O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Qon  aylanish  sistemasi  tananing  orqa  va  qorin  tomoni  boylab  joylashgan  qon 
tomirlaridan  iborat.  Orqa  qon  tomirlari  ichak  ustidan,  qorin  qon  tomirlari  esa  ichak  ostidan 
o‘tadi. Qon tomirlari bo‘shlig‘i birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i hisoblanadi. Ikkala qon tomir-
lari  ham  peritoneal  epiteliy  ostidan  o‘tadigan  mayda  tomirlar,  lakunlar  hamda  selom  devorini 


aylanib  o‘tadigan  halqa  tomirlar  bilan  bog‘langan.  Halqa  tomirlar  har  bir  segmentda  bittadan, 
ba‘zan  bir  nechtadan  bo‘lib  joylashadi.  Qon  halqa  tomirlar  orqali  jabralarga  va  teriga  boradi; 
jabralardan  va  moddalar  almashinuvi  mahsulotlaridan  qonni  tozalovchi  nefridiylardan  qaytadi. 
Qon tomirlari organlarda juda mayda ingichka kapillyarlarni hosil kiladi. Qon aylanish sistemasi 
yopiq,  chunki  yirik  qon  tomirlaridan  to‘qimalarga  qon  olib  boruvchi  kapillyarlar  to‘  g‘ridan-
to‘g‘ri  kon  olib  keluvchi  tomirlarga  ulanib  ketadi.  Qon  faqat  qon  tomirlari  ichida  oqadi.  Orqa 
qon  tomirining  ritmik  qisqarishi  tufayli  qon  orqa  qon  tomiri  boylab  orqadan  oldinga,  qorin 
tomirlarida esa oldindan orqaga oqadi. Tana oldingi qismida ichak atrofida joylashgan halqa qon 
tomirlari  orqali  qon  orqa  tomirdan  qorin  tomiriga,  tananing  keyingi  qismidagi  xuddi  shunday 
tomirlar orqali qon qorin tomiridan orqa tomiriga o‘tadi. 
Halqali  chuvalchanglar  qoni  odatda  qizil  rangli  bo‘ladi.  Kizil  rang  umurtqali 
hayvonlardagi  singari  qon  tarkibida  temir  birikmasining  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Lekin  halqali 
chuvalchanglarda  bu  modda  umurtkalilar  singari  qon  xujayrasi  tarkibida  emas,  balki  plazmada 
erigan holda bo‘ladi. 
Ayirish sistemasi - metanefridiylar. Odatda har bir tana segmentida bir juftdan nefridiylar 
joylashgan.  Shuning  uchun  halqali  chuvalchanglar  ayirish  sistemasini  bo‘g‘imlarda  joylashgan 
organlar - metanefridiylar deyiladi. Nefridiyning ichki uchi selom bo‘shlig‘i orqa devori yonida 
turadi.  Uning  nayi  dissepimentni  teshib  keyingi  segment  bo‘shlig‘iga  o‘tadi  va  tana  yon 
tomonidan tashqariga ochiladi. Tuban halqalilarda ayirish funksiyasini protonefridiylar bajarasdi. 
Bunday  hollarda  ayirish  nayining  ichki  uchida  to‘g‘nog‘ichga  o‘xshash  bir  dasta  xivchinli 
hujayralar,  ya‘ni,  solenotsitlar  joylashgan.  Solenotsitlar  ham  hilpillovchi  hujayralar  singari 
osmoregulyatsiya  vazifasini  bajaradi.  Almashinuv  mahsulotlari  protonefridiy  asosiy  nayidan 
chiqib  ketadi.  Ko‘pchilik  chuvalchanglarda  solenotsitlar  reduktsiyaga  uchrab,  ularning  o‘rniga 
kipriklar  bilan  o‘ralgan  selomga  ochiladigan  teshikcha  paydo  bo‘ladi.  Shunday  qilib 
protonefridiy  metanefridiyga  aylanadi.  O‘troq  ko‘ptuklilarda  ayiruv  naylari  qisqarib,  bir  necha 
bo‘g‘imlarda  saqlanib  qolgan.  Ayrim  peritoneal  hujayralar  ham  ayirish  funktsiyasini  bajaradi. 
Qon tomirlari devoridagi sariq modda almashinuvining suvda erimaydigan mahsulotlari (guanin, 
ya‘ni  siydik  kislotasi  tuzlari)  dan  iborat.  Xlorogen  hujayralar  deb  ataladigan  bu  hujayralar 
ekskret moddalar bilan to‘lgach, halok bo‘ladi. Ularning ichidagi moddalar esa tana suyuqligiga 
o‘tib, u yerdan nefridiylar orqali tashqariga chiqariladi. 
Nerv  sistemasi  va  sezgi  organlari.  Nerv  sistemasining  markaziy  qismi  bir  juft  bosh 
gangliylari, ulardan chiqib, halqumni aylanib o‘tadigan ikkita halqum atrofi konnektivalar va bir 
juft  qorin  nerv  stvolidan  iborat.  Ikkita  har  xil  gangliylarni  birlashtiradigan  nerv  stvollari 
konnektivalar,  bitta  segmentdagi  gangliylarni  birlashtiradigan  nerv  stvollari  esa  komissuralar 
bo‘ladi.  Tuban  ko‘ptuklilarda  qorin  nerv  stvollari  birbiridan  uzoqroq  turadi,  ularning  nerv 
hujayralari bir tekis joylashgan. Birmuncha murakkab tuzilgan ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari 
o‘zaro yaqinlashgan bo‘lib, ularda har bir segment qarshisida bittadan nerv hujayralar to‘ plami, 
ya‘ni  ganglioz  hujayralar  paydo  bo‘ladi.  Ikkala  gangliyalar  ko‘ndalang  bog‘-  komissura  bilan 
bog‘lanadi. Bunday nerv sistema nerv narvoni deyiladi. Ko‘pchilik ko‘ ptuklilarda nerv stvollari 
yanada ko‘proq yaqinlashib, har bir segmentdagi gangliylar birga qo‘ shilib ketadi. Nerv stvollari 
alohida  bo‘lib  qoladi  yoki  birga  qo‘shilib  ketadi.  Bunday  nerv  sistemasi  qorin  nerv  zanjiri 
deyiladi.  Markaziy  nerv  sistemasidan turli  organlarga juda ko‘p nervlar  chiqadi.  Bosh miyadan 
antennalar,  palpalar  va  ko‘zlarga;  qorin  nerv  zanjiri  gangliylaridan  ugla  segmentda  joylashgan 
organlarga nervlar chiqadi. 


Sezgi organlari erkin faol yashovchi turlarda yaxshi rivojlangan. Sezgir hujayralar terida 
ko‘p  bo‘ladi.  Antennalar,  palpalar,  prostomiumdagi  kiprikli  chuqurchalar,  parapodiylardagi 
moylovlar maxsus sezgi organlari hisoblanadi. Ayrim o‘troq yashovchi ko‘ptuklilarda tanasining 
oldingi  segmentlarida  1-5  ta  yoki  undan  ko‘proq  muvozanat  sakdash  organi  -  statotsistlari 
bo‘ladi.  
Ko‘zlar deyarli hamma ko‘ptuklilarda bo‘ladi, ko‘pincha, prostomiumning tepa qismida 2 
yoki 4 ta bo‘lib joylashgan. Oddiy hollarda ko‘zlar ektodermadan hosil bo‘ladigan qadahsimon 
chuqurchalardan iborat. Chuqurcha tubidagi epiteliy to‘rparda vazifasini bajaradi. To‘rparda ikki 
xil  hujayralardan  iborat.  Ulardan  bir  xili  retinal  hujayralar  bo‘lib,  ularda  yorug‘likka  sezgir 
tayoqchalar  joylashgan.  Retinal  xujayralardan  bosh  miyaga  nerv  tolalari  chiqadi.  Ko‘pchilik 
ko‘ptuklilar  ko‘zi  ancha  murakkablashgan,  teridan  ajralgan  yopiq  qo‘z  pufagini  hosil  qiladi. 
Pufakda qavariq ko‘z gavhari va  shishasimon tana joylashgan. Ko‘zlar invertirlanmagan (teskari 
ag‘darilmagan)  deyiladi.  Boshdagi  ko‘  zlar  bilan  birga  yoki  ular  reduktsiyaga  uchraganida 
tananing  boshqa  qismida  ham  ko‘zlar  hosil  bo‘lishi  mumkin.  Nay  ichida  yashaydigan  ko‘ 
ptuklilar  ko‘zlari  jabraga  aylangan  palpalarda,  Orqasi  bilan  o‘rmalaydigan  turlarda    orqa 
chiqaruv teshigi yaqinida joylashgan. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish