1.Biologik omil mazmuni:Shaxsning jismonan rivojlanishi õsishi uning sog’ligi biologik omil hisoblanadi.
Hayotimizdagi ahamiyati: Biologik omilning hayotimizdagi ahamiyati katta bo’lib inson dunyoga kelar ekan o’z ajdodlaridan ma’lum bir xususiyatlari bilan birgalikda tug’iladi ya’ni biologik belgilarni o’ziga meros qilib oladi hattoki bu irsiy kasallik bo’lishi ham mumkin. Biologik omil shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Sog’lom ota onadan sog’lom farzand dunyoga keladi.
Ijtimoiy muhit mazmuni: Ijtimoiy muhit shaxs yashayotgan jamiyat hisoblanadi. Ya’ni shaxsning rivojlanishida jamiyatning ham o’rni mavjuddir.
Hayotimizdagi ahamiyati: Ijtimoiy muhit deganda biz tarbiyani ham tushunishimiz mumkin. Ijtimoiy muhit orqali shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish va ro’yobga chiqarish mumkin. Muhit (shaxsga ta’sir etuvchi tashqi hodisa va voqealar) bera olmagan narsalarni tarbiya orqali shaxsga singdira olishimiz mumkin. Tarbiya orqali shaxsning tug’ma kamchiliklarini ham yo’qotib uni yetuk inson sifatida shakllantirish ham mumkin.
Tarbiyaning mazmuni: Tarbiya jarayonida shaxsning rivojlanib yetuk inson bo’lishi har bir bosqichda uning yoshiga qarab har xil bo’ladi.
Hayotimizdagi ahamiyati: Tarbiya qanchalik to’g’ri yo’naltirilsa shaxs ham to’g’ri yo’l va maqsad sari intilib o’z yo’lini oson topa oladi. Hayotimizda biz uchun ota ona va ustozlarning tarbiyasi katta ahamiyatlidir. Yuzaga kelgan muammolarni tarbiya orqali to’g’ri hal qilinsa shaxsning undan keyingi hayoti davomida ham samarali ta’sir ko’rsatadi.
2.Psixologik yondashuv-c
Yaxlit yondashuv-d
Biologik yondashuv-a
Ijtimoiy yondashuv-b
3.Maktabgacha ta’lim yosh davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha; bu davrda bolalarda insonlarga befarqlik,tashabbus sustligi, ba’zi bolalarda esa boshqa bolalarga nisbatan hasad tuyg’usi va beqarorlik bo’ladi. Bu yoshda bolalarga kirishimlilik o’z tengurqlari bilan ko’proq muloqot zarur bo’ladi.
Kichik maktab yoshi:7 yoshdan 12 yoshgacha; bu davrda bolalar o’z maqsadlariga erishishda intilish, uddaburonlik, tirishqoqlik bo’ladi. Lekin ba’zan muammolarni hal qilishda aql zakovat imkoniyatlarining pastligi, bilimlarni o’zlashtirishda biroz qoloqlik ham kuzatiladi.
O’rta maktab yoshi o’smirlar:12 yoshdan 17 yoshgacha; bu davr har bir bolada òziga yarasha murakkabroq davr hisobladani ya’ni bu davr psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liq. Bu davr o’smirlarning balog’atga yetish davri hisoblanadi. Bu yoshda ular tezda õsa boshlaydi va bu paytda õsmirlarning hayotida sport, mehnat, jamoat ishlari ham karta rol o’ynaydi.Ba’zilarning õzlashtirishi pasayib intizomi yomonlashadi va biroz qat’iyatsiz ham bòlib qoladilar.
Katta maktab yosh davri o’spirinlar: 17 yoshdan 21 yoshgacha: bu shunday davrki o’spirin ôzini ongli va faol ravishda shakllantiradi õz muammolarini õz irodasi bilan hal qilishadi. Ular bu davrda jamoa ishlariga faol qatnashishlari jamoa shaxslari bilan muloqot qilishlari ham muhimdir. Õzlarini kattalardek his qiladilar. Bu davrda õspirinlar to’g’ri yõlni tanlash uchun hayot tajribasiga ega insonlarning maslahatlari juda muhim hisoblanadi.
4. O’g’il bolalar
1.Ko’pincha falsafiy fikr yuritib fikrining mantig’iga e’tibor berishadi.
2.O’g’il bolalar hal qiluvchi fikrni mustaqil ravishda tezda ayta olishadi va ular o’z nuqtai nazarida qolishadi.
3. O’g’il bolalar mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarda sifatni afzal ko’rishadi.
4. O’g’il bolalar dialog munozarani afzal ko’rishadi.
5 O’g’il bolalar ko’proq virtuallikka qiziqishadi.
6. O’g’il bolalar o’z tuyg’ularini ochiqchasiga bayon eta olishadi.
Qiz bolalar
Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan 2 barobar ko’proq savol beradilar.
Qizlar o’z istaklari haqida to’g’ridan to’g’ri bildirmaydilar lekin ko’pchilik bilan tezda kelisha olishadi.
Qizlar ko’proq adabiyot va psixologiyaga qiziqishadi.
Qizlar monologlikka moyildirlar.
Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan ratsional va pragmatiksirlar.
Qizlar istaklarini bildirmaydilar va aytish uchun uzoq vaqt kutishga tayyordirlar.
5 . 1. Refleksiv-o’z-o’zini anglash,o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
2.Institutsional- ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.
3.Shaxslararo-o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish,ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish.
4.Ijtimoiy tajriba o’quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o’zida aks ettirib faoliyatga yo’naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.
5. O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual,emotsional hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi.
6. Shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish tajribasi” ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |