Mavzu: O’rta Osiyo hududida eng qadimgi davlat birlashmalari.
Reja:
1. Axmoniylar davridagi etnik o`zgarishlar.
2. O`rta Osiyoning turkiylashuv jarayoniga kushonlarning ta`siri.
3 .Qang’ davlatida aholining etnik tarkibi.
4. Toharlar va eftaliylar davrida ijtimoiy munosabatlar.
O`zbekiston tarixining «ilk o`rta asrlar davri» Movarounnahr va Xorazmda badavlat dehqonzodalar mulk egaligining shakllanishi va mahalliy hokimliklarining hukmronlik davri sifatida ma`lum. Bu davrda mahalliy mulk egaligi—dehqonzodalarning paydo bo`lishi va ular asosida qishloq hokimliklarining tarkib topish jarayoni jadal kechadi. Feodal munosabatlar shakllanib boradi. Uning xronologik doirasi — milodiy V-IX asr o`rtalarigacha; asosiy xususiyatlari: erga, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish uzil-kesil xususiylashadi, jamiyat ijtimoiy tarkibini kashovarzlar—o`rta va mayda mulk egalari, badavlat dehqonzodalar — katta mulk egalari feodallar va ularga qaram kadivarlar—ijarachi qo`shchilar tashkil etadi, mahalliy hokimliklar timsolida markazlashgan feodal davlat boshqaruv tizimining asoslari yaratiladi, jamiyat asosan zardo`shtiylik va buddaviylik, qisman moniylik, nasroniylik va shamanizm mafkurasi asosida quriladi. Arablar bosqinidan keyin esa, ular o`rnini sekin-asta islom mafkurasi egallaydi.
Zardo`shtiy ibodatxonalariga tegashli «vag’nze» mulki islom masjid va madrasalari mulkiga aylanadi. Mulkchilikning savdo va hunarmandchilikdagi tabaqaviy shakllari kuzatiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini kagga mulkdorlar, o`rta va mayda mulk egalari, ziroatchi kadivarlardan tashqari, mahalliy hokimliklarning mudofaa tayanchi — yollanma chokarlar va qisman qullar ham tashkil etadi. Agar Movarounnahr antak dunyosining dastlabki boshqaruv tizimi qishloq hokimliklari asosida qurilgan bo`lsa, feodal munosabatlarining shakllanish davriga kelganda, kechagi qishloq hokimliklari bugunga kelib, tuman, ya`ni rustak hokimliklariga aylandi.O`zbekistonning janubida SHerobod va Surxondaryo havzalarida, Sangardak va Xo`jaipok etaklarida, shimoliy Toharistonda ilk o`rta asrlarda Termizshohlar, CHag’aniyon va Guftan (SHerobod vohasi) hokimliklari tashkil topdi. Bular orasida CHag’oniyon yirik hokimlik bo`lib, uning mahalliy sulolaviy hukmdorlari o`z nomlaridan mis va kumush tanglarni zarb etish qudratiga ega edilar. CHag’oniyon hokimligidan Samarqand hukmdori Varxuman huzuriga elchilar yuborilgan. Mahalliy hokimliklar nomidan zarb etilgan tangalar birinchi bor shimoliy Toharistonda, aniqrog’i CHag’oniyonda milodiy V asrdan chiqa boshlagan. Bu mis tangalarning old tomonida mahalliy hukmdorning portreti, orqa tomonida esa langarsimon tamg’a chekilgan edi. V asrning oxiri va VI asr boshlaridan esa sosoniylar podshosi Feruz tangalariga taqlid qilib kumush tangalar chiqarildi. VI asrning ikkinchi yarmidan Xusrav draxmalariga taqlid qilingan CHag’oniyon ixshidlarining kumush tangalari zarb etila boshladi. VII asrning ikkinchi yarmidan esa shimoliy Toharistonda mahalliy feodal hokimliklari tangalari qatorida arab dirham va fulslari muomalada edi. VIII asr oxiriga kelib Toharistonda mahalliy hokimliklarga arablar tomonidan barham berildi. Kezi kelganda ta`kidlash zarurki, agar hukmdor metalldan pul zarb eta boshlasa, demak, bu davlatning tarkib topganligidan nishona. Pul (tanga) o`tmishda davlat ramzlari - gerb, bayroq (tug’) va uning madxiyasi bo`lganligidan nishona. Mis tanga ichki bozor muomalasining ekvivalenti. Agar hukmdor kumush tanga zarb etishga jazm etsa, demak, bu uning iqtisodiy qudratli, mustaqil davlat sifatida siyosat olib borganligidan nishona.
Bronza va ilk temir davri arxeologik yodgorliklaridan topilgan muxrlar esa tub ma`nodagi davlat tashkil topganligidan darak bermaydi. Bu qadimda qabila etakchisining, diniy raxnamosining, harbiy va dunyoviy sardori (eroniycha—kaviysi, turkiycha—jabg’usi) va qishloq jamoasi boshliklarining hukmdorlik—sardorlik belgisi bo`lgan. SHuning uchun ularda faqat urug’ hamda qabila totemlari o`z aksini topgan va ular o`z navbatida protodavlat belgisi, davlatchilikning kurtaklari tarkib topganligidan, o`troq aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy salohiyati asosida mahalliy ilk davlatchalar shakllanib borayotganligidan guvohlik beradi. Tangalarda esa, albatta, hukmdor siymosi, yozuv va tegishli ma`budlar simvolikasi o`z aksini topadi. Sug’diyona O`zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo`lib, uning hududida ilk o`rta asrlarda uchta mustaqil tarixan tarkib topgan yirik viloyat hokimliklari shakllangan. Panjikentdan to Karmanagacha bo`lgan tumanlar Markaziy Sug’dni tashkil etib, uning bosh shaxri Samarqand hisoblangan. Zarafshon vohasining Karmanadan g’arbda joylashgan tumanlari G’arbiy Sug’dni tashkil etgan. Uning bosh shaxri Buxoro bo`lgan. Qashqadaryo havzasida tarkib topgan tumanlar Janubiy Sug’d erlarini tashkil etgan. Janubiy Sug’dning yuqori Qashqadaryo tumanlari - Kesh viloyati, quyi Qashqadaryo tumanlari esa Naxshob viloyati deb yuritilgan. Viloyat hokimliklari tepasida turgan hukmdorlar Buxoro zonasida xudotlar, Samarqand va Qashqadaryoda ixshidlar deb atalgan.
Ilk o`rta asrlarning dastlabki bosqichida har bir viloyat doirasida bir necha rustak xudodliklari, ixshid va ixrid hokimliklariga bo`lingan. Bu mahalliy hokimliklarning maydalari iqtisodiy va siyosiy qudratlilari tomonidan asta-sekin tinchlik yoki zo`rlik orqali, tarix taqozosiga ko`ra, o`z ta`sir doirasiga olinib, yiriklashib borgan. Masalan, G’arbiy Sug’dda Buxorxudodlardan tashqari, Vardanxudot, Varaxshaxudotlar bo`lganligi ma`lum. Keyinchalik ular birlashib, arablar bosqini arafasida G’arbiy Sug’d yagona Buxorxudotligiga aylangan. SHunday holatni markaziy va janubiy Sug’d erlarida ham kuzatash mumkin.Sug’diyona hududi tarixan tarkib topgan rustaklarga bo`lingan. Aslida rustak tuman miqyosidagi mahalliy hokimliklarning o`zginasi edi. Masalan, g’arbiy Sug’d erlarini 22 ta rustaklardan tashkil topganligi ma`lum. Ularning 15 tasi Buxoro vohasinng mudofaa devori ichida, 7 tasi esa voha devori tashqarisida joylashgan. Ularning nomlari yozma manbalarda sug’diycha bo`lib, Tavovis, quyi Harkana, Xitfar, Qoxushtuvon, YUqori Samjon va Quyi Samjon, YUqori Faraviz va Quyi Faraviz, Zar, Fargidat, Paykent, Farob va boshqa nomlarda bizgacha etib kelgan. Masalan, Markaziy Sug’dda, ular VII asr o`rtalarida 11 ta bo`lgan. Bu haqda nafaqat yozma manbalarda, balki qadimgi Afrosiyob devoriy suratlarida ham tegishli ma`lumotlar bor, ya`ni Samarqand ixshidi Varxumanni qutlab turli mamlakatlardan kelgan elchilarni qabul marosimiga bag’ishlangan shohona saroy devorida, uning taxtiravonda o`ltirgan holati rangbarang chizgilarda aks ettirilgan. Varxuman atrofida uning yaqinlari, unga tobe 11 ta rustak ixshid va ixridlari va ularning tug’lari (bayroqlari) tasviri ham chizilgan. Bir qator qilib, tik terib qo`yilgan bayroq dastalari qizil lenta bilan bir birlariga ramziy bog’lab qo`yilgan. Ushbu manzara Markaziy Sug’dda 11 ta ixshid va ixridliklar bo`lganligi va ularning Samarqand ixshidi Varxuman boshchiligida "Sug’d davlat konfederatsiyasi" tuzilganligidan dalolat beradi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, tovar-pul munosabatlari mamlakat iqtisodiy hayotida juda muhim o`rin tutgan. Sug’diyona yunonlar ta`siridan salavkilar davridayoq qutulib, mustaqil taraqqiyot yo`liga tuishb olgan edi. Mahalliy hokimliklar yunon tangalariga taqlid qilib, o`z tangalarini chiqarganlar. Mil.avv. I asrda Sug’ddan topilgan tangalar analiziga ko`ra, Zarafshon vohasining kamida 3 ta davlat konfederatsiyasi bo`lgan ko`rinadi. Masalan, Samarqand Sug’dining mahalliy hokimliklari Antiox I tangalariga taqlid qilib, uzoq yillar mis tangalar zarb etishda davom etadi. Buxoroliklar esa Yunon-baqtriya podsholaridan Evtidem tetradraxmasiga taqlidan pul chiqargan. Qashqadaryo mahalliy hokimliklari esa Aleksandr surati solingan salavkiy tangalariga taqlid etib, tanga zarb etadilar.
Milodiy eraning boshlaridan Sug’diyonada Sug’d mahalliy hukmdorlarining nomlari bitilgan tangalar zarb etila boshlaydi. Biroq, ulardagi yozuv va mahalliy hokimlarning suratlari sifatsiz va texnik jihatdan nuqsonli bo`lganligidan ulardagi bironbir hukmdor nomini aniqlash mumkin bo`lmadi. Milodiy III asrgacha Sug’d shahar hayotida qandaydir iqtisodiy tanazzul bo`lgan ko`rinadi. Faqat III asr oxiri va IV asr boshlaridagina Ipak yo`li bilan bog’liq iqtisodiy yuksalishlar Sug’d hayotida yuz beradi. Bu haqda birinchi bor Dunxuandan topilgan hujjat - "Sug’d eski yozuvilari" guvohlik beradi. Ilk o`rta asrlarda Sug’dning savdo shaxri nomi bilan dong chiqargan Paykent shaxrining iqtisodiy qudrati arab tarixchisi Tabariyni lol qoldirgan. Uning yozishicha "Paykentda arablar tomonidan shunchalar ko`p oltin va kumush idishlar talandiki, ularning ko`pligidan sanog’iga eta olmaysan, kishi". Bunday yuksaklikni IV asrning oxirlarida butun Sug’d bo`ylab kuzatish mumkin edi. V asrdan boshlab mustaqil Sug’d hokimliklari suratlari bitilgan tangalar zarb etila boshlaydi. VII asrga kelib Sug’d mahalliy hokimliklarining kumush tangalari jahon savdosida o`z o`rniga ega edi. Sugdiyona shunday yuksakliklarga erishishiga qaramay, mamlakatda ilk o`rta asrlar davomida yagona podsholik (markaziy hokimiyat) bo`lmagan. Bunday hokimiyatning tarkib topishiga dastlab xiyoniylar va kidariylarning bu zaminga kirib kelishi xalaqit bergan ko`rinadi. Sug’diyona VI asr boshlaridan eftaliylar tarkibida, 563 yildan esa Turk xoqonligi qo`l ostiga o`tdi. Garchi ular mahalliy hokimliklar boshqaruv tizimiga aralashmagan holda, ulardan katta-katta o`lpon (soliq) olish bilan kifoyalanish siyosatini yuritsalarda, amalda markazlashgan davlat barpo bo`lishidan manfaatdor emas edilar. CHunki ular O`rta Osiyo etnomadaniy maydonida qudratli yangi siyosiy kuchning paydo bo`lishini istamas edilar. SHu bois, sug’d mahalliy aslzodalarining boy tajribalaridan o`z maqsadlari yo`lida foydalanish uchun eftaliy va turk xoqonlari ularni davlat boshqaruv xizmatlariga faol tortishni afzal ko`raddlar. Biroq, VIII asr boshlaridan Sug’diyona xalqi boshiga o`zga etnik va din vakillari bosgarib keldi. Ular eftaliy va turk xoqonlarndan farqli o`laroq yangicha boshqaruv tizimini ishlab chiqdilar. Ikki orada kuchlar teng bo`lmagan janglar boshlanib ketdi. Umumiy dushmanga qarshi kuchlar harbiy ittafoqini tuzishga intilish har doim ham kutgan natijani beravermadi. Nihoyat VIII asr oxirlarigacha davom etgan qattiq janglar va qo`zg’olonlardan so`ng, bosqinchilar mahalliy aslzodalar orasidan tayanch topib, nafaqat bugun Sug’diyona, balki Movarounnaxr va Xurosonda ham o`z hukmronligini o`rnatishga erishdilar.
Sug’ddan sharqda Sirdaryo havzasida ilk o`rta asrlar davri Ustrushona viloyati joylashgan. Uning g’arbiy qismini O`zbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi — Xo`jand viloyati esa hozirgi kunda Tojikiston tasarrufida. Ilk o`rta asrlar Ustrushonasi 18 ta tumandan tashkil topgan. Istaxriy ma`lumotiga ko`ra, ular Kurket, Gazak, Vabket, Sabat, Zomin, Dizak, Bunjikat, Harakana, Feknan, Fagkat, Mink, Asbanikat, Biskar, Bangam, Vakr, SHagar, Burgar, Buttam kabi rustaklar bo`lib, ular tepasida turgan hukmdorlar afshinlar deb atalgan. Birinchi bor Ustrushona nomi ilk o`rta asr Xitoy manbalarida uchraydi. (SHuaydushana, Suduyshana, Sudushina). Bunga ko`ra, Ustrushona IV-V asrlardayoq mustaqil hokimlik sifatida tilga olinadi. Uning yosh, tashabbuskor hukmdori VIII asr boshlarida Samarqand ixshidining elchilari bilan o`z elchisini Xitoyga yuboradi. Arab geograflarining xabariga qaraganda, Ustrushonaning bosh shaxri Bunjikat (hozirgi SHaxriston) bo`lgan. Arxeologik tadqiqotlar buni to`liq tasdiqlaydi. SHahristondan topilgan kumush tangalarga ko`ra, Ustrushonani dastlab CHirdmish, Satachari, Raxanch kabi mahalliy afshinlar boshqargan. VIII asr birinchi choragidan Ustrushonani turkiy sulola vakillari boshqara boshlagan. Darhaqiqat, arab tarixchisi Istaxriy 737yil voqealari munosabati bilan Ustrushona afshini turk Harabug’a ekanligini eslaydi (chunki o`sha kezlarda mahalliy hukmdorlar turklar bilan birga arablarga qarshi harbiy ittifoq tuzgan edilar). Undan so`ng yaqin 60 yil Ustrushona afshinligini turk Xanahara egallaydi. U mashxur xalifa Ma`mun ibn Xorun xizmatida bo`lib, Iroq va Misrda ko`tarilgan ko`zg’olonlarni bostirishda qatnashgan.
Ustrushonadan shimoli - sharqda, Sirdarayoning yuqori havzasida go`zal Fragana (Farg’ona vodiysi) joylashgan. U Herodotning «Tarix» asarida «parikaniylar yurti» nomi ostida eslab o`tiladi. Farg’ona so`zi sug’d manbalarida «Fraganik» shaklida yozilib «tog’lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma`nosini ang’latadi. Xitoy manbalarida «Dayyuan, ya`ni Davan» deb atalgan. Dayayuan ham «tog’lar orasidagi vodiy» ma`nosini beradi. «Parikaniylar yurti» paxlaviy manbalarida «Parkan davlati» sifatida tilga olinadi. Qadimgi Farg’ona haqidagi mufassal ma`lumotlarni biz Xitoy manbalarida uchratamiz. Bu ma`lumotlar xitoyliklarning mashxur «24 tarixi»ning 1-2 jildi, ya`ni Sima Tsyanning «Tarixiy xotiralar» va Ban Guning «Birinchi Xan sulolasi tarixi» asarida berilgan. Bu ikki asar N.YA.Bichurin tarjimasi asosida bizgacha etib kelgan. Ammo «24 tarix»ning Markaziy Osiyoga tegishli ko`pgina boblari N.YA.Bichurin tarjimasiga kiritilmagan. Ana shu «24 tarix»ning 1-SH jildlaridagi Markaziy Osiyoga tegishli qismlari 1987 yildan boshlab uyg’ur tiliga tarjima qilina boshladi. Natijada, Farg’ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi ma`lumotlar olish imkoniyati tug’ildi. Masalan, Farg’ona-Xitoy munosabatlariga oid ma`lumotlar «Tarixiy xotiralar»dagi «Xan Udi tazkirasi», «Farg’ona tazkirasi», «Hunnlar tazkirasi» va «Xannoma»dagi «Xan Udining tarjimai holi», «G’arbiy yurt (qo`rqor) tazkirasi», «Hunnlar haqqad qissa», «Xan Vendi tazkirasi», CHjan TSzyan, Li Guangli tarjimai holi», «Nag’ma nova tazkirasi», Besh anosir (modda yoky jism) tazkirasi» kabi boblarda beriladi. Bularning ko`pchiligi yuqorida ta`kidlaganimizdek, N.YA.Bichurin tarjimasiga yutritilmagan. SHuning uchun Qadimgi Farg’ona (Davan) davlatga va uning Xitoy bilan bo`lgan aloqalari yaxshi o`rganilmagan.
Qadimgi Farg’onaga nisbatan Xitoy manbalarida Davan davlati haqidagi ma`lumotlar oxirgi marta milodiy III asrda uchratiladi. 436 yilda imperator Vey elchisi Dun’ Van’ning g’arbga safari munosabati bilan qadimgi Farg’ona «Polona» nomi bilan sobiq Davan o`rnida ishlatilgan. Qadimgi Farg’ona yana bir Xitoy manbasi «Beyshi»da (VII asr) «Boxan», «Feyxan» nomlari bilan tilga olinadi. «Beyshi»da Feyxanda «hukmdor taxti oltin qo`chqor qiyofasida» ishlangan deyiladi. Boshqa bir Xitoy manbasi «Tan-shu»da (X asr) Qadimgi Farg’onani «IV asrdan boshlab to hokimiyat tepasiga turklar kelganiga qadar bir sulola boshqargan» deyiladi. 630 yili O`rta Osiyo orqali Hindistonga safarga otlangan Xitoy elchisi Sima TSzyan sobiq Davanda mamlakat yagona hukmdor tasarrufida emas, u erda mayda mahalliy hukmdorlar ko`pligini ta`kidlaydi.
Mahalliy yozma manbalarda to VIII asrgacha Farg’ona mulki haqida hech bir ma`lumot uchramaydi. Arablar bosqini munosabati bilan Panjikent hokimi va bir vaqtning o`zida Samarqand podshosi Divashtich arablarga qarshi mahalliy hokimliklarning birlashgan harbiy itgifoqini tuzish tashabbusi bilan chiqqan. U o`z ishonchli kishisini CHoch tuduni, Turk xoqoni va Farg’ona mulki hukmdoriga tegishli xatlar bilan ular huzuriga yuborgan. Ana shu elchilik xatlarining Farg’ona ixshidligiga tegishli nomasida Farg’ona nomi sug’dcha «Fraganik» shaklida berilgan. Ilk o`rta asrlarda Farg’ona mulkining Fraganik ixshidligi nomi ostida yuritilishini arab tarixchilari ham tasdiq-laydi. Arab tarixchiari YAqut va Qudamolarning xabar berishiga qaraganda, ilk o`rta asrlarda nafaqat Farg’ona mulki, balki uning bosh shaxri ham Fraganik deb atalgan. Ibn Xordotbexning «yo`llar va podsholiklar haqida kitob» asarida xalifalikning sharqiy viloyatlarida karvon yo`llari qaysi shaharlar orqali o`tgani, ular orasidagi masofalar berilgan. SHu manbada «Samarqanddan Fraganikkacha (bu erda u qadimgi Farg’onaning bosh shahrini ko`zda tutadi) 53 farsax (1 farsax 6-8 km ga teng), Bab (Pop)dan Fraganikkacha 4 farsax» deyilgan. Darhaqiqat, Ibn Xordatbex asarida ko`rsatilgan Popdan keyingi 4 farsax masofada joylashgan shahar punkti aslida Axsikent bo`lib, sug’diy manbalarda arablarga qadimiy nomi Fraganik sifatida ma`lum bo`lgan. Biz keltirgan keyingi ikki manba (Divashtich va Ibn Xordatbex) ma`lumotlariga ko`ra, VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr boshlarida Farg’ona vodiysining mayda mahalliy hokimliklari Fraganik hokimligi qo`l ostida birlashib, yag’ona Farg’ona mulkiga aylangan ko`rinadi. Bu holat arxeologik materiallar misolida yaxpsh kuzatnladi. Masalan, qadimgi Farg’onaning Qoradaryo havzasida olib borilgan arxeologik dala tadqiqot natijalari bu masalaga oydinlik kiritishi mumkin. Arxeolog B.Abdulg’ozievaning tadqiqotlariga ko`ra, mazkur maskan antik va ilk o`rta asrlar davrida bir necha mikrovohalardan tarkib topgan 11 ta irrigatsion rayonlarni tashkil etgan. Ularda antik davrga oid 247 ta yodgorlik (erkin dehqon xo`jaliklarining qishloqlari) bo`lsa, ilk o`rta asrlarga kelib, ularning soni 166 taga tushib qolgan. Demak, qishloq jamoalari ichida mulkiy tabaqalanish jadal kechgan, mulk egalari - kashovarzlarning bir qismi mulksiz kadivarlarga, ular hisobiga boyib borayotgan kashovarzlarning badavlat qismi dehqonzodalar - mulkdor feodallarga aylana borgan.
Qoradaryo havzasi yodgorliklarining tarixiy topografiyasiga ko`ra, voha edgorliklarini uch kategoriyaga, ya`ni shaharlar, qishloq hokimlarining qasrlari va qishloq jamoalari ob`ektlariga ajratilganda, quyidagi holatni kuzatish mumkin bo`ldi: Qoradaryo havzasida olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalariga ko`ra, antik davrda qishloq jamoasi maskanlari ko`pchilikni tashkil etgan bo`lsa, ilk o`rta asrlarda shahar hokimliklarining qasrlari ko`paygan. Demak, ilk o`rta asrlarga kelib, mulkiy tabaqalanish badavlat dehqonzodalar foydasiga ishlayotganligi kuzatiladi, har bir irrigatsion rayonda, uning iqtisodiy va siyosiy markazi sifatida shahar tipidagi yodgorlik qayd qilinadi, mikrovohalarda esa ularning bosh qarorgohi—qishloq hokimlarining qasrlari bo`lgan.
Shunday qilib, ilk o`rta asrlarga kelib Qoradaryo xavzasining har bir irrigatsion rayoni doirasida tuman hokimliklari, mikrovoxalar bazasida qishloq hokimliklari, umuman qadimgi Farg’onaning yirik shaharlari bazasida esa shahar davlatlar tashkil topgan. Qoradaryo havzasida arxeologik materiallar asosida qad ko`targan bu tarixiy jarayon nafaqat Fargona mulkiga, balki O`rta Osiyoning dehqonchilik madaniyati rivoj topgan barcha viloyatlariga xos bo`lib, o`zbek davlatchiligining mahalliy ildizlari aynan ana shularga borib taqaladi.
Qadimgi Fargonadan shimolda joylashgan tarixiy madaniy o`lka CHoch vohasi bo`lib, bu o`lkada ham ilk o`rta asrlarda xuddi shu tarixiy manzara kuzatiladi. CHoch atamasi qadimgi yozma manbalarda mil.avv. I ming yillikning 2-yarmidan boshlab uchraydi. Unga qadar bu o`lkada juda qadimdan "Avesto" turlari va qadimgi forsiy tildagi qoyatosh bitiklariga ko`ra, ko`chmanchi saklar yashagan. Fanda saklar Andronov madaniyati qabilalarining bevosita avlodlari edi degan fikr hukmronlik qiladi.
"Tarix otasi" nomi bilan mashxur Herodotning yozishicha, saklar skiflarning o`zginasi bo`lib, "forslar barcha skiflarni saklar deb ataganlar". Saklarning YAksart orti urug’-aymoqlarini sug’diylardan YAksart (Sirdaryo) ajratib turgan. Sak konfederatsiyasi tarkibini asianlar, pasianlar, toharlar, sakaravaka qabilalari tashkil etgan. Antak davr mualliflardan Demodamning (mil.avv. SH asr) ma`lumotlariga ko`ra, bu ittifoq tarkibida sak nomli qabila ham bo`lib, u YAksartning chap sohilida forslarga yaqin yashagan. "Mahabhorat"da saklar va toharlar bilan bir qatorda kanki qabilalari ham eslatiladi. Mil. avv. I ming yillik o`rtalaridan sak va kanki qabilalarining bir qismi o`troqlasha boshladilar va ular sekin-asta sug’diyzabon chochliklarga aylanib, muqim hayot tarziga o`tadilar. Saklarning ko`chmanchi chorvador qismi esa an`anaviy hayot tarzini davom ettirib, turkiy dunyoning keng dashtlarida ko`chib yashaydilar. Bu haqda Aleksandr Makedonskiy yurishlarining tarixchilari ham guvoxlik beradi, ya`ni YAksart cho`ldagi mintaqalari bilan dehqonchilik rayonlari o`rtasidagi chegara bo`lgan, uning o`ng sohilida saklar, chap sohilida esa sug’diylar joylashib, sug’diylarning shaharlari ham bo`lgan, deb yozadilar.
Mil. avv. II asrdan boshlab, Kang’uy tevarak-atrof qabilalari, jumladan Yantsayni (Alanlar) ham o`z ta`sir doirasiga oladi. Xitoy manbalariga ko`ra, Kang’uy ko`chmanchilar boshqaruvidagi podsholik bo`lib, uning tarkibiga kirgan YAntsai aholisi "loydevor uylarda yashaydi". Kang’uyni poytaxti Bityan kankilarning azaldan yashab kelgan makoni bo`lsada Kang’uy hukmdori bu shaharda doimo yashamagan, uning yozga qarorgohi ham bo`lgan, deyiladi. Mutaxassislar mana shu xabarga asoslanib, "Kang’uy yarim ko`chmanchi, yarim o`troq harakteridagi davlat bo`lgan va uning qarorgohi ham davlat harakteridan kelib chiqib o`zgarib turgan", degan xulosaga keladilar. "Avesgo"dagi Qang’xa bilan xitoycha Kang’uy atamalarining o`xshashligini hisobga olganda, Kang’uyni qishki qarorgohi Bityan Toshkent viloyatining Siradryo yaqinida joylashgan qadimgi Kanka shahar harobasi bo`lib chiqadi. Kang’uy davlatining asosi aynan mana shu joydan boshlangan. Demak, kanki qabilalari uning asoschilaridan biri bo`lgani extimoldan uzoq emas.
Saklar etakchiligida antik davr Kang’uy davlati qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy itgifoqi asosida milodiy eraning boshlarida ikki tilda so`zlashuvchi qang’ar xalqi tashkil topadi. Ammo milodiy V asr o`rtalarida Qang’ davlataning emirilishi bilan uning tarkibidaga elat va qabilalar tarqalib ketdi, yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi.
O`rta Osiyo ilk o`rta asrlar davri shaharlarining rivojlanishi masalasida fanda ikki xil fikr shakllangan. Birinchisi S.P.Tolstovga tegshili bo`lib, u ilk o`rta asr shaharlarda umumiy krizis holati kuzatiladi, dehqonzodalar qasrlari va hukmdorlar maxkamasini hisobga olmaganda, xunarmandchilik tarmoqlarining rivoji, shahar qurilishi va ularni obodonlashtirish ishlari bo`shashib ketgan edi. Ikkinchi qarash A.M.Beainitsskiyga tegishli bo`lib, u Samarqand va Marv kabi yirik shaharlardan tashqari, ko`pgana shaharlarning maydoni qisqaradi, ammo bu davrda shahar tipidagi aholi punktlari favqulodda ko`payadi, degan xulosaga keladi.
Avvalambor, Toshkent vohasi eftaliylar davlati tarkibiga qo`shib olindi. Milodiy VI asrning 60 yillaridan CHoch Turk xoqonligi tarkibiga o`tdi. Bu voqelar dastlab CHochning janubi-g’arbiy shaharlari iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta`sir etmay qolmas edi. Aynan shu vaqtda rangli metallurgiya sanoatining jadal rivoji hisobiga Iloqning iqtisodiy salohiyati ko`tarilib, CHochdan ajralib chiqadi va ma`lum muddatgacha mustaqil rivojlanadi. VI asr oxirlaridan kuchaygan turk aslzodalarining o`zaro taxt uchun kurashlari davrida, CHoch mustaqillikka intilib ko`rdi. Ammo VII asr boshlaridan yana xoqonlikka tobe bo`lib, CHochni G’arbiy turk xoqonligining noibi — tudun boshqaradigan bo`ldi. Hatto tobe viloyatlarni boshqarish va o`lpon yig’ish masalalarini qattiq nazoratda tutish maqsadida xoqonlikda ikkita kichik xoqon lavozimi joriy etildi. Ulardan birining qarorgohi CHoch atrofida bo`lib, u Movarounnaxrning Sug’d o`lkalarini boshqarar edi. VIII asr boshlarida arablar bosqini tufayli CHoch arablarga qarshi Sug’d, Faragana ixshidlari va turk xoqonligining harbiy itgifoqiga qo`shiladi. Bu itgifoq 723-724 yillarda Sirdaryo bo`yida bo`lgan janglarda arablarga qattiq zarba beradi. 739 yilda arablar CHoch va uning ittifoqchilariga qarshi yangi hujum uyushtiradilar. Jang davomida arab lashkarboshsi Xoris ibn Surayj Sug’diylar tomoniga o`tib ketadi. Turk xoqonliga Xitoy ta`siriga tushib qolgan kezlarda arablar CHochga, uning mustaqilligiga putur etkazmaslik sharti bilan o`z noiblarini yuborib, Xitoyga qarshi itgafoq tuzadi. Ammo bu shartnoma uzoqqa cho`zilmadi. CHoch va Iloq VIII asr davomida arablarga qarshi chiqishlarda faol qatnashadi.
Ilk o`rta asrlarda CHoch shaharlarining son jihatidan o`sishi va ularning iqtisodiy ixtisoslashuvi kuzatiladi. Bu jarayon Iloqning CHochdan ma`lum muddatga ajralib, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishiga olib keldi. Urbanizatsiya jarayonlari CHochning adirli rayonlariga jadal kirib borib, CHochning poytaxti Sirdaryo sohillaridan vohaning shimoliy rayonlariga, ya`ni hozirgi Toshkent shahri rayoniga - Mingo`rikka ko`chadi. Ilk o`rta asrlarda CHochdagi urbanistik jarayonlar vohada asosan kichik shaharlarining paydo bo`lishi hisobiga yuz berdi.
Ilk o`rta asrlarda vohaga turkiy etnik qatlamlarning to`xtovsiz kirib kelishi, ayniqsa CHochning Turk xoqonligi tarkibida bo`lishi, uning madaniyatiga katta ta`sir ko`rsatdi. Bu jarayon ushbu makonda turk-sug’diy etnomadaniy maydonning shakllanishiga olib keldi. CHoch eroniy tilli aholining turklashish jarayoni jadal kechgan maskanga aylandi. Bu holatlar ayniqsa arxeologik materiallarda yaxshi kuzatiladi va yozma manba materiallari orqali ham tasdiqlanadi.
Shunisi harakterliki, ilk o`rta asr shaharlarining chegara rayonlarga joylashgan qal`alar mudofaa devorlarida shinaklar qilish katta aham iyat kasb etgan. Ulardagi ko`p sonli shinaklar shunchaki bezak emas, haqiqiy bo`lgan. Agar shahar voha ichkarisida bo`lsa, shinaklarning bir qismi soxta shinaklardan iborat bo`lgan. Ilk o`rta asrlarda Xorazmda qurilish materiali sifatida pishiq g’isht ishlatish boshlanadi. Somoniylar davriga kelganda esa biror yirik inshoot pishiq g’ishtsiz qurilmaydigan bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |