- 439 -
Trokserutin-
troxerutin
(troksevazin)
Vena ichiga va mushak
ichiga 0,5
Mahalliy gel
Kapsulasi 0,2 va 0,4 g
Ampulasi 10%-5 ml
Surma 2%-40,0g
Bilobil-
bilobil
(ginko biloba)
Ichga 0,04-0,05g
Kapsulasi 0,04g
Tabletkasi 0,05g
8.Nafas a’zolari faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar
Nafas a’zolarining xastaliklari turlicha bo‘lib,
mustaqil holda yoki boshqa
patologiyalarning asorati yoki yo‘ldosh kasallik sifatida ko‘p uchraydi. Nafas
olish jarayoni uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi orqali boshqariladi.
Bu markazning faolligi qondagi karbonat angidridi miqdoriga bog‘liq, chunki
CO
2
nafas markazini bevosita qo‘zg‘atadi Bundan
tashqari nafas markazi
reflektor yo‘l bilan (karotid koptokchasidagi xemoretseptorlar) ham qo‘zg‘aladi.
Nafas a’zolari funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1.Nafas olishni kuchaytiruvchi (stimullovchi ) vositalar;
2.Yo‘talga qarshi vositalar;
3.Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar;
4.O’tkir nafas yetishmovchiligida qo‘llanuvchi vositalar;
5.Bronxial astma xastaligida qo‘llanuvchi vositalar.
Nafas olishni kuchaytiruvchilar (nafas stimulyatorlari).
Asosiy ta’sir yo’nalishi bo’yicha nafas stimulyatorlari quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
1. Bevosita nafas markaziga aktivlovchi ta’sir etuvchilar –b e m e g r i d ,
k o f e i n , e t i m i z o l
- 440 -
2. Nafasni reflector ravishda stimullovchi vositalar –s i t i t o n , l o b e l i n
g i d r o x l o r i d
3. Aralash ta’sir etuvchi vositalar(1+2) –k o r d i a m i n , k a r b o n a t k i s l o t a .
B e v o s i t a n a f a s m a r k a z i g a q o ’ z g ’ a t u v c h i ta’sir etuvchilarga
psixostimulyator
vositalar, analeptiklar k o f e i n va b e m e g r i d va e t i m i z o l
preparati kiradi. Oxirgisi markaziy ta’sir etuvchi nafas stimulyatorlari orasida
alohida o’rniga ega bo’lib, bosh miyaning po’stloq osti markazlari va uzunchoq
miya markazlarini qo’zg’atadi. Lekin tipik analeptiklardan farq qilib miya
po’stlog’iga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi, Shuning uchun psixiatriya
amaliyotida tinchlantiruvchi vosita sifatida havotir
va hayajonli holatlarda
qo’llanadi. Ichishga va parenteral yo’l bilan yuborishga buyuriladi.
R e f l e k t o r y o ’ l b i l a n t a ’ s i r e t u v c h i nafas stimulyatorlariga n-
xolinomimetiklar s i t i t o n va l o b e l i n g i d r o x l o r i d kiradi. Ularning
mexanizmi Shundaki, ular sinokarotid zonadagi n-xolinoretseptorlarni
qo’zg’atadi, u yerdan esa nerv impulslari uzunchoq miyaga borib nafas markazi
aktivligini oshiradi. Ko’rsatilgan n-xolinomimetiklar qisqa muddatli ta’sir
etadilar (bir necha minut). Ularni faqat vena ichiga yuboriladi.
A r a l a s h t a ’ s i r e t u v c h i v o s i t a l a r n i n g ta’sir samarasi markaziy ta’sir
bilan birgalikda karotid koptokchadagi xemoretseptorlarga qo’zg’atuvchi ta’sir
bilan to’ldiriladi. Bunga analeptik k o r d i a m i n va k a r b o n a t k i s l o t a kiradi.
Karbonat kislota fiziologik nafas stimulyatori hisoblanadi.
Tibbiyot amaliyotida 5-7% li CO
2
va 93-95% li O
2
aralashmasi ishlatiladi. Bu
aralashma k a r b o g e n nomini olgan. Sog’lom odamni karbogen bilan
ingalyatsiya qilganda nafas hajmi 5-8 marta oshadi. Nafas qo’zg’alishi asosan
nafas markazidagi pH tushishi va H
+
ionlari yig’ilishi hisobiga yuz beradi.
Vodorod ionlari nafas markazi hujayralarini bevosita
emas balki nafas markazi
yaqinida joylashgan xemoretseptor tuzilmalarga ta’sir qilish hisobiga
qo’zg’atadi. CO
2
ning nafasga ta’siri sinokarotid zona reflekslari hisobiga ham