4-M
A’RUZA
. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING
SHAKLLANISHI
1.
Inson geografiyasi fanining shakllanish tarixi
2.
O’zbekistonda inson geografiyasi fanining ilmiy yo’na
lishlarini rivojlanishi.
3.
Inson geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.
4.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari.
5.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g’oyalari.
Tayanch so’zlar
: kashfiyotlar, siyosiy arifmetika, harbiy geografiya, iqtisodiy
geografiya, harbiy-siyosiy vaziyat, sotsial geografiya, siyosiy geografiya,
geografiya jamiyati.
Inson geografiyasi
–
(iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) fanining shakllanishi
va rivojlanishi jamiyat t
araqqiyotining hududiy tomonlariga bog’lik bo’lgan
o’zgarishlar bilan belgilandi. Mavjud ilmiy manbalarni o’rganish shuni
ko’rsatadiki, iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida 3 yo’nalish yoki omil
asosiy sabab bo’lgan. Bu ham bo’lsa, eng avvalo kameral
statistika, tijorat
geografiyasi, siyosiy va harbiy geografiyadir. Ushbu yo’nalishlar rivojlangan
feodalizm va kapitalizmni shakllanishi davriga to’g’ri kelib, ular ko’proq G’arbiy
Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya, Britaniya, Frantsiya, Shvetsiya,
Avstriya kabi davlatlar hamda Rossiyada paydo bo’ldi. Bu bejiz emas albatta,
Chunki bu mamlakatlarda fan-texnika sohasining taraqqiy etishi, sanoat
inqilobining ro’y berish va dastlab bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllanishi
ishlab chiqarishni va b
uning natijasida, mamlakat hududlari to’g’risidagi iqtisodiy
bilimlarni rivojlanishiga olib keladi.
Rossiyada kameral statistika yoki “Siyosiy arifmetika” davlatshunoslik,
davlatning boyligi
–
yeri, mablag’i va aholisini hisob
-kitob qilish, uni boshqarish
soliq va askar to’plash kabi masalalar bilan shu g’ullangan holda, V.N.Tatishyev,
ota-
o’g’il P.P. va V.P.Semyonov Tyan
-
Shanskiylar faoliyati bilan bog’liq bo’ldi.
O’sha paytlarda statistika o’z qamroviga etnografiya va harbiy geografiya
masalalari hamda savdo-
sotiq ishlari bilan shug’ullanuvchi tijorat geografiyasiga
doir muammolarni ham olar edi. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini
“sifat” jihatidan 3 ga bo’lgan: matematik geografiya (ya’ni hozirgi geodeziya va
kartografiya) tabiiy hamda siyosiy geografiya.
1830 yilda Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida Qirollik
geografiya jamiyati (Royal Geographical Society) vujudga keldi. Qirollik
geografiya jamiyati dunyo haqidagi tadqiqotlarni va geografik ma’lumotlarni
o’zaro almashish maqsadida tuzilgan bo’lib, jamiyatning asosiy maqsadi quyidagi
vazifalarni amalga oshirish bo’lgan:
Birlashgan Qirollikda va chet davlatda geografik tadqiqotlarni qo’llab
quvvatlash;
Ta’limda geografiyaning ahamiyatini oshirish;
Geografik ma’lumotlarni egallash
va keng targ’ib qilish;
Geografiyaga bo’lgan qiziqish targ’iboti;
Boshqaruv kengashi va boshqa davlat organlarining geografik ishi.
Shvetsiyada Geografiya Buyuk Britaniya qaraganda kechroq rivojlandi.
Shvetsiya Antropologiya va geografiya jamiyatiga 1870 yillarda asos solindi.
Shvetsiyada qadimiy universitetlar mavjud, masalan Uppasla (1477 yilda asos
solingan) va Lund (1666 yilda tashkil etilgan). Shu boisdan bo’lsa kerak, ushbu
davlatda dastlab universitetlar o’quv dasturida geografiya fani o’z o’rniga
ega
bo’ldi. Eng birinchi X.X. fon Shverin 1879 yilda Lund oliygohida geografiya
fanidan ma’ruza o’qishni boshladi. 1910 yilda esa Uppasla, Gyoteborg va
Shtokgolm iqtisodiyot oliy maktablarida ham geografiya fanini o’qitish yo’lga
qo’yildi.
Siyosiy va harb
iy geografiya Rossiyada XIX asr o’rtalarida vujudga kelib,
keng tarqala boshladi. “Siyosiy geografiya” hamda “Harbiy geografiya”
tushunchalarini ham birinchi marta M.V.Lomonosov qo’llagan edi. Bu yo’nalishlar
o’z ob’ekti va mohiyatiga ko’ra bir
-birlariga j
uda yaqin turdosh bo’lib, o’zaro
aloqadorlikda rivojlanib keldi. Rossiyadagi Ulug’ Vatan va Qrim urushlari boshqa
siyosiy voqealar Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy o’zgarishlar yangi
davlatlarning shakllanishi va yangi ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga
kelishi siyosiy va harbiy geografiyaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.
XIX asrning I-yarmida rus harbiysi, professor P.A.Yazikov ikki qismdan
iborat “Harbiy geografiyaning nazariy tajribasi” mavzuida asar yozgan bo’lsa, shu
asrning o’rtalariga k
elib harbiy akademiya bosh shtabi qoshida professor
D.A.Milyutin (1816-1912) harbiy geografiya kafedrasini tashkil etdi.
Harbiy geografiya faqat urush-yurishlar bilan aloqador masalalargina emas,
balki mamlakatning iqtisodiy va demografik qudrati, qazilma boyliklari, ulardan
foydalanish kabi muammolar bilan ham shu g’ullanar edi. Shu bilan birga
harbiylar juda ko’p geografik ekspeditsiyalarni tashkil etdilar va ularni o’zlari bu
tadbirlarda faol katnashdilar. Masalan: rus geografiya jamiyatining tasis etilishi va
uni faoliyatida admiral V.P.Litke, kartografiya va geografiyani rivojlanishida
general
–
leytenant V.V.Vitkovskiylarning xizmati samarali bo’lgan. Qozoq
geografi va etnografi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyoni o’rgangan,
V.M.Prjevalskiy ham harbiy zobi
t bo’lgan.
Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, garchi harbiy geografiya fan sifatida
XVIII
asrdan e’tirof etilsada, harbiy geografiyaga doir bilimlar uzoq davrlardan
buyon shakllanib kelgan, o’rganilgan hamda qo’llanilgan. Bunga ajdodlarimiz
Amir Temur va
Zahiriddin Muhammad Bobur hayotlaridan ko’plab misollar
keltirish mumkin.
Xo’sh harbiy geografiya o’zi qanday fan, u o’z ichiga nimalarni qamrab
oladi. Hozirgi harbiy tuzilmalar davlatlar va ularning ittifoqlari hayoti va
faoliyatining barcha jihatlariga dahldor murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu sababli
harbiy fanlarda qurolli urushni boshqarish usullarinigina bilish yetarli emas.
Harbiy fanlar alohida mamlakatlar va ular ittifoqlarining iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy va harbiy imkoniyatlariga, ehtimoliy ur
ush maydonining tabiiy va
ijtimoiy sharoitiga qiziqadi. Bularni o’rganish bilan qator fanlar, jumladan harbiy
geografiya ham shu g’ullanadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va urush
maydonlaridagi siyosiy kuchlarni, mamlakatlar va davlatlar ittifoqining iqtisodiy
va harbiy imkoniyatlarini, ularning joylashtirilishini hamda tabiiy sharoitni harbiy
faoliyatni olib borish va butun urushga ta’siri nuqtai nazaridan o’rganadi.
Harbiy geografiya ikki asosiy bo’limdan tarkib topgan: harbiy
mamlakatshunoslik va urush maydonlarini tavsiflash. Shu bilan birga harbiy
geografik tadqiqotlar odatda mamlakatlarda bo’lib o’tgan yoki ehtimoliy urush
maydonlarini ham o’rganadi.
Harbiy mamlakatshunoslikning asosiy vazifasi o’rganilayotgan davlatlar
yoki davlatlar ittifoqining harbiy qudratini aniqlashdir. Harbiy kuch-qudrat
davlatning siyosiy va iqtisodiy tuzilishini, uning qurolli kuchlarining tayyorgarligi
va kuchli raqibga qarshi muvaffaqiyatli harbiy faoliyat olib bora olish qobiliyatini
amalga oshiradi.
Davlatning harbiy qudratlilik darajasi uning iqtisodiyoti bilan bevosita
bog’liq. Armiyaning barcha tuzilmalari va unda qo’llanadigan jang usullari, ayni
vaqtda g’alaba yoki mag’lubiyat –
moddiy, iqtisodiy omillarga: inson va qurol
materiallariga, shuningdek, aholi va texnik
aning sifati va miqdoriga bog’liq.
Shuning uchun harbiy geografiya alohida mamlakatlarni o’rganishda ularning
iqtisodiy salohiyatiga, mamlakatlar xalq xo’jaligining o’ziga xosligiga, ularning
iqtisodiy va siyosiy tuzilmalariga, jamiyat ehtiyojlarini moddiy
ta’minlashning
maksimal imkoniyatlariga hamda urushni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha
ishlab chiqarish tarmoqlariga alohida e’tibor qaratadi. Harbiy geografiya
mamlakatlar va ularning ittifoqlarini o’rganishda quyidagilarga: sanoatning
rivojlanish
darajasi va ishlab chiqarish quvvatiga (asosan og’ir va harbiy sanoat),
qishloq xo’jaligi, transport va a’loqaning imkoniyatlari; mamlakatlarning tabiiy
boyliklar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi; ishlab chiqarishning
geografik joylashish xususiyatlari, aholi va zahiralarning rivojlanganlik darajasi,
uning mamlakat moddiy ishlab chiqarishi va xalq ma’naviy hayotiga ta’siri
darajasi; davlatning moliyaviy ahvoli kabi iqtisodiy imkoniyatning eng muhim
elementlariga qiziqadi.
Mamlakatlarning
iqtisodiy
salohiyatini
aniqlashda
harakatsiz
(foydalanilmayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zahiralarini, milliy
boylik miqdorini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta’sir etuvchi
ba’zi zaruriy imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o’rinda, harbiy geografiya
mamlakatlarning harbiy-
iqtisodiy salohiyatini ham o’rganadi. Harbiy
-iqtisodiy
salohiyat mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo’lib, undan
urushlar olib borishda foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli
mamlakatlardan qaysi birida harbiy munosabatlar kuchli bo’lsa, o’sha katta harbiy
-
iqtisodiy salohiyatga ega bo’ladi va undan yaxshi foydalaniladi.
Harbiy maqsadlarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasi
–
harbiy-
siyosiy vaziyatni, urushning harakterini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini
aniqlab beradi. Harbiy geografiya davlatlar harbiy qudrati asoslarini tadqiq qilishda
siyosiy geografiya va boshqa ijtimoiy fanlarning ma’lumot va yo’l
-
yo’riqlaridan
foydalanadi. U jamiyat va davlat tuz
ilmalarining safarbarlik imkoniyatlarini o’ziga
xos baholashda va mamlakatlarning barcha resurslaridan mudofaa maqsadlarida
foydalanishda yuqoridagi fanlar ko’rsatmalariga amal qiladi.
Iqtisodiy geografiya fanining tarixiy rivojlanishi eng avvalo shu fan nomi bilan
yuritiladigan kafedralarning ochilishida ham o’z aksini topdi. Jumladan, bunday kafedra birinchi
marta Rossiyada ya’ni Peterburg Politexnika Institutida professor V.E.Den tomonidan 1902 yilda
ochilgan edi. Keyinchalik u kishi Rossiya iqtisodiy geografiyasining birinchi professori, shu
rolar davrining dastlabki yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil
kilgan edi. Sobiq sovet iqtisodiy gegrafiyasining asoschisi N.N.Baranskiy iqtisodiy geografiya
kafedrasini 1921 yilda
Kommunistlar Universitetida ochgan. O’rta Osiyoda bunday kafedra ilk
bor Toshkent Davlat Universitetida 1940 yilda tashkil qilingan edi.
O’zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy
-geografik bilimlar uzoq
tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug
’orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari,
shaharlar va mamlakatlar, Aholishunoslik va hunarmandchilik, arxeologiyaga doir
ma’lumotlar yirik mutafakkirlar M.Qoshg’ariy, Muhammad Ibn Muso al
-
Xorazmiy, Abu Abdulla Muhammad ibn at-Termiziy, Ahmad al-
Farg’on
iy, Abu
Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xoraqiy va Zamaxshariy, Somoniy,
Xafizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabilarning a
sarlarida o’z ifodasini topgan.
Jumladan, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otut
-
turk” nomli asarida
tabiat tasvirlari, yershu noslik, ekologik va geografik ma’lumotlar berilgan.
Muhammad ibn Muso Xorazmiyning (780-
847) “Yerning tasviri” va “Xorazm
geograf
iyasi” nomli asarlari yer bilimi, kartografiya, geodeziya va
mamlakatshunoslikka oid g’oyat qimmatli ma’lumotlarga boy.
Al Beruniy va Ibn Sino asarlari XVIII asrga qadar Yevropa oliy o’quv
yurtlarida darslik sifatida qo’llanib kelingan bo’lsa, Xorazmda “Ma’mun
akademiyasi” va Ulug’bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo hududidagina emas
balki, butun jahonda ilm-
fanning rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shdi. Ayniqsa,
Z.M.Boburning “Boburnoma” asarida Farg’ona vodiysi tabiati, xo’jaligi, aholisi va
shaharlariga doir
g’oyat qimmatli ma’lumotlar berilgani bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo hududlarini ilmiy jihatdan o’rganish XVII asr oxiri XX asr
boshlariga qadar Rossiya imperiyasining o’lka boyliklarini o’z manfaatlari uchun
foydalanishga mo’ljallangan qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog’liqdir.
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilganidan
so’ng 1897 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan Turkiston geografiya jamiyati
butun Turkiston, jumladan O’zbekiston hududi, tabiati, aho
lisi, tabiiy boyliklari,
xo’jalik tizimi, shaharlari to’g’risida sistemali tarzda ma’lumotlar to’plash bilan
shu g’ullandi.
1920 yildan boshlab Toshkentda Turkiston Davlat universitetining tashkil
topishi (ToshDU va hozirgi O’zbekiston Milliy Universtiteti) o’lkada keng
miqyosda iqtisodiy va iqtisodiy-
geografik tadqiqotlar yo’lga qo’yilishiga zamin
yaratdi. Dastlab, rus olimlari G.N.Cherdantsev, N.N.Kojanov, N.K.Yarashevich,
Yu.I.Poslavskiy, A.I.Golovin va boshqalar Turkiston hududini iqtisodiy
rayonlashtirish, Markaziy Osiyo hududida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish
va joylashtirish, tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash, aholishu noslikning nazariy
va amaliy muammolari bilan shu g’ullanadilar.
40-yillarda esa yirik iqtisodiy-geograf V.M.Chetirkin
O’rta Osiyoni iqtisodiy
geografik jihatidan tadqiq qilib “Srednyaya Aziya” nomli monografiyasini yozdi.
50-60-
yillardan boshlab O’zbekiston iqtisodiy geograflarining dastlabki
vakillari (Z.M.Akramov, M.K.Qoraxonov, S.Ziyodullayev va boshqalar)
O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish (Farg’ona vodiysi. 1952
y.), iqtisodiyot tarmoqlari
–
sanoat, qishloq xo’jaligining rivojlanishi va istiqboli
(Samarqand va Qashqadaryo qishloq xo’jaligi geografiyasi), Aholishunoslik va
aholi geografiyasi, shaharshu noslikka doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdilar.
70-yillardan boshlab mamlakatimizdagi taniqli iqtisodiy geograflar
–
Z.M.Akramov, A.Soliyev, O.Ota-Mirzayev, iqtisodchilar
–
S.Ziyodullayev,
K.I.Lapkin, I.Iskandarovlar rahbarligida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil
qilish, rivojlantirish va istiqbollarini majmuali o’rganuvchi yo’nalishlar va ilmiy
maktablar shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |