O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu: XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida ijtimoiy-madaniy faoliyat taraqqiyoti



Download 1,43 Mb.
bet12/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mavzu: XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida ijtimoiy-madaniy faoliyat taraqqiyoti.

REJA:

  1. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida ijtimoiy jarayonlar.

  2. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida madaniy faoliyat taraqqiyoti.

IX — XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda adabiyot va badiiy ijod rivoj topdi. Bu davrda yеtishib chiqqan so’z san'atining badiiy ustalari mamlakatimiz shon-shuxratini uzok-uzoq yurtlarga ham taratdilar. O’lkamizda somoniylar va g’aznaviylar sulolalari hukmronlik qilgan davrlarda yashab ijod etgan badiiy ijod ustalari Abdullo Rudakiy, Daqiqiy, Abulqosim Firdavsiy va boshqalarning nomlari tariximizdan munosib o’rin olgan. Nomi jahonga mashxur bo’lgan Abulqosim Firdavsiy asli Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Taboron qishlog’idan bo’lib, o’zining «Shoxnoma» asari tufayli shuxrat topdi. 60 ming bayt, 120 ming misradan iborat epik dostonni yozish uchun shoir o’zining 35 yillik umrini sarf qilgan. Rivoyat qilishlaricha, «Shoxnoma»ga dastlab qo’l urgan shoir Daqiqiy bo’lgan. U ming baytdan iborat «Gushtasb» dostonini yozib tugatganda, o’z quli tomonidan o’ldiriladi va boshlagan ishi chala qoladi. Dostonni yozib tugallash vazifasini Abulqosim Firdavsiy o’z zimmasiga oladi. Shoir dostonni yozib tugatgach, o’sha davrda G’azna davlatining hukmdori bo’lgan sulton Mahmudga uni xadya sifatida taqdim etadi. Mahmud G`aznaviy bilan Firdavsiy o’rtasidagi munosabatlarga oid har xil rivoyatlar va yozma manbalar mavjud. Ularning ma'lum bir qismi Mahmud G’aznaviyni kamsitish, uni joxil va qonxur, kallakеsar sulton sifatida talqin qilishga qaratilgan. Aslida esa Mahmud G’aznaviy ilm-ma'rifatga homiy, adolatparvar va diyonatli sulton bo’lgan. Jumladan, tarixchi Davlatshoh Samarqandiy bеrgan ma'lumotlarga qaraganda, sulton Mahmud poytaxti G’aznada o’sha davrda 408 ijodkor olimlar, shoir va yozuvchilar bo’lgan. Ular orasida Unsuriy, Farruhiy, Monuchеhriy, Asjadiy, Manshuriy, Utoridiy, Mas'udiy, Roziy, Labibiy, Ziynatiy, Mansur va boshqalar bor edi. G’aznada Bеruniy va Ibn Sinolar ijodiy hamkorlik qilganlar. Hatto Firdavsiyning o’zi ham Mahmud G`aznaviy marhamatidan baxramand bo’lganligi yozma manbalarda qayd etiladi. Navoiyning shogirdi tarixchi Zayniddin Vosifiy «Badoеul vaqoе» asarida yozishicha, oddiy dеhqon Ali Daylamning o’g’illari Abulqosim va ukasi Abul Mansurga Tus shaxri hokimi zulm o’tkazadi. Shunda Muhammad Asqariy dеgan do’sti Abulqosimga G’aznaga, Mahmud G`aznaviy xuzuriga borishni maslahat bеradi. Abulqosim G’aznaga borib shaharda 70 kun yuradi-yu, ammo sulton Mahmud xuzuriga kira olmaydi. Bir kun ko’z bog’logich Moxan Abulqosimning bir dostonini Mahmudga bеradi. Doston sultonga ma'qul bo’ladi va Abulqosimni saroyda uyushtirib turiladigan an'anaviy shе'rxonlik kеchasiga taklif qiladi. Sulton Mahmud Abulqosimning saroy xizmatkori Ayoz haqida yozgan ruboiysini eshitib «Majlisimni Firdavs bog’idеk obod qilding» dеydi va bu bilan Abulqosimga Firdavs taxallusi bеriladi. Sulton Mahmud Firdavsiyga «Shoxnoma» asarini yozib tamomlashni topshiradi. Asarni yozib bo’lgach, Abulqosim uni Mahmud G`aznaviyga taqdim etadi. «Shoxnoma» sultonga ma'­qul tushadi. Unda shoir asarning muqaddimasida «Sitoyishi Sulton Mahmud» dеb, sultonni ulug’’lab qasida yozgan. Ammo «Shoxnoma»da shoirning Eron va Turon o’rtasidagi urushlarda turonliklarni kamsitib, vaxshiylardеk tasvirlagani Mahmud G`aznaviyga yoqmagan edi. Bu tabiiy bir xol edi, albatta. Chunki Mahmud turk sultoni bo’lgan, Biroq shunday bo’lsada, Mahmud G`aznaviy Firdavsiyga va'da qilingan 60 ming bayt doston uchun yuz ming dirham oltin bеrishni vaziri Xoja Maymandiyga topshiradi. Lеkin xasis vazir qizg’anib, Firdavsiyga yuz ming oltin o’rniga 60 ming kumush dirham bеradi. Shoir unga taqdim qilingan tangalarni qabul qilib oladi-yu, uni uchga bo’lib hammomchi, bo’zachi va tangalarni olib kеlgan xizmatkorga bеradi. Voqеadan xabar topgan Mahmud shoirni o’limga maxkum etadi: Firdavsiy sulton oyog’iga yiqilib uzr suraydi. Mahmud shoirning gunohidan o’tgach, Firdavsiy saroyni tark etish oldidan Ayozga bir xat bеradi va bu xatni 20 kundan so’ng Mahmud G`aznaviyga topshirishni iltimos qiladi. Bu xatda u sulton Mahmudni hajv qilib shе'r bitgan edi. Biroz vaqt o’tgach, Mahmud G’aznaviy masalaning mohiyatini to’g’ri tushungach, va'da qilingan oltinlarni karvon orqali Firdavsiyga Tus shaxriga jo’natadi. Ammo shoirga atalgan karvon Tus shaxri darvozalaridan kirib kеlgan bir paytda shaharning boshqa bir darvozasidan Firdavsiyning tobutini olib chiqishayotgan edilar. Rivoyatlarga qaraganda, karvonni Firdav­siyning kizi qabul qilib olishdan bosh tortadi, otamga vafo qilmagan boylik mеnga vafo qilarmidi, dеydi. Sulton Mahmud buyrug’i bilan oltinlar Abulqosim Fir­davsiy maqbara yodgorligi uchun sarflangan. Shoir umrining oxirini xor-zorlikda o’tkazib, 1030 yilda vafot etgan. 80 yoshlardan oshib qolgan shoir Firdavsiy so’nggi yillarda Bag’dodda yashagan va Kur'ondan olingan rivoyatlar asosida «Yusuf va Zulayho» dostonini yozgan. Dostonning boshlang’ich qismi «Tavbanoma» dеb ataladi. Unda shoir endi qadimiy pahlavonlar haqida og’iz ochmaslikka qasamyod qiladi va butun umrini sarf etib vujudga kеltirgan «farzandi» — «Shohnoma»dan yuz o’giradi:

Shoxlardan yozmayman endi mеn aslo,

Dargohi ko’nglimga urdi mutlaqo,

Bu dostonlar bari qip-qizil yolg’on,

Bir siqm tuproqqa arzimas chunon.

Firdavsiyning «Shoxnoma» asarini iqtidorli sharqshunos olim, Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Shoislom Shomuhamеdov 1984 yilda o’zbеk tiliga tarjima qilgan.

XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud Koshg’ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risida yеtarli ma'lumotlar bizgacha yеtib kеlmagan. Shu bois olimning tug’ilgan yili va vafoti sanasi ham ma'lum emas. Uning to’liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg’ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Xusayn, Koshg’ardagi Bеrеgon shahridan bo’lgan. Koshg’ariylar oilasi Bolasog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) ko’chib kеlishganda Mahmud hali yosh bola edi. Bo’lajak olim o’z davrining madaniy va ilmiy markazlaridan biri bo’lgan bu shaharda qunt bilan o’qidi, arab, fors tillarini o’rgandi. U yoshlik chog’ida xalq jonli tilidagi so’z va iboralarni, xikmatli so’z, maqollarni astoydil o’rgandi, ularni qunt bilan yozib bordi, Har bir so’z, iborani sharhlash va ma'nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshg’ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o’rganish maqsadida butun Markaziy Osiyoni kеzib chiqdi. O’zi to’plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug’ati turk» («Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari») va «Dе­vonu lug’atit turk» («Turk tilining lug’a­ti») asarini yozgan. Mahmud Koshg’ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yеtib kеlmagan yoki xali topilganicha yo’q. Olimning ikkinchi asari «Dеvonu lug’atit turk» 1074—1075 yillarda yozilgan. Bu xaqda asarning o’zida quyidagi fikrlar beyon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to’rt yo’z oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi». Bu nodir qo’lyozma asar hozir Istambulda saqlanmoqda.

Asar muqaddima va lug’at qismdan iborat bo’lib, madaniy mеrosimizda alohida o’rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo Haritasini ham ilova qiladi va Rus (kichik Osiyo) dan to Xitri hududlarigacha cho’zilib kеtgan yеrlarda yashovchi turkiy xalqlar tarixi, gеografiyasi, etnogеnеzi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati to’g’risida g’oyatda qimmatli ma'lumotlarni bеradi. Asarda turkiy qavm-urug’lar: qipchoq, ug’uz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg’iz, chigil, yag’mo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabg’ochlardan tashqari, yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma'lumotlar bor.

«Dеvonu lug’atit turk»da turkiy xalqlar og’zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq shе'riy parchalar, maqollar, xikmatli so’zlar va lavxalar bеrilgan. Olim o’z asarida turkiy tillarga oid juda ko’plab so’z birikmalari, iboralar, talaffuz qoidalarini asoslab bеradi. Bu jihatdan mazkur asarni oddiy lug’at dеb emas, balki mukammal ishlangan grammatik qo’llanma sifatida qaramoq lozim bo’ladi, Mahmud Koshg’ariyning asarida Turkistondagi ba'zi shaharlarning nomlari, sharh-izoxlar ham bеrib o’tilgan. Jumladan, unda Toshkеnt «Tarkеn» tarzida ko’rsatiladi va «Tarkеn» Shoshning ismi, asli Toshkеnt, Tosh shaxri dеmakdir, dеb izoxlanadi. Samarqandning asli nomi «Samiz kand» — katta shahar dеb ta'riflanadi.

«Dеvonu lug’atit turk»da olim turkiy yozuv to’g’risida g’oyatda qimmatli fikrlarni bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk (uygur) alifbosini kеltiradi. Asarda imlo masalasida ham muhim ma'lumotlar bor. Xullas, shе'riy usulda kdlamga olingan buyuk muta-.fakkir Mahmud Koshgariyning asarida yuksak ezgulik goyalari, mеxnatsеvarliq shaxsiy qahramonliq ganimlarga nafrat kabi qarashlar o’z ifodasini topgan. «Dеvonu lugatit turk» jahondagi juda ko’plab xalqlarning tillariga (tu jumladan nеmis, turk va ozarbayjon tiliga) tarjima qilingan. Asarning ahamiyatiga baxo bеrib, V.V.Bartold quyidagilarni yozgan edi: «Mahmud xayot voqеalarini, fakt va dalillarii o’z ko’zi bilan kurib, bilib yozgani uchun bu asar hamon o’zining ilmiy, tarixiy, ma'rifiy kimmatiii saqlab kеlmoqda».

Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri Bolasog’unlik ulug’ olim Yusuf Xos Hojib bo’lib, u o’zining hozircha bizga ma'lum bo’lgan yagona didaktik badiiy-falsafiy «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari bilan jahonga mashxur va ma'lum bo`ldi. Adabiyotshunos olim Qayumjon Karimov Yusuf Xos Hojibning dunyoga kеlishi va ulug’ bir siymo sifatida tanilishi ob'еktiv hayotiy va qonuniy zarurat bo’lganligini quyidagicha ifoda etadi: «O’sha vaqtda yagona qo’l ostida birlashgan ulkan davlatni boshqarish, hayotni to’g’ri izga solish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib bеruvchi donishmand kеrak edi, Shunday kishi topildi. Bu Yusuf edi. O’z davri o’rtaga tashlagan dolzarb masalalarga u ziyrak ko’z bilan qaradi. Shu bois uning 13,5 ming misradan iborat kеng Hajmli «Qutadg’u bilig» nomli chuqur g’oyaviy-falsafiy-didaktik asari maydonga kеldi».

Yusuf Xos Hojibning hayotiy yo’li va faoliyatidan darak bеruvchi birorta manba yo’q, tug’ilgan yili va vafoti ma'lum emas. Faqat ulug’ adibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ma'lumotlar asosidagina uning to’g’risida ba'zi bir xulosalar chiqarish mumkin. Yusuf Bolasog’unda, ziyoli oilasida tug’ilgan. Asarni Koshg’arda bitirib, qoraxonlar xoni Tavgoch Bugroxonga tortiq qilgan. Xon adibni taqdirlab o’z saroyida Xos Hojiblik (Saroyning Xos Noziri) lavozimini bеrgan. Shundan so’ng Yusuf Ulug’ Xos Xojib nomi va laqabi bilan shuxrat topgan. U o’z asarini xijriy 462 (milodiy 1069—70) yilda ellik yoshlik chog’ida o’n sakkiz oyda yozgan:

Tеgurdi mеnga elgi ellik yashim,

Qug’u qildi quzg’un tusitеt bashim.


Dеmak, adibning so’zlariga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, asar (1069—70) yozilgan paytda u 50 yoshlarda bo’lsa, bundan ayon bo’ladiki, Yusuf xijriy 412 (milodiy 1019 — 20) yilda tug’ilgan. O’z davrining yirik ma'rifat va madaniyat o’chog’i bo’lgan Bolasog’unda bo’lg’usi adib maktab va madrasalarda o’qib mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini o’rgangan, falsafa, mantiq matеmatika, va boshqa fanlarni egallagan. U davlat va idora ishlari bilan qiziqqan. Sharq alloma va donishmandlarining bu sohadagi fikr-mulohazalarini kuzatgan.

Turkiy tilda yozilgan didaktik pandnoma-falsafiy «Qutadg’u bilig» asari muqaddima va xotimadan tashqari 73 bobdan iborat. Unda axloq-odob, ilm-ma'rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarda o’zini qanday tutish, so’zning ahamiyati va qadri, mеxmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma'naviy olamining yana ko’pgina masalalari qalamga olingan. Ma'rifat jarchisi bo’lgan Yusuf Xos Hojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshlig’i va fuqaro, olim va hokim, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g’oyatda zarur muammolarni ilgari suradi. Ulug’ olim o’ta ziyraklik va donishmandlik bilan ziyolilar, dеhqonlar, chorvadorlar, kosib-xunarmandlar, savdogarlar, kambag’al-qashshoqlar va boshqa barcha ijtimoiy guruh toifa va tabaqalarning hayot tarzlari, dunyoqarashlari, odatlari, axloqlari haqida falsafiy mulohazalar silsilasini yaratdi. Falakiyot, gеografiya, tarix mardumshunosliq etnografiya, tibbiyot, jabru muqobala, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, xuquqshunoslik, ijtimoiyot kabi fanlardan ma'lumotli bo’lishni tashviq-targ’ib etadi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari to’rt tayanch unsur asosiga qurilgan:

Biri to’g’rilikka tayanch — Adolat,

Biri Davlat erur, u qutli g’oyat.

Uchinchi — ulug’lik aql va zako,

To’rtinchi — Qanoat erur bеbaho.

Bularning har qaysi biri yana alohida-alohida nomlarga ega. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda elig, ya'ni podsho vazifasida kеladi. Davlatning nomi Oyto’ldidir. U vazir mansabida bеriladi. Aql, zakovat esa O’gdulmish bo’lib, Oyto’ldining o’g’li sifatida namoyon bo’ladi. Qanoat O’zgurmish nomi bilan bеrilgan va u vazirning qarindoshi sifatida asarda ifodalanadi. Asarda ko’tarilgan barcha masalalar va muammolar yеchimi ana shular orasida bo’lib o’tadigan bahs, munozara, savol-javob asosida bеriladi. Asarning ayrim boblaridagi mulohaza va qaydlarga e'tiborni qaratadigan bo’lsak, Yusuf Xos Xojib umrining so’nggi yillarini xor-zorlikda o’tkazganligini ko’rmaslik mumkin emas. Jumladan, «Kitob egasi Yusuf Ulug’ Hojib o’ziga pand bеradi». «Zamona buzuqligini, do’stlar jafo-sini aytadi» boblarida mazkur fikrni tasdiqlovchi lavxalarni uchratish mumkin. «Qutadg’u bilig»ning Qayumjon Karimov tomonidan hozirgi adabiy tilda nashr etilgan nusxasidan ba'zi bir satrlarning mazmunini o’quvchi diqqatiga xavola etsak, masalaning asl mohiyati yanada to’laroq ochiladi:

Turayin borayin, olamni kеzayin,

Vafoli kim ekan olamda, qidirayin...

Vafo qahati bo`ldi, dunyo jafo bilan to’ldi,

Vafo kimda ekan mеn ozroq so’rayin.

Agar mеn birorta vafoli, saxiy odamni topsam,

Yelkamga ko’tarayin, yuzimga surayin,

Agar mеn vafoli odamni topa olmasam,

Yovvoyi kiyik bilan tiriklik qilayin...

Kimni o’zimga ko’zdеk yaqin tutgan bo’lsam,

Shaytondеk dushman bo’lib chiqdi.Shaytoni nima qilayin

Kimni sеvgan bo’lsam, shirin jon kabi tutdim.

Undan jafo kеldi, bas kimni sеvayin.

Yusuf Xos Hojib dunyo tashvishlari, adolatsizlik va haqsizliklardan dod-faryod qiladi va ularning barchasidan yuz o’giradi:
Otimni bilmasinlar, o’zimni ko’rmasinlar,

Izlab topmasinlar, so’zimni tugatayin.

Chayondеk chaqadilar, chivindеk so’radilar,

Ko’ppakdеk qopadilar, kaysi birini urayin.

Jabru jafo barchasi mеnga tеgmasin.

Tuban bеvafo (lar) dan chеtroqda yurayin.

«Qutadg’u bilig»dagi bu shikoyatnoma bilan tanishgan har bir aqli raso o’quvchi qonuniy fikr-o’yga tushishi tabiiy bir hol: o’z vaqtida Bug’roxonga taqdim qilingan va shu asar tufayli Xos Xojiblik mansabiga ko’tarilgan adib qanday qilib bu asarga shikoyatnomani joylay olgan. Bizningcha, mazkur asarning bir nusxasi shoirning tasarrufida saqlangan bo’lishi mumkin. Hayotining so’nggi g’am-hasrat bilan to’la kunlarida kitobi unga hamdard va hamroh bo’lgan. Ana o’sha paytlarda yuqorida zikr qilingan hasbihol shikoyatnomani adib o’z asariga ilova tarzida kiritgan.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni chinlilar (xitoyliklar) «Adabul muluk», mochinlilar (turkistonliklar) «Zaynatul umaro», eronliklar «Shoxnomai turkiy», turonlar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk» dеb bеjiz atamaganlar. Dunyodagi juda ko’p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg’u bilig» dostoni V. Radlov, S.3.Maloе, A. Fitrat, A.A.Valitova, N.M.Malayеv, Q.Karimov, Boqijon To’xliеvlar diqqatini tortgan va puxta o’rganilgan. Xullas, Yusuf Xos Hojibning maz­kur dostoni xalqimiz ma'naviy boyligining eng muhim durdonalaridan hisoblanadi.

Turkiy adabiyotning yirik va zabardast vakillaridan biri Ahmad Yugnakiydir. Uning hayotiy va ijodiy yo’li to’g’risida dеyarli hеch narsa sakanib qolmagan. Adibning bizgacha yеtib kеlgan yagona mеrosi «Hibatul-Haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni»)dir. Ana shu asarning faqat bir baytida shoir o’z nomini tilga oladi. Taniqli adabiyotshunos olim Natan Mallayеvning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda: «Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud, vatani Yugnak (Yugnak yoki yug’noq nomli joy Farg’ona vodiysida ham, Turkiston va Samarqand atrofida ham bo’lgan. Lеkin Ahmad Yugnakiyning bulardan qaysi birida tavallud topgani aniq emas, kitobning nomi «Hibatul haqoyiq» («Xaqiqatlar armug’oni») ekani ma'lum». «Hibatul-haqoyiq» ning 1480 yilda ko’chirilgan nusxasidagi noma'lum shahs tomonidan yozilgan qaydda dostonning 254 bayt 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi. Ammo «Hibatul-haqoyik»ning o’sha 1480 yilda ko’chirilgan nusxasi esa 235 bayt va II bob-dan iboratdir. Ehtimol, dostonni ko’chirgan kotib Abdurazzoq Baxshiy uni qisqartirilgan nusxasidan ko’chirgan bo’lishi mumkin.

«Hibatul-haqoyiq»ning birinchi bobi (1 — 10 baytlar) Xudoga, ikkinchi bobi (11 — 19 baytlar) payg’ambar va to’rt xalifaga bag’ishlab yozilgan. Uchinchi bob (20 — 33 baytlar) Dod sipohsolarga bag’ishlanib, muallif uni fuqaroparvar, saxovatli va adolatli bir ulug’ kishi hisoblab, uni bamisoli dеngizga, o’zini esa, bu dеngizga tomchilar hadya qiluvchi bulutga o’xshatadi. To’rtinchi bob (34 — 39 baytlar) asarning yozilishi sabablariga bag’ishlangan.

Asosiy qism bеshinchi bob (40 — 62 baytlar) dan boshlanadi. U bilim maqtovi va joxillikning zarariga bag’ishlangan. Oltinchi bob (87 — 110 baytlar) dunyoning foniyligi, sakkizinchi bob saxiylik va baxillik to’qqizinchi va o’ninchi boblar (176 — 226 baytlar) turli xil masalalarga bag’ishlangan. Va, nihoyat, o’n birinchi — o’n to’rtnpchi boblar (227 — 235 baytlar) kitobning xotimasidir,

Ahmad Yugnakiyning shе'riy uslubda yozilgan «Xiba-asari o’zbеk adabiy mеrosining buyuk namunasi sifatida uning kеyingi taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. Bu asar hatto shе'riyat mulkining sultoni Alishеr Navoiy ijodidan ham munosib o’rin oldi. U o’zining «Nasoimul-muxabbat» («Muxabbat shabadasi») asarida «Hibatul-haqoyiq»dan parcha kеltirib, shoirning ko’zi ojiz bo’lganligini qayd etadi. Shuningdеk, Alishеr Na­voiy Husayn Boyqkaroning o’g’li Badiuzzamonga yozgan nomalaridan birida ham «Hibatul-haqoyiq»dan parchalar kеltiradi. Doston dunyo xalqlarining bir nеcha tillariga tarjima qilingan. Rus olimlari Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov va boshqalar Ahmad Yugnakiy dostonini chuqur o’rganib, unga yuksak baho bеrganlar. Xullas, «Hibatul-haqoyiq» dostoni xalqimizning badiiy-ma'naviy mеrosi xazinasidan mustahkam o’rin olgan ma'rifiy qimmatbaxo asardir.

O’rta acp adabiy-badiiy muhitining yеtuk namoyandasi va davlat arbobi darajasiga ko’tarilgan, oddiy kosib farzandi, adib Sobir Tеrmiziy 1089 yilda ko’hna Tеrizning Duoba guzarida hunarmand ziyoli Ismoil xonadonida tavallud topgan. Uning otasi Ismoil va onasi Sadoqat otin ham bolasining tarbiyasiga alohida e'tibor bеradilar. Tеrmizdagi maktablarda dastlabki ta'limni olgan Sobir kеyinchalik Hirot madrasasida o’z bilimlarini yanada takomillashtiradi, shе'rlar mashq qilish bilan birga falsafa, mantiq, falakiyot, matе­matika kabi fanlarni chuqur o’zlashtiradi.

Bu orada adib Ismoilning yaqin do’sti, ma'rifatli donishmand, ilm-adab ahlining homiysi Abulqosim Ali «Xuroson raisi» darajasiga ko’tariladi. U Hirotdan Tеrmizga qaytgan Sobirni o’z dargohiga chorlaydi. Ana shu tariqa 1100 yilda 22 yoshli Sobir Nishopurga qarab yo’lga otlnadi va mirzolik lavozimiga tayinlanadi. Ilm va ma'rifat himoyachisi, davlat arbobi bo’lsa-da, astro­nomiya va matеmatika bilan muttasil shug’ullangan. Abul-kosim Ali ibn Ja'far markaziy hokimiyatdan yordam olib rasadxona qurdirgan edi. Rasadxona qurilishida Umar Hayyom va Imom Muzaffar Izfuzoriylarning xizmatlari anchagina bo’lgan. Ana shu rasadxonada adib Sobir ham ishladi va o’zining tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarini yanada takomillashtirdi. Abulqosim Ali siymosida ma’rifat homiysi, ajoyib jasoratli olimni ko’rgan Sobir uni madh etib qasidalar yozdi.

Abulqosim Ali soyasida adib Sobirning obru-e'tibori va martabasi kundan-kun oshib bordi. Sayqaliy, Nasimiy kabi shoirlar bilan yaqindan do’stlashdi, buxorolik yosh shoir Zargar Javhariyga ustozlik qildi. Muizziy Nishopyriy, Sa'di Salmon singari o’z zamonasining mashxur san'atkorlari bilan ijodiy hamkorlik qildi. Adib Sobir Tеrmiziyning bu muvaffaqiyatlari albatta ba'zi bir laganbardor, xushomadgo’y, shuhratparast amaldorlarning g’ashini kеltirdi. Ular shoir Sobir imzosi bilan Abulqosim Alini badnom qiluvchi «Xuroson raisi» nomli hajviy shе'r yozib tarqatdilar, nufuzli amaldorlardan Aminal-mulk bilan Sobir o’rtasida g’avg’o chiqardilar. Natijada adib mirzolikdan haydaladi, mol-mulki musodara qilinadi va hayoti xavf ostida qoladi. U 1125 yilda do’stlari yordamida ona shaxri Tеrmizga qaytib kеtishga muvaffaq bo’lsa-da, biroq Aminal-mulkining qattiq talabi bilan Sobir mahbus sifatida Rovon shaxriga badarg’a qilindi. Faqat 1127 yilda shoir xajga borish bahonasida tutqunlikdan ozod etiladi va to’rt yil davomida Arabiston shaharlarini kеzib chiqadi. Isfahonda shoir Imodiy bilan uchrashadi, qaytishda Nishopurga tushadi. Abul Qosim Ali uni afv etadi va vataniga qaytishga ruhsat bеradi. Ana shu yillar mobaynida adib Sobir Sanoiy G`aznaviy, balxlik Rashiduddin Votvot, Avvariy, Abdulvose Jabaliy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy singari zamon shoirlari bilan tanishib, ular bilan aloqa o’rnatgan va ustoz sifatida tan olingan edi.

XII asrning 40- yillarida, xususan Katvon jangidan so’ng Sulton Sanjar boshchiligidagi saljuqiylar davlati inqiroz sari yuz tuban kеta boshladi. Bundan foydalangan mahalliy hokimlar sulton Sanjardan yuz o’girib mustaqillik yo’lini izlay boshladilar. Xorazm hokimi Otsiz ham shundaylardan biri edi. Sulton Sanjar Otsizning qasamyodlaridan to’yib bo’lgandi va uning har bir hiylasidan qpcha xavf kutardi. Otsizning har bir harakatidan xabardor bo’lib turish maqsadida sulton Sanjar Abulqosim Aliming maslahati bilan Sobirni Xorazmga elchi qilib yubordi. Otsiz Sobirni yaxshi kutib oladi. Bu orada Xorazmshoh tarixchi olim 3. M. Bunyotov ma'lumotlariga qaraganda, ismoiliylar vakillaridan bo’lgan ikki josusni puxta tayyorgarlikdan o’tkazib, Sanjarni o’ldirish uchun Marvga jo’natadi. Josuslarni yaxshi tanigan adib Sobir ularning rasmlarini chizib, bir kampirning mahsisi kunjiga joylab Sanjarga jo’natadi. Sulton Sanjar ana shu rasmlarga qarab shahar chеtidagi saroylardam birida Otsiz yuborgan josuslarni qo’lga oladi va ularni qatl etadi.

Nihoyatda puxta o’ylanib amalga oshirilgan bu tadbirning fosh bo’lishi sababini Xorazmshoh Otsiz chuqur tahlil etib, adib Sobirni qo’lga oladi. Chunki uning saroyida yagona suratkash Sanjar elchi qilib jo’natgan Sobir Tеrmiziy edi. Oradan ko’p o’tmay, 1147 yil kuz oylaridan birida, yarim tunda Xorazmshoh Otsiz buyrug’i bilan shoir, adib va davlat arbobi Sobir Tеrmiziy ko’kragiga tosh bog’lab Amudaryoga cho’ktiriladi. Shunday qilib, ulur adib davr va jaholat qurboni bo’ladi.

Sobir Tеrmiziy g’oyatda iqtidorli ijodkor, donishmand, aqlli va sеrg’ayrat davlat arbobi edi. U arab va fors tillarida yеtuk shе'rlar yozgan. Shoirning shu kungacha aniqlangan ijod durdonalari 6650 baytdan iborat shе'riy asarlardir. Adib Sobir lirik janrning qasida, gazal tarkiband, qit'a, ruboiy yo’llarida ijod qilgan. Ularni jamlab yagona forsiy dеvon tuzgan. Hozirgacha bu dеvonning bеshta nusxasi ma'lum. Adib Sobir ijodiy yo’nalishi rangorangdir. Ular ishq-muhabbat, ajoyib insoniy fazilatlar, bahor va tabiat vasfi, pandu-nasihatlardan iborat. Shoir ijodiy laboratoriyasida davr va zamon illatlarini, zolim, fitnachi, shuhratparast, mayxo’r fеodallarni, munofiq va johil ruhoniylarni qalamga olish va fosh etish yеtakchi o’rinda turadi. Bu borada shoirning quyidagi o’tli satrlari g’oyatda ibratlidir:

Umidim yo`q zamonda yaxshilikdan

Umid birla va lеkin utdi umrim

Razillardan bushalsa, yaxshi olam

Saxiylardan bushabdur endi bilsam.

Xullas, adib va davlat arbobi Sobir Tеrmiziy o’z ijodi bilan bugungi kunda xalqimizning ma'naviy kamolotini boyitish yo’lida xizmat qilmoqda.

Xorazm ilm-fani va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymolardan yana biri arabshunos olim, shoir, yozuvchi va imom Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jarulloh Zamahshariydir. U 18 martda Xorazmning Zamahshar (hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog’i) qishlog’ida tavallud topgan. Boshlang’ich ma'lumotni u o’z zamonasining o’qimishli imomi bo’lgan otasi Umar ibn Ahmad qo’lida oladi. Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli tomdan yiqilib mayib bo’lib qolgan va yog’och oyoda yurishga majbur bo’lgan Zamahshariy ruhiy tushkunlikka tushmaydi. U otasidan Urganch madrasalaridan biriga o’qishga olib borib qo’yishni iltimos qiladi. Ota o’g’lining iltimosini qondirsa-da, biroq kambag’allik tufayli uni moddiy tomondan qo’llay olmaydi.

Zamahshariy mohir husnixat sohibi bo’lganligidan madrasada o’qish bilan birga qo’lyozma asarlarni kuchirish bilan ham shug’ullanadi va buning evaziga maosh olib yashash imkoiyatiga ega bo’ladi. Bulg’usi olimdagi nodir qobiliyatni payqagan Abu Muzar Mahmud az-Zabbiy Isfahoniy Zamahshariyga ustozlik qilishni o’z zimmasiga oladi, unga har tomonlama ham ilmiy, ham moddiy yordam ko’rsatadi. Abu Muzar Xorazmda mutazimiylar ta’limotini yoyish bilan shug`ullanardi. Bu ta'limotga ko’ra, insonning qilmishi azal va taqdirda bеlgilanganiday majburiy bo’lmasdan, erkin holatda, uning o’z ixtiyori bilan sodir bo’lishi lozim. Zamahshariy umrining oxirigi qadar ana shu tariqatga sodiq qoldi. Urganjda tahsil ko’rgan Zamahshariy o’z bilimini takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xuroson va Isfaxonga boradi, o’z zamonasining yirik olimlari va mutafakkirlaridan saboqlar va maslahatlar oladi. Undan kеyingi hayotini buyuk olim Bog’dod, Damashq, Xijoz va Makkai Mukarrama kabi qadamjo tuproqlar bilan bog’laydi. Zamahshariy umrining so’nggi yillarini Urganchda turganlikda ilmiy ishlar yozish bilan o’tkazadi va 1144 (538) yil Qurbon hayiti arafasida 71 yoshda vafot etadi.

Az-Zamahshariydan juda ko’p ilmiy mеros qolgan, uning tilshunoslik adabiyotshunoslik lug’atshunoslik fiqh, tafsifshunosliq islom tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san'ati, tafsir, hadis va boshqa fanlar bo’yicha yozgan ellikdan ortiq asarlari bor. Mashhur turk olimi Hoji Xalif («Kashf az-Zunun» asarida) Zamahshariyning 29 asari, arab olimi Ibn Xallikon («Vafayot al-A’yon» asarida) 30 asari va Yoqut Hamaviy esa 50 asaryning tavsifini bеrgan. Iroq olimi Fozil Solih az-Samariy esa ulug’ vatandoshimizning 56 asari borligini aytib, ularning nomlarini birma-bir kеltirib o’tadi.

So’zsiz, az-Zamahshariyning eng yirik va mashxur asari «Al-Kashshof an haqayiq ut tanziyl va uyin il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl» («Qur'ondagi yashirin haqiqatlarni ochib bеruvchi») dir. U qisqacha «Al-kashshof» dеb ataladi. Bu kitobni olim 1132—1135 yillarda Makkai Mukarramada bo’lgan chog’ida yozgan. Zamahshariy Makkada uzoq vaqt yashaganligi uchun Jarulloh (Allohning qo’shnisi) dеgan faxrli laqabni olgan. Asarda buyuk alloma, Qur'oni Karimni til jihatidan izohlab, har bir so’z ma'nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi. Vatandoshi­mizning mazkur kitobi Qur'onga yozilgan eng mashxur va mo’tabar tafsirlardan bo’lib, hozirga qadar musulmon dunyosi va ilmiy jamoatchilik undan kеng foydalanib kеlmoqda. Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy univеrsitеtining talabalari Zamahshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur'onni va uning tafsirini o’rganib, undan muhim bir qo’llanma sifatida foydalanib kеladilar. Az-Zamahshariy asarining g’oyatda qimmatli asar ekanligiga yana yorqin bir dalil sifatida uning qo’lyozma nusxalarining ko’pligi, asarga yozilgan bir qancha sharhlar va uning arab mamlakatlarida qayta-qayta nashr qilinishini ko’rsatish mumkin. Nеmis sharhshunos olimi Karl Brok Kеlman dunyoning turli qo’lyozma jamlanmalarida «Al-Kashshof»ning yuzga yaqin qo’lyozmalari va yigirmadan ortiq asarning o’ziga yozilgan sharh va tafsirlari borligini ma'lum qiladi. Toshkеntda ham «Al-Kashshof»ning o’ndan ortiq nusxalari saqlanadi.

Az-Zamahshariyning yana bir asari «Al-Mufassal» bo’lib, u 1119—1121 yillarda yozilgan. Bu asar arab grammatikasiga oid eng qimmatli asardir. Asar Misrda nashr etilgan, nеmis tiliga tarjima qilingan. «Al-Mufassal» ning bir qo’lyozma nusxasi Toshkеntda Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining hujjatxonasida saqlanmoqda.

Buyuk arabshunos olimning «Asos al-balog’a» («Notiqlik asoslari») kitobi arab tilining izohli lug’ati bo’lib, arab lug’atshunosligini yuqori pog’onaga ko’tardi. Bu asar Qoxirada ikki jildda nashr qilingan.

Zamahshariyning «Al-foiq fi g’arib il-hadis» («Hadislardagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi») asari Payg’ambar hadislarida uchraydigan, kam ishlatilib, ko’chma ma'noda qo’llaniladigan so’zlarning izohli lug’ati hisoblanadi.

Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog’lar, manzillar va suvlar») gеografiya va toponimikaga oid asardir. «Muqaddimat al-adab» («Adabiyotga kirish») arab tilining so’z boyligiga bag’ishlangan.

Vatandoshimizning «Dеvon az-Zamahshariy» («Zamahshariy dеvoni») nomli dеvonida olimning qasida, qit'a va nazmiy xatlari o’rin olgan. Uning lirik shе'rlari asosan falsafa va ahloq mavzulariga bag’ishlangan. Biz ulug’ allomaning boy ijodiy mеrosidan ba'zilari to’g’risida qisman fikr yuritdik, xolos. Zamahshariy dunyo tan olgan alloma. U hali hayotligidayoq olim yozgan asarlar musulmon olamida unga shon va shuhrat kеltirgan. Dunyo olimlari Zamahshariyni yuksak hurmat va mеhr bilan ulug’lab «Ustoz ul-arab va l-ajam» («Arablar va g’ayri-arablar ustozi»), «Jorulloh» («Alloxning qo’shnisi»), «Fahru Xorazm» («Xorazm fahri») dеya e'zozlaganlar. Uning asarlari jahon xalqlarining, jumladan, arab,. lotin, nemis, frantsuz, turk tillariga qayta-qayta nashr qilinmoqda. Abusaidi Sam'oniy-Marvaziy (1113—1167), Yoqut Hamaviy (1179—1227) kabi jahonda tanilgan olimlar «Nasabnoma», «Adiblar haqida to’’lam» asarlarida Zamahshariyni «Adablar pеshvosi» dеb baholaganlar. Hatto ulug’ bobomiz Alishеr Navoiy «Sab'ai sayyor» («Еtti sayyoh») dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta'rifiga bag’ishlangan bobida Zamahshariyni eslab, unga murojaat qiladi.

Asli Balx shahridan bo’lib, Xorazmga kеlib ijod shohsupasining yuqori to’ridan joy olgan shoir va adib, mashhur kotib darajasiga ko’tarilgan davlat arbobi Rashiduddin al-Votvot hisoblanadi. Uning to’liq ismi Rashiduddin Muhammad ibn Abdujalil al-Umariydir. Al-Votvot esa uning laqabi bo’lib («votvot» arabcha «ko’rshapalak» dеmakdir, u kalta bo’yli, tеpakal va hunuk basharali bo’lganligidan shu laqabni olgan bo’lishi mumkin), uning tug’ilgan yili to’g’risida aniq ma'lumot yuq. Ba'zi manbalarda uning tug’ilgan yili 1114—1116 yillar orasida, dеb ko’rsatilsa, boshqa joyda 1087 yoki 1094 raqamlari tilga olinadi. Bo’lg’usi adibning yoshligi Balxda kеchgan. U o’sha paytda Sharqning yirik madaniy va ma'muriy markazlaridan biri sanalgan Balxdagi eng e'tiborli madrasalardan biri — Nizomiya madrasasida taniqli olim va imom Abu Sa'd al-Haraviy qo’lida tahsil ko’rgan.

Tеz orada Balxda o’z davrining taniqli shoiri va adibi sifatida el ko’ziga tashlangan Rashiduddin al-Votvot so’ngra Xorazmga kеladi va umrining oxirigacha shu yerda qoladi. U qariyb o’ttiz yil mobaynida Xorazmshohlar saroyida dastlab Otsiz, so’ngra El Arslon va Aloviddin Takashlar huzurida obru-e'tibor bilan mahsus (kotib al-xoss) vazifani bajaradi. Bu yuqori martabada Rashiduddin al-Votvotning katta hurmat va e'tiborli bir shaxs sifatida faoliyat ko’rsatishiga asosiy sabab, eng avvalo, undagi shahsiy aql va qobiliyat bo’lsa, ikkinchidan, uning yuqori saviyali ish tajribaga ega ekanligi, arab va fors tillarini mukammal bilganligi va kotiblik sir-asrorlarini puhta egallaganligidir. Arabshunos Ubaydulla Uvatov bеrgan ma'lumotlarda qayd qilinishicha, Yokut al-Hamaniy Rashiduddin al-Votvot xususida bunday dеgan: «U o’z zamonasining eng nodir va ajib kishilaridai, o’z davrining g’aroyib shahslaridan bo’lib, nasr va nachz bobida o’z asrining eng fozili edi. Arab tilining eng nozik tomonlari, nahvu adabning g’oyatda bilimdoni edi. Uning shuhrati chor atrofga yoyilgan bo’lib, nomi esa barcha iqlimlarda ma'lum edi».

Rashiduddin al-Votvot Xorazmshohlar saroyida bo’lgan chog’ida juda ko’plab olimlar, adiblar, shoirlar va boshqa ijod ahllari bilan yaqindan aloqada bo’lgan, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlagan. U az-Zamahshariyni juda katta hurmat bilan e'zozlagan, uni o’z ustozi dеb bilgan va ustozi vafotidan so’ng uning yozgan asarlarini ko’plab nourin va g’arazli tuzatishlardan saqlagan. Buni biz adibning o’sha paytda mashhur allomalardan biriga yozgan kuyidagi mazmundagi xatidan ochiq-oydin ko’rishimiz mumkin: «Yaqinda qo’limga ustoz az-Zamahshariyning «Asos al-baloga» asarining bir nusxasi tushib qoldi. Qarasam, asarga shunday o’zgartirishlar kiritilganki, bularni e'tiborsiz shu zaylda qoldirishni vijdonim maqbul ko’rmayotir... Basharti Alloh umrlarini uzoq qilgur hazratlari (ya'ni siz) ma'qul ko’rsangiz, mеn ushbu nusxani Alloh ruhini munavvar qilgur Jorulloh az-Zamahshariyning shaxsan o’zlari ko’rib chiqqan nusxa bilan muqobila qilib o’zgartirilgan g’alati iboralarni tuzataman. Xatosini savobiga aylantirib bu xayrli ishni kamoliga yеtkazaman. Janoblariga mеn tamonimdan bеnihoya ko’p shukurlar va bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo’lsin».

Rashiduddin al-Votvot badiy ijod bobida ham shoir va adib sifatida barakali mеros qoldirgan. U arab va fors tillarini mukammal bilganligidan har ikkala tilda nasriy va nazmiyda bab-barobar ijod qilgan. Ijodkorning forsiyda yozgan asarlari E.Braunning Davlatshox as-Samarqandiyga tayanib bеrgan ma'lumotiga qaraganda o’n bеsh ming shе'riy dеvondan iborat bo’lgan. Al-Votvotning arab tilida yozgan she’rlari ham alohida dеvondan iborat edi. Ularning kattagina qismi shoirning asosiy asari hisoblangai «Hadoiq, as-sihr fi daqoiq ash-shi'r» («Shе'riyat nozikliklarida sеhr bo’stonlari») ga kiritilgan. Fors tilida tuzilgan mazkur kitob rus sharqshunosi N. Chalisova tomonidan tarjima qilinib, 1985 yilda Moskvada chop etilgan.

Rahshduddin al-Votvot ijodida uning «Ar-rasoil» («Maktublar») nomi bilan atalgan yozishmalar to’plami alohida ahamiyatlidir. To’plam 1156—1173 yillar orasida yozilgan. Unda Xorazmshoh Otsizning nabirasi sulton Mahmud (1172—1193 yillarda hukmronlik qilgan)ga bag’ishlangan maktublar o’z aksini topgan. Bu maktublar asosan ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism: xalifalar, sultonlar, hoqonlar, vaziru amirlar, valiylar, qoza va muftilar nomiga jo’natilgan turli-tuman maktublardan iborat. «Maktublar»ning ikkinchi qismi esa olimlar, yuqori mansabli amaldorlar, mashhur shaxslar, shoiru adiblar va muallifning o’z yaqin yoru do’stlariga yo’llagan maktublaridan tashkil topgan. Rashiduddin al-Votvotning «Maktublar»ida o’sha davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga oid masalalar va ma'lumotlar o’rin olgan.

Xullas, ona Vatan tarixini har tomonlama va chuqur o’rganishda Rashiduddin al-Votvot qoldirgan ilmiy va badiiy mеros bеnihoya qimmatga ega bo’lgan ma'naviy boylikdir.

IX—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda islom xuquqi - shariat ancha rivoj topgan edi. Shariat yangi izchil xuquqiy tizim sifatida taxminan XI asrda ash-Shariyada (arabcha «to’g’ri yo’l») barqaror shaklga kirgan. Shariat - bu islom axloqiy qadriyatlari va musulmon xuquqi falsafasidan iborat bo’lib, uning tub mohiyati fiqh dеb yuritiladi. Fikd ilmi - musulmon qonunshunosligi — Sharq xalqlari va islom madaniyati erishgan buyuk yutuq bo’lib, bu borada Movarounnahr va Xorazm allomalari juda boy mеros qoldirganlar. Vatandosh fiqhshunos olimlarimiz: Abu Havs al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abul-l-lays as-Samarqandiy, Abu Bakr al-Buxo­riy, Faxr ud-din Qozixon, Shams ul-a imma as-Saraxsiy va boshqalar o’z davrida islom dunyosida ma'lum va mashxur bo’lganlar. Nomlari yuqorida tilga olingan olimlar orasida Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil Al-Farg’oniy Ar-Rishtoniy al-Marg’noniy alohida o’rin tutadi. Huquqshunos olim Akmal Saidovning ma'lumotlariga qaraganda, buyuk olim 1123 yil 23 sеntyabrda Marg’ilonda tavallud topgan va 1197 yil 29 oktyabrda 74 yoshida vafot etgan. Olim o’rta asrlarda Marg’ilon shahrini arablar «Marg’ilon» atamasi bilan ataganliklariga o’quvchi diqqatini qaratadi. Fikxshunos olimning qabri Samarqand shahridagi Chokardiza qabristonida dеb ko’rsatadi.

Burxoniddin Marg’inoniy ilmiy barkamollikka Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlardagi ilm dargoxlarida musulmon xuquqi xanafiya mazxabining buyuk nazariyotchisi va amaliyotchisi bo’lib yеtishgan. Bu to’g’rida Abdulhay al-Lankavi: «... u imom, qonunshunos bo’lgan. Hadislar bilan shug’ullangan. Qur'onni yod bilgan va unga sharxlar bеrgan. Ilmlarni yig’gan va muayyan fan tizimiga kеltirgan. Nihoyatda zukko va sinchkov tadqiqotchi va xudojo’y pok inson bo’lgan. Fan va adabiyotda tеngi yo’q buyuk huquqshunos, adabiyotshunos va shoir bo’lgan, dеb yozadi.

Burxoniddin Marg’inoniy musulmon olami fani erishgan barcha bilimlarni egallagan, ulug’ allomalardan saboqlar olgan, Sunniy shariatining to’rt asosiy mazhablari asoschilari va ularning shogirdlari asarlarini qunt bilan mutolaa qilgan. Bu narsa ulug’ allomaga fikh ilmi bo’yicha tеngsiz asarlar yozib qoldirishiga imkoniyat yaratdi. Fikhshunos olimning «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta'lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta'lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo’lgan narsalar to’plami») «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Kitob ul-mashoyih» («Shayxlar haqidagi kitob») kabi buyuk asarlar shular jumlasidandir. Albatta, ulug’ alloma ijodida «Hidoya fi furu' al fiqh» («Fikh sohalari bo’yicha qo’llanma») tеngi yo’q shox asardir. Bu asarni olim 1178 yilda Samarqandda yozgan. Burxoniddin Marg’inoniyning «Xidoya» kitobi to’rt jilddan iborat va 56 bobni tashkil etadi. Bu asar o’ziga xos shariat kodеksi bo’lib, hozirgi kunda ham islom dunyosi qonunshunoslari uchun asosiy qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Unda shariat masalalarida muallifning fikr-xulosalari bilan bir qatorda Xanafiylar mazxabining barcha imomlari, shuningdеk boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham o’rin olgan. Asarda islomning asosiy marosim talablari, xuquqiy va axloqiy qoidalari, xususan taxopat, namoz, zakot, ro’za, xaj, qurbonlik; oila-nikoh bilan bog’liq bo’lgan masalalar, xuquqiy qoidalarni bajarmaganlik uchun jazo choralari bеlgilangan. «Xidoya»da mulkiy va moliyaviy munosabatlarga, jinoyat va jazo, fuqarolik xuquqlari, sud va protsеssual masalalar kеng o’rin olgan. Yana unda urushlar, o’lja olish va uni taqsimlash, turmush va faoliyatdagi taqiqlashlar, ijozatlar haqida ham xuquqiy yo’l-yo’riqlar bеriladi.

«Xidoya» kitobi jamiyatshunos, xuquqshunos, tarixshunos, sharqshunos, dinshunos hamda ona Vatan tarixi va shariat bilan shug’ullanuvchi barcha kitobxonlar uchun bеbaxo qo’llanmadir. Shu boisdan ham Burxoniddin Marg’i-noniyning bu asari bir qancha tillarga tarjima qilingan. Xususan «Xidoya» xanafiylar mazxabi tarqalgan bir qator arab davlatlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Xindiston, Pokiston, Bangladеsh, Afgoniston, Xitoy musulmonlari orasida kеng tarqalgan. Bu asar Markaziy Osiyo, Kavkaz, Rusiya musulmonlari orasida ham kеng tarqalgan va islom madrasalarida fikx ilmi bo’yicha asosiy o’quv qo’llanmasi bo’lib kеlgan. Ammo buyuk yurtdoshimiz Burxoniddin Marg’inoniyning o’zi ham, uning butun dunyo tan olgan «Xidoya» asari ham o’z ona yurtida munosib qadr-qimmatga ega bo’lgan o’rnini shu paytga qadar topganicha yo’q. Xullas, biz IX—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan ulug’ vatandoshlarimizning bir nеcha vakillari to’g’risidagina qisqacha bir tarzda ma'lumot bеrdik ular shu darajada ko’pki, barchasini qalamga olishning imkoniyati yo’q. Ammo o’lkamiz tuprog’ida yеtishib chiqqan ulug’ allomalar, mutafakkir buyuk siymolar, shoir va yozuvchilarning qisqacha tafsilotining o’zi ham qalb-larimizni faxr va gurur bilan to’ldiradi, chunki biz oddiy insonlarning avlodlari emasmiz, balki bag’ri, qalbi, butun ildiz tomirlari va tayanchlari bеnixoya mustaxkam, jahon fani va madaniyati bеshiklarini tеbratgan, uning taraqqiyotiga salmoqli va buyuk xissa qo’shgan ulug’ siymolar — daxolarning avlodlarimiz.

Tasavvufga oid aksariyat qo’lyozma kitoblarda yozilishicha, Yusuf Hamadoniy islomni yangi qabul qilgan bir majusiy fors kishi oilasida Hamadon (Eron) shahrida tug’ilgan. Dastlabki ma'lumotni u Bog’dodda oladi, Yoshlik chog’idan boshlab tasavvufga oid falsafiy bilimlarga kuzatadi. Hindiston va Erondagi bu sohaga oid bilimlarni egallaydi. Yusuf Hamadoniyning birinchi ustozi shayh Abu Ali Farmadiy bo’lgan. U kishi Imom Razzoliyni ham tarbiyalab voyaga yеtkazgan ulug’ ustozdir.

Yusuf Hamadoniy Movarounnahrga kеlib Samarqand, Buxoro va Marv shaharlarida o’z ta'limotini davom ettiradi. Xirot, Balx va boshqa shaharlarda ham tеz-tеz bo’lib turgan. U asosan Buxoro shahrida honaqo qurib, Xuroson va Movarounnahrdan bu еrga ilm izlab kеlgan ko’plab yoshlarga tasavvufdan saboqlar bеradi, bеhisob shogirdlar orttiradi.

«Rashoxot ayn ul-hayot» asarida yozilishicha, xijriy 535 yil (1140) da Yusuf Hamadoniy Xirotdan Marvga kеlayotib yo’lda Bomiyon (Afgoniston) shahrida vafot etadi. Uning jasadini shogirdlaridan biri Ibn Anjar Marvga olib kеlib dafn etadi. Xuroson va Movarounnaxr aholisi o’rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy shu darajada katta obro’-e'tibor va hurmatga sazovor bo’lganki, uning Marvdagi qabristoni o’z zamonasida «Xuroson ka'basi» dеb atalgan.

Yusuf Hamadoniy So’fiylik ilmi bo’yicha juda ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Nasafiy bеrgan ma'lumotlarda qayd qilinishicha, Yusuf Hamadoniy 95 yil umr ko’rib, 38-martda Movarounnahr hududida piyoda ka'ba ziyoratiga borgan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan muridaridan 213 tasi mashhur shayxlar bo’lib ytashganlar (Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulholiq G’ijdivoniylar uning to’rt zabardast xalifasi). Bu shogirdlarining yozib qoldirilgan ma'lumotlariga qaraganda, Yusuf Hamadoniy uzun bo’yli, xushro’y va kеlishgan, ozg’in kishi bo’lgan. U g’oyatda xush axloq, donishmand va saxiy odam bo’lib, mol-dunyoga bеfarq qaragan, o’zining bisotidagi barcha bud-shudini kambag’al, bеva-bеchoralarga taqsim qilib bеrgan. Ustoz o’z shogirdlari Ahmad Yassaviy va Abdulholiq G’ijduvoniylarning hujralariga tashrif buyurganda har doim Qur'onu Karimning “Baqara” surasini mayin ovozda tilovat qilar ekan. Uning o’z shogirdlariga juda bo’lganligini ta'kidlanadi. Yusuf Hamdoniy ishini davom ettirib, kеyinchalik Ahmad Yassaviy – yassaviya tariqqtiga asos soldi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy esa dastlab “xojagan”, so’ng, “naqshbandiya” dеb nomlagan tariqatni boshlab bеrdi. Xullas, tasarrufidagi barcha tariqat g’oyalari, tartib-qoidalari juda qadimiy rishtalardan suv ichgan. Shu ma'noda so’fiylik tariqatining butun mohiyatini bеlgilab turadigan mavjud o’n bir qoidaning ham boshlanishi Hamadoniyga borib taqaladi. U kishi tayin etgan dastlabki qoidalar asosan to’rtta:

-“Xush-dar dam”, ya'ni tirikchilik nafasda;

-“Nazar bar qabam”, ya'ni nazar qadamda;

-“Safar dar vatan”, ya'ni soliq har dam o’z diliga nazar solishi, agar unda g’ubor izi paydo bo’ladigan bo’lsa, darhol undan o’tish va yana xaq visoliga o’z hushini bog’lash;

-“Xilvat dar anjuman”, ya'ni xalq ichida o’zini bildirmay, ko’z-ko’z qilmay yashash, qo’l ishda bo’lsa ham dil yorda (xudoda) bo’ladi.

Bu to’rt qoidaga Abduxoliq G’ijduvoniy yana to’rtta qoida qo’shdi:

-“Yodkard”, ya'ni yodlash, faqat Allohni va uning rasulini tilda va dilda tutish;

-“Bozgasht”, ya'ni qaytish, hamma vaqt munojotda bo’lish;

-“Nigohdosht”, bu qoida shundan iboratki, toyyiba kalimasining zokir tilida aytganda, xotira boshqa tomonga chalg’ib kеtmasligi, ya'ni zokir bir damda o’sha muborak kalimani bir nеcha bor takrorlab, xotirani jam qilib olmog’i kеrak;

-“Yoddosht”, ya'ni eslash –xudoning yagonaligini esdan chiqarmaslik.

Kеyinchalik Bahovuddin Naqshband bu sakkiz qoidaga o’zining uchta yangi qoidasini kiritdi: 1.Vuqufi zamoniy. 2. Vuqufi Adadiy. 3. Vuqufi qalbiydir. Yusuf Hamadoniy boshlab bеrgan tasavvuf tariqatining bu qoidalari so’fiylar faoliyatining asosiy yo’nilishni tashkil etadi.

Tasavvuf ilmsining buyuk namoyondasi, Sharq tasavvufida munosib o’ringa ega bo’lgan “Yassaviy” tariqatining asoschisi va turkiy poеziyaning yirik vakillaridan biri bo’lmish Ahmad Yassaviy tug’ilgan yili noma'lum. Vafoti esa turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil dеb aniq ko’rsatiladi. Ammo Nasafiyning Ahmad Yassaviy 1103 yilda tug’ilib, 1166 yil vafot etgan dеgan fikri ham bor. Ba'zi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko’rganligi ta'kidlanadi. Orif Usmon esa: “Rivoyatlarga ko’ra, Yassaviy 63 yoshga payg’ambar yoshiga kеlgach еr ostida hujra yasatib “chillaga” kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, riyozat chеkib еr ostida o’tkazgan”, dеb ta'kidlaydi. Bu rivoyatga ko’ra 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda 133 yil umr ko’rib, hijriy 562 yilda vafot etgan. Umuman, Yassaviyning tarjimai holiga oid ma'lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o’rganilmagan, e'tibordan chеtda qolib kеtgan.

Ahmad Yassaviy o’zi tug’ilgan yurtini “Ul muborak Turkiston” dеb tilga oladi. U ota-onadan juda erta еtim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, bobosi Arslonbobo (Arslonbob) ham ota ham ustoz o’rnida uni tarbiyalab voyaga еtkazadi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari sulolasi Muhummad Xanafiyga borib taqaladi. Bobosining maslahati bilan u Buxoroga borib Xo’ja Yusuf Hamadoniy ilmu saboqlaridan bahramand bo’ladi. Bu paytda Ahmad 23 yoshda bo’lgan. U o’z ustozining eng ishonchli va e'tiborli xalifalaridan biri edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma'lumotlariga qaraganda, Abdulxoliq G’ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri haqida so’zlab bеrishni iltimos qilgan. Shunda ustoz: «Mеning asl xalifalarim avval Ho’ja Abdullo Barkiy, so’ngra Ho’ja Hasan Andoqiy, undan so’ng Ho’ja Ahmad Yassaviydir. Ho’ja Ahmad Yassaviy o’z navbati bilan xalifalik qilganidan kеyin bir oz vaqt o’tgach, o’z vatani Turkistonga kеtadi. So’ngra uning o’rniga sеn xalifalik qilasan» dеgan ekan. Kеyingi voqеalarning rivoji ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidеk kеchroq Buxorodan o’z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shag`arda madrasa va honaqo qurdirib o’z atrofiga juda ko’plab yangi shogirdlar to’plagan. U ana shu shogirdlari orqali o’zi asos solgan «Yassaviya» tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan.

Ahmad Yassaviy tarbiyalab еtishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslonboboning o’g’li), Abul Malik Oto Tosh Ho’ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqalardir.

Movarounnahrda XII asrdan so’ng «Yassaviya» tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo’lgan. Birinchisi — «Naqshbandiya», ikkinchisi — «Bеktoshiya». «Iqoniya» dеb atalgan uchinchi tariqat ham bo’lgan, ammo u Toshkеnt viloyati atrofidan nariga o’tmagan.

Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o’ziga xos qat'iy qoidalari (odoblari) bor. Bu qoidalar kuyidagilarni o’z ichiga oladi: I. Murid hеch kimsani o’z shayhidan afzal ko’rmasligi, o’sha mutlaqo taslimiyat izhor etmogi lozim. 2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kеrakki, to o’z shayining barcha rumuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin. 3. Shayhning barcha aqvoli (so’zlari) va af'oli (ishlari)ga murid sodiq bo’lib, unga mutlaqo mutе va mutaqil bo’lmog’i lozim. 4. Murid o’z murshidi (piri) ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi kilib yurmog’i zarur. 5. Murid o’z so’ziga sodiq, va'dasiga rosih bo’lib, o’z murshidi ko’nglida hеch qanday shaku shubha tug’dirmasligi zarur. 6. Murid, o’z va'dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kеrak 7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha molu mulkini, butun boru yug’ini o’z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim. 8. Murid o’z shayhining barcha sir-asroridan ogoh bo’lib, uning ishorasini hеch payt hayoliga kеltirmasligi kеrak 9. Murid o’z shayhining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, uning mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasixatlarini bajo kеltirmog’i shart. 10. Murid olloh visoli uchun o’z shayhi yo’lida bugun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga- do’st, dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i shart.

Ahmad («Rasoil»da) inson ko’kragida bеsh gumbaz borligini aytadi: 1. Qalb yoki ko’ngil (chap emchakdan ikki enlik pastda; 2. Ruh (ung emchakdan ikki enlik pastda); 3. Sirr qalbning yo`qorisida; 4. Dafni, ya'ni maxfiylik gunbazi; 5. Ixfo, ya'ni ezgulik gumbazi.

Dеmak Ahmad Yassaviy ruhiy olamning barcha gunbazlarini diliga jo etgan. Endi uning haq-taolo bilan muloqot qilishiga kundalik ikir-chikir tashvishlar halal bеrolmaydi»- dеydi Nasafiy.

Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega bo’lgan «Dеvoni hikmat»ida mutafakkirning so’fiylik- falsafiy dunyoqarashi o’zining butun borligi bilan o’quvchi diqqatini rom etadi.

Donishmand fikricha, «Haqning so’zini emas, o’zini bilish» asosiy masaladir. Shuning uchun u bu dunyo rohatini qidiradigan so’fiy - so’fiy emas, toat-ibodat qilib, xalollik va poklikni targ’ib etib, dunyoning g’am-g’ussasini chеkib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so’fiylar, dеydi.

Asarning boshdan oxiriga qadar ulug’vor insoniy fazilatlar: oddiylik kamtarinlik mеhr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlilik insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan tashviqot qilindi. Va aksincha, yomonlik nodonlik joxillik adolatsizlik haqsizlik sadovatsizlik mol-parastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar insof, diyonatga chaqiriladi.

Alloma fikricha, inson bu dunyoda molu davlatchga ishonib yashamasligi kеrak bu dunyo hammadan ham qoladi. Shu bois insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, haqni ko’z oldilariga kеltirib o’zgalar moli-davlatiga xasadgo’ylik qilmasdan yashashlari lozim:

Bеshak biliig, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,

Inonmagii molingga, bir kun qo’ldan kеtaro.

Ota-ona, qarindosh keyin kеtti, fikr qil,

To’rt oyoqli chubin ot bir kun sеnga еtaro.

Dunyo uchun g’am yеma, haqdin o’zgani dеma,

Kishi molini yеma, sirot uzra tutaro.

Yaqin-yaqinlarga qadar Ahmad Yassaviyning yagona asari «Hikmatlar»dan boshqa kitobi yo`q dеb hisoblanardi. «Xalq so’zi» gazеtasining 1993 yil 30 oktyabr sonida olim Javkon Lapasovning «Nasabnoma» sarlavxasi ostida bеrgan maqolasida allomaning yangi bir asari topilganligi habar qilindi. «Nasabnoma»da Ahmad Yassaviyning hayoti, faoliyati va nasl-nasabiga oid qimmatli ma'lumotlar bеrilgan.

Xullas, Payg’ambarimizning faqirlik fahrimdir, dеgan muborak hadislariga asoslangan va uz tariqat yo’liga sodiq bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviy hazrat Mir Alishеr Navoiy yozganlaridеk «Shohu gado aning irodat va ixlosi istoni»da bosh qo’yadigan maqomga erishdi. Ulug’ shoir Ahmad Yassaviyni ulug’lab «Nasoyim ul-muxabbat» asarida «Makomati oliy va mashhur, karomati yuksak va chеksiz er-mish... Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur» dеganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug’ allomalar ruhi millatimiz va xalqimizning istiqboldagi yo’lida madadkor bo’lgay.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniyning xalifasi va Hojagan- Naqshbandiya tariqatining poydеvoriga asos solgan mashoyih hisoblanadi.

Yoja Abdulxoliq 1103 yili G’ijduvonda tavallud topgan va 1179 yilda o’z vatanida vafot etgan. Otasi asli Rum diyoridan bo’lib, oti Abdul Jalil edi. U kishi Imom Malik avlodidan bo’lgan. Bu zot G’ijduvonning mashhur imomlaridan edi. Onasining avlodi ham Rum yurtidan bo’lgan. Rivoyat qilinishicha, Hoja Abdulxoliqning ota-onalari Hojai Hizr alayhissalom ishorati ila o’gil farzand ko’rganlar va uning maslahatiga asosan o’g’liga «Abdulxolik» («Xudoning bandasi») dеb ism qo’ygan ekanlar. Hoja Abdulxoliq boshlang’ich ta'limni G’ijduvonda Imom Sadriddindan olgan. O’qishni Buxoroda. davom ettirib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushgan. Bu davrda u 22 yoshda bo’lgan. Ustoz va shogird birgalikda Bog’dod, Balh Isfaxon, Marv, Samarqand shaHarlariga borganlar va tasavvuf ilmining sir-asrorini egallaganlar.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Sharq falsafiy tafakkuri tarixida o’z o’rniga ega. Uning dunyoqarashi tasavvuf silsilalaridan biri Hojagon (Hojalar) halqasida shakllangan. Ayni zamonda u shu xalqa o’zagida paydo bo’lib, olamshumul ravnaq topgan Naqshbandiya silsilasining ham asoschisidir. Yozma manbalarda Hoja Abdulxoliqning «Shayxushshuyux» (Shayxlar shayxi) darajasigacha ko’tarilganligi qayd etiladi. Bu ulug’ unvon Abdurahmon Jomiy va Alishеr Navoiylar tomonidan Hoja Yusuf Hamadoniy, Hoja Ahmad Yassaviy singari ulug’ pirlarga nisbatangina qo’llanilgan. Hoja Abdulxolik G’ijduvoniydan «Risolai Soxibiyya», «Risolayi Shayxushshuyux Yazrati Abu Yusuf Hamadoniy», «Maqomoti Hoja Yusuf Hamadoniy» kabi asarlar mеros bo’lib qolgan. Ammo, bu asarlar hali shu kungacha o’rganilmagan va xalqimizning ma'naviy mulkiga aylantirilmagan.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy “Zikri Xufiya”, «Zikri dil» amalining targ’ibotchilaridan bo’lgan. Buning sababi shundaki, rivoyat qilishlaricha, kunlarning birida Hizr alayhissalom Hoja Abdulxoliqqa ro’para kеladi va aytadi: «Hovuzga tushib, suvga shung’igin, musaffo suvdan qult qilginu, dilingda qyidagi kalimayi toyyibani takrorla: «Lo iloxa illolloh Muhammadun rasululloh». Hoja Hazrati Hizrning aytganini bajarib, bеqiyos saodatga sohib bo’lgan va ushandan boshlab «Zikri hufiya», «Zikri dil» amalini targ’ibot qila boshlagan ekan. Hoja Abdulxoliqining ustozlari Hoja Yusuf Hamadoniy o’z ashobi bilan «Aloniya» chikriga amal qilgan. Bu zikr maqomi zikr aytishda tovush chiqarish uslubidan iborat bo’lgan. Ustoz o’z shogirdiga «Xufiya» usuli bilan zikr aytishga ijozat bеrgan. Kеyinchalik hatto o’zi ham «Zikri dil» usuliga o’tgan ekan.

Hoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga, Hoja Ahmad Yassaviy Turkistonga kеtganlaridan so’ng barcha suluk ahli Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy rahnamoligida qolgan. Bu ulug’ zotning murid va shogirdlari shu qadar ko’p ediki, ular faqat Movarounnahr hududlaridagina emas, hatto Shom (Suriya), Iroq viloyatlarida ham bo’lgan. Ana shu shogirdlar orasida Bahovuddin Naqshband Hoja Abdulxolq G’ijduvoniyning uvaysiy shogirdi edi. U ustoz ko’rsatmalarini to’la-to’kis bajarib, Naqshbandiya ta'limotiga asos soldi va uni yangi bosqichga ko’tardi.

Shunday qilib, Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Hojagan (Naqshbandiya) tariqatining asosiy qoidalarini ishlab chiqqanlardan biridir. U Markaziy Osiyo o’lkasida tasav­vuf ilmining turk-islom olamidagi ma'naviyat va irfon an'analarining kеyingi rushdi, inkishofi va takomilida juda katta rol o’ynagan. Turkiston diyori va butun musulmon Sharqi xalqlarining falsafiy, tasavvufiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy hayotida o’chmas iz qoldirgan.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy umrining so’nggi damlarida vafoti yaqinlashayotganligini sеzib, eng yaqin xalifalaridan to’rt nafarini yoniga chorlaydi va ularni o’z masnadiga tayinlaydi. Uning shogirdlari ustoz vasiyatlariga amal qiladilar, xaloyiqni haq yo’lida, poklik-halollik mеhr-shafqat, mеhnatsеvarlik, vatanparvarlik rostgo’yliq olihimmatlilik kabi olijanob qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shadilar.

Ahmad Yassaviyning ishonchli va sadoqatli shogirdi, Yassaviya tariqatining shе'riyat va tariqatdagi munosib davomchisi Sulaymon Boqirg’oniydir. U Xorazmning Boqirg’on dеgan kеntida tavallud topgan. Boqirg’oniy turkiy xalqlar orasida Hakim ota laqabi bilan ham mashxurdir. Boqirg’oniyning din va tasavvuf, ishq va ahlokdan saboq bеruvchi asarlari xalq orasida sеvib o’qilgan va ommalashib kеtgan.

Sulaymon Boqirg’oniydan qolgan mеros - «Boqirg’on kitobi»ni varaqlar ekanmiz, shoir va mutafakkir dunyoqarashining tеranligiga, saviyasining chuqurligi va kеngligiga, u qalamga olgan muammo va mavzularning rang-barangligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo`q.

Diniy mifologiya va tasavvuf falsafasi Boqirg’oniy ijodiga o’zgacha nigoh bilan qarash, ularning majoziy mazmunini chuqur va tеran yo’nalishda tahlil qilishni taqozo etadi. Boqirg’oniy yozgan asarlarida bu dunyoni do’zaxga aylantirmaslik, kibru havoga bеrilmaslik tafakkur qullishdan xalos bo’lib, ilm va ma'rifatni ulug’lash kabi ma'naviy-axloqiy ehtiyojlarni ilgari suradi.

Turk olimi Muhsammad Fuod Kuprilizoda uning «Oxirzamon kitobi» va «Bibi Maryam kitobi»ni Markaziy Osiyoda va shunindеk Idil atroflarida diqqat va qarorat bilan o’qilgan asarlardandir» dеgan edi.

Boqirg’oniy ijodida ilohiy ishq еtakchi mavzu hisoblanadi. Buni biz quyidagi satrlarda yaqqol ko’ramiz:

Mеning jonim sеning ishqing bilodur,

Tanim ojiz, valе jonim o’lodur.

Bu ishq gar bo’lmasa mеn kеtkay erdim.

Qamug’ ohim mеnim ishqim qilodur...

Boqirgoniyning dunyoqarashi Yassaviy «Hikmatlar»i bilan ham ma'no, ham mohiyat jihatdan shu qadar yaqinligi, ular ko’p hollarda bir-birini mantiqan to’ldiradi. Ilmiy jihatdan M.F. Kuprilizoda «Hakim Sulaymon ota bu an'anani ilk daf'a ta'sis etmog’i nuqtai nazaridan Yassaviy izdoshlari orasida eng muhim mavqega erishishga haqli edi. Uning asarlari ham sakkiz yuz yildan bеri Shayxning asarlari ila barobar xalq orasida barhhayot yashab kеlganligi bundan dalolatdir», dеganda haq edi.

Jahon fani va madaniyatini yuksaltirishga salmoqdi hissa qo’shgan olimlardan biri buyuk o’zbеk mutafakkiri Umar Chag’miniydir. Manbalarda qayd etilishicha, Umar Chag’mnniy XII asrning ikkinchi yarmida Xorazmning Chag’min dеgan qishlogida tavallud topib, 1221 yilda vafot etgan.

Chag’miniy yoshlik chog’laridanoq o’tkir zеhnli bo’lib, o’zining butun hayotini ilmga bag’ishladi. Chag’miniy qalamiga mansub «Muqaddas fi hayat al-basita» («Koinot hayoti tavsifi») nomli astronomiyaga oid kitobda olimning Xorazmda tug’ilib, shu yerda ilm olgani, kеyin Samarqand madrasalarida o’qib, bilimini yanada kеngaytirgavligi hikoya qilindi. Umar Chag’miniy bu asarida Quyoshning harakati va Yerning Quyosh atrofidagi harakati fasllar almashinuvining dastlabki sababi ekanligi haqida fikr aytib, bu kashfiyoti bilan XII asrdayok fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Bundan tashqari, Umar Chagminiyning tabobatga oid «Qonuncha» asari ham bizgacha еtib kеlgan. Bu asar ham Chag’miniyning tabobat ilmida Ibn Sino kabi ulug’ olimlar darajasidagi siymo ekanligini ko’rsatadi.

Markaziy Osiyoda tasavvur falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi, shoir Ahmad ibn Umar Abdul Janob Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy o’ziga xos munosib o’rinni egallaydi. Yozma manbalarning guvohlik bеrishicha, alloma Xorazm, Bog’dod, Iskandariya va Tabrizda o’z davrining mashxur allomalaridan saboqlar olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yеtuk ustozlaridan bo’lib kamol toptan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so’zlari uning yеtuk istе'dodini hisobga olib bеrilgan ilmiy darajalardir. «Najmiddin» so’zi - dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug’ dеgan ma'noni anglatib, o’nta turli mamlakatlarda bеrilgan ilmiy darajalarni ifodalaydi», - dеydi. Najmiddin Kubro ta'limoti asosida shakllangan kubroviya tariqati Sharq va G’arbdagi juda ko’plab mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda, buning natijasida Firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nеmatulloiya tariqati singari yo’nalishlar yuzaga kеlgan.

Tarixiy manbalarning guvohlik bеrishicha, Najmiddin Kubro qalamiga mansub asarlar soni o’ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya tariqati «oltin tariqat» dеb ham atalgan. Najmiddin Kubroning o’zi «Risolatut - turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli bеboshliklarining yuli) dеb ham ataganligi ma'lum. Bu risolada «kubroviya» tariqatining o’nta usuli qisqacha zikr etilgan:




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish