Birinshi bosqichda –statistik tekshiruvlari o‘tkazish rejasi tuzilib, tahliliy
jadvallarning namunalari ishlab chiqiladi.
İkkinchi bosqichda - belgilangan reja va tuzilgan jadvallar asosida tekshiruv o‘tkazilayotgan ob‘ekt to‘g‘risida statistik ma‘lumotlar to‘planadi.
Uchinchi bosqichda to‘plangan ma‘lumotlar o‘z tarkibi va tekshirish maqsadiga ko‘ra gruhlarga ajratiladi va qayta ishlab chiqiladi.
To’rinchi bosqichda – to‘plangan va jamlangan ma‘lumotlar sanitariya statistika usullari yordamida tahlil etilib, zarur ko‘rsatkichlar hisoblab chiqarildi.
Beshinchi bosqichda – statistika ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topgan
ma‘lumotlar tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqariladi va amaliyotga qo‘llash uchun tavsiya qilinadi.
Oltinchi bosqichda–qilingan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish va olingan natijalarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari: radio, televidenie, davriy matbuot orqali targ‘ibot va tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Sotsiologik usul – keng tarqalgan bo‘lib, u shu kunning dolzarb masalalarini
qisqa vaqt ichida o‘rganib chiqish va tegishli xulosalar chiqarish maqsadida
kullaniladigan usuldir.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish faqat tibbiy muammo bo‘lib qolmasdanbalki, ijtimoiy-iqtisodiy muammo ham bo‘lganligi sababli,uning echimini topishda mutaxassis sotsiologlarga tayanmasdan ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Shu jihatdan olib qaralganda bizga faqat umumiy sotsiologlar emas, balki maxsus tayyorgarlikka ega bulgan,‖shifokor sotsiologlar‖kerak bo‘ladi.
Tibbiy sotsiologik tadqiqot usuli–sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan bog‘liq tarzda o‘tkaziladigan tadqiqotlar ichida keng qo‘llanilishi kutilayotgan va ishlash uchun birmuncha qulayliklarga ega bo‘lgan usul bo‘lib, bunda eng avvalo salomatlik instituti va uning viloyat filiallari tarkibidagi tibbiy sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘limlari ishtirokida so‘rovnomalar (anketalar) ishlab chiqish zarur. Anketa savollarini shakllantirishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday anketalar namunasini malakali mutaxassislar va ma‘lumotlarni o‘z faoliyatlarida qo‘llaydigan rahbarlar ishtirokida muhokamalardan o‘tkazish va barcha manfaatdor tomonlarning roziligini olgandan so‘nggina kerakli nusxada ko‘paytirishga kirishish lozim.
Shunday qilib, valeologiya fani amalda sotsiologiya, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, tarix, falsafa, psixologiya kabi ijtimoiy fanlar bilan, shuningdek gigiena, sanitariya statistikasi, klinik tibbiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi tibbiyot fanlari bilan uzviy bog‘langan-integratsiyalashgan bo‘lib, shu fanlarning yutuqlariga va tekshirish usullariga tayangan holda ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |