O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet27/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Tarixdan bir shingil
Qadim zamonlarda inson yashash uchun tirikchilik o’tkazarkan, tashnalikni bosish uchun sut va har xil meva sharbatlarini ham ichgan. Bunday ichimliklar issiq joyda yoki oftobda turib qolganidagina achigan, bo’zaga aylangan, shu bilan birga uning ta’mi ham o’zgarib, qandaydir yangi «kayf qildiradigan xususiyat» kasb etgan. Uni iste’mol qilgan kishi g’amini unutgan, shu-shu kishilar kayf qiladigan ichimliklarning yangi xillarini izlab topishga uringanlar.
Evropa va Osiyo mamlakatlarida alximiklar kayf qiladigan ichimliklarni topish uchun ba’zan yashirin, ba’zan esa ochiqdan-ochiq minglab tajribalar o’tkazishgan.
Sharqda qiziq afsona bor. Rivoyatlarda aytilishicha bir kimyogar olim kishilarga baxt-saodat keltiradigan kashfiyot yaratmoqchi bo’lgan. U tajriba xonasiga xotini, bola-chaqasini ham kiritmay tajribalar o’tkaza boshlaydi. Ishga berilib ketgan olim ovqatni naridan beri eb, qolgan ovqat, choy va boshqa taomlarni bir idishga yig’avergan. Bir kuni olim xona burchagidagi haligi idishdan achimsiq hid chiqaëtganidan juda ajablanadi. Unga qiziqish bilan qaraydi va bu hidning ovqat qoldiqlaridan ajralgan suyuqlikdan chiqayotganini aniqlaydi. Shundan so’ng olim idish ichidagi suyuqlikning xossasini o’rgana boshlaydi va
undan ozgina totib ko’radi. Bu tiniq, rangsiz, taxir mazali, o’ziga xos hidli suyuqlik bo’lib, unda qandaydir yangi his paydo qiladi, charchog’ini yo’qotadi, dili hushnud bo’lib, ko’zlari suzilib, boshi aylanadi. Shunda u insoniyat uchun juda foydali ichimlik topdim, deb ruhlanib ketadi va unga alkogol deb nom beradi. "Alkogol" - arabcha so’z bo’lib, hush yoqtiradigan degan ma’noni anglatadi.
Dastlabki paytlarda odamlar ichganda og’zini lovillatadigan, oshqozonga tushgach, qizdiradigan bu ichimlikni "otash suv" deb ham ataganlar.
O’shanda olim odamlarga balo, ofat va kulfat keltiradigan zahar topganini hayoliga ham keltirmagan edi.
Olim o’zi topgan ichimlikni ichgan odamlarning odamgarchilikdan chiqayotganini, turli kasalliklarga mubtalo bo’lib, xonavayron bo’layotganini o’z ko’zi bilan ko’rib, juda katta hato qilganini tushunadi. Unga la’natlar o’qib, o’zini-o’zi o’ldiradi.
Taxminan eramizdan 8000 yil ilgari kishilar mevalar, asal va sut boshqalardan 10-20 gradusli spirtli ichimliklar tayyorlash yo’lini bilganlar. Ko’hna Misrda palma daraxtining shirasidan kayf qiluvchi xonaki pivo tayërlaganlar.
Xitoyda ham guruchdan spirtli ichimlik - "xanshin" tayyorlashgan. Qadimgi Yunonistonda biya suti – qimizning va tuya suti (qumronning) kayf qilishi haqida ma’lumotlar bo’lgan. Rimliklar uzumdan musallas olish yo’lini bilganlar. Keyinchalik xonaki aroq, (samogon) tayyorlandi.
XVI-XVIII asrga kelib spirtli ichimliklarni ko’plab ishlab chiqarish va ichish Angliya, Germaniya, Shvetsiya va boshqa Ovrupo mamlakatlarida keng tarqaldi.
Akademik I.P.Pavlov "Vino insoniyatga quvonch keltirishdan ko’ra ko’proq g’am-g’ussa keltiradi, uning kasriga qolib qanchadan-qancha talantli va kuchli odamlar o’lib ketdi va o’lib ketmoqda", - deb ichkilikbozlikka qarshi kurashish zarurligini aytib o’tadi.
Ma’lumki, alkogolik spirtli ichimliklarni muntazam ichish natijasida har xil kasalliklarni kelib chiqishi, shaxsning ham jismonan, ham ruhan batamom izdan chiqishi, avlodning nogiron bo’lishi, irsiy kasalliklarni paydo bo’lishi, jinoyatlarga, hatto og’ir jinoyatlarga qo’l urishdek va boshqa bir qator salbiy oqibatlarni kelib chiqishiga qaramay dunyo bo’yicha ayniqsa spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va tayyorlash borgan sari orta bordi. Lekin shunga qaramay ko’pchilik mamlakatlarda spirt va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish asosiy boylik manbai bo’lib qoldi.
Odamlar ichkilikka ruju qo’yaboshladilar. Ayrim kishilar och qoringa hech qanday "gazzak"siz va stakanlab ichib olishganliklari tufayli og’ir mast bo’la boshladilar. Natijada "ichib o’lgan"larning soni orta bordi.
Yana qiziqarli ko’rsatgich, V.I.Pokrovskiy ma’lumotiga (1908-1910) ko’ra qishloq, aholisinig har biriga bir yilda 14,8 litr, shaharliklarga 49,2 litr va yirik markazlarda esa 86,1 litr aroq to’g’ri kelgan.
SAVOL: Spirtli ichimliklar ichishning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
JAVOB: Spirtli ichimliklarni ko’plab ichishlik va surunkasiga iste’mol qilishlik turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi, mavjud xastaliklarni og’irlashtiradi, miokard infarktini va insult kabi kasalliklarni, jigar tsirrozi kasalligi hamda boshqalarni keltirib chiqaradi, oqibatda o’limga olib boradi. Masalan, VOZ ma’lumotiga ko’ra alkogolizmga mubtalo bo’lgan kishilarning soni 1930 yildan 1965 yilgacha bo’lgan davrda 50 martaga oshgan.
Frantsiyada (1972) alkogolizmga mubtalo bo’lganlarning soni har 1000 kishiga 40ta, jigar tsirrozidan o’lganlarning soni har 100000 aholiga erkaklarda o’rtacha – 50,4 ayollarda - 20,98ni tashkil qilgan. Italiyada esa jigar tsirrozidan o’lganlarning soni erkaklarda - 39,3, ayollarda esa - 14,9ni tashkil qilgan. Sobiq SSSRda bunday ahvol yanada yomonlashgan.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish