O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

spirorbus ohak nay ichida yashaydi. Amfitrit va Sabellariya bosh qismida uzun jabra o‘simtalari 
bo‘ladi. 
Kamtuklilar (Oligochaeta) sinfi 


Kamtuklilar  tana  o‘  simtalari  (parapodiy,  palpa,  jabralar)  yo‘qolib  ketgan  halqali 
chuvalchanglardan  iborat.  Kamtuklilarda  parapodiylar  o‘rniga  faqat  ularning  qillari  sakdanib 
qoladi.  Jinsiy  sistemasi  germafrodit.  Jinsiy  bezlari  tanasining  bir  necha  oldingi  segmentlarida 
joylashgan. Ular chuchuk suv va tuproqda yashaydi. 3400 ga yaqin turlari ma‘lum. 
Tashqi  tuzilishi.  Tanasi  bir  oz  yassilashgan  silindr  shaklida,  uzunligi  0,5  mm  dan  3  m 
gacha. Tanasi oldingi bo‘g‘imi prostomium harakatchan, unda  o‘simtalar bo‘lmaydi. Tanasi 30-
40  tadan  600  tagacha  segmentdan  tashkil  topgan,  faqat  ayrim  turlarida  7-9  segment  bo‘ladi. 
Kamtuklilarda prostomiumdan tashqari hamma tana segmentlarida to‘rt tutamdan (2 tadan qorin 
va  yon)  qillar  bo‘ladi.  Tutamdagi  qillar  soni  kamtuklilarda  bir  xil  bo‘lmaydi.  Yomg‘ir 
chuvalchangida  har  bir  tutamda  bir  juftdan,  ya‘ni  bitta  segmentda  4  juftdan  qillar  bo‘ladi. 
Qillarning  joyi  parapodiylarning  orqa  va  qorin  bo‘laklari  o‘rniga  mos  keladi  (84-rasm). 
Kamtuklilar tanasi keyingi anal qismi - pigidiumda anal teshigi joylashgan. 
Kamtuklilar  teri-muskul  xaltasining  tuzilishi  ko‘ptuklilarga  o‘xshaydi.  Ulardan  orqa 
mezenteriysining bo‘lmasligi, segmentlari orasida teri ustiga selom suyuqligi chiqarib turadigan 
mayda teshikchalarning bo‘lishi bilan farq qiladi. Ularning teri epiteliysi hujayralari orasida bezli 
hujayralar  ko‘p  bo‘ladi.  Hujayralar  teri  yuzasiga  shilimshiq  modda  ishlab  chiqaradi.  Bezli 
hujayralar  yomg‘ir  chuvalchangining  31-37  bo‘g‘imlari  yo‘g‘onlashudan  hosil  bo‘lgan 
belbog‘ida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Ko‘payish davrida bu bezlar suyuqligidan pilla hosil bo‘ladi. 
Ichki  tuzilishi.    Hazm  qilish  sistemasi  ixtisoslashgan  halqum,  qizilo‘ngach,  muskulli 
oshqozon,  o‘rta  va  orqa  ichakdan  borat  (85-rasm).  Yomg‘ir  chuvalchangining  qizilo‘ngachi 
kengayib,  jig‘ildonni  hosil  qiladi.  Qizilo‘ngachga  uch  juft  morrenov  bezlarining  yo‘li  ochiladi. 
Bezlar  ajratib  chiqaradigan  ohak  chuvalchang  ozig‘i    tarkibidagi  gumus  kislotani 
neytrallashtiradi.  O‘rta  ichakning  ustki  qismi  uning  bo‘shlig‘iga  botib  kirib,  tiflozolni  hosil 
qiladi. Tiflozol ichakning ichki hazm qilish yuzasini kengaytiridi. 
Qon aylanish sistemasi  ko‘ptuklilarga o‘xshaydi. Qonni qon tomirlarida  oqishini orqa va 
halqum atrofi  halqa qon  tomirlari  ta‘minlab turadi.  Kamtuklilar  terisi orqali nafas  oladi.  Terida 
kapillyar qon tomirlari qalin tur hosil qiladi. 
Ayirish  organlari  har  bo‘g‘imda  bir  juftdan  joylashgan  metanefridiylardan  iborat.  O‘rta 
ichak  va  qon  tomirlarini  sirtdan  qoplab  turadigan  xloragogen  hujayralar  ham  ayirish 
funktsiyasini  bajaradi.  Xloragogen  hujayralarda  tana  bo‘shlig‘idagi  qattiq  ayirish  mahsulotlari 
to‘planadi.  Bu  hujayralar  mahsulotlari  tana  bo‘  shlig‘iga  tushib,  maxsus  teshik  orqali  chiqarib 
yuboriladi. 
Nerv  sistemasi  boshqa  halqali  chuvalchanglarnikiga  o‘xshash  bir  juft  halqumusti 
gangliylar, halqum  atrofi konnektivalar va qorin  nerv zanjiridan iborat.  Sezgi  organlari kuchsiz 
rivojlangan. Ko‘zlar bo‘lmaydi,  yomg‘ir chuvalchanglari terisi  yuzasida  yorug‘likka juda sezgir 
hujayralar bo‘ladi. 
Jinsiy sistemasi germafrodit bo‘ lib, tananing oldingi qismida joylashgan. Tananing 10-11 
bo‘imlarga  mos  keladigan  qismida  ikki  juft  urug‘donlar  bor.  Urug‘donlar  uch  juft 
urug‘xaltalarida  joylashgan.  Urug‘hujayralar  urug‘  kapsulalaridan  urug‘  xaltachalariga  tushadi. 
Bu yerda yetilgandan so‘ ng yana urug‘ yo‘liga keladi. Kapsulalardan tananing har bir tomoniga 
bittadan urug‘ yo‘li ketadi. Urug‘ yo‘llari 15-bo‘g‘imda tashqariga ochiladi. 


Urg‘ochilik  jinsiy  bezlari  tanasining  13  va  14-bo‘gi‘mlarda  joylashgan  mayda 
tuxumdonlar,  ulardan  boshlanadigan  tuxum  yo‘llari,  9  va  10-bo‘imlarda  joylashgan  urug‘qabul 
qilgichdan  iborat.  Funktsional  jihatdan  belbog‘chadagi  bir  hujayrali  bezlarni  ham  urg‘ochilik 
jinsiy  sistemasiga  kiritish  mumkin.  Bu  bezlar  ishlab  chiqadigan  suyuqlik  pilla  hosil  qiladi. 
Suyuqlik tarkibidagi oqsil modda esa rivojlanayotgan embrion uchun oziq bo‘ladi. 
Kamtuklilarning  urug‘lanishi  ikki  hayvon  o‘  rtasida  urug‘  hujayralar  almashinuvidan 
iborat.  Buning  uchun  ikkita    chuvalchang  qorin  tomoni  bilan  bir-biriga  yaqinlashadi.  Ularning 
bosh tomoni bir-biriga qaragan bo‘ladi. Chuvalchanglar belbog‘chasi ishlab chiqargan shilimshiq 
moddasi ular tanasini ikkita mufta shaklida o‘rab oladi. Bir chuvalchang ajralib chiqargan urug‘ 
hujayralar  maxsus  tarnovcha  orqali  ikkinchi  chuvalchang  muftachasiga,  undan  urug‘  qabul 
qilgichga  o‘tadi.  Shundan  so‘  ng  chuvalchanglar  ajralib  ketadi.  Chuvalchang  harakatlanganida 
muftacha  uning  bosh  tomoniga  siljiy  boshlaydi.  Muftachaga  14-bo  g‘imdagi  urg‘ochilik  jinsiy 
teshigidan  tuxum  xujayralar,  9  va  10-segmentdagi  urug‘  qabul  qilgich  teshigidan  urug‘ 
hujayralar  tushadi.  Muftacha  ichida  tuxum  hujayralar  urug‘lanadi.  Muftacha  chuvalchang  bosh 
tomonidan siljib tuproqqa tushadi; uning ikki uchi tortilib bekiladi va devori qalinlashib pillaga 
aylanadi. Tuxumlar pilla ichida rivojlanadi. 
Ayrim  kamtuklilarda  jinssiz  ko‘payish  ham  sodir  bo‘ladi.  Arxitomiya  deb  ataladigan 
bunday ko‘payishda chuvalchang tanasi ikkiga bo‘linadi. Oldingi bo‘lakda tananing yetishmagan 
orqa  qismi,  keyingi  bo‘lakda  oldingi  qismi  shakllanadi.  Yomg‘ir  chuvalchangi  Lumbricus 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish