O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Nemirtinalar (Nemertini) tipi 
Nemertinalar - asosan dengizlarda erkin hayot kechiradigan, qisman, parazit yashaydigan 
chuvalchanglar.  Tanasi  hilpillovchi  epiteliy  bilan  qoplangan.  Epiteliy  ostida  halqa  va  boylama 
muskullar  joylashgan.  Tanasi  oldingi  uchida  maxsus  xaltachaga  kirib  turadigan  uzun  xartumi 
bor. Xartum o‘ljasini tutish uchun zarur. Tana bo‘ shlig‘i bo‘lmaydi, ichki organlar  oralig‘i pa-
renxima  bilan  to‘lgan.  Hazm  qilish  sistemasi  oldingi,  o‘rta  va  keyingi  ichakdan  iborat.  Qon 
aylanish  va  protonefridiy  tipidagi  ayirish  sistemasi  rivojlangan.  Nerv  sistemasi  ortogon  tipida 
tuzilgan.  Nemertinalar  -  ayrim  jinsli.  Jinsiy  sistemasi,  sodda  tuzilgan  xaltachalar  shaklidagi 
follikulalardan  iborat.  Jinsiy  yo‘  llar  va  qo‘  shilish  organi  bo‘lmaydi.  Nemertinalarning  750  ga 
yaqin turi bor. Bu tipga nemertinalar (Nemertini) sinfi kiradi. 
Tashqi tuzilishi. Tanasi cho‘ ziq, odatda silindr shaklida, ba‘zan dorzoventral (orqa-qorin) 
yo‘nalishida  yassilashgan. Kattaligi  1-2 sm  dan  2 m  gacha, ba‘zan 30 m ga  yetadi.  Ko‘pchiligi 
qoramtir tusli, ba‘zi vakillari  yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo‘ladi. Og‘iz teshigi tanasi 
oldingi  qismining.  qorin  tomonida  joylashgan.  Tanasining  eng  uchki  qiyemida  joylashgan 
teshigidan  uzun  xartumini  damba-dam  chiqarib  turadi  (72-rasm).  Tanasi  hilpillovchi  epiteliy 
bilan  qoplangan.  Epiteliy  ostida  bazal  membrana,  uning  ostida  esa  muskullar  joylashgan.  Bir 
guruh nemertinalarda muskullar tashqi halqa va ichki boylama qavatlardan iborat. Boshqalarida 
esa  halqa  muskullar  bilan  epiteliy  orasida  yana  bitta  boylama  muskullar  qavati  joylashgan. 
Bundan  tasqari  orqa-qorin  muskullar  boylami  ham  rivojlangan.  Ichki  organlari  oralig‘i  g‘ovak 
parenxima bilan to‘lgan. 
Ichki  tuzilishi.  Ichagi  to‘g‘ri  naysimon,  tana  boylab  joylashgan.  Oldingi  ichak 
qizilo‘ngach deyiladi. O‘ rta ichak ikki yonida xaltasimon cho‘ntakchalar bo‘ladi. Keyingi ichak 
ektodermadan kelib chiqqan bo‘lib, anal teshigiga ochiladi. 


Nemertinalar  –  yirtqich,  chuvalchanglar,  qisqichbaqalar,  mollyuskalar  va  boshqa  mayda 
hayvonlar bilan oziqlanadi. O‘ ljani tanasi orqa tomonida  maxsus qin ichiga joylashgan xartumi 
bilan  tutadi.  Lekin  xartum  hazm  qilish  nayi  bilan  bog‘lanmagan.  Qin  muskullari  qisqarganida 
xartum  qayta  ag‘darilib  tashqariga  chiqariladi.  Xartum  hujum  qilish  va  himoyalanish  organi 
hisoblanadi.  Ba‘zi  nemertinalar  xartumida  ninaga  o‘xshash  o‘tkir  stileti  bor.  Qurollanmagan 
nemertinalar xartumi zaharli sekret ishlab chiqaradi.  
Qon aylanish sistemasi ilk bor paydo bo‘lgan, ancha sodda tuzilgan. Asosiy qon tomirlari 
uchta;  ulardan  biri-  orqa  qon  tomiri  ichak  ustida,  boshqa  ikkita  yon  tomiri  tanasi  ikki  yonida 
joylashgan. Qon tomirlari  tana oldingi  uchida o‘zaro tutashgan.  Yirik qon tomirlari ko‘ndalang 
tomirlar  orqali    o‘zaro  tutashgan  bo‘ladi.  Qon  oziq  moddalar  va  kislorodni  organlar  va 
to‘qimalarga tashiydi. 
Ayirish  sistemasi  protonefridiy  tipida  tuzilgan;  tanasi  oldingi  qismi  ikki  yonida 
joylashgan  ikkita  naydan  iborat.  Naylardan  juda  ko‘p  mayda  naychalar  tana  boylab  tarqalgan. 
Naychalar  kiprikli  xujayralar  bilan  tugaydi.  Modda  almashinuv  mahsulotlari  qondan  ayirish 
naychalariga diffuziya orqali o‘tadi. 
Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi ikki juft miya gangliylari va 
ular  bilan  bog‘langan  nerv  stvollaridan  iborat.  Bir  juft  serebral  gangliy  xartum  qini  ustida, 
ikkinchi  jufti  qinning  ostida  joylashgan.  Odatda  miya  ustida  2,4  ta  yoki  undan  ko‘proq 
invertirlangan ko‘zchalar yorug‘likni sezadi. 
Jinsiy  sistemasi  ancha  sodda  tuzilgan.  Ayrim  jinsli,  tuxumlari  suvda  urug‘lanadi. 
Ko‘pchilik  nemertinalar  tuxumidan  shakli  kaskaga  o‘xshash  kiprikli  pilidiy  lichinkasi  chiqadi.  
Chuchuk suvda  yashovchi  bitta turidan tashqari  barcha  nemertinalar  dengiz sohili  yaqinida suv 
tubida, ayrim turlari suvda suzib  yuradi. Suvda suzuvchi  turlarining tanasi kalta, keyingi qismi 
kengayib  suzgichga  aylangan.  Ayrim  nemertinalar  krablar  va  mollyuskalarda  parazitlik  kiladi. 
Shimoliy  dengizlarda  ikki  pallali  mollyuskalar  mantiya  bo‘shlig‘ida  parazitlik  qiladigan 
Malacobdellaning yaxshi rivojlangan so‘rg‘ichi bor (74-rasm). 
Nemertinalar-  kiprikli  chuvalchanglar  singari    tana  bo‘shlig‘i  rivojlanmagan 
parenximatoz  hayvonlar.  Pilidiy  lichinkasi  ham  ko‘p  shoxli  kiprikli  chuvalchanglar  myullerov 
lichinkasiga  o‘xshaydi.  Bu  dalillar  ularni  ko‘p  shoxli  kiprikli  chuvalchanglardan  kelib 
chiqqanligini isbotlaydi
11

                         Tikanboshlilar (Acanthocephales) tipi 
Tikanboshlilarga  500  ga  yaqin  parazit  turlar  kiradi.  Voyaga  yetgan  davrida    umurtqali 
hayvonlar  ichagida  parazitlik  qiladi.  Tanasi  oldingi  uchi  xartumga  o‘xshash  yopishuv  organiga 
aylangan.  Tana  qoplag‘ichi  yupqa  kutikula  va  gipodermadan  iborat.  Hazm  qilish,  qon  aylanish 
va nafas olish sistemalari bo‘lmaydi. Tikanboshlilar- ayrim jinsli. Jinsiy sistemasining chiqarish 
yo‘li ko‘pincha ayirish sistemasi yo‘li bilan umumiy nayga qo‘shilib ketgan. Metamorfoz orqali 
rivojlanadi. Hayot sikli xo‘ jayin almashinish orqali boradi.  
                                                           
11
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish