O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 20-21-22 MARUZA: MOLLUSKALAR (MOLLUSCA) TIPI 
(6 SOAT) 
Tayanch  iboralar:  Chiganoq,  mantiya,  mantiya  boshligi,  radula,  bissus  bezlari,  ktenidiy 
jabralar,  ochiq  qon  aylanish  doirasi,  chiarish  sifioni,  kirish  sifoni,  paypaslagihlar,  osfradiylar, 
marvarid,  konxiolin,  sadaf,  xiton,  mantiya  egatchasi,  myuller  lichinkasi,  veliger, 
gektokotillashgan. 
Ma’ruzaning rejasi:  
1. Molluskalr tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. 
2. Qalqondorlar, ya‘ni xitonlar (Loricata, Polyplacophora) sinfining tavsifi. 
3. Qorioyoqlilar sinfi, tok shilliging tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. 
4. Qorinoyoqlularning xilma-xilligi, ahamiyati va tarqlishi. 
5.Ikkipallilar sinfi, baqachiganoqning tuzilishi,  kopayishi va rivojlashi. 
6. Ikkipallalilarning xilma-xilligi, tarqalishi va ahamiyati. 
7. Boshoyoqlilar sinfi<, tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. 
8, Boshoyoqlilarning xilma-xilligi, tarqalishi va ahamiyati. 
9. Molluskalarning filogeneyasi. 
 Ma’ruzaning mazmuni: 
Molluskalar  tipining  umumiy  tavsifi.  Molluskalar  -  xilma-xil  tuzilgan  eng  qadimgi 
hayvonlar. Ko‘pchilik molyuskalar bilaterial simmetriyali. Biroq bir qancha turlari organlarning 
joylanishi  o‘zgarishi  bilan,  assimetrik  shaklga  kirgan.  Molluskalarning  tanasi  bo‘g‘imlarga 
bo‘linmagan.  Faqat  tuban  tuzilgan  molyuskalarda  metamerlik  tuzilishga  xos  belgilarni  ko‘rish 
mumkin. Tanasi bosh, gavda va oyoq bo‘limidan iborat. Faqat ikki tavaqali molluskalarda bosh 


bo‘limi  bo‘  lmaydi.  Harakatlanish  organi  -  oyoq  qorin  devoridan  hosil  bo‘lgan  yagona 
o‘simtadan iborat. 
Molluskalar- ikkilamchi tana bo‘shliqli hayvonlar, lekin selom qoldig‘i yurakoldi xaltasi 
(perikard) va jinsiy bezlar bo‘shlig‘idan iborat. Ichki organlar oralig‘i biriktiruvchi to‘qima bilan 
to‘lgan.  Tanasi  mantiya  teri  bilan  o‘ralgan.  Mantiya  bilan  tanasi  oralig‘ida  mantiya  bo‘shlig‘i 
hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv 
va jinsiy bezlar teshigi ham ana shu bo‘shliqqa ochiladi. Mantiya tanasi orqa tomonida chig‘anoq 
hosil qiladi. Ayrim molluskalar chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan. 
Qon  aylanish  sistemasi  ochiq,  qoni  tomirlarda  va  lakunlar  deb  ataluvchi  naylar  orqali 
oqadi. Yuragi ikki yoki ko‘proq kameralarga bo‘lingan. Nafas olish organlari - ktenidiy jabralar, 
quruqlik  va  bir  qancha  chuchuk  suv  qorinoyoqlilarida  o‘pkadan  iborat.  Ayirish  organi  halqali 
chuvalchanglar  metanefridiylariga  o‘xshash  bir  juft  naysimon  buyrak,  nerv  sistemasi  tarqoq 
joylashgan  nerv  tugunlaridan  iborat.  Tuban  molluskalar  nerv  sistemasi  halqum  atrofi  nerv 
halqasi  va  unda  ketuvchi  boylama    nerv  tolalaridan  iborat.  Ko‘pchilik  molluskalar  metamorfoz 
orqali rivojlanadi. Dengiz molluskalari lichinkasi troxofora yoki unga o‘xshash yelkanli lichinka- 
veliger deyiladi. 
Quruqlik molluskalari va ikkilamchi suv molluskalari metamorfozsiz rivojanadi.  
Molluskalar tipiga 150000 ga yaqin tur kiradi. Bu tip yonbosh nervlilar va chig‘anoqlilar 
kenja tiplariga ajratiladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish