To‟ garak chuvalchanglar filogeniyasi. Filogenetik jihatdan to‘ garak chuvalchanglar
kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Bu ikki guruh o‘rtasida o‘xshashlik tuban tuzilishga
ega bo‘ lgan vakillarda ko‘zga tashlanadi.
Og‘izaylangichlilar va qorinkipriklilar sinfi vakillari tanasida kipriklar bilan qoplangan
joylarning bo‘lishi, protonefridiylar, halqum va jinsiy bezlari tuzilishiga ko‘ra kiprikli
chuvalchanglarga yaqin turadi. To‘garak chuvalchanglarning nerv sistemasi kiprikli
chuvalchanglardan ko‘p farq qilmaydi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasi oldingi uchida
joylsashgan. Yassi chuvalchanglar orasida faqat to‘g‘ri ichaklilarda og‘iz teshigi ana shunday
joylashgan. Ayrim jinsli xususiyatini hisobga olmaganimizda to‘garak chuvalchanglar jinsiy
sistemasining tuzilishi (xususan, og‘izaylangichlilarda sarig‘donlarning bo‘lishi) ham kiprikli
chuvalchanglarga o‘xshash bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |