O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet1/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi

VALEOLOGIYA
ASOSLARI

fanidan
O’QUV – USLUBIY


MAJMUA






Bilim sohasi: 100000 – gumanitar




Ta’lim sohasi: 110000- Pedagogika




Bakalavr yo’nalishi: Barcha ta’lim yo’nalishlari uchun

Namangan 2019
O`quv uslubiy majmua 2018 yil O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug`i bilan taqdiqlangan fanning namunaviy dasturi asosida tayorlangan.

Tuzuvchilar: A. N. Aripov – biologiya fanlari nomzodi, dotsent
E.Mirzaolimov –NamDU o’qituvchisi.

Taqrizchilar: G`.R. Abdullayev - NamDU, biologiya fanlari doktori
O.Imomov - NamDU, katta o`qituvchi


O`quv –uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashining 2019-yil “_____” _______dagi “_____” son yig`ilishida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.




MUNDARIJA.




KIRISH



1-2

Ma’ruza mashg’ulotlari.






Salomatlik haqida tushuncha

3-18




Inson salomatligi va zararli odatlar

19-70




Reproduktiv salomatlik va yuqumli kasalliklar

71-74




OITS kasalligi va belgilari

75-98




Ovqatlanish, o’sish va rivojlanish

99-120

Amaliy mashg’ulotlar.






Salomatlik haqida tushuncha. Sog’lom turmush tarzi komponentlari. (faol harakat va gigiyena)

121-128




Sog’lom turmush tarzi komponentlari.(kun tartibi, ekologiya va bahtsiz hodisalarni oldini olish.)

128-130




Turmushning zararli odatlari.(chekish va alkogolizm) Turmushning zararli odatlari. (narkomaniya,zamonaviy tehnik vositalar)

130-131




Reproduktiv salomatlik va yuqumli kasalliklar. OITS tarqalishi va uning oldini olish

131-138




Organizmda temir va yod tanqisligi kasalliklari

139-142




Test topshiriqlari.

143-147




Oraliq va yakuniy nazorati savollari

148-156




Fanning ishchi o’quv dasturi

157-166




Fanning namunaviy o’quv dasturi






Annotatsiya
Mustaqillik e‘lon qilingan kundan boshlab, ma‘naviy va jismoniy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, tarbiyalash, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish g‘oyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Sog‘lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini bajaradi, quvonch,intellektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan inson ehtiyoji bo‘lmish salomatlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan jamiyatning har bir a‘zosida inson hayotida eng muhim bo‘lgan salomatlikka bo‘lgan munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo‘ladi.
Yoshlar hayotda o‘z o‘rinlarini endi topayotgan, mustaqilliklari rivojlanayotgan bir paytda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki yoshlik paytida orttirilgan ko‘nikmalar butun umrga mustahkam asos bo‘ladi. O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirmay turib ma‘naviy, ahloqiy va jismoniy rivojlanish masalalarini hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish, yoshlarni o‘z salomatligiga munosa batini tubdan o‘zgartirish, harakat faolligiga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va sog‘lom dam olishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Mustahkam salomatlik jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom hayot tarzini olib borishning natijasi bo‘lib, o‘quv va mehnat faoliyati unumdorligining asosidir.
Valeologiya - inson salomatligi, uni mustahkamlash yo‘llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo‘nalishidir. O‘quv fani sifatida u inson salomatligi va sog‘lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi. Uning markaziy muammosi - individual salomatlikka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir.
Salomatlikning muhim tarkibiy qismlari: faol harakatli rejim, chiniqish, jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanish sifatida aks etadigan sog‘lom turmush tarzini tashkil etish ehtiyojini shakllantirishi va rivojlantirishi zarur. Ovqatlanish, mehnat va dam olish gigienasi, shaxsiy va umumiy gigiena, kundalik
rejim, shaxsiy va jamoatchilik gigienasi talablariga rioya qilish, atrofimizdagi olam (ekologiya va salomatlik)ni asrash, zararli odatlarning oldini olish, psixogigiena talablariga amal qilish tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida hamkorlik pedagogikasi munosabatlari zaruriyatini taqozo etadi.
Qo‘llanmada sog‘lom turmush tarzining ma‘naviy, nazariy va amaliy asoslari, shakllantirish masalalari va muammolari bayon qilinip, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, shunungdek sog‘lom turmush tarzi masalalari bilan qiziquvchi barcha aholi qatlamlariga muljallangan.
“Odamzotning sog’ligi ko’p jahatidan avvalombor uning o’ziga bog’lik. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim”.
İslom Karimov
(2004-yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan)
KIRISH
Sharq tabobatining shayx – ul raisi, tib ilmining dunyoga mashhur allomasi Abu Ali ibn Sino shunday degan edi: “Uzoq umr ko’rish o’z – o’zidan bo’lmaydi, balki organizmni muntazam ravishda chiniqtirish, vaqtida ovqatlanish va ayniqsa bekordan – bekorga asabiy bo’lmaslik darkor”.
Xalqimizda ―Sog‘lom tanda – sog‘lom aql‖ degan naql bor, shuningdek azaldan sog‘liq, inson salomatligi uning umriga umr qo‘shish masalasi hamma narsadan ustun sanalib kelingan. Shuning uchun ham ―Sog‘lom vujudgina sog‘lom fikrlaydi‖ degan aqida ham necha yillardan buyon avloddan – avlodga o‘tib, o‘z qadr – qimmatini zarracha yo‘qotmay kelmoqda. İnsonni kasallik yiqitadi. Shuning uchun ham bir joyi og‘rib turgan bemor odamning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi. Unday odamda hech qachon ijtimoiy faollik bo‘lmaydi. Shu bois hukumatimiz istiqlolning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiyot, ma‘naviyat, xalq ta‘limi qatorida sog‘liqni saqlash sohasiga ham alohida e‘tibor qaratib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar inson muammosiga dunyoviy nuqtai nazardan yondoshish masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Bundan buyog‘iga inson tafakkurini o‘zgartirmay, kamol toptirmay turib mamlakat taraqqiyotini ta‘minlab bo‘lmasligi barchaga ayondir. Ma‘lumki, insonning xulq – atvori, shaxsining shakllanishi, oilaviy muhit ko‘p jihatdan ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Bu o‘rinda tibbiy, inson salomatligi
borasidagi ta‘lim – tarbiyaning o‘rnini ham alohida ta‘kidlab o‘tish joiz. Chunki salomatlik inson sog‘lig‘ining bir bo‘lagidir. Shu sababdan har bir yurtdoshimizda bu sohada chuqur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bugun yurtimizning har bir fuqarosi shuni anglamog’i lozimki, Vatan taqdiri, mamlakatimizning ertasi qanday bo’lishi uning ham qo’lida. Shunday ekan, o’z sog’lig’iga befarqlik yurtimizning ertasiga e’tiborsizlik bilan tengdir.
XX asr o‘rtalaridan boshlap ilimiy tadqiqotchilar va eng muhim aholi, ijtimoiy hayotda, yurish turishda, ilmiy tadqiqotlarda va sog‘liqni saqlash amaliyotida kasalliklardan asranish osoiroq va afzalroq bo‘libgina qolmasdan balki, iqtisodiy jihatidan ham tejamli ekanligin qatiy ishonch hosil qiladi. XXI asr kishilar hayotidan – sog‘lam turmish tarziga rioya qilib yashashga
o‘tish, tibbiyotda esa odamlarda sog‘lom turmush tariziga nisbatan ijobiy munosabatlarni va say-harakatlarini shakllantirish davri bo‘lib qoladi. Bizning oldimizda turgan va o‘zining echimini kutayotgan bosh masala, vazifasi asosan kasalliklarni davolashdan iborot bo‘lgan tibbiyotni, sog‘lom odamlarning salomatligini mustahkamlashdan iborot bo‘lgan tibbiyotga aylantirish bo‘lib, bu vazifa XXI asrda tibbiyot ilmi va amaliyoti oldiga qo‘yilayotgan yangi paradigmaning mazmuniga to‘laligicha mos keladi. Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshligida, muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi insonning kasbiy etukligi va ijodiy o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha aholi salomatligi 20% irsiy omillariga, 20-30% atrof muhit ta‘siriga, 40-50% turmush tarziga va 10% sog‘liqni saqlash xizmati faoliyatiga bog‘liq ekan. Hayot tarzi salomatlikning muhim omili hisoblanadi. Shuning uchun sog‘lom hayot tarziga o‘rgatishning pedagogik tizimini ishlab chiqish lozim. Salomatlik–har bir inson uchun beboho boylik sifatida jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining muxim shartlaridan biri bo‘lib kelmokda. İnson mustahkam salomatlikka ega bo‘lgandagina baxtli bo‘lib yashashi mumkin. Har bir millatga, har bir mamlakat uchun muqaddas bo‘lgan tarixiy, madaniy, milliy qadiriyatlarning barchasini jismoniy va ruhiy sog‘lom insongina yarata oladi. Shunday ekan salomatlik-mavjud barcha qadiryatlar orosida eng oliysi sifatida qadrlanmog‘i lozim. Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi hisoblanadi. Sog‘lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini bajaradi, quvonch, intellektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan inson ehtiyoji bo‘lmish salomatlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan jamiyatning har bir a‘zosida inson hayotida eng muhim bo‘lgan salomatlikka bo‘lgan munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo‘ladi. Buning uchun sog‘lom inson modelini, pedagogik nazorat tizimini va jismoniy kamolotga erishishning effektiv usul va uslublarini ishlab chiqish lozim.
Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy holat va funktsional tayyorgarlikning son ko‘rsatkichlari yosh inson salomatligi darajasi haqida nisbatan ma‘lumot beradi. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni va «Sog‘lom avlod uchun» nodavlat xalqaro jamg‘armasi belgilagan vazifalar bajarilishini ta‘minlaydi. XX asr oxiri va ayniqsa XXI asr boshlariga kelib tibbiyot ilmi oldida ko‘ndalangbo‘lib turgan bu muammoni echishning dolzarbligi va bu vazifani patologiya ilmi doirasida hal qilib bo‘lmaslik, kun tartibiga tibbiyotning yangi yo‘nalishi – insonni birlamchi sog‘lom qilib yaratish bilan bog‘liq – salomatlik yo‘nalishini rivojlantirish zarurligini qo‘ydi. Salomatlik nazariyasi inson salomatligini birlamchi mustahkam qilib yaratishga, salomatlikni insonning jismoniy, ruhiy va aqloqiy salomatliklari yagonaligida olib qaraydi hamda uni birlamchi mustahkam qilib yaratish mumkin bo‘lgan kreativ holat deb qarab, unga etishning yagona yo‘li – insonning turmush tarzini o‘zgartirish ya‘ni odamlarning sog‘lom turmush tarzida yashashini shakllantirishda deb hisoblaydi. Respublikamizning sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabr PF – 2107 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002-2003 yillarda va bundan sungi qabul qilgan qator qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Salomatlik odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat – salomatlik har bir kishi uchun baxt – saodatdir, uning mehnat unumdorligi, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo‘lmish sihat – salomatlikka nisbatan ongli va mas‘uliyat bilan yondoshish jamiyat barcha a‘zolarining turmush hamda axloq mezoni bo‘lmog‘i lozim.

I – MAVZU: SALOMATLIK HAQIDA TUSHUNCHA.


Reja:

1. Valeologiya fanining tarixi, asoschilari.


2. Valeologiya faning maqsadi va muammolari.
2.1. Valeologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Valeologiyaning vazifalari.
4. Valeologiyaning tadqiqot uslublari.
5.Valeologiyaning yo’nalishlari.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish