O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»



Download 1,43 Mb.
bet7/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Nazorat uchun savollar:

  1. Diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishi va ular bilan bog’liq odat, marosimlar.

  2. Zardushtiylik dini va uning falsafasi .

  3. Zardushtiylik dini bilan bog’lik ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllari va maskanlari haqida gapirib bering.

  4. Markaziy Osiyoda qadimiy yozuvlarning paydo bo’lishi haqida nimalarni bilasiz?

Tayanch suz va iboralar:

Fetishizm, animizm, totemizm, otashxona, otashkada, bayram-marosimlar, an’ana, qadimgi yozuvlar




Mavzu: Zardushtiylik dini, madaniyati va ma’rifati.


REJA:

  1. Zardushtiylik dinining paydo bolishi.

  2. Zardushtiylik dinidagi marosimlar.

Dunyoda yangi dinlarni insonlarga etkazuvchi, ijtimoiy-madaniy hayotda va tarixda o`chmas iz qoldirgan siymolar ko`p bo`lgan. Shulardan biri Zardushtdir. U eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida Axura-Mazdani yakka-yagona Ilox deb e`lon qilib, tarixda birinchi bor vahdoniyat g’oya siga tayangan - zardushtiylik diniga asos solgan. Zardusht Spitama qavmidan (so`g’diycha Spitamen degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo`lib, otasini - Purushasp, onasini - Dug’dova deb ataganlar.

Zardushtiylik ini bundan kariyib 3000 yil mukaddam O’rta SHarq, O’rta Osiyodagi kupgina davlatlar hududiga yoyilgan va asosiy diniy e`tikodga aylangan.

Eramizdan oldingi V-IV asrlardagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor Zardushtning nomi uchraydi. YUnonlar uni Zoroastra, u asos solgan dinni esa "zoroastrizm" nomi bilan yuritishgan.

Zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda ishlatilgan. Bu hol dinni uning payg’ambari nomi bilan boglashdir. Aslida Zardusht dini Mazda Yasna deb atalgan, ya`ni Mazdaga, «Mutloq oqil» zotga sig’inish demakdir].

Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan kurashlardan iborat. Yo’rug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh "Spenta-Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman deyilgan A.A.) boshqaradi. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.

Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o`ziga mujassam etmog’i kerak. Bu to`g’risida Zardusht: «Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom ila ezgu amalni. Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman" - deb ta`kidlaydi.

Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy qonun-qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning muqaddas kitobi -»Avesta«da bayon qilingan. «Avesta«ning o`n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to`g’risida qator tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud. Ushbu fikrlar hozirgacha qator ilmiy nashrlar va maqolalarda ko`p marotoba ta`kidlangan bo`lsada, biz uchun mazkur faktning uch jihati juda muhimdir. Birinchidan, «Avesta»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o`sha davrlarda o`lkamizda chorvachilik xo`jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, biz bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz hududida yozuv madaniyati bo`lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi bilimdonlari bo`lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi muhim jihati shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas kitobning yozilganligi, bu davrda teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy etganligidan dalolat beradi.

«Avesta« nafaqat ko`hna SHarq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi tarzida, balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, YAzdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik qudrati zikr qilinishi bilan birga milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o`rtalaridan birinchi ming yillik boshlarigacha o`lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, har-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o`rni, dunyo va insonning nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli ma`lumotlar mavjud.

Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan kurashlardan iborat. YOrug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh "Spenta-Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman deyilgan) boshqaradi. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.

Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va marosimlarini hada ularning o`zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy an`analar bilan sinkretik tarzda saqlanib kelayotgan ko`rinishlarini tahlil borasida kengroq to`xtalib o`tamiz.

«Avesta« ning ko`p o`rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining vazifasi va majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o`rinlarda, har-xil munosabatlar bilan mahsus bayon qilingan.

Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o`zlarining urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, Navro`z, oylar bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish marosimlari, o`smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapo`shlik oq libos kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa zardushtiylik tantanalari muhim rol’ o`ynagan. Bundan tashqari zardush­tiy­larda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn bilan boglik kator marosimlari ham mavjud bo`lib, bularda asosan yaqin qarindoshlari, shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan. Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan.

Zardushtiylar jamoasi orasida nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki ikki nikoh yoki vaqtincha nikoh mumkin bo`lgan emas. eru xotinning bir-biriga xiyonati qattiq qoralangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilingan, jazolangan va nikohdagi eru uchun «harom« hisoblangan. «Avesta«ning Vendidot qismining to`rtinchi fargatida «kimning xotini bo`lsa, u xotinsiz va dunyodan farzandsiz o`tayotgan kimsadan yaxshiroqdir».-deb ta`kidlanadi.

Zardushtiylar tasavvuricha o`lim - bu yomonlik ifodasi, kasallik va o`limni keltiruvchi serjahl xudo Axrimandir. Qazo qilgan odamning tanasi harom hisoblangan. SHu bois zardushtiylar o`zlarining dunyodan o`tgan yaqinlarini erga ko`mishmagan, olovda ham kuydirishmagan, suvga ham tashlashmagan. Balki, zardushtiylik marosimlariga muvofiq o`limdan so`ng uch kechayu-kunduz o`likning ruhi narigi dunyoga etib borgunicha, maxsus xonaga qo`yilib, pok narsalardan ma`lum masofa uzoqlikda saqlangan. Bunda olovdan o`ttiz qadam, suvdan o`ttiz qadam uzoqlashtirilgan va hatto yaqin qarindoshlaridan ham chetlatilgan. SHu bois marhumlarga o`lik xizmatchilari - "nasasalar"gina (nasu - bu o`lim ifodasi, o`limni SHimoldan uchib kelgan pasha olib keladi, deb faraz qilingan) shug’ullanganlar Umuman olganda zarudshtiylarning o`limdan keyingi ikkinchi hayot to`g’risidagi kontseptual qarashlari garchi Gohlar (gatlar) da uchramasada «Vendevdot» qismida juda yaxshi bayon qilingan.

«Vendidod»da bayon qilinishicha, marhumlarga tegib makruh bo`lgan kiyimlarni quyosh nurida poklash lozim bo`lgan. Farg’ona vodiysi bo`ylab olib borgan dala tadkiqotlarimiz jarayonida biz shunga o`xshash odatni ko`plab kuzatdik. Jumladan, Namangan viloyatining Kosonsoy, CHust, Pop, Yangiqo`rg’on tumanlarida dafn marosimi vaqtida marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko`rpa, yostiq, ko`rpacha, palak kabi narsalar qabristondan qaytib kelinganidan so`ng bir kecha-kunduz yulduz ko`rsin deb tashqariga osib qo`yilgan. Vodiyga qo`shni bo`lgan Toshkent viloyatida shahrida esa marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko`rpa, ko`rpachalar bilan birga marhumning kiyimlari ham yulduz ko`rsin deb tashqariga yoyib qo`yilgan. Biz bunda osmon yoritgichlarioy, yulduz va quyoshning poklovchilik xususiyatiga bo`lgan ishonchni kuzatamiz. Qolaversa, bu odat ham qaysidir ma`noda zardushtiylik an`analari izlaridan bo`lsa kerak.

Zardushtiylarning dafn marosimlarida koxinlar va marhumning qarindoshlari uch kecha-kunduz davomida zardushtiylarning maxsus duolarini o`qib turganlar. Marosimlar davomida suv ichish va ovqatlanish ma`n etilgan. To`rtinchi kun boshlanishi bilan, o`likning ruhi narigi dunyoga uchib ketganidan so`ng murda shahar, qishloq qo`rg’onlaridan chetdagi tepalik yoki tog’u toshlarga chiqarib, ochiq qo`yilgan. Murdalarning suyaklari qushlar, yirtqich hayvonlar tomonidan etidan tozalangach, "nasasalar" zardushtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, suyaklarni maxsus xumchalar yoki sopoldan yasalgan qutisimon idishlarga yig’ib, "naus" deb ataluvchi maxsus maqbarada saqlashgan. Yilda ikki marotaba bahorgi Navro`z va kuzgi Mehrjon bayramlarida ota-bobolari arvohlariga atab, is chiqarib, sadaqa va qurbonliklar qilishgan.

Yuqorida ta`kidlaganimizdek, zardushtiylar tasavvuriga ko`ra, inson vafotidan so`ng uning ruhi uch kun jasad atrofida bo`ladi va to`rtinchi kuni ertalab quyoshning zarrin nurlari ostida mayin shabadalar bilan samoviy olamga parvoz etadi. U olamda CHinvot deb atalgan ko`prik bor. U jahannam ustidan o`tkazilgan bo`lib Mehr, Surush va Rashna nomli yazdonlar (farishtalar) bu ko`prik yonida ko`z-quloq bo`lib turadilar.o`limdan so`ng marhum ruhi bilan o`tkaziladigan savol-javob jarayonida Haqiqat ilohi Roshnu ularni tarozida salmoqlab ko`radi. Tarozining bir pallasiga ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amallar boshqa pallasiga esa yovuz fikrat, yovuz kalom, yovuz amallar qo`yiladi. Agar ezgulik yovuzlikdan ziyodlik qilsa, marhum ruhi jannatga, Axura-Mazdaning yorug’lik maskaniga parvoz qiladi, aks holda tubanlikka  Axriman va devlar jamiyatining mashaqqatli domiga tushib ketadi. Zardushtiylar tasavvurida do`zax abadiy muzlik, sovuq joy ko`rinishida bo`lgan. Agar kishining yaxshi va yomon ishlari baravar kelsa ruh aralash joy "mivson tatu"ga ketadi. Bu erda na xafalik va na xursandlik bor, jon noxush kun kechiradi. Ularning tasavvurlariga ko`ra ming yilliklardan so`ng hamma tiriladi va so`nggi sud bo`ladi. Ya`ni tog’dan oqib tushayotgan olovsimon erigan ma`dan daryosidan insonlar ruhi birin - ketin o`tadilar, undan yaxshilar beziyon qutuladilar, hamma gunohkorlar, yomonlik va yovuzlik xudosi Axriman bilan birga halok bo`ladilar. Dunyoda abadiy baxtli hayot boshlanadi.

«Avesta«da doimiy badantarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz qo`lni bir necha marta yuvish, qo`lni yuvmasdan turib tananing boshqa joyini ushlamaslik, sochni toza tutib tirnoqlarni tozalab turish maslahat berilgan. Chunonchi, «Vendidot«ning 17-bobida shaytonning najosati to`planadigan va kesib tashlanadigan tirnoq va sochni nima qilish kerakligi to`g’risida yo`l-yo`riq beriladi.

Soch va tirnoqlarning afsungarlik xossalari haqidagi zardushtiylik qarashlari izlari xalqimiz hayotida bugungi kungacha saqlanib qolgan. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, tirnoqlarni olganda chekka erga tashlash lozim.Agar chekka erga tashlanmasa, qiyomat-qoyimda o`sha odamning oyog’i ostidan teshib chiqar emish. SHu bois ham odamlar tirnoqlarini olganda qog’ozga kafanga o`xshatib o`rab: "Qora er senga topshirdim. SHamol sen guvoh bo`l", deb chetroq erga ko`mib qo`yganlar.

Farg’ona vodiysida olingan yoki yuvganda to`kilgan sochlarni ham o`tga, suvga tashlanmagan. CHunki, sochni o`tga, suvga tashlash og’ir gunoh hisoblangan. SHu bois olingan yoki to`kilgan sochni devorlarning kovagiga qo`yilgan yoki mevali daraxtning tagiga ko`milgan.

Zardushtiylik dini, ya`ni yagona Tangriga e`tiqod rasman qabul qilingach, "sidrapo`shlik" udumi joriy qilingan. Har bir zardushtiy o`n besh yoshga to`lgach balog’at nishonasi va mazdoparastlar safiga qo`shilishning alomati sifatida sudra kiyib kamar(belbog’) bog’laydi. Kamarband bog’lamoq har bir zardushtiy hayotida eng muhim voqea bo`lganligi uchun u maxsus marosim vazifasini o`tagan Bu marosimga ko`ra Axura-Mazda farzlari hamda Zardusht o`gitlaridagi sunnatlarni to`la bajaradigan, har jihatdan pok, yuksak axloqli, ustoz fotihasini olgan zardushtiyga oq matodan chakmon, ko`ylak kiygizib, boshiga salla o`rash, beliga esa oq qo`yning etmish ikki tola yungidan to`qilgan belbog’ni bog’lash odat tusiga kirgan. Belbog’ni bog’lashda belidan uch marta o`ralgan va oldi-orqa tarafidan tugun qilib bog’lab qo`yiladi. e`tiqodli zardushtiy butun umri davomida ushbu belbog’ni bog’lab, sidrapo`shni kiyib yurgan. Faqatgina har bir ibodatdan oldin belbog’ini echib bog’lagan. Bu odat sal kam o`n uch asr davom etgan. Zardushtiylarning belbog’ bog’lashlarining ramziy ma`nosi yuz yillar davomida shakllangan bo`lib, o`n ikki toladan iborat oltita ip rishta, jami etmish ikki tolalai belbog’  «Avesta»ning muhim qismi bo`lgan etmish ikki hotlari, o`n ikki oy va yil davomida mazdoparastlar nishonlaydigan oltita diniy bayramga nishonadir. Oltilik rishta yoxud ipni belbog’ atrofida uch marta aylantirib bog’lashadi. Bu o`rinda uch marta aylantirib bog’lash zrdushtiylarning uch qismli etikasini bildirgan.

Zardushtiylikka aloqador bayramlar, marosimlar, tomoshalar ikki qismga bo`lingan: har kim o`zicha va oilada o`tkaziladigan urf-odatlar, ibodatxonalarda yoxud katta maydonlarda uyushtiriladigan ma`rakalar. Katta bayramlar mavsumiy bayramlar munosabati bilan son-sanoqsiz kohinlar, ajabtovur qiroat qiluvchi o`ynovchi ijrochilar tomonidan uyushtirilgan. o`z-o`zidan ma`lumki, ularda dindorlar faol qatnashganlar: ular chetda turib kuzatuvchi yoki shunchaki tomoshabin emas, balki muayyan tartib va qoidalarga bo`y sunuvchi o`ziga xos ishtirokchi bo`lganlar. YUqorida ta`kidlaganimizdek, Zardusht o`zining izdoshlariga qoldirgan zaruriy majburiyatlardan biri har yili Axura-Mazda bilan uning etti yaratuvchisiga bag’ishlab bayram qilish edi. Ularning oltitasi gohambarlar nomi bilan mashhur bo`lib, ularning an`analari yaratilishi va ta`kidlanishi payg’ambar nomi bilan bog’liq. Ushbu bayramlar o`zining kelib chiqishiga ko`ra chorvador va dehqonlarning bayrami bo`lib, keyinchalik Zardusht tomonidan zardushtiylikka kiritilgan.

Axura-Mazda qonunlarida quruq va bo`z erlarni haydash va erni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ish hisoblangan. Vendidodning uchinchi fasli bashoratida yozilishicha: "Axura-Mazda erga yaxshi, sog’lom urug’ sepishdan ortiq savob ish yo`q deydi". Ollohning bu aytganlariga amal qilish, o`n ming yasna matnlarini o`qib ibodat etish yoki yuzlab jonivorlarni qurbonlikka so`yishdan afzal hisoblangan. "Olam go`zalligi dehqonchilikdan, deyiladi "Vendidod"da. Kimki urug’ qadabdi, u odamiylikka imon keltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo`lib, qolgani savobdir". YAna bir fasl bashoratida bunday deyiladi, "Bug’doy o`stira boshlansa, devlarni ter bosadi: sovurilgan bug’doy tayyor bo`lsa, devlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo`lgach, devlar nola-yu fig’on chekishadi. Devlarni mag’lub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo`lishi lozim. Bu ovqatni odamlar egandan so`ng, devlar juda qizishib ketadi va qocha boshlashadi". Erga ishlov berishdan keyingi savob - oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorvani ko`paytirishdir. Zardusht Tangri nomidan hukmdorlarga qaratib bunday deydi: "YOmon ovqatlangan halq na yaxshi, kuchli ishlovchilariga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo`ladi... YOmon ovqatlanishdan odob, axloq ham aynib ketadi. Agar non mo`l-ko`l bo`lsa, muqaddas so`zlar ham yaxshi qabul bo`ladi".



Zardushtiylarning ko`plab marosimlari izlari xalqimizning turmush tarzida bugungi kungacha saqlanib qolgan. Jumladan, dehqonlarimizning hayoti, mehnati va hosilni yig’ish bilan bog’liq o`tkaziladigan bayramlarning ko`plari bevosita zardushtiylik an`analari bilan bog’liqdir. Farg’ona vodiysida dehqonlar dexkonlar yakin utmishda ham erga urug’ qadashlari munosabati bilan "Dalaga qo`sh chiqarish", "SHoxmoy", "Ekin sayli", "Qo`sh oshi" nomlari bilan yuritiluvchi maxsus marosimlarni o`tkazganlar. Hosil yig’ib olishda esa g’allakorlar tomonidan "Ona bug’doy", "Xirmon to`yi", "Hosil bayrami" kabi tantanalar o`tkazilgan. "Ona bug’doy" marosimida oxirgi tutam bug’doy "Ona bug’doy" deb atalib, uni o`rib olinganidan so`ng , maxsus tutam xonadonga eltib, uyning to`riga osib qo`yib, bahorgacha saqlanadi. Bahorda uning bir qismidan non (patir) pishirilib, dalaga don sepishga chiqkan dehqonlarga ulashib beriladi, ikkinchi qismidan esa urug’lik don sifatida foydalaniladi. Fallakorlar «Ona bug’doy»dan tayorlangan nonni eb, «Bu yil ham hosil mo`l-ko`l bo`lsin ,»Ona bug’doy» o`zi qo`llasin, Bobodehqon madadkor bo`lsin! deya duo qiladilar va qolgan donni birinchi urug’lik sifatida sepadilar». Qadimda erga ilk bor urug’ sepish jarayoni o`ziga xos ramziy ritual tusini olgan bo`lib, unda keksa ziroatkorlardan biri Bobo Dehqon qiyo­fa­si­ga kirib qo`sh haydashni boshlab bergan. Xalqona tasavvurlarga ko`ra, Bobo Deh­qon halol mehnat bilan kun ko`ruvchi, o`zgalar haqidan hazar qi­luv­chi, ularning mehnat unumiga unum qo`shuvchi pir bo`lib, u ayni sahar pay­tida deh­­qonlar ko`targan xirmonlarda paydo bo`ladi. Dehqonlar dehqonchilik bilan bog’liq har bir marosimni boshlashdan avval «Bobo dehkonning o`zi tarbiyat qilsin», deb duoi fotiha qiladi. Umuman olganda, Bobo dehqon kul’ti Markaziy Osiyoning aksariyat mahalliy aholisi orasida ma`lum va mashhur bo`lgan bo`lib, o`zbeklarda Bobo dehqon, Dehqon buvo, tojiklarda Boboi dehqon, Ho`ja dehqon, Xo`ja Abdulla dehqon, qoroqolqalpoqlarda Diyxan-bobo, turkmanlarda Baba-dayxan nomlari bilan mashhur bo`lgan. CHust tumani Kakliqo`rg’on qishlog’ida yashovchi qipchoqlarda dalaga birinchi qo`sh chiqarilgan kuni Buvoyi dehqonga atab biror bir hayvon, ko`pincha, qo`chqor so`yilgan va marosimiy taom tarzida «qo`sh oshi», «qo`sh go`ja» pishirilgan. Namangan viloyati Uychi tumanida Bobo dehqon sharafiga «xudoyi sho`rva« tayyorlansa, Mingbuloq tumani Qayrog’ochovul qishlog’idagi qoraqalpoqlar orasida esa erga urug’ qadashdan oldin Diyxan-boboga atab dala boshida jonliq (odatda xo`roz) so`yiladi. Yil barakali, unumli kelsin, degan niyatda bu ishni bo`ydoq o`spiringa bajartirganlar. eng keksa ishtirokchi fotiha berganidan so`ng ishga kirishadilar. Tushlikka qurbon qilingan jonliqdan biror taom tayyorlaganlar. Bu marosimlarni o`tkazish jarayonida ayollar ishtirok etmaydi. Biz mazkur kul’tning tarixiy asosini aniqlash uchun zardushtiylik davri ilohlariga murojaat qilamiz. Avvalo shuni ta`kidlab o`tish joizki, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesta»da ilk marotoba yozma tarzda dehqonchilik va chorvachilik madaniyati bilan bog’liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman marosimlarga ham keng o`rin berilgan. Jumladan, mazkur manbada dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axuramazda nazdida eng ma`qul ish tarzida madh qilinadi. Ayniqsa, dehqonchilikka oid mehnatni hurmat qilish, sevish va qadrlash ta`kidlangan. SHundan kelib chiqib zardushtiylik axloqiy qarashlari bevosita dehqonchilik, dehqonlar va chorvadorlar axloqiy dunyoqarashini aks ettiradi. Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga qonunga va ijtimoiy tartibga itoat qilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. SHuningdek, mazdaparastlar tasavvuriga ko`ra, olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara hisoblanadi. «Vendidod»ning 2-fargard 42-bandida qayd etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var ahli orasida Zardusht va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. «Bundaxashn»da shunday deyilgan: «Arvatatnara dehqonlarning ulug’i edi, endi Jamshid bunyod qilgan varning buyugiga aylandi».

Biz zardushtiylik dinining muqaddas ilohlari va ularning bajargan vazifalariga nazar tashlar ekanmiz aynan mazkur ilohlar ichida Mitra va uning vazifalarini tahlil qilar ekanmiz ma`lum ma`noda Bobo dehqon kul’ti paralelini uchratamiz. Avestoda Mitra gox tabiatning umumlashgan ko`rinishi tarzida, goh ahdlashuv ilohi, goh er sharidagi podsholar homiysi va prototipi tarzida namayon bo`ladi. Mitra SHarq xalqlari ilohiyatining ma`bud, eramizdan ikki ming yillar burun ham ajdodlarmizning asosiy e`tiqodi bo`lgan. U odatda erta sahar paytida butun olamning ilohiy hukmdori tarzida osmon va erning o`rtasida bo`layotgan voqealarni ko`zdan kechirish maqsadida barcha hududlarni qo`lida oltin gurzisi bilan aylanib chiqqan. Mitraning o`ng va so`l taraflarida ilohiy hakamlar Sraosha va Rashnular oldida esa chopqir to`ng’iz qiyofasida Veratragna hamda yon atrofini esa aylana tarzda o`ragan o`simliklar va suvlar, taqvodor ruhlar-fravashilar kuzatib borgan. Bu paytda Mitra samoviy oziqadan oziqlanuvchi boqiy to`rtta katta ayg’ir otga quyosh aravasida bo`lgan. Ayg’irlarning oldingi oyoqlariga oltin orqasiga esa kumushdan yasalgan taqalar qoqilgan bo`lib, aravaning barcha g’ildiraklari mo`jizaviy tarzda aylangan. Avestaning maxsus Mitraga bag’ishlangan qismi-Mitra alqovi (Mexr yasht) da:

«Iqlimlar osha Mitra

Samo tangrisi uchar

Baxtu baror qut sochib

Iqlimlar osha uchar

Samo tangrisi Mitra« -deb takidlangan. Biz uchun bu o`rinda Mitraning qut-baraka va baxt beruvchi iloh vazifasini bajarishi muhim ahamiyatga ega bo`lib aynan bunday faoliyatni Bobodehqon ham bajargan.

Biz Mitra faoliyatiga o`xshash va Bobodehqon kul’tining genezisi bilan bog’liq ko`rinishni bug’doy o`rimi tugallanib yig’ilgan hosil xirmonga to`plangandan keyin o`tkaziladigan tadbirlarda kuzatdik.

Zardushtiylikning biror-bir marosimi shu e`tiqodning ramzi  olovsiz o`tgan emas. Olov turli ko`rinishlarda: osmon olovi, daraxtga yashi­rin­gan olov, otashgohlarda yonib turgan olov, ilohiy olov, chaqmoq olovi va in­son tanasiga issiqlik va hayot bag’ishlovchi olov kabi ko`rinishlarda namoyon bo`lgan. Yonib turgan gulxan abadiy hisoblanib, ma`lum ilohiyot yoki ota-bobolar ruhiyatiga bag’ishlangan. Ular o`chirilmasdan saqlangan va begonalar hamda g’ayridinlar nazar-nafasidan asralgan. O`choq yoki otashgohning kuli ham muqaddas hisoblanib, muqaddas joylarga ko`mib saqlangan. Bundan tashqari, har bir xonadonda shu xonadon chirog’i, uning qo`ri va alangasini doimo yoqib saqlaydigan oilaviy otashgohlar ham bo`lgan. Ular ko`pincha maxsus ajratilgan va pokiza tutilgan xonalarda tashkil etilib, olov e`tibor bilan yasalgan o`choq yoki kursi shaklidagi pastament ustida yoqib saqlangan.

SHunga yaqin olovni e`zozlash rasmlari juda ko`p xalqlarga xos bo`lganligi ma`lum. Jumladan, muqaddas oilaviy o`choq olovini begonalardan yashirish qadimiy yunon va greklar uchun ham xos bo`lgan.

Olovga bo`lgan hurmat va e`tibor odatlarining boshqa ba`zi ko`rinishlari o`rta Osiyo xalqlari, jumladan, Farg’ona vodiysi aholisi turmush tarzida hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Vodiy qipchoqlarida xonadon o`chog’i hech qachon o`chirilmagan. Axborotchilarimizning aytishlaricha, xonadon o`chog’ida olovni kecha-kunduz o`chirmaslik ota-bobolardan qolgan odat bo`lib, ularning tasavvuricha, olovsiz o`choq  misoli egasiz, kimsasiz uydir. o`chog’ida doimo olov yongan xonadondagina doimo baraka bo`lgan. O`chog’da yonayotgan olovni bulg’amaslik uchun iflos narsalarni, hatto iflos o`tinni yoqish ham ta`qiklangan. Iflos o`tin yoqishdan oldin quyoshda quritilgan yoki suv bilan yuvib tozalangan.

Olov yongan o`choqqa qalampir, non, ovqat qoldiqlari tashlash, har xil axlat yoqish yoki o`choqdan chiqqan kulni axlatxonalarga tashlash. harom chiqindilarni o`choq olovida kuydirish gunoh hisoblangan. Vodiyda kul bilan axlatni qo`shish qat`iy ta`qiqlangan. Bunga sabab, agar axlat bilan kulni bir joyga tashlansa ushbu xonadonning to`y va aza marosimlari bir - biriga qo`shilib ketar ekan. Motam marosimlarida esa olovni bulg’amaslik uchun uch kungacha xonadon o`chog’ida olov yoqib ovqat tayyorlanmagan. Bundan tashqari, nikoh to`yi marosimlarida kelin-kuyovlarni ins jinslardan poklash maqsadida olov atrofida aylantirish va safarga ketayotganda xonodon olovidan boshqalarga bermaslik odatlari ham qaysidir ma`noda zardushtiylik marosimlari bilan bog’liq bo`lsa kerak.

Tadqiqot jarayonida Farg’ona vodiysi oila-turmush an`analarida «Sada« bayramiga o`xshash marosimni kuzatdik. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, XX asrning boshlarida vodiyning shimolida joylashgan Kosonsoy tumanida safar oyining oxirgi chorshanbasi kuni «Safar qochti« marosimi o`tkazilgan. «Bu kun mahallalarda katta-katta gulxanlar yoqilgan. Barcha odamlar turli balo-qazolarni daf qilish maqsadida "Alas-alas, barcha balolardan xalos", deb gulxanlardan sakragan va sopol idishlarni erga urib sindirganlar. Hozirda esa bu marosim vodiyda deyarli o`tkazil­maydi. Faqat qariyalarning xotiralaridagina saqlanib qolgan.

Zardushtiylik ta`limotida olovdan tashqari suvga nisbatan ham alohida qoida ishlab chiqilgan. Zardushtiylarda suv muqaddas unsur sanalib, avvalo uning o`zining tozaligi borasida qayg’urilgan. Buning uchun suv tabiat manbalari - daryolar, ko`llar yoki quduqlar har qanday nopokliklardan qat`iy himoya qilingan. Agar marosimiy nopok bo`lgan qandaydir narsani yuvish lozim bo`lsa, suv maxsus joyga to`plangan, lekin shunda ham nopok narsa to`g’ridan-to`g’ri suv bilan yuvilmagan. Bunda nopok narsa avval sigir siydigi bilan yuvilib, quyoshda yoki qumda quritilgan va so`ngra yakuniy poklash maqsadida suv bilan yuvilgan. SHuningdek, yomg’ir yoqqan paytda tashqariga chiqish ta`qiqlangan, chunki bu bilan suvni va erni "makruh" qilib qo`yish mumkin deyilgan. Suvni muqaddas sanab uni e`zozlashga oid qarash islom dinida ham mavjud. Jumladan, islomda suvni tejab ishlatish, uni ortiqcha isrof qilmaslik ta`kidlanadi. Suvni isrof qilish va bulg’ash og’ir gunoh hisoblangan. «Avesta«da bu borada «Pokiza suv va yonib turgan olov oldida gustohlik qilgan zotning do`zaxda topguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan mudhishdir»-deyiladi.

Tadqiqot jarayonida Farg’ona vodiysi aholisi turmush-tarzida ham suv o`ziga xos muqaddas unsur sifatida e`zozlanishining kuzatdik. Jumladan, vodiyda ham suvni bemavrid isrof qilish, uni bulg’ash, suvga tupurish va nopok iflos narsalarni suvga tashlash qat`iy taqiqlangan bo`lib, bunday ishlarni qilish og’ir gunoh hisoblangan. Suv keladigan ariqlar, kanallar va zovurlar har yili bahorda hashar yo`li bilan tozalangan. YAngi kanallar, ariqlar qazish eng savobli ishlardan deyilgan.

Zardushtiylik e`tiqodi an`analariga oid fikrlarimiz yakunida xulosa qilib shuni alohida ta`kidlaymizki, odamlarni daryolarning musaffoligiga va tuproq unumdorligi haqida g’amxo`rlik qilishga da`vat etgan zardushtiylik dini aynan bizning zaminimizda vujudga kelganligiga va u nafaqat eroniyzabon xalqlarni, balki turkiy xalqlar, shu jumladan, o`zbek xalqi ma`naviy dunyoqarishi shakllanishida asosiy omil bo`lganligiga anik. SHubxasiz, bu mulohazani tugri ekanligiga o`zbek xalqi an`anaviy turmush-tarzini, tarixiy etnografik xususiyatlari, milliy madaniyati, tafakkur-mental xususiyatlari tadqiqiqiga oid tadqiqotimiz jarayonida ham amin bo`ldik. Bu esa o`z navbatida o`zbek xalqini mintaqaga xos qadimiy tsivilazatsiyaga va qomusiy-diniy, falsafiy asar «Avesta»ga vorisligini yana bir bor tasdiqlaydi. Aynan o`zbek xalqi an`anaviy turmush tarzi bilan bog’liq milliy etnik xususiyatlarni tahlil qilish o`zbeklar ma`naviy ruhiy dunyoqarashi tizimiga «Avesta»ning ta`siri bisyor ekanligidan va o`zbek fenonmeni tushunchasi shakllanishida munosib o`rni borligidan dalolat bermoqda. Darhaqiqat zardushtiylik dini qadimda o`tmish ajdodlarimizning hayotidagi asosiy diniy e`tiqodlardan biri bo`lishi bilan birga islom dini kirib kelgandan keyin xalqimizning turmush-tarzida ham o`z izlarini saqlab qolganligini va hattoki xalqimizning bugungi kundagi oila-turmush marosimlarida ham saqlanib qolganligi tadqiqot davomida uz isbotini topdi. Bajarilayotgan marosim va urf-odatlarda zardushtiylik izlari islomiy marosimlar bilan birgalikda sinkretik (korishgan) tarzda yashab kelmoqda. Boshqacha aytganda zardushtiylik marosimlari bilan bog’liq an`ana va urf-odatlarning aksariyatining asl mohiyati va mazmuni unitilgan bo`lsada islomiy ko`rinish olgan holda yoki islomiy qarashlar bilan o`zaro uyg’unlashib odat, an`ana tarzida yashab kelayotganligi tasdiklangan. Bu esa shubhasiz xalqimizning o`ziga xos bag’rikengligi va milliy qadriyatlariga bo`lgan cheksiz hurmatining yorqin na`munasidir.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish