bir qator kipriklar belbog‘ shaklida o‘rab turadi. Og‘iz teshigidan oldinda joylashgan belbog‘
prototrox deyiladi. Ichagi oldingi, o‘rta va orqa ichakdan iborat. Ichak bilan tana devori o‘rtasida
birlamchi tana bo‘shlig‘i bo‘ladi. Ichakning ikki yonida bir juft metanefridiylar joylashgan.
Birmuncha vaqtdan so‘ ng troxofora metamorfozga kirishadi. Uning keyingi qismi cho‘zilib, bir
necha bo‘g‘imni hosil kiladi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar, qillar yoki kiprikli belbog‘lar rivoj-
lanadi. Shu usulda birlamchi bo‘ shlikli segmentsiz troxofora segmentli metatroxoforaga
aylanadi. Metatroxofora biroz suzib yurib, suv tubida hayot kechirishga o‘tgach. Uning
hujayralari to‘xtovsiz bo‘linib yangi tana bo‘g‘imlarini hosil qiladi. Birlamchi tana bo‘shlig‘i
selom bilan almashinadi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar, ektoderma hisobidan nerv stvollari, sezgi
organlari, nerv gangliylari hosil bo‘ladi.
Ekologiyasi. Ko‘ptuklilar - turlarga eng boy halqali chuvalchanglar sinfi. Asosan
dengizlarda yashovchi 5300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular orasida suvda suzuvchi, dengiz
tubida o‘rmalab yoki balchiqqa ko‘milib oluvchi hamda ingichka nay ichida o‘troq yashovchi
turlari bor. Ayrim turlari parazit hayot kechiradi. Ko‘ptuklilarning bir necha turi chuchuk suv
havzalarida tarqalgan.
Ko‘ ptuklilarning kattaligi bir necha mm dan 3 m gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari sohil
yaqinida suv tubida, ko‘ pincha 1000 m ga yaqin, ba‘zan 8000 m gacha chuqurlikda uchraydi.
Planktonda yashaydigan turlari tanasi shaffof bo‘ladi. Suv tubida tarqalgan turlari suv o‘ tlari
orasida o‘ rmalab yuradi; qum yoki loyni kavlab kirib oladi. Qum chuvalchangi xuddi shunday
hayot kechiradi. Dengiz tubida maxsus naychalarda yashaydigan o‘ troq ko‘ptuklilar ayniqsa
xilma-xil bo‘ladi.
Amaliy ahamiyati. Ko‘ ptuklilarning ayrim turlari, masalan, palolo -
Eunice virides oziq-
ovqat sifatida foydalaniladi. Suv tubida yashaydigan turlari ovlanadigan baliqlar, qisqichbaqalar
va boshqa hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ko‘ptuklilardan
Nereis diversicolor 1939-1940
yillarda Qora dengizdan Kaspiy dengiziga introduktsiya qilingan.
Ko‘ ptuklilar daydilar va o‘troq yashovchilar kenja sinflariga bo‘linadi.
Daydib yuruvchi koptuklilar (Errantia) kenja sinfi. Bu kenja sinfga bosh qismi -
prostomium yaxshi rivojlangan, tana bo‘g‘imlari birmuncha gomonom bo‘lgan chuvalchanglar
kiradi. Ko‘pchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz sichqoni (
Aphrodite) tanasi qalin va uzun
qillar bilan qoplangan. Tanasi shaffof, ko‘zlari yirik bo‘ladi. Nereis turlari jinsiy voyaga yetgan
epitok davriga ega.
O‘troq yashovchi ko‘ptuklilar (Sedentaria) kenja sinfi. Boshi kuchsiz rivojlangan yoki
reduktsiyaga uchragan. Parapodiylari kuchsiz rivojlangan. Tanasi ko‘pincha bir nechta
geteronom segmentlardan iborat. Jabralari tanasining ma‘lum qismida, asosan boshida
joylashgan. Odatda nay ichida yashaydi.
Chaetopterus ko‘ptuklisi tunda shulalanadi.
Qumchuvalchang
Arenicola marina tanasi 30 sm gacha, qumda uya qazib yashaydi.
Serpula va
Do'stlaringiz bilan baham: