O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

SWOT-tahlil 
usuli orqali hududning kuchli, zaif, imkoniyat va tahdid 
tomonlari belgilanadi. Natijada, o’rganilayotgan ob’ektning raqobat
bordoshligiga 
erishish yo’llari aniqlanadi. Eng muhimi bunda zaif va imkoniyatlarga ham e’tibor 
qaratiladi, tahdid hisobga olinadi va shu asosda istiqbolda rivojlanish yo’llari 
belgilanadi. 
Guruhlashtirish
usuli 

ommaviy statistik ma’lumotlarning bir xil,
tipik 
bo’lgan belgilarga ko’ra guruhlarga ajratish usuli hisoblanadi. Bu usul 
o’rganilayotgan ijtimoiy
-
iqtisodiy jarayonlarni hududlar va tarmoqlar bo’yicha 
umumlashtirish imkonini beradi. 
Ekspert baholash
usuli 

ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va 
hududlar bo’yicha istiqbolda rivojlanishini yuqori malakali ekspertlar yordamida 
baholashdir. Ekspert baholash usuli ayniqsa insonning xo’jalik faoliyati tufayli 
atrof-
muhitda yuz berayotgan o’zgarishlarni baholashda keng qo’llanilmoqda.
Prognoz qilish
usuli esa, iqtisodiyotni rivojlanishi, aholi soni va tarkibini, 
hududlarning kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan 
iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning oldindan 
bilish, bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy asoslangan 
yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 
Faktlar tahlili
usuli 

asosida tarmoqlar o’rtasida va tarmoqlar ichidagi 
farqlar aniqlanadi va korxonalar yo’nalishi belgilanadi. Faktlar tahlili ko’plab 
hodisalarni umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli 
ma’lumotlarni tayyorlash imkonini beradi.
Balans usuli

iqtisodiyot tarmoqlari, tarmoqlararo, ijtimoiy sohalarda doimo 
o’zgarib turuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar muvozanatini ifodalovchi tizimd
ir. 
Yuqoridagilar bilan birga, inson geografiyasi fani yuzasidan amalga 
oshirilayotgan tadqiqotlarda quyidagi yo’nalish usullariga ham alohida ahamiyat 
qaratiladi: 
a)
tarmoqlar bo’yicha (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jaligining alohida 
tarmoqlarini, sh
uningdek, jahon xo’jaligining tarmoq tarkibini);
b)
rayonlar bo’yicha: (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jalik majumasini);
c)
mahalliy (lokal), ya’ni alohida olingan sanoat korxonasini, firmalar 
faoliyatini, aholi punktlari, dehqon-
fermer va uy xo’jaliklari
, assotsiatsiyalar va 
boshqa korxonalar xo’jalik faoliyatini tadqiq qilishda keng foydalaniladi.


Inson geografisi fanida tarmoqlar bo’yicha tadqiqot usullari muhim o’rin 
tutadi. Bu usul orqali jahon xo’jaligi, iqtisodiy rayon va mamlakat bo’yicha 
iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari, tarmoqning 
iqtisodiy rayon va mamlakat xo’jalik ixtisoslashuvida tutgan o’rni, istiqbolda 
rivojlanishi hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishidagi o’rni tadqiq qilinadi;
Rayonlar bo’yicha –
maml
akat xo’jalik majmuasini, mavjud tabiiy sharoit, 
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy resurslar hamda ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari asosida 
samarali hududiy ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va shakllantirish tadqiq 
qilinadi. Shuningdek, rayon va mamlakat 
bo’yicha majmuali tadqiqotda rayon va 
mamlakat hududida rivojlanayotgan ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning 
samarali shakllari, hududiy ishlab chiqarish majmualari va agrosanoat majmualari, 
vertikal va gorizontal ishlab chiqarish aloqalari hamda energiya ishlab chiqarish 
bosqichlari (tsikllari) o’rganiladi.
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishni takomillashtirish va o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rganishda mahalliy ko’lamdagi tadqiqotlar, ya’ni aniq korxona, 
firmalar faoliyati, aholi yashash manzilgohlari, assotsiatsiyalar, dehqon-fermer va 
uy xo’jaliklarining iqtisodiy holatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda 
asosiy e’tibor mahalliy sharoit, mehnat resurslari, ishlab chiqarish aloqalari, hamda 
istiqbolda rivojlanish masalalariga qaratiladi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish