O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Chig‟anoqlilar (Conchifera) kenja tipi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Chig‟anoqlilar (Conchifera) kenja tipi.Tanasi yaxlit yoki ikki tavaqali chig‘anoq ichida 
joylashgan.  Nerv  sistemasi  tarqoq  nerv  tugunlaridan  iborat.  Yon  nerz  stvollari  orqa  ichakdan 
keyinroqda  tutashgan.  Ko‘zlar  va  paypaslagichlari  boshida  joylashgan.  Muvozanat  saqlash 
organlari rivojlangan. Chig‘anoqlilar monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, plastinka 
moylovlilar va boshoyoqlilar sinflarga bo‘linadi. 
Qalqondorlar, ya‟ni xitonlar (Loricata, Polyplacophora) sinfi 
Tashqi  tuzilishi.  Tanasi  orqadan  qorin  tomonga  yassilashgan  uzunchoq  oval  shaklida; 
bosh,  gavda  va  qorin  bo‘limlaridan  iborat  (90-rasm).  Boshi  tanasidan  aniq  ajralib  chiqmagan. 
Keng va  yassi  muskulli  oyog‘i  tanasini qorin tomonidan qoplab turadi.  Muskullar qisqarganida 
xiton  asta-sekin  sirg‘alib  harakat  qiladi.  Mmantiyasi  burmalar  shaklid  tanasi  chetlaridan  osilib 
tushib  turadi.  Burmalar  bilan  tanasi  o‘ralig‘ida  mantiya  egatchasi  joylashgan.tanani  halqa 
shaklida o‘rab olgan.  
Xitonlar  tanasi  orka  tomondan  8  plastinkali  chig‘anoq  bilan  qoplangan.  Plastinkalar  bir 
qator ketma-ket joylash, o‘zaro harakatchan tutashgan. Muskullarning to‘p-to‘p bo‘lib chig‘anoq 


plastinkalariga  ketma-ket  birikishi  halqali  chuvalchanglar  tanasida  organlarning  joylashishini 
eslatadi. 
Hazm  qilish  sistemasi.  Og‘iz  teshigi  boshi  ostida  joylashgan.  Og‘iz  oldingi  ichak 
kengaygan  muskulli  halqumga  ochiladi.  Halqumda  joylashgan  muskulli  tilchasi  yuzasi  muguz 
kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula  sirtida  bir  necha  qator  muguz  tishchalar  qirg‘ich  –  radulani 
qiladi.  Tishchalar  yordamida  molluska  toshga  yopishgan  suv  o‘  tlarini  qirib  oladi.  Halqumdan 
boshlangan qizilo‘ngach o‘rta ichakning  kengaygan qismi - oshqozonga o‘tadi. O‘rta ichak juda 
uzun, unga jigar naylari yo‘li tutashgan. Orqa ichak mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. 
Nafas  olish  organlari.  Qalqonlilarning  4  juftdan  80  juftgacha  patsimon  jabralari  bor. 
Jabralar tana ikki yonida mantiya egatchasida joylashgan. Har qaysi jabra lantsetsimon plastinka 
bo‘lib,  ular  yuzasida  tik  joylashgan  mayda  yaproqchalar  kitob  varaqlari  singari  bir-biri  ustiga 
taxlangan.  Jabralar  hilpirovchi  kiprikli  epiteliy  bilan  qoplangan.  Jabralarga  vena  qoni  kelib  tu-
radi. Kiprikchalar harakati tufayli jabrani doimo suv yuvib turadi. 
Qon  aylanish  sistemasi.  Yuragi  tanasi  keyingi  qismida  ichak  ustida  joylashgan  bo‘lib, 
qorincha  va  ikkit  bo‘  lmachadan  tuzilgan.  Qon  klapanli  1-  2  juft  teshiklar  orqali  yurak 
bo‘lmalaridan  qorinchaga  tushadi.  Qorinchaning  oldingi  uchidan  aorta  boshlanadi.  Aortadan 
organlarga  arteriyalar  chiqadi.  Arteriyalardagi  qon  organlar  va  to‘qimalar  orasida  joylashgan 
lakunlarga  tushqach,  kislorodini  to‘qimalarga  berib,  jabralarga  boradi.  Qon  tomirlari  jabralarda 
juda  ko‘p  mayda  kapillyarlarga  ajraladi.  Qon  jabradan  dastlab  vena,  so‘ngra    ikkita  yirik  qon 
tomirlari orqali yurakka kelib quyiladi. 
Ayirish  organlari  ichak  ikki  yonida  joylashgan  bir    juft  naychalardan  iborat. 
Naychalarning voronkasimon kengaygan qismi yurakoldi bo‘lmasi selomi perikardiyga, ikkinchi 
toraygan    uchi  mantiya  egatchasiga  ochiladi.  Naylardan    juda  ko‘p  uchi  berk  naychalar  tanaga 
tarqaladi.  Molluskalar  ayirish  organlari  halqali  chuvalchanglarning  jinsiy  voronkalari  - 
selomoduktlariga mos keladi. 
Nerv sistemasi  nisbatan  juda sodda tuzilgan bo‘lib, tuban halqalilarning  qo‘  sh  zanjirini 
eslatadi  (91-rasm).  Asosiy  qismlari  halqum  atrofi  nerv  halqasi  va  tana  bo‘  ylab  ketadigan  ikki 
juft  nerv  stvolidan  iborat.  Ulardan  bir  jufti  pedal  nerv  stvollari  oyoq  ichidan,  ikkinchi  jufti 
plevrovistseral  tomirlar  tanasi  chetlari  boylab  mantiya  egatchalari  ostidan  o‘tadi.  Pedal  nerv 
stvollari  ko‘  ndalang  nervlar  orqali  o‘zaro  tutashgan.  Plevrovistseral  stvollar  esa  parallel 
joylashgan  pedal  nervlar  bilan  tutashgan.  Halqum  atrofi  nerv  halqasi  boshni,    pedal  nervlar 
oyoqni, plevrovistseral nervlar boshqa a‘zolarni nervlar bilan ta‘minlaydi. 
Sezgi organlari. Qalqondorlarning sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Tanasi ikki yonida 
jabralar asosida sezuvchi epiteliy hujayralari kimyoviy sezgi organlari hisoblanadi. Bu organlar 
boshqa molluskalar osfradiylaridan keskin farq qiladi. Molluska tanasi orqa tomonida juda ko‘p 
mayda  sezgir  hujayralar-    estetlar  joylashgan.  EStetlarning  bir  uchi  chig‘anoq  tashqi  qatlami, 
ikkinchi  uchi  esa  nerv  tolalari  orqali  plevrotsistseral  nerv  stvollari  bilan  tutashgan.  Muvozanat 
saqlash organi va paypaslagichlari bo‘lmaydi. 
Jinsiy sistemasi va rivojlanishi. Xitonlar - ayrim jinsli. Toq urug‘don va tuxumdoni ichagi 
ustida  joylashgan.  Jinsiy  bezlari  yo‘li  mantiya  egatchasiga  ochiladi.  Yetilgan  jinsiy  xujayralar 
suvga  chiqadi.  Kuyikish  organlari  bo‘lmaydi.  Lichinkasi  halqali  chuvalchanglar  troxoforasiga 


o‘xshab  suvda  suzib  yuradi.  Keyinroq  lichinka  orqa  tomonida  chuqurcha,  chuqurcha  ustida 
chig‘anoq  plastinkalari  hosil  bo‘ladi.  Qorin  qismida    oyog‘i  va  ikki  juft  ko‘zlari  shakllanadi. 
Lichinka kipriklari va ko‘zini tashlagach, suv tubiga tushib voyaga yetadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish