganida yoki qisqarganida (masalan, chuvalchang in qaziganda yoki
harakatlanganida) suyuqlik selomning bir qismidan ikkinchi qismiga oqib o‘tadi. Oziq moddalar
ichakdan selomga o‘tib, keyin to‘ qimalarga tarqaladi. Selomdan moddalar almashinuvining
suyuq va qattiq mahsulotlari to‘ planadi. Unda urug‘ va tuxum hujayralar yetiladi.
Hazm qilishva nafas olish sistemasi. Hazm qilish sistemasi peristomiumning qorin
tomonida joylashgan og‘izdan boshlanadi. Ichagi ektodermal oldingi, endodermal o‘rta va
ektodermal orqa ichakdan iborat. Oldingi ichak ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i va muskulli halqumga
bo‘linadi. Ko‘pchilik yirtqich ko‘ptuklilarning halqum devori kutikulasi qalinlashib, o‘tkir xitin
tishchalar, ya‘ni jag‘ plastinkalarni hosil kiladi. Halqum ag‘darilib tashqariga chiqariladi va o‘ lja
tutib olinadi. Yirtqich bo‘ lmagan turlarda halqum kuchsiz rivojlangan. O‘ rta ichak to‘g‘ri
naydan iborat. Orqa ichak kalta bo‘ladi. Kezib yuruvchi ko‘ptuklilar asosan yirtqich bo‘lib,
mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. O‘troq yashovchilar suvdag‘i organik moddalar va mayda
organizmlar bilan oziqlanadi. Ularda oziqni yig‘ish va uni og‘iz tomonga haydash vazifasini
boshdagi uzun patsimon o‘simtalari (palpalar) bajaradi. Bu o‘simtalar nafas olish organi -
jabralar ham hisoblanadi. Nafas olish organlari har xil tuzilgan. Sodda tuzilgan vakillari teri
yuzasi orqali nafas oladi. Ko‘pchilik ko‘ptuklilar parapodiylarning bir qismi, masalan, orqa mo‘
ylovi jabraga aylanadi. Jabraga qon tomirlari kiradi. Uning devori orqali suvda erigan kislorod
qonga o‘tadi. Jabralar patsimon, bargsmon yoki shoxlangan bo‘lib, tananing muayyan bir
qismida, masalan, boshida yoki parapodiylarda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: